So'rovnoma

Ziyo Uz forumidagi o'zgarishlardan qachon xabar olasiz?


Internetga Ziyo Uz forumidan xabar olish uchun kiraman.
  8 (50%)
Internetga kirganimda Ziyo Uz forumidan ham xabar olaman.
  3 (18.8%)
Internetda ko'p o'tiraman, ba'zida forumdan xabar olaman.
  4 (25%)
Kitob yo maqola kerak bo'lib qolganda forumdan ham xabar olib o'taman.
  0 (0%)
Forum hayotimda muhim ahamiyat kasb etgani uchun, undan xabar olaman
  1 (6.3%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 14



Ziyo Uz forumiga...  ( 5883 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Shokir63  18 May 2009, 17:56:45

Forumdoshlar Ziyo Uz forumiga qay darajada bog'liqligini bilgim keldi.


Afsuki o'zbek tilini yetarli darajada bilmayman, shuning uchun javoblar fikrimni to'liq ifodalay olmagan bo'lishi mumkin. Suning uchun ulardan ba'zilarini sharxlab o'tay:

Internetga Ziyo Uz forumidan xabar olish uchun kiraman. Internetga kirmay turib Ziyo Uz haqida o'ylash, internetga kirishning sabablaridan biri. Internetga kirgnda forumdan xabar olishga maksimum harakat qilish.

Internetga kirganimda Ziyo Uz forumidan ham xabar olaman. Internetga boshqa sabablar bilan kirib, forumni eslash va xabar olish.


Qayd etilgan


Robiya  20 May 2009, 17:30:14

 :as:

So'rovnomaga yana bitta variant qo'shilsa bo'lardi, bilmadim boshqalarga qandayu, men uchun FORUM.ZIYOUZ.COM - bu hayotimning bir bo'lagi, meni ISLOMga kirishimga, haqiqiy muslima qizlarga xos fazilatlarga ega bo'lishimda ushbu forum hamda uning bir-biridan ajoyib, samimiy, ko'nglida hech qanday kiri, g'ubori yo'q user va userkalarining hissasi beqiyos.

Ilgarigi MILANELLYdan hozirgi ROBIYAga qadar bosib o'tgan yo'lim uchun faqatgina FORUM.ZIYOUZ.COM saytini sababchi deb bilaman.

Albatta, hammasi Allohning hukmi, ammo Alloh aynan shu forumni bunga sababchiqildi, vosita qildi. Buning uchun Allohga behad hamdu sanolar, shukronalar aytaman.

Ilohim, forumimga bundan keyin ham ko'z tegmasin, shunaqa ilmli, mehribon userlari safi kengaygandan kengayaversin, ilohim!

Qayd etilgan


ZUBAIR  20 May 2009, 20:56:07

Internetga kirganimda Ziyo Uz forumidan ham xabar olaman.

Qayd etilgan


Hadija  21 May 2009, 14:50:08

 :as:

Oxirgi paytlar shunday vaziyatda bo'ldim-ki, www.forum.ziyouz.com, www.forum.islom.uz sitelari u-n netga kirayapman...

Qayd etilgan


Muzayyana  22 May 2009, 11:01:28

Assalamu alaykum!
Hadijani fikrlari o'rinli.
Oxirgi bir yil ichida faqatgina shu forum uchungina netga kiraman, xolos.
Mani iymon sari, islom sari yetaklagan ham mana shu forum bo'ladi!
Man ham undan albatta har kirganimda bir nima olib chiqib ketish uchun kiraman.
Niyatim, Alloh davomli qilsin!

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 12:12:38

Asosan internetga ZiyoUz forumidan habar olish uchun kiraman. Shu bahonada boshqa sahifalarga ham qadam ranjida qilib qo'yaman. Ba'zan shunday paytlar bo'ladiki, internetdan biror ma'lumot izlash uchun chiqqanimda avvalo forumni ochaman, qolgani keyin bo'ladi  :) Allohdan forumimizning nuri yo'qolmasligini so'rab duolar qilaman. Omiyn

Qayd etilgan


Afruza  24 May 2009, 18:17:50

Alloh suygan bandalariga to'g'ri yo'l ko'rsatish uchun iymonli insonlarni uchratib qo'yadi deyishardi. Buni qanchalik to'g'ri ekanligini ziyo uzga kirib bildim. Men atrofdan qidirgan, fikrlarini eshitishni hohlagan insonlarni shu yerdan topdim. Meni ba'zi kamchiliklarimni tuzatgan, ko'p narsalarga o'rgatgan ZIYOUZ bo'ladi. Bemalol etishim mumkinki, hozirda internetga deyarli ziyo uzdan habar olish u-n kiraman.
 

Qayd etilgan