Yaxshi odat  ( 6396 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Asmohon  18 May 2009, 22:25:34

ASSALOMU ALAYKUM.
Radioda ishlagan paytim bir ayoldan intervyu olish uchun uyiga bordim.haligi ayol menga judayam yoqib qoldi 3 farzandning onasi bo`lishiga qaramay doim o`qishda izlanishda.hullas uchrashuvimiz juda qiziqarli o`tdi to`g`risini aytsam vaqt qanday o`tib ketganini ham bilmay qoldim.Ketish oldidan Surayyo opa menga mana bu kitobni o`qib chiqing juda yahshi kitobcha,lekin o`qimasangiz hafa bo`laman dedilar va menga kitob sovg`a qildilar.Uyga kelishim bilan kitobni o`qib chiqdim rostdan ham juda yahshi kitob ekan.o`sha kitobdan olib boshqalarga ham sovg`a qildim.Bir inson bor o`zi juda kamtargina yashaydi lekin doim hammaga kitob ulashadi meni ham to`yimga Qur`on sovg`a qilganlar.Nima deysiz balki kitob sovg`a qilishni ham udum qilish kerakdir albatta bir odam boshqasiga turtki bo`ladi.

Qayd etilgan


siddiqa  19 May 2009, 06:04:01

 :as:

Hadya berish sunnat va kichik kichik sovg'alar ham insonlarni yaqinlashtiradi ,mo'min banda o'ziga ravo ko'rgan narsani o'zgaga ham ilinmaguncha haqiqiy mo'min bo'la olmaydi (hadisdan)shuning uchun do'stlarimizga ,ahlimizga ayniqsa kitob yahshi sovg'a .Balki kitoblar biz uchun gohida hidoyat kalitlari vazifasini o'taydi .shuning uchun hali islomga qalban ergashmagan birodarlarimizga islomiy kitoblar sovg'a qilsak ,balki Rabbimiz katta bir vazifani biz kichik bandalar orqali kimningdir qalbiga solib qo'yishi ham mumkin .

Qayd etilgan


zuzu  19 May 2009, 11:33:37

Assalomu alaykum qadrdon forumdoshlar!Menga ham bu mavzu yoqib qoldi va shu mavzuda o'z fikrlarimni bildirmoqchiman.Albatta birovga sovg'a qilish kimnidir xursand qilish juda yaxshi odat!Aslida sovg'aning katta-kichigi bo'lmaydi.Asosiysi e'tibor.Endi kitob sovg'a qilishga kelsak,bu haqiqatda yaxshi ajoyib odat.Menga ham yaqin dugonalarimdan biri tug'ilgan kunimda,bir ustozim esa o'zlarining yangi kitoblarini sovg'a qilishgan edi.O'zim singlimga va bir dugonamga kitob sovg'a qilganman.Bu mavzuda yana suhbatlashamiz xudo xohlasa Endi esa darsga borishim kerak.

Qayd etilgan


Shokir63  04 Iyun 2009, 18:18:26

Menga eng ko'p yoqqan sovg'a kitob va men eng ko'p sovg'a qilgan narsaham kitob.

O'rni bilan Kitob sahro to'la qizil tuya sovg'a qilishdan afzal bo'lishi mumkin.

Qayd etilgan


Foniy  25 Iyun 2009, 19:40:47

Kitob: ilm, ma'rifat sovg`a qilish - bu yaxshi, xayrli ish. Uning hurmatini qilish, o`qib ma'naviy ozuqa olish esa yanada xayrliroqdir. Bir martagina bo`lsa-da ochib qaralmasdan, o`qilmasdan "chang bosib yotishi" esa achinarlidir.

Qayd etilgan


Muxsiya  21 May 2013, 17:07:10

Kitob sovg'a qilish yaxshi odat lekin buni hammaga ham qilib bo'lmaydi. Gap faqatgina kitobning o'qilmasdan chang bosib yotishidagina emas, balki o'sha insonning sovg'angizni qanday qabul qilishida. Ayrimlar bunday sovg'ani tushunmaydigan darajada dunyoqarashi tor bo'lishi ham mumkin.

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  21 May 2013, 21:54:58

Kitob sovg'a qilish yaxshi odat lekin buni hammaga ham qilib bo'lmaydi. Gap faqatgina kitobning o'qilmasdan chang bosib yotishidagina emas, balki o'sha insonning sovg'angizni qanday qabul qilishida. Ayrimlar bunday sovg'ani tushunmaydigan darajada dunyoqarashi tor bo'lishi ham mumkin.
Balki sovg'a qilingan kitob dunyo qarashi tor insonni odam Bo'lshiga sababchi Bo'lar.

Qayd etilgan


Muxsiya  21 May 2013, 22:54:37

Agar o'qisa

Qayd etilgan


NANO  22 May 2013, 05:05:13

:)
O'qigani bilan chunmasachi

Qayd etilgan


Lu`lu`  22 May 2013, 07:27:06

:)
O'qigani bilan chunmasachi

Косага овкат солиб, сгаси топилмагач козонга агдарганда юки коладию,
худди шунга ухшаб, тушунмасада, укиганини изи колади.
Чукурро из колсин деса, укийвурсин

Qayd etilgan