Muhammad Yusuf
Shavfqatsiz o`lim O`zbekiston xalq shoiri, Oliy Majlis deputati, yorqin iste`dod egasi Muhammad Yusuf (Muxammadjon Yusupov)ni oramizdan bevaqt olib ketdi.
Muxamad Yusuf 1954 yili Andijon viloyti Marhamat tumani Qoraqo`rg`on fuqarolar yig`iniga qarashli Qovunchi qishlog`ida dehqon oilasina tug`ildi.
U 1971 yilna o`rta Maktabni bitirib, Respublika rus tili va adabiyoti institutida tahsil oldi. O`zbekiston kitobxonlar jamiyatida muharrir, "Toshkent oqshomi" gazetasida muxbir, G`ofur G`ulom nomidagi Adabiyot va San`at nashryotida muharrir, "O`zbekiston ovoz" gazetasida muxbir, O`zbekiston milliy axborot agentligida bosh muharrir o`rinbosari, shuningdek "Tafakkur" jurnalida bo`lim mudiri lavozimlarida samarali mehnat qildi.
1996-1997 yillari O`zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiy maslaxatchi bo`lib ishladi. 1997 yildan buyon O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo`yicha o`rinbisari lavozimida faoliyat ko`rsatib kelayotgan edi.
Muxammad Yusufning yigirma yillik qizg`in ijodiy faoliyati mobaynida e`lon qilingan "Tanish teraklar", "Ishq kemasi", "Ko`nglimda bir yor", "Erka kiyik", "O`zingdan qo`ymasin xalqim" kabi she`riy to`plamlari va qator dostonlari adabiyotimiz xazinasidan o`rin oldi. Iste`dodli shoir, ayniqsa, qo`shiqchilik san`ati rivojiga katta hissa qo`shdi.
Shu yil shoirning "Saylanma asarlar" majmuasi nashr etilgan edi. Hassos shoirning istiqlolimizga sadoqat, Vatanga muhabbat tuyg`ularini yuksak badiiy mahorat bilan tarannum etuvchi ko`plab asarlari adabiyot muxlislari, butun xalqimiz qalbidan joy olgan edi.
Muxammad Yusufning o`zbek adabiyotini rivojlantirishdagi xizmatlari navlatiMiz tomonidan munosib taqdirlangan. U 1996 yilda "Do`stlik" ordeni, 1998 yilda "O`zbekiston xalq shoiri" faxriy unvoni bilan mukofatlangan edi.
Mustaqilligimizning jo`shqin va tolmas kuychisi, noyob iste`dod egasi, yosh ijodkirlarning mexribin murabbiysi, jamiat arbobi Muhammad Yusufning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.
I.Karimov, E. Xalilov, O`. Sultonov, X. Sultonov, X. Karomatov, Q. Obidov, A. Oripov, X. Jo`raev, R. Abdullaev, Said Ahmad, E. Vohidov, Yu. Usmonova.