VOIM- KO'ZI OJIZLAR UCHUN KONSYEPTOFON.
Koreyalik dizaynerlar Yongseong Kim (Youngseong Kim) hamda Yensol Yom (Eunsol Yeom) lar yangi, Voim deb atalgan kontseptofonni ixtiro qilishdi.
Gadjet ko'rish darajasi past bo'lgan kishilarga mo'ljallangan. Voim da biz uchun odatiy bo'lgan displey ekrani yo'q, uning o'rniga esa Brayl shriftida ma'lumot "namoyon bo'luvchi" silikonli panel ishlatilgan.
Telefonda ko'zi ojiz kishilarning ko'cha-kuyda mustaqil yurishlariga yordam beruvchi kamera ham o'rnatilgan. Shunga ko'ra Voim qo'l telefoni maxsus Bluetooth moslamasi yordamida ovoz chiqaradi. Ushbu ma'lumot shuningdek matn ko'rinishida telefon displeyida ham bo'ladi.