Uyali aloqa telefonlari haqida gaplashamiz  ( 126776 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 B


kamoliddinov  20 Noyabr 2012, 06:08:28

 :asl3:
Manabuni aytayabsizmi?
http://my.jetscreenshot.com/2548/20121120-e7r4-34kb

Bu https belgisi, u shunaqa protocol ishlatadi. http ni uzginasi lekin hamma malumot shfirlangan holda almashinadi. shuni uchun 's' qo'shimcha qushilgan. Katta saytlar saytini shunaqa protol bilan muhofaza qiladi. Web uchun hozircha mavjuda bulgan eng muhofazali muhit shu bilan qilinadi.

Qayd etilgan


Ansora  26 Iyun 2013, 18:52:05

Assalomu alaykum.


Qaynim doktor bo'ldi alhamdulillah, unga sovga sifatida Samsung Galaxy Not 2 oldik. Butun ishlarini bitta telefonda hal qilsin, deb.


Bu telefonni ishlatganlar bormi?


Nimalarga e'tibor bersin?


Qanday funksiyalari bor?


Chunki baribir ishlatgan odam yaxshi biladida:)


Oldindan rahmat.


Ha aytgancha narxhi qancha siz taraflarda:)

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  26 Iyun 2013, 23:57:27

Assalomu alaykum.

Qaynim doktor bo'ldi alhamdulillah, unga sovga sifatida Samsung Galaxy Not 2 oldik. Butun ishlarini bitta telefonda hal qilsin, deb.

Bu telefonni ishlatganlar bormi?
Nimalarga e'tibor bersin?
Qanday funksiyalari bor?
Chunki baribir ishlatgan odam yaxshi biladida:)
Oldindan rahmat.

Ha aytgancha narxhi qancha siz taraflarda:)
Va alaykum assalom. Muborak bo'lsin.
Galaxy Note 2 Toshkentda 550-600$ atrofida.
O'zimku ishlatmaganman, lekin hamma Galaxy S3 bilan deyarli bir, faqat razmeri katta va ruchkasi bor deydi.
Funksiyalari: Shahsan menga ko'zni uzganda o'chib qolishi, telefonni qiyshaytirganda boshqa sahifalarga o'tishi, telefonni barmoq bilan sekin ikki marta urib qo'yganda sahifa boshiga avtomatik o'tishi ko'p qo'l keladi. Ayniqsa kamerasiga gap yo'q, xohlagancha nastroyka qilish mumkin, kameraga teskari qarab tursangiz olmaydigan qilishi, o'zingizni rasmga olmoqchi bo'lsangiz telefonni bir joyga qo'yib jilmaysangiz rasmga olishi, bir necha kishi turgan bo'lsa orasidan bir kishini belgilab tiniq qilib olishi, bir necha kishi ho'mrayib turganda olmay birortasi jilmayganda avtomatik rasmga olishi...
 umuman funksiyalari juda ko'p, xohlaganini o'chirib xohlaganini yoqib ishlatadi. Menga ko'p funksiyalari kerak bo'lmagani uchun, batareyani himoya qilib o'chirib qo'yaman. Yo'qsa, zaryadi 16 soatga yetmasdan o'chadi. 
Nimalariga e'tibor berish kerak?:
Sensorga himoya suv qog'ozidan qoplash.
Sensorni quyoshda qoldirmaslik.
Pen (ruchkasi)ni ko'pam sug'urib qayta joyiga qo'yavermaslik kerak. Sensorning o'zi barmoqlarni juda yaxshi sezadi.
Zaryadnikda turganda telefonda ishlamaslikni, bu qizib ketishiga olib keladi.
Zaryad tez tugamasligi uchun keraksiz dasturlarni o'chirib qo'yish, ayniqsa multimediyani. Kamerani ishlatgandan so'ng albatta buni o'chirish kerak. Bunga alohida "GoTaskManager" singari dasturlar kerak bo'ladi. Nastroykadan ham o'chirsa bo'ladiyu, lekin har ikki soatda nastroykaga kirib chiqish ko'p vaqtni oladi.
Qo'shimcha HDMI cabel olish. Bu oddiy USB fleshkani ulab telefonga ma'lumotni ko'chirib olish imkonini beradi. Yoki, tezkor yozish kerak bo'lgan joyda (asosan internetda) USB klaviaturani ulab klaviaturada yozish mumkin bo'ladi. Umuman USB"lik har narsani o'qiy oladi.
Kerakli dasturlarni Google Play (Android Market)dan yuklab olsa bo'ladi, ko'p dasturlar tekin.

Qayd etilgan


Ansora  27 Iyun 2013, 12:31:57

Assalomu alaykum.


Malumotlar uchun katta rahmat. Kitobchasi boru, baribir ishlatgan odam yaxshi, lo'nda maslahat beradida:) Rostdanam video sifatini korib hayron qoldim, tinib tinchimagan odamlar nimalarni oylab topishmaydi a:)


Biz 700 dollarlarga oldik, kurs bizda 1.900. Shundan hisoblab olaverasizlar. Hozir hammani "aqlli telefon"i bor, ayniqsa talabaga qol keladi, nomi shunaqa, rostanam aqlli:) olgan paytimiz aytishdi, jelatin (naylon) qoplatinglar, deb qoplatdik darrov. Fotoapparat, video camera, telefon, kompyuterni birlashgani "aqlli telefon" zor narsa ekan rostanam.


Qancha ehtiyot bolib ishlatsa shuncha uzun ishlatadida. Yana bir bor rahmat. Yana fikrlar bolsa kutamiz.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  27 Iyun 2013, 20:03:44

Assalomu alaykum.


Malumotlar uchun katta rahmat. Kitobchasi boru, baribir ishlatgan odam yaxshi, lo'nda maslahat beradida:) Rostdanam video sifatini korib hayron qoldim, tinib tinchimagan odamlar nimalarni oylab topishmaydi a:)

Va alaykum assalom.
Bu hali holvasi opa, kamerafonlar ham chiqaryapti bu tinib-tinchimas koreyslar.
 Yaqinda Galaxy S4 Zoom deganlarini savdoga chiqardi, kamerasi naq 16megapixel. Telefon hajmi Galaxy Noteday katta emas, ancha kichik. Narhi Rossiyada 600$ ekan, bizga arzonroq bo'lib keladi.

Shu telefon deganlari ajoyibda, narhi gup-gup tushaveradi. Qaniydi mashinalar ham shunday narh tashlab tursa.


Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  28 Iyun 2013, 05:24:48

Windows XPda Daemon tools singari dasturlar orqali Rosetta Stone va boshqa o'rgatuvchi darslar ko'p kerak bo'ladi. 
Shu dasturlar hozirgi Windows 8 sistemasidagi planshetlarda ishlarmikan?

Qayd etilgan


MAVLUDA  28 Mart 2015, 11:29:58

Salom! U1280 telefonni qanday boshqa sim karta o'qitsa bo'ladi.

Qayd etilgan


gabdulla  29 May 2016, 20:40:52

Assalomu aleykum aziz forumdoshlar! Avvalom bor yaqinlashib kelayotgan Ramozon oyi bilan muborakbot etaman!!! Android telefonim yaxshi ishlamayabdi bir to'xtovsiz prezagruzka beryapti bir zaryadkasi tez tugayapdi telefondi proshivka qilmoqchimon ammo telefonga tushadegan proshivka modelini topolmayapman! Telefonimni markasi Samsung S4 Korea Mtk 6572.

Qayd etilgan