Muallif Mavzu: Turkiston xalqlari qo'llagan taqvimlar. M Hakimov  ( 15056 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: TURKISTON XALQLARI QO’LLAGAN TAQVIMLAR. M Hakimov
« Javob #15 : 02 May 2009, 17:24:11 »
Milodiy yil hisobi aslida Sharqdagi eng qadimgi quyosh yili taqvimlaridan biri hisoblanadi. Yer quyosh atrofida 365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 soniyada bir marta aylanib chiqadi. Bu muddat bir tropik yil deb aytiladi. Bir yilni ana shu muddat bilan hisoblash qadimgi misrliklar taqvimiga asos qilib olingan edi. Demak, milodiy hisobda bir yil 365 kun 6 soatdan iborat (5 soat 48 daqiqa 46 soniya yaxlitlanib 6 soat qilib olinadi). Har uch yil 365 kun 6 soatdan iborat (5 soat 48 daqiqa 46 soniya yaxlitlanib 6 soat qilib olinadi). Har uch yil 365 kundan - oddiy yilni to‘rtinchi yil esa oddiy yillardan ortib qolgan soatlar - 1 qun qo‘shilib 366 kun - kabisa yilini tashkil qiladi. Bu yil hisobi qadimgi dunyo tarixida nisbatan aniq taqvim bo‘lganligi uchun uni yuqorida aytilganidek Yuliy Sezar birinchi bo‘lib Misrdan Rimga - Ovrupoga olib o‘tgan edi.

Milodiy yil hisobidagi oylarning tartibi, nomlanishi va nomlanishining sabablari hamda kunlar miqdori quydagicha:

1. Yanvar - 31 kun. Qadimgi rimliklar xudosi Yanus nomidan olingan.
2. Fevral - 28 kun (kabisa yilida 29 kun). Qadimgi rimliklarning har yili 15 fevralda o‘tkazilgan fevruarius - halollanish marosimi nomidan olingan.
3. Mart - 31 kun. Qadimgi rimliklarning urush xudosi Mars nomidan olingan.
4. Aprel - 30 kun. Lotincha aprilis "quyosh bilan istiladigan" degan ma’noni beruvchi so‘zdan olingan.
5. May - 31 kun. Qadimgi rimliklarning Yer xudosi May nomidan olingan.
6. Iyun - 30 kun. Qadimgi rimliklar xudosi Yunona nomidan olingan.
7. Iyul - 31 kun. Qadimgi rim imperatori Yuliy Sezar nomidan olingan.
8. Avgust - 31 kun. Qadimgi rim imperatori Avgust (Yuliy Sezarning nabira jiyani) nomidan olingan.
9. Sentyabr - 30 kun. Lotin tilida yettinchi degan ma’noni beradi. Qadimgi Rimda yil boshi - birinchi oy martdan hisoblangan, Sentyabr esa yilning yettinchi oyi bo‘lib kelgan.
10. Oktyabr- 31 kun. Lotin tilida sakkizinchi degan ma’noni beradi. Qadimgi Rim taqvimida yilning 8-oyi.
11. Noyabr - 30 kun. Lotin tilida to‘qqizinchi degan ma’noni beradi. Qadimgi Rim taqvimida yilning 9-oyi.
12. Dekabr - 31 kun. Lotin tilida o‘ninchi degan ma’noni beradi. Qadimgi Rim taqvimida yilning 10-oyi.

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: TURKISTON XALQLARI QO’LLAGAN TAQVIMLAR. M Hakimov
« Javob #16 : 02 May 2009, 17:24:53 »
Milodiy yil hisobida yilning boshlanishi turli davrlarda xar xil bo‘lgan. Chunonchi, qadimgi Rimda 1-mart Rossiyada (1700-yilgacha) 1-sentyabr yil boshi bo‘lgan. Hozirgi vaqtda dunyoning hamma yerida milodiy yil hisobida yil boshi 1-yanvardan boshlanadi.

Ilgarilari tarixchilar o‘z xalqlarining tarixini yoritganda asosan shu xalqning o‘tmishi bilan cheklanar, boshqa xalqlar tarixiga - umumiy tarixga kamroq murojaat qilar edilar. Mazkur tarixchilar voqealar solnomasini yoritishda o‘zlarining azaldan qo‘llab kelgan (agar bo‘lsa) an’anaviy taqvimlari - yil hisobini qo‘llar edilar. Insoniyat tarixining keyingi davrlarida xususan XIX asrdan boshlab axvol  butunlay  o‘zgardi. Dunyodagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy voqealar ayrim xalqlarni qiziqtirib qolmay, balki jamiki xalqlarning diqqat - e’tiborini torta boshladi. Endi dunyodagi barcha madaniy xalqlar o‘z tarixlarini umum dunyo tarixi bilan bog‘lab o‘rgana boshladilar. Shuning uchun jahon xalqlari o‘rta asrlardan boshlab dunyo tarixi uchun yagona taqvim bo‘lib xizmat qilib kelayotgan milodiy yil hisobini ma’qul ko‘rdilar va shuni tanladilar. XX asr boshlarigacha jahondagi yirik mamlakatlar milodiy taqvimga o‘tib bo‘lgan edi. XX asr davomida ayrim sharq mamlakatlari o‘zlarining an’anaviy taqvimlarini ham saqlagan xolda milodiy yil hisobini qabul qildilar. Hozirgi vaqtda jahon xalqlari o‘zaro siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarning hamma turlarini milodiy yil hisobi asosida olib boradilar. Milodiy yil hisobi Birlashgan millatlar tashkiloti amal qiladigan yagona jaxon taqvimi hisoblanadi.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: TURKISTON XALQLARI QO’LLAGAN TAQVIMLAR. M Hakimov
« Javob #17 : 03 May 2009, 08:21:53 »
Turkiston xalqlari qo'llagan taqvimlar



Muallif: M. Hakimov
Hajmi: Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Jahon xalqlari maqollaridan

Muallif AbdusalomBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 492
Ko'rilgan: 90447
So'nggi javob 14 Noyabr 2011, 00:50:51
muallifi Lu`lu`
Rauf Parfi. Ona Turkiston (sh'erlar to'plami)

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 40
Ko'rilgan: 22153
So'nggi javob 27 Sentyabr 2009, 13:33:27
muallifi Ansora
Alixonto‘ra Sog‘uniy. Turkiston qayg'usi

Muallif mutaallimahBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 233
Ko'rilgan: 85125
So'nggi javob 07 Avgust 2008, 08:47:55
muallifi AbdulAziz
Saidakbar A'zamxo'jayev. Turkiston muxtoriyati

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2572
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:10:12
muallifi AbdulAziz
To'rabek Saidqulov. O'rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 1987
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:19:08
muallifi AbdulAziz