Eynshteyn topishmog'i  ( 18736 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  14 Iyun 2006, 21:10:21

EYNSHTYEYN TOPISHMOG‘I

Buyuk fizik Albert Eynshteyn ajoyib bir topishmoq o‘ylab topgan. Uning yordamida oddiy odamlardan intellektual elitani ajratib olish mumkin. Lekin odatda 98 foiz odam bu topishmoqni yechishga qodir bo‘lmaydi. Agar o‘zingizni sayyoramizning qolgan ikki foiz aholisi qatoriga qo‘shishni istasangiz, topishmoq javobini topishga urinib ko‘ring. Quyida e’tiboringizga Enshteynning ana shu buyuk jumbog‘ini havola etamiz. 

1. Beshta uy bor. Ularning barchasi turli xil rangda. 
2. Har bir uyda bir nafar odam yashaydi. Ularning millati har xil: nemis, ingliz, shved, daniyali, norvegiyali odamlar.
3. Har bir odam ma’lum bir ichimlik ichadi, ma’lum bir savdo belgisiga tegishli tamaki chekadi va ma’lum bir jonivorni boqadi.
4. Besh kishining birortasi ham bir xil ichimlik ichmaydi, hech kim bir xil savdo belgisi ostidagi tamaki chekmaydi va hech kim bir xil jonivor boqmaydi.
 

SAVOL: Ulardan biri baliq boqadi. Xo‘sh toping-chi, baliq kimga tegishli?
 
Yordam kerakmi? Unda e’tibor bering:

1. Ingliz qizil uyda yashaydi.
2. Shved it boqadi. 
3. Daniyali kishi choy ichadi.
4. Yashil uy oq uydan chapda joylashgan.
5. Yashil uy egasi kofe ichadi. 
6. "œPall Mall" chekuvchi kishi qush boqadi. 
7. Qrtadagi uyda yashovchi odam sut ichadi.
8. Sariq uyda yashovchi kishi "œDunhill" chekadi.
9. Norvegiyali kishi birinchi uyda turadi.
10. "œMarlboro" chekuvchi odam mushuk boquvchi kishi oldida yashaydi.
11. Ot boqadigan odam "œDunhill" chekadigan kishi oldida istiqomat qiladi.
12. "œWinfield" tamakisini chekuvchi kishi pivo ichadi. 
13. Norvegiyali havo rang uy oldida yashaydi. 
14. Nemis "œRothmans" chekadi.
15. "œMarlboro" chekuvchi odam suv ichadigan kishiga qo‘shni turadi.

Xo‘sh natija qanday? Yana o‘ylab ko‘ring.

1,2,3,4,5-uyning rangi qanaqa? Unda qaysi millat vakili turadi? U qanday ichimlik ichadi? Qanday markali sigaret chekadi? Qaysi jonivorni boqadi?

Qayd etilgan


Samo  20 Iyun 2006, 15:49:01

JAVOBI 

1.   uy — Sariq, Norvegiyalik, Dunhill, mushuk, suv
2.   uy — Havo Rang, Daniyalik, Marlboro, ot , choy
3.   uy — Qizil, Ingliz, Pallmall, qush, sut
4.   uy — Oq, Sved, Winfield, It, Pivo
5.   uy — Yashil, Nemin, Rothman, Kofe , Baliqni

baliqni NEMIS boqadi

Javobga 45 minut vaqtim ketdi. Tezroq topganlar bolsa kerak.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2006, 00:25:03

baliqni NEMIS boqadi

Javobga 45 minut vaqtim ketdi. Tezroq topganlar bolsa kerak.
Tez topibsiz, manga 1 yarim soatlar ketgan edi...

Qayd etilgan


Hafizullo  27 Yanvar 2007, 10:13:29

manimcha baliqni shved boqadi

Qayd etilgan


Hafizullo  27 Yanvar 2007, 10:14:26

manimcha baliqni shved boqadi

Qayd etilgan


Abdulholiq  02 Iyul 2007, 22:25:32

Manga 30 minut ketdi,lekin 4-uy yashil emasmi?
4-bandga ko'ra yashil uy oq uydan chapda joylashgan deb aytilgan.
Shunday ekan yashil uy oq uydan oldinda joylashgan bo'lishi lozim.

Qayd etilgan


guli86  12 Yanvar 2008, 13:25:22

baliqni daniyalik boqadi

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Fevral 2008, 20:16:11

Eynshteyn jumbog'ini javobi = nemis baliq boqadi.
Sharh:
1) sariq uy - norveg - Dunhill - suv - mushuk

2) havorang - daniyalik - Marlbaro - choy - ot

3) qizil - ingliz - Pal-Mall - sut - qush

4) yashil - nemis - Rothmans - kofe - BALIQ

5) oq - shved - Winfield - pivo - kuchuk

Buni qanday topganimni aytaman.
Birinchidan Norveg 1-uyda turishini bildim.
Keyin Norveg havorang uyni yonida yashashini bildim.
Demak, 2-uy havorang.
Bundan chiqdi yashil va oq uylar yonma-yon bo'lsa va qizil uyda ingliz yashasa, demak 1-uyning rangi sariq bo'lishi kelib chiqdi.
Sariq uyning egasi Dunhill chekishi aytilgan. 
Dunhillning yonida ot boquvchi yashaydi deyilgan.
Demak 2-uyda ot boquvchi turadi. shved kuchuk boqishini bilardi.
Shuning uchun 2- uyda Daniyalik turushi kelib chiqdi. (chunki ingliz va nemis bunga kirolmasdi)
Winfield pivo ichishini bilgaimdan keyin, yashil uyda yashamasligini bildim.
Chunki u kofe ichardi. O'rtadagi sut ichadi deyilgani shuni anglatdiki yashil va oq uylar o'rtaga tog'ri kelmas ekan.
Demak o'rtadagi uy qizil va unda ingliz yashaydi.
Xullas shunaqa qilib kelib chiqdi. Keyin oson yo'li segaretlarni tahlil qilib chiqdim. Bu ham ishimni osonlashtirdi.

Buni yechish uchun menga 22 daqiqayu 48 sekund vaqt ketdi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Fevral 2008, 20:26:06

Manga 30 minut ketdi,lekin 4-uy yashil emasmi?
4-bandga ko'ra yashil uy oq uydan chapda joylashgan deb aytilgan.
Shunday ekan yashil uy oq uydan oldinda joylashgan bo'lishi lozim.


To'g'ri 4-uy yashil bo'ladi. samo sal adashibdi

Qayd etilgan