Umumiy bo'lim > Madaniyat
LATIFALAR! YANGISIDAN BOR!
Vаrzikiy:
LATIFA
Menimcha bu so`zga ortiqcha izoh berib o`tirish shart emas. 1-latifago`ylikni o`zim boshlasam:
Xotin pol yuvar, er divanda oyoqlarini osiltirib o‘tirgancha gazeta o‘qirdi.
Xotin:
— Oyog‘ingizni ko‘taring, polni artib olay!
— Vey, polniyam mening yordamimsiz yuvolmaysan-a!
(HORDIQ+ gazetasidan)
Aytingchi sizdayam yangisidan bormi? Bor bo`lsa nega qarab turibsiz darhol joylashtiring!
Eslatma: Latifalarga muqaddas kitoblarimiz, sura, oyatlarimiz va ulamolarimiz aralashtirilmasin.
Vаrzikiy:
— Xotin, tayyormisan? Buncha imillaysan? Mehmonga kechikayapmiz axir!
— Juda besabrsiz-da! Bir soatdan beri ikki daqiqada tayyor bo‘laman, deb qulog‘ingizga tanbur chalayapmanmi?
(HORDIQ+ gazetasidan)
Vаrzikiy:
;D
— Azizim, biz ostida turib tanishgan chinor yodingizdami?
— Keksa chinormi?
— Ha.
— O‘sha chaqmoq tegib yonib ketibdi.
— Ajab bo‘pti! Unga buyam kam!
(HORDIQ+ gazetasidan)
Vаrzikiy:
;D
Ikki tanish suhbatidan:
— Xotiningga uy ishlarida yordam berasanmi?
— Bu nima deganing? Uy ishlarining hammasini o‘zim bajaraman.
(HORDIQ+ gazetasidan)
Vаrzikiy:
;D
Psixiatr mijozga dedi:
— Ha, sizning kasalingiz jiddiy, birodar!.. Qandaydir kuch sizni o‘g‘irlikka undayverarkan!
— Do‘xtir, qanday davolash usulini qo‘llaysiz bu kasalimga?
— Hozir dori yozib beraman... Oldin ruchkamni qaytarib
bering!
(HORDIQ+ gazetasidan)