Umumiy bo'lim > Madaniyat

LATIFALAR! YANGISIDAN BOR!

(1/86) > >>

Vаrzikiy:
                                                           LATIFA
Menimcha bu so`zga ortiqcha izoh berib o`tirish shart emas. 1-latifago`ylikni o`zim boshlasam:
Xotin pol yuvar, er divanda oyoqlarini osiltirib o‘tirgancha gazeta o‘qirdi.

Xotin:
— Oyog‘ingizni ko‘taring, polni artib olay!
— Vey, polniyam mening yordamimsiz yuvolmaysan-a!
                                                (HORDIQ+ gazetasidan)

Aytingchi sizdayam yangisidan bormi? Bor bo`lsa nega qarab turibsiz darhol joylashtiring!


Eslatma: Latifalarga muqaddas kitoblarimiz, sura, oyatlarimiz va ulamolarimiz aralashtirilmasin.

Vаrzikiy:
— Xotin, tayyormisan? Buncha imillaysan? Mehmonga kechikayapmiz axir!
— Juda besabrsiz-da! Bir soatdan beri ikki daqiqada tayyor bo‘laman, deb qulog‘ingizga tanbur chalayapmanmi?
                                                (HORDIQ+ gazetasidan)

Vаrzikiy:
 ;D
— Azizim, biz ostida turib tanishgan chinor yodingizdami?
— Keksa chinormi?
— Ha.
— O‘sha chaqmoq tegib yonib ketibdi.
— Ajab bo‘pti! Unga buyam kam!
(HORDIQ+ gazetasidan)

Vаrzikiy:
 ;D
Ikki tanish suhbatidan:
— Xotiningga uy ishlarida yordam berasanmi?
— Bu nima deganing? Uy ishlarining hammasini o‘zim bajaraman.
                                              (HORDIQ+ gazetasidan)

Vаrzikiy:
 ;D
Psixiatr mijozga dedi:

—   Ha, sizning kasalingiz jiddiy, birodar!.. Qandaydir kuch sizni o‘g‘irlikka undayverarkan!
—       Do‘xtir, qanday davolash usulini qo‘llaysiz bu kasalimga?
— Hozir dori yozib beraman... Oldin ruchkamni qaytarib
bering!
                                              (HORDIQ+ gazetasidan)
                                         

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version