Yo'l chetida bir odam kayf bo'lib yotganmish. Bir yo'lovchi unga yaqinlashib:"Xoy, aka, turing, yotishingizni qarang. Havo sovuq bo'lsa.. Men sizni uyingizga oborib qo'ymoqchiman. Turing, bunday yotishiyz yaxshimas,aka", desa xaligi mast boshini asta ko'tarib:"Siz manga yaxshilik qilmoqchimisiz?", debdi. "Ha, yaxshilik qilmoqchiman. Turing", desa, "Aytingchi, man hozir qayerdaman?" debdi.
"Siz Toshkentning Samarqand darvoza degan joyidasiz", desa, mast:"Iltimos, shu darvozani yopib qo'ying, sovqotib ketdim", debdi.
(Marxum Xojiboy Tojiboyev xangomalaridan)