LATIFALAR! YANGISIDAN BOR!  ( 283597 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 43 B


Vаrzikiy  10 Iyun 2009, 23:30:50

                                                           LATIFA
Menimcha bu so`zga ortiqcha izoh berib o`tirish shart emas. 1-latifago`ylikni o`zim boshlasam:
Xotin pol yuvar, er divanda oyoqlarini osiltirib o‘tirgancha gazeta o‘qirdi.

Xotin:
— Oyog‘ingizni ko‘taring, polni artib olay!
— Vey, polniyam mening yordamimsiz yuvolmaysan-a!
                                                (HORDIQ+ gazetasidan)

Aytingchi sizdayam yangisidan bormi? Bor bo`lsa nega qarab turibsiz darhol joylashtiring!


Eslatma: Latifalarga muqaddas kitoblarimiz, sura, oyatlarimiz va ulamolarimiz aralashtirilmasin.

Qayd etilgan


Vаrzikiy  10 Iyun 2009, 23:32:15

— Xotin, tayyormisan? Buncha imillaysan? Mehmonga kechikayapmiz axir!
— Juda besabrsiz-da! Bir soatdan beri ikki daqiqada tayyor bo‘laman, deb qulog‘ingizga tanbur chalayapmanmi?
                                                (HORDIQ+ gazetasidan)

Qayd etilgan


Vаrzikiy  10 Iyun 2009, 23:34:35

 ;D
— Azizim, biz ostida turib tanishgan chinor yodingizdami?
— Keksa chinormi?
— Ha.
— O‘sha chaqmoq tegib yonib ketibdi.
— Ajab bo‘pti! Unga buyam kam!
(HORDIQ+ gazetasidan)

Qayd etilgan


Vаrzikiy  10 Iyun 2009, 23:37:57

 ;D
Ikki tanish suhbatidan:
— Xotiningga uy ishlarida yordam berasanmi?
— Bu nima deganing? Uy ishlarining hammasini o‘zim bajaraman.
                                              (HORDIQ+ gazetasidan)

Qayd etilgan


Vаrzikiy  10 Iyun 2009, 23:39:54

 ;D
Psixiatr mijozga dedi:

—   Ha, sizning kasalingiz jiddiy, birodar!.. Qandaydir kuch sizni o‘g‘irlikka undayverarkan!
—       Do‘xtir, qanday davolash usulini qo‘llaysiz bu kasalimga?
— Hozir dori yozib beraman... Oldin ruchkamni qaytarib
bering!
                                              (HORDIQ+ gazetasidan)
                                         

Qayd etilgan


ZUBAIR  11 Iyun 2009, 20:49:45

;D
Psixiatr mijozga dedi:

—   Ha, sizning kasalingiz jiddiy, birodar!.. Qandaydir kuch sizni o‘g‘irlikka undayverarkan!
—       Do‘xtir, qanday davolash usulini qo‘llaysiz bu kasalimga?
— Hozir dori yozib beraman... Oldin ruchkamni qaytarib
bering!
                                              (HORDIQ+ gazetasidan)
                                        

Nima?  ??? 5 marta o'qib ham tushunmadim. ):

PS: Varzikiy, sizni eski nikiz nima edi?

Qayd etilgan


ZUBAIR  12 Iyun 2009, 21:14:25

eh yoshlar yoshlar...:D otasini uylantiraman deyapti :D 
duxtirni ruchkasini o''girlab qo'ibdi qurmag'ur o'g'ri

 :-[ :-[ :-[

og'irlik
deb o'qibman  : )

Qayd etilgan


Ziyovuddin  26 Iyun 2009, 14:56:43

Bir odam hayotdan to'yibdi. Nima qilarini bilamay o'zini osishga qaror qilibdi. Daryo ustidan o'tgan ko'prikka arqon boylab, o'zini osmoqchi bo'libdi. Arqonni bo'ynidan boylab o'zini tashlagan ekan arqon uzilib ketibdi. U odam esa suzishni bilmas ekan. Bir amallab tipirchilab-tipirchilab qirg'oqqa chiqib olibdi. Chiqib olganidan keyin:
 - Eh xudoga shukur, o'zimni osaman deb cho'kib ketishimga sal qoldi-ya!

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  26 Iyun 2009, 15:21:13

Urushda qatnshgan bir keksa otaxondan reportaj olish uchun bir necha jurnalistlar kelishibdi. Va otaxonga bir necha savol berishibdi:
Jurnalistlar: Otaxon siz urushda kim bo'lib qatnashgansiz?
Otaxon: Uchuvchi bo'lganman.
J: Birorta qiziqroq voqeani eslay olasizmi?
O: Ha, albatta. Bir kuni samolyotda ketayotgan yedim. Birdan samolyot buzilib qoldi.
J: E-e-e, yomon, yomon.
O: Nimasi yomon, mani parashyutim bor yedi.
J: Xa-a, Yaxshi, yaxshi.
O: Nimasi yaxshi, mani parashyuutim ochilmay qoldi.
J: E-e-e, yomon, yomon.
O: Nimasi yomon, pastda somon to'plami bor yekan.
J: Xa-a, Yaxshi, yaxshi.
O: Nimasi yaxshi, somon uyumi yonida beshlik (panshaxa) bor yekan.
J: E-e-e, yomon, yomon.
O: Nimasi yomon, man to'g'ri somon uyumi ustiga tushdim.
J: Xa-a, Yaxshi, yaxshi.
O: Nimasi yaxshi, mani 50 ta soldat o'rab oldi.
J: E-e-e, yomon, yomon.
O: Nimasi yomon, man hammasini otib tashladim.
J: Xa-a, Yaxshi, yaxshi.
O: Nimasi yaxshi, ular hammasi o'zimiznikilar ekan.

Qayd etilgan


Zamiraxon  14 Iyul 2009, 14:11:13

Hech kimda yangisidan yo'qmi deyman? :)
Bitta latifa:
 
  Nasriddin maktabda o'qiganda domlasi bolalarga tabiat haqida, yerdagi hayot haqida, yil fasllari, kecha-kunduzning almashib turishi haqida tez-tez hikoya qilarkan. Bir darsda u:
 - Mana hozir bahor, - deb so'z boshlabdi.  - Kunlar uzayib, kechalari qisqarib qoldi. Bir oydan keyin esa, yoz boshlanib, kun roppa-rosa bir soatga uzayadi...
 Oradan oy o'tibdi. Darsda yana yil fasllari haqida gap ketganda o'qituvchi Afandidan so'rabdi:
 - Nasriddin, aytib ber-chi, bir kecha-kunduz necha soat?
 - Boshqa vaqtlarda bir kecha-kunduz 24soatdan iborat bo'lsada, yoz paytlari bir soatga uzayib, 25 soatga yetadi, - deya dadil javob beribdi Afandi.

                                  ********
 Quyidagi latifani menimcha eshitgansizlar, ha mayli eshitmaganlar uchun kulish damlari yaqin :)

  Bir kuni bir mamlakat podshohi yoniga bir kishi kelib, davlatingizdagi barcha insonlardan aqlliman, hammasini bilim borasida yiqitaman, debbi. SHunda podshoh vaziriga tezlikda eng bilimdon odamni topishni buyuribdi. Shunda vazir ko'chaga chiqib, eng aqllli odam izlashga tushibdi. Yo'lda ketayotsa, Nasriddin Afandiga duch kelibdi. Qarasa, ikki qo'lida ham ikkita arqonning uchlari. Hayron bo'lib so'rabdi. Afandi aytibdi:
 -  Bittasini tortsam, tokdagi uzumlarga hujum qilgan qushlarni cho'chitadigan bankalar jiringlaydi, birini tortsam beshikdagi bola tebranadi, xotin boshqa ishlari bilan band-da.
 Vazir juda hayratlanibdi, va Afandini podshohning yoniga olib borishni ma'qul ko'ribdi.
  Saroyda Afandi bilan o'sha aqlli odam o'rtasida bilim borasida kuch sinashish payti kelibdi. U odam bir varaqqa katta qilib dumaloq chizibdi, Afandi esa o'sha dumaloqning o'rtasidan chiziq o'tkazibdi. U odam esa bir tarafini qoraga bo'yabdi. Afandi dumaloqning  yonidan kichkinagina boshqa dumaloq chizib, bir yonboshiga kalta-kalta ipsimon chiziqlat chizibdi. Boyagi  o'zini aqlli hisoblagan odam hayratdan yoqa ushlab, tan beribdi. Shunda shox undan so'rabdi:
 - Sen nima chizding, nima uchun yutqizding?
 U esa:
 - Men dastlab Yer planetasini chizdim. U esa ekvator chizig'ini chizdi. Men bir tarafi qora bo'ladi, quyosh tegmaydi, deb qoraga bo'yadim. Raqibim esa sharning ikkinchi tarafiga tegmay, yonidan Quyoshni chizib qo'ydi, - deb, uzr so'rab o'z davlatiga ketibdi.
Endi navbat Afandini so'roq qilishga kelibdi:
  - Sen tushuntirib berchi, - so'rabdi podshoh.
 - Xo'p bo'ladi shohim. Avval u non chizdi, men yarmi menga dedim, u qora non yer ekan, men oq nonni yoqtirganim uchun bo'yamadim. Keyin men doim nonni piyoz bilan yeyman-da, o'shanga yonidan piyozbosh chizib qo'yaqoldim. :)

Qayd etilgan