IELTS TOEFLga qaraganda oson. British Councilni kutubxonasidan chiqmay tayyorlaning. Agar hozir ishlayotgan bo'lsa Galima Nafikova degan language expert bo'lardi, o'sha qizga uchrashsangiz sizga ancha proffesional maslahatlar bera oladi. Aniq bir maslahat olish uchun qaysi yo'nalishda kamchiliklaringiz borligini aniqlash kerak, keyin shunga mos adabiyot o'qish kerak bo'ladi. Agar compdan kitob o'qish sizga yoqsa mana bu yerda ko'plab tekin IELTS kitoblarni topishingiz mumkin
www.englishtips.org Listening section uchun ko'proq BBCni eshitishni maslahat beraman.
Reading section siz juda ko'p so'z bilishingiz shart emas, shunchaki yaxshi mantiqiy fikrlay olishingiz kerak. Tekst texnicheskiy bo'ladi siz undagi so'zlarni hayotda yodlab ulgurmaysiz. Shuningdek scanningni bilsangiz kerak tekstni o'qib chiqish kerak emas vaqt yo'qotasiz. Tekstlar structurasini o'rganib oling, kiruvchi gap, uni tasdiqlovchi gap va hokazo. Tekstni o'qishdan oldin birrov savollarga ko'z yugurtirib oling tekstdan nimani izlash kerakligini bilasiz. Vaqtni taqsimlab oling masalan 1 minut tekstni o'qishga 1 minut savolga 1 minut tekshirishga. Javoblarni 2-3 xil moslari chiqib qolsa belgilab oling heading tanlayotganda boshqalariga javob berishingiz bilan variantlar soni kamayib to'g'ri javob qoladi. True or False savollarda ehtiyot bo'ling gapni and va or bog'lovchilari bor joyiga e'tibor bering xato bo'lishi mumkin. Esingizda tuting sizni maqsadingiz tekstni o'qish emas, balki savollarga javob berishdir.
Writing. Bilmadim, man uchun qiyin tarafi proccessni ifodalash edi, imtihonda ham process tushgan )) kuchsiz tarafingiz ustida ko"p ishlang
Speaking. Biz native speaker emasmiz xato qilishimiz tabiiy, shuni esda tuting )). Savolga juda batafsil javob bermang kerakli ravishda yetarli miqdorda javob bering. Savolni diqqat bilan tinglang, nimani so'raganini aniq tushunganingizdan so'ng javob bering, siz boshqa javobni bersangiz u sizni to'xtatmaydi, xato gapni aylantiraverasiz )). Enthusiastic bo'ling.
Ko'p test yechishni unutmang. Practice makes better! Xatolaringizni analiz qilib boring. Omads
P.S. Bilganlaringizni yozgan bo'lsam uzrlarim ))