chetga ketayapsizmi?  ( 13398 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


jasonnur  02 Iyul 2009, 14:07:11

Assalomu alaykum. Bu mavzuda chet elga ketayotgan yoki endigina borgan yurtdoshlarimizga u yoqda qanday yurish, nimalar qilish, yoki safarga nimalar olish haqida bilganlarimizcha maslahatlar beramiz, fikr almashamiz.

P.S. 2 betda ham shunga o'xshash mavzu bor ekan, lekin u mavzuda faqat diniy tomondan muhokama qilinar ekan....

Qayd etilgan


Muhammadiy  04 Iyul 2009, 08:38:05

Men yetib borvolay, Xudo xohlasa, tajribalarim bilan o'rtoqlashaman.
Hozircha, Hindistonga safar qilishda nimalarga diqqat qilish kerakligi haqida yozishim mumkin. :)

Qayd etilgan


Muhammadiy  06 Iyul 2009, 12:04:13

Hindiston ajoyib o'lka. Uni birinchi ko'rgan odam aslo yoqtirmaydi. Ammo u yerda ancha mudat yashagan odam ketgisi kelmay qoladi. :)

Biz uchun noqulat tug'iladigan muammolar:

Avvalo, issiqlik. U yerda 30 daraja issiq bo'lsa, bizning 30 darajadan ancha farq qiladi. Chunki Hindiston havosida namlik yuqori. Salqinda tursangiz ham, xuddi hammomda turganday terlab ketaverasiz. Shuning uchun har bir xonada shipda ventilyator bo'ladi. O'ziga to'q joylarda, albatta, konditsioner.

Ikkinchidan, havosi sassiq. O'zbekistonning muisaffo osmonini, shirin havosini u yerda unuting. Lekin bir hafta ichida burningiz sassiqqa o'rganib qolib, hech narsa sezmaydigan bo'lib qolasiz. :)

Uchinchidan, jamoat trasnsportlari men uchun Hindistonda eng yomon ko'rgan narsam bo'ldi. Avtobuslar eski, ichi to'la kir-chir odam. Oyog'im, kiyimim demay, sizni tepalab, yanchib o'tishadi. Bekatlarda to'xtamaydi, balki sekinlaydi. Shunda siz sakrab tushib olishingiz kerak. Yoki bekatda bo'lsangiz, sakrab chiqib olishingiz kerak. Lekin menga metrosi yoqdi. Hindistonda metro uchta shaharda bor: Dehli, Bombay va Kalkuttada. 2005-yilda ishga tushgan. Platformalari bizdagi kabi rang-barang va naqshinkor emas, hammasi standart to'rtburchak holda, lekin shinam va ozoda. Poyezdlari chiroyli, baquvvat. Ovozsiz yuradi. Yaponning mashinasi-da.

Qolaversa, odamlari juda farosatsiz ko'rindi. Ko'chalarda devorlarga qarata bemalol "choptirib" ketishaveradi. Odamlarning uyida hojatxona yo'qmi, hayronman. Kiyimlari ham kir-chir. Yerlarga o'tirishga moyil. Universitet hovlisida ham, bo'shadi deguncha, talabalar yerga cho'k tushib, chordona qurib o'tirishib olishadi.

Menga yoqqan jihatlari:
Demokratiya. Birovga zararing tegmasa bas, istaganingni qilasan. O'qishda pora berish-olish degan narsa yo'q. Imtihonlar juda qattiq. O'qimaydigan talabani topish qiyin. Shpargalka ishlatishning umuman iloji yo'q.
Kiyim-kechak arzon. Oziq-ovqat narxlari ham bizniki kabi. Shimoliy shtatlari juda chiroyli, bahavo. O'zimizning tog'li hududlarga o'xshab ketadi. Lekin Dehli juda issiq.

Hindiston haqida yozgan kundaliklarim bor. Nasib qilsa, blogimga qo'yaman. Kuzatib boring. :)

Qayd etilgan


Ansora  13 Aprel 2010, 13:49:06

Menimcha qaysi mamlakatga boradigan bo'lsangiz, avvalo shu Xalqni tilini juda yaxshi bilishingiz kerak.

Chunki til- bu insonni quroli, boshimdan ko'p o'tgani uchun, foydasini ko'p marotaba ko'rganim uchun shunday fikrdaman...

Qayd etilgan


hakima  23 Iyul 2010, 22:49:06

Salom men bu forumda yangiman silarga savolim bor men GREEN CARD o'ynamoqchiman iltimos tushintrish berila uni sayti bormi qachon o'ynaladi?

Qayd etilgan


BelleQizcha  24 Iyul 2010, 05:49:53

Shaxsan men  ko'p sayahotda bo'laman.. yo'l azobi go'r azobi diganlari rost . O'zim boshqa shaharlarga ketishni rossa hohlayman shu yol azobi borligi uchun ozgina konglim qoladi. Boshqa shaharda sayohat qilishdan oldin. u davlati tilini organish shart mas,. chunki sizni turishizdan osha yurtni tilini bilmasligizni bilishadi(chunki ozim tarjimonman sirlarni yaxshi bilaman) oshanchun sizga yordam bervorishadi.Lekin hali beri fransiyadaga mehmon do'st va quvno va dardi yoq odamlarni hali beri hech halq da kormadim/.

Qayd etilgan


Lu`lu`  31 Iyul 2010, 06:10:21

Shaxsan men  ko'p sayahotda bo'laman. Boshqa shaharda sayohat qilishdan oldin. u davlati tilini organish shart mas,. i(chunki ozim tarjimonman sirlarni yaxshi bilaman) oshanchun sizga yordam bervorishadi.Lekin hali beri fransiyadaga mehmon do'st va quvno va dardi yoq odamlarni hali beri hech halq da kormadim/.
:bar: Балки сизни ташки киёфа ва хулкингиздан билиб олишса керак, кейин сса таржимонлигиз уларни гапларини укишда кул келади. Лекин ёши катталар дунё буйлаб юришга мажбур булсалар ва уни устига бир неча тилни билишга имконлари булмаса, айникса, инглизчани бироз билганиз б-н Франяисда хисоблашишмаса,кийин скан,Беллекизча.Италисга борсангиз,хижобингизга гашлари келса, Германисда факат немисчани кабул килса, Франяисда бирор кузатувчисиз кучада колиб кетсангиз,хеч кимни вакти булмаса, бу мехмондустликмас. Ман у миллатларни хаммасисм шундай,демокчимасман,лекин ЮА ИШ-ТУА ИШИМИЗдан кайси динданлигимизни тушуниб, шунга караб муомала киладиганлар жуда куп ва албатта,мусобакада УЛАА ДАА устун келганизда бирданига узлариникидай кабул килувчилари хам куп. Узр,гапим огир ботмасин,бошга тушганини куз курганига хам айтдим-да :)
Азизлар, мабодо ЧЕТга чиксангизлар снг кераклиси, мустахкам иймонингизни, хам доимий намозингизни кулдан берманг. Шулар сизни ахлокингизни курсатадиган ва факат Аллохга суснишингиздаги асосий восита. Колганини сса топиб олаверасиз.



Qayd etilgan


Margiloniy  29 Sentyabr 2010, 19:46:26

Rossiyada 1000 dollerdan pul topaman deb
<a href="http://www.youtube.com/watch?v=15O8vEKg03A" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=15O8vEKg03A</a>

Olis olis ellarda boy bo’laman deb,
Boy bo’lsam osmonda oy bo’laman deb,
Bir yolg’onchi odamga qaydan ishondik,
Xato qildigey xato qildik-da.
Yonib bo’lgan yog’ochdek kul bo’lib qolma,
Ey akam, ey ukam o’zingdan qolma,
Mo’maygina osongina pul topaman deb,
Yolg’onlarga ishonib qul bo’lib qolma.
Ishxonamda yaxshigina ishlab yurovdim,
Ozmi ko’pmi oyligimni olib yurovdim
Goh gohida peshonamga mushtlab yurovdim
Xato qildigey xato qildik-da.
E y do’stlar ikarusda 14 yurdik,
Goh o’tirdik, goh suyandik goh tikka turdik,
Oyoqlarim shishib ketdi ming azob ko’rdik
Xato qildigey xato qildik-da.
Ikarusda o’ziyam 100 kishi ketdik
15-kuni manzilga yetdik
Bilolmadim , bilolmadik qaylarga yetdik
Xato qildigey xato qildik-da.
Bizni oborgan odam qayga yo’qoldi
Yuraklari motorday birdan o’t oldi
Rabotay deb bittasi so’kinib qoldi
Xato qildigey xato qildik-da.
Rossiyada ming dollerdan oylik olasan
Oylik olasan a "œmana" olasan.
Bu ketishda bir kuni gadoy bo’lasan
Xato qildigey xato qildik-da.
Och qoringa emaklab zo’rg’a ishladik
Bir o’rmonda 2 yil bepul ishladik
2 yilda do’stlarim yo’l puli ishladik
Xato qildigey xato qildik-da.
Bir oshnam 10 kishini sotib yubordi
Passportniyam sumkaniyam yoqib yubordi
Rossiyada 1000 dollerdan pul topaman deb
Xato qildigey xato qildik-da.
Qalin qorda karamga agat olamiz
Samagondan yashirincha madad olamiz
Bilib qolsa soldatlardek shagat qilamiz
Xato qildigey xato qildik-da.
Bir buxanka 10 kishiga qanday yetadi
2 yildan beri kunlar shunday o’tadi
Och qoringa kartoshkayam moyday ketadi
Xato qildigey xato qildik-da.
Bratan degani nima degani
Bratan degani aka degani
Karamdan boshqa narsa yo’qmi yegani
Xato qildigey xato qildik-da.
Xotingayam 2 yilda yozolmadim xat
Oshnalar , do’stlarim sizga nasihat
Olis olis ellarda boy bo’laman deb
Xato qildigey xato qildik-da.
Samolyotga yashirincha bilet oldik-da
Bir amallab 4 kishi qochib qoldikda
Bo’lmasa 5 yildayam kelolmas edik
Xato qildigey xato qildik-da.
Ne bo’lsam sen bilan bo’layin vatan
Tuprog’ing ko’zimga surayin vatan
O’lsam ham bag’ringda o’layin vatan
Xato qildigey xato qildik-da.
Uyga kelsam xotin ham tashlab ketibdi
Bolalarni o’zi bilan boshlab ketibdi
Qishlog’iga ko’zlarini yoshlab ketibdi
Xato qildigey xato qildik-da.
Prosti xotin meni prosti dedim
Qorin ochqab ketdi palov qil dedim
Boshimga yaxshilab bir o’qlov yedim
Xato qildigey xato qildik-da.
Olis olis ellarda boy bo’laman deb,
Boy bo’lsam osmonda oy bo’laman deb,
Bir yolg’onchi odamga qaydan ishondik,
Xato qildigey xato qildik-da.
 Eli yurti uchun mehnat qilganlar
Halol mehnat qilib rizqin yeganlar
Ulug’bek baxshiga muxlis bo’lganlar
Har kuni kasbingizga Baraka bersin..





Qayd etilgan


Shoxjahon12  01 Oktyabr 2010, 04:16:36

Sizlarga xabar berishga biroz kech bo'lsa-da, men 28 sentyabr kuni Koreya respublikasiga uchib keldim va Koreya Fiber kompaniyasiga ish o'rganish va malaka oshirish uchun 1 yillik shartnoma tuzdim. Endi kelayotgan 1 yilni (balki uzaytirilar) shu yerda, Koreyada o'tkazaman. Barchaga Sharq mamlakatidan ulkan salomlar.

Qayd etilgan


yoqutxon  01 Oktyabr 2010, 07:09:50

Sizlarga xabar berishga biroz kech bo'lsa-da, men 28 sentyabr kuni Koreya respublikasiga uchib keldim va Koreya Fiber kompaniyasiga ish o'rganish va malaka oshirish uchun 1 yillik shartnoma tuzdim. Endi kelayotgan 1 yilni (balki uzaytirilar) shu yerda, Koreyada o'tkazaman. Barchaga Sharq mamlakatidan ulkan salomlar.
Assalam aleykum. Qilgan safaringiz hayrli bo'lsin. Ishlaringizda omad tilayman.

Qayd etilgan