"Namozni yoshim ulg'ayganda o'qiyman" *Alloh qadarda yozib qo'ygan narsalarni hatto payg'ambarlar bilishmagan. 20, 30 yilni qo'yaturaylik, ertaga, bir soniyadan keyin nima bo'lishini qayerdan bilishadi? Bunday muddao qilishdan uyalishi kerakmasmi, qalbida iymonu Allohga shahodati bo'lgan kishi?
Boshqa amallarim bor, yaxshiliklarim hisobga olinmasdan ketmas"
*Alloh Ar-Rahmonu, Ar-Rahim, Allohning bu sifatlarini bahona qilib olish - ishonaveringki, hech ham o'tmaydigan bahonalardan. O'ziz uylang, biror kishi yangi narsa obersin. Shu kishidan banihoyat minnatdor bo'lasiz. Ey inson, Alloh sizga qad qomat bergan, ko'zlarizga nur bergan, aql idrok bergan. Shularning shukronasini qilmaysizmi?
"Hozir ishlarim ko'p/xastaman/ishlarim yurishsin/o'qishlarimni bitirvolay/va h.k
*Allohning buyurgan amalidan ham muhim amal bor ekanmi dunyoda? Namoz, shahodat keltirgandan keyingi eng buyuk, eng muhim ibodatdir. "Musulmon bilan kofir o'rtasidagi farq - namozdir" ma'nosiga yaqin qattiq hadislar ham borligini unutmaylik.
Fozil qori aytgandilar: Shayton, Allohning buyurgan bir dona amrini bilan bajarmagan. Shu bir marta kibri uchun "la'natlangan" maqomini olgan. Namoz o'qimaydigan - Allohning amrini kuniga 5 marta bajarmaydiganlarning ahvoli, qiyomatda shaytonnikidan battar bo'lmaydimi? Kambag'allik, kasallik, ishi ko'plik, namoz o'qimaslikka sabab bo'lolmaydi.
Ehhh, gapirsa gap ko'p. Namozni quruq o'qishmas, xushu' bilan barpo qilishniyam namoz o'qiydiganlarga, jumladan o'zimgayam, eslatib turilsa savobli ishdan xoli ish bo'lmaydi.
Namoz o'qimay yurgan, "inshallah, biror sabab bo'lib namoz o'qiyman" degan birodarlarim, opa singillarim. Mana sizga o'sha turtki, mana sizga, ta'sirchan bo'lmasada, amri ma'ruf. Namozizzi boshlang, bizziyam duo qiling. Qiyomatda Payg'ambarimiz bilan birga Kavsar boshida o'tirish nasib qilsin hammamizga