Nima qilsak namoz o'qishimizni qalbimizdan his qila olamiz. (AT.TJ saytidan)  ( 6614 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


ЖАМШИДЖОН  08 Iyul 2009, 12:54:40

Namoz bu Allohni zikr etish va shukrini ado etishdir. Agar inson o’zining haqiqiy insoniy hayoti nimada ekanligini bilmasa, unda unday odamning namoz o’qishga hech qanaqa ehtiyoji yo’qdir. Chunki uning hayotidan maqsadi faqat yaxshi yashash, ya’ni uy-joy, yaxshi mansabga ega bo’lish va boshqa dunyoviy matolargba egalik qilish. Bunday odamlar namoz o’qishga ehtiyoj sezmaydilar, bo’sh vaqtlarini musiqa eshitish yoki turli ishqiy romanlarni o’qish bilan o’tkazadi. Bundan ham yomoni tafakkuri ularnikidan ham pastroq odamlar turli axloqsizliklar, maishat va kayfu-safo, narkotik moddalar va ichkilikka ruju qo’yadilar. Ammo tafakkur va aqlga ega insonlar esa bu hayotda agar faqat yeb-ichish uchun yashaydigan bo’lsak, hayvonlardan farqimiz faqat shundaki, hayvonlar pastroq darajada va bizlar yuqoriroq darajada bir xil maqsad bilan yashaydigandek bo’lib qolamiz.

Lekin imsonning yaratilishidan maqsad hayvonniki bilan bir xil bo’lishi mumkin emas, inson yuqoriroq maqsad uchun yaratilgan, bu maqsad — uning kamolotga yetishidir, kamolotga yetish uchun esa ibodat qilish zarurdir, deb fikrlaydi.axir insonning umri faqat bu dunyo bilan o’lchanmaydi, balki boshqa abadiy olam ham orki, na usha abadiy hayot insonning asl yashaydigan yeridir. Bir donishmandning aytishicha "œ hayotga lazzat bag’ishlaydigan narsa — bu yetishish emas, ana shu yetishish yo’lidagi intilishdir, boradigan yer emas, unga olib boradigan yo’ldir". Ha, agar bu tarafdan olib qaraydigan bo’lsak, insonning hayotiga lazzat beradigan narsa — uni jannatga (maqsadga) eltuvchi yo’ldir — ibodatdir. Ibodatlarning eng ko’zga tashlanadigan xili esa namozdir. Albatta biz aytadigan o’xshatishlarimiz Qur’oni Karimda aytilgan birgina jumlaning go’zalligiga aslo tenglasha olmaydi. "œAllaziyna yuminuna bil g’oybi va va yuqimuna solat", eng yaxshi bandalar (Allohni) "œko’rmay turib turib iymon keltirgan va Unga namoz o’qiydiganlardir".

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  08 Iyul 2009, 12:57:41

Namozni kechiktirib o’qish haqida

Bizga yaxshi ma’lumki, namozni avvali vaqtida o’qish kerakligi haqida paygambarimiz (saov) ko’plab ta’kidlagan edilar/ lekin ba’zi holatlarda esa namozni kechiktirib o’qish ba’zan joiz va ba’zan esa hatto mustahabdir/ ana shunday holatlar haqida siz azizlarga hikoya qilib berishni istar edik. Quyidagi holatlarda namozni kechiktirib o’qisa bo’laveradi:

1. Peshin yoki asr namozlaridan oldin nafl namozini o’qiyotgan bo’lsa, avval ana shu nafl namozni oxirigacha o’qibolib, keyin farz qilingan namozlarini o’qishi kerak.

2. Qurbon hayitidan bir kun oldin (Arafa kuni) hojilar Arafotdan Mash’arul haromga ketayotganda shom va xufton namozlarini kechiktirib, Mash’arul haromga yetib kelganidan keyingina ikkala namozni u yerda o’qishi mustahabdir.

3. Xufton namozini kechroq ya’ni osmondagi qizil shafaq tamoman yo’qolganidan keyin o’qish afzaldir.

4. Istihoza ko’rayotgan ayol namozlarini kechiktirib, keyin bitta g’usl bilan ularni jam qilib o’qishi mumkin.

5. Kecha namozini o’qiyotgan odam bomdodga azonini eshitsa, avval to’rt rakaatli kecha namozini tugatib, keyin bomdodni o’qiydi.


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  08 Iyul 2009, 12:58:11

6. Namoz payti bo’ldimi yoki yo’qmi shak qilgan odam yaxshisi shoshilmasdan namozini bir oz kechiktirgani ma’qulroqdir. Chunki shunday qilsa, namoz payti kirganligiga hech qanday shubha qilmaydi.

7. Hojatxonaga borgisi kelib turgan odam, azon aytilib qolinsa, darrov namoz o’qimay, avvalo bo’shanib keyin tahoratini yangilagani afzaldir, aks holda qistab turgan holda namoz o’qish makruhdir.

8. Tahorat qilish uchun suv topolmagan odam agar suv topilishiga umidi bo’lsa, namozni kechiktirishi afzaldir. (Tayammum olmay sabr qiladi va agar namoz qazo bo’lishiga qadar ham suv topmasa, tayammum qilib namozni qazo qilmasdan o’qib oladi).

9. Yo’lga chiqqan musofirlar agar namoz qazo bo’lishidan oldin vataniga qaytib kelishi ehtimoli kuchli bo’lsa, namozni qasr o’qimay yurtiga yetib borib olgunicha namozini kechiktiradi va keyin to;liq qilib o’qiydi.

10. Ro’za tutgan odam agar ogzini ochgandan keyin bo’shashib ketganligini his qilsa, avval iftorlik qilib bir oz kuch yig’ib oladi keyin namoz o’qiydi.

11. Agar namozni biroz kechiktirsa jamoat namozini o’qish imkoni bo’lsa, bir oz kutiladi va jamoat o’qiladi.

12. Agar namozni kechiktirish biror mo’min odamning hojatini qazo qilish uchun zaruriy bo’lsa, namoz kechiktiriladi

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  01 Avgust 2009, 16:03:10

"Namozni yoshim ulg'ayganda o'qiyman"
*Alloh qadarda yozib qo'ygan narsalarni hatto payg'ambarlar bilishmagan. 20, 30 yilni qo'yaturaylik, ertaga, bir soniyadan keyin nima bo'lishini qayerdan bilishadi? Bunday muddao qilishdan uyalishi kerakmasmi, qalbida iymonu Allohga shahodati bo'lgan kishi?

Boshqa amallarim bor, yaxshiliklarim hisobga olinmasdan ketmas"
*Alloh Ar-Rahmonu, Ar-Rahim, Allohning bu sifatlarini bahona qilib olish - ishonaveringki, hech ham o'tmaydigan bahonalardan. O'ziz uylang, biror kishi yangi narsa obersin. Shu kishidan banihoyat minnatdor bo'lasiz. Ey inson, Alloh sizga qad qomat bergan, ko'zlarizga nur bergan, aql idrok bergan. Shularning shukronasini qilmaysizmi?

"Hozir ishlarim ko'p/xastaman/ishlarim yurishsin/o'qishlarimni bitirvolay/va h.k
*Allohning buyurgan amalidan ham muhim amal bor ekanmi dunyoda? Namoz, shahodat keltirgandan keyingi eng buyuk, eng muhim ibodatdir. "Musulmon bilan kofir o'rtasidagi farq - namozdir" ma'nosiga yaqin qattiq hadislar ham borligini unutmaylik.
Fozil qori aytgandilar: Shayton, Allohning buyurgan bir dona amrini bilan bajarmagan. Shu bir marta kibri uchun "la'natlangan" maqomini olgan. Namoz o'qimaydigan - Allohning amrini kuniga 5 marta bajarmaydiganlarning ahvoli, qiyomatda shaytonnikidan battar bo'lmaydimi? Kambag'allik, kasallik, ishi ko'plik, namoz o'qimaslikka sabab bo'lolmaydi.

Ehhh, gapirsa gap ko'p. Namozni quruq o'qishmas, xushu' bilan barpo qilishniyam namoz o'qiydiganlarga, jumladan o'zimgayam, eslatib turilsa savobli ishdan xoli ish bo'lmaydi.

Namoz o'qimay yurgan, "inshallah, biror sabab bo'lib namoz o'qiyman" degan birodarlarim, opa singillarim. Mana sizga o'sha turtki, mana sizga, ta'sirchan bo'lmasada, amri ma'ruf. Namozizzi boshlang, bizziyam duo qiling. Qiyomatda Payg'ambarimiz bilan birga Kavsar boshida o'tirish nasib qilsin hammamizga ;)





Qayd etilgan


IXLOS  01 Avgust 2009, 17:25:17

Assalomu aleykum aziz ahli-mo'min va muslimalar!!!
Avvalo JAMSHIDDJONGA raxmat shu mavzuni boshlaganlari uchun
.

HADISI SHARIFLARDA
*"Yoshlaringizni yaxshirog'i - O'zini (ibodat va taqvoda) keksalarga o'xshatganidir,
   keksalaringizni yomonrog'i - o'zini (bexuda ishlarda) yoshlarga o'xshatganidir".

*"Toat-ibodatdagi keksani yaxshi ko'raman, lekin toatli yoshlarga sevgim ziyoddir.
   Isyonkor yoshlarni yomon ko'raman, lekin gunoh qiluvchi keksalarga nafratim ziyoddir".

*"Qaysi bir o'smir, katta yoshga yetguncha ilm va ibodatda ulg'aysa, unga Alloh taolo
   qiyomat kuni to'qson ikkita siddiqning savobini beradi".

*"Yetti toifa kishilarni qiyomat kuni Alloh taolo arshning soyasida soyalantiradi.
   Shulardan biri Allohning toatida ulg'aygan yoshlar".


*"Ey yoshlar jamoasi! (Ishlarni) "Yaqinda qilaman, yaqinda qilaman" deb,
   kechiktirishdan saqlaning!"         (Hasan Basriy).

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  02 Avgust 2009, 02:14:40

Rasululloh  :sw: "Mening havzim Adaning Iylasidan ham uzoqdir. Jonim qo`lida bo`lgan zotga qasamki, u (havzim) ning idishlari osmon
yulduzlarining sonidan ko`pdir. U sutdan oq va asaldan shirindir. Men
uni odam begona tuyadan himoya qilganidek himoya qilaman"- dedilar.
Sahobalar: "Yo rasululloh, siz bizlarni taniysizmi?"- deb so`radilar.
Rasululloh  :sw:"Ha, sizlar tahorat ta`siridan
nurli qashqa bo`lib kelasizlar. Bu (ko`rinish) boshqalar uchun
bo`lmas"- dedilar" (Imom Muslim rivoyati).

Imom Ahmad rahimahulloh dedi: "Namozga chaqirilsa: "namoz o`qimayman" deb
bosh tortgan va vaqti chiqquniga qadar o`qimagan odamni qatl qilinadi.
Zamondoshlarimizdan ko`pi namozni tark qilgan kishining murtadligi,
uning jazosi o`lim e`kani va u bilan musulmon rafiqasi o`rtasini
ajratish kerak e`kaniga fatvo berdilar... Shunday e`kan, namozni tark
qilgan odam qaysi amal va qaysi savobni umid qilmoqda?!



Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  22 Sentyabr 2009, 08:13:34

Payg'ambarimiz - Ollohning salomi ustlariga yog'ilsin - buyurdilar:

- Jamoat bilan o'qilgan namoz, yolg'iz o'qilgan namozdan yigirma yetti baravar fazilatliroqdir.

Abu Hurayra rivoyat qiladi:

- Bir daf'a talaygina kishilar jamoat bilan o'qiladigan namozga kelmagan edilar. Rasululloh buyurdilarki:

- Bir ora, namoz o'qitishni biron kishiga qoldirsam-u, borib namozga kelmaganlarning uylarini boshlariga yiqsammikin deb o'yladim.

Hazrat Usmon - Olloh undan rozi bo'lsin - aytadi:

- Kim xufton namozini jamoat bilan o'qisa, u kechaning yarmini ibodat bilan o'tkazgan bo'ladi. Kim bomdod namozini jamoat bilan o'qisa, u butun tun bo'yi ibodat qilgan bo'ladi.

Rasululloh buyurdilar:

- Kim namozni jamoat bilan o'qisa, ko'ksini ibodatga to'ldirganidir.

Ba'zi buyuklarimizning tarzlari va so'zlari:

Hasan Basriy:

- Olimlar bilan hamdard bo'lmagan kishining orqasida namoz o'qimayman.

Nahoyi:

- Yetarli ilmi bo'lmagani holda odamlarga imomlik qilgan kimsaning holi dengizda girdobga tushgan kishining holiga o'xshaydi va qay biri ustunu qay biri tubanligini ayirish qiyin.

Ibn Abbos (Olloh undan rozi bo'lsin):

- Kim azonni eshitib turib, ijobat qilmasa, demak, u yaxshilikni murod qilmaydi va yaxshilik ham unga yaqin yo'lamaydi.

Abu Hurayra (Olloh undan rozi bo'lsin):

- Odamzodning qulog'iga eritilgan qalay quyilgani, azonni eshitib unga ijobat qilmaganidan yaxshiroqdir.

Maymun ibn Mahron jamoat bilan namoz o'qish uchun jomega borgan edi. Unga har kim har xil maqsad bilan tarqalib ketganini aytishdi. Maymun shunday dedi:

- Biz, Olloh uchunmiz va Ollohga qaytamiz. Jamoat bilan o'qilgan namoz men uchun Iroqqa borib kelishdan ham yoqimliroq.

Olloh Rasuli buyurdilarki:

- Kim, takbir boshlanishiga ham yetib borib qirq kun jamoat bilan birga namoz o'qisa, Olloh uning uchun ikki bedaxllik yozadi: bir bedaxllik nifoqdan, ikkinchisi jahannamdandir.

Derlarki:

- Qiyomat kuni bo'lganda bir guruh insonlar yuzlari porloq yulduzday holda hashr etiladilar (to'planadilar). Malaklar ulardan:

- Dunyoda qanday amallar qilgandinglar? - deb so'raydi.

Ular javob beradilar:

- Biz azonni eshitgan zahoti tahorat olardik. Bu paytda boshqa biron mashg'ulotimiz bo'lmas edi.

So'ngra, yuzlari to'lin oyday yorug' bo'lgan bir guruh insonlar ham keladilar. Malaklar so'rashadi:

- Amallaringiz nimalar edi?

- Vaqt kirmasdan oldin tahorat olardik! - deb javob beradi ular.

Keyin yana bir guruh insonlar keladi. Yuzlari quyoshday porlaydi.

- Amallaringiz nimalar edi? - Malaklar yana o'sha savolni beradi.

Ular javob beradilar: - Azonni jomeda eshitardik!

Irfon musulmonlar taqvim kitobidan

Qayd etilgan