Muallif Mavzu: Telefonda so’zlashish odobi (янгиланган 14.06.2009)  ( 15005 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Hayotimizga telegraf, radio, keyin telefon kirib keldi. Radiotelefon, peyjer, uyali aloqa telefoni… Inson hayotining turmush tarzi rivojlanib bormoqda. Ammo bizlar mana shu imkoniyatlarimizdan to’gri foydalanamizmi? Uning o’ziga xos qonun-qoidalariga amal qilamizmi? Shu haqda suhbatlashamiz.

Muhim telefon so’zlashuvlari qisqa, muloyim va hurmatni ketkazmaydigan bo’lishi kerak. Shunisi qiziqki, tadqiqotlarga ko’ra, tik turgan holda gaplashsangiz, ovozingizdagi ohang qat’iyroq bo’ladi. Agar o’tirgan holda gapirsangiz, ovozingiz yumshoqroq va muloyimroq chiqadi.

Telefonda gaplashishning bir nechta umumiy qoidalari bor. Raqam terishdan avval o’ylab ko’rishingiz kerak. Sizning qo’ng’irog’ingiz xush kelarmikan? Telefon qilayotgan kishingizni bezovta qilib qo’ymasmikansiz? Shu tobda siz qo’ng’iroq qilayotganingizda uni kimdir bezovta qilmayotganmikan?

Har qanday qo’ng’iroq salomlashish va tanishishdan boshlanadi, keyin gaplashishingiz kerak bo’lgan odamni chaqirib berishlarini iltimos qilasiz.

« So'nggi tahrir: 08 Iyul 2009, 14:33:34 muallifi Robiya »

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Yodda tuting, tanishingiz yoki dugonangiz bilan shoshilmasdan suhbat qurayotgan paytingiz, sizga muhim ish bilan qo’ng’iroq qilayotgan bo’lishlari mumkin. Telefon orqali bekorchi gaplarni gaplashmang. Agar do’stingiz bilan ko’ngildan suhbatlashmoqchi bo’lsangiz, u bilan biror joyda uchrashib gaplashganingiz ma’qul. Judayam kech bo’lib qolganda tanishingizga qo’ng’iroq qilmang. Agar 5-6 marta chaqirgandan keyin telefonni hech kim ko’tarmasa, boshqa qo’ng’iroq qilmang. Agar kimdir raqamni noto’g’ri terib sizga tushib qolsa, qo’pollik qilmay, mayinroq javob bering: “Kechirasiz, boshqa raqamga tushib qoldingiz”. Eslab qolish zarur bo’lgan shunday qoida bor: Do’stingizning uyiga ogohlantirmasdan bormang. Bu telefonning afzalliklaridan biridir.

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Hech qachon telefon qilayotgan insonga “Kim bu gapirayotgan?” deb so’ramang. Bu odobdan emas.

Telefonda gaplashayotgan vaqtda aloqa uzulib qolsa, o’sha odamga qayta qo’ng’iroq qiling. Noto’g’ri ulanib qolgan bo’lsa, gaplashishdan oldin qayerga qo’ng’iroq qilayotganligini aniqlab oling.

Go’shakdan baqirib gapirmang – bu eshitishni yaxshilamaydi; yaxshisi shoshmasdan, so’zlarni aniq ifodalab gapiring. Gaplashayotganda qo’pol ham, o’ta muloyim ham bo’lmang. Uchrashuvga kelishib olayotganingizda, telefonda hamma savollarga javob bermang. Kimnidir telefonga chaqirib berishlarini so’rashsa, “Kim so’rayapti?” deb qiziqmang. Lekin rahbaringiz so’rasa, qanday joy bilan ulanayotganingiz, kim gapirayotgani, qayerdan va nima maqsadda qanday tanishtirish kerakligi haqida bilib olishingiz kerak.

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Go’shakni ko’tarib qo’ymang. Yana qo’ng’iroq qilishlari mumkin. Yaxshisi, “20-30 daqiqadan keyin qo’ng’iroq qiling”, deb ayting. Sherigingizga qo’ng’iroq qilishga kelishgan bo’lsangiz, va’dangizni bajaring. O’ta zarur ishingiz bo’lmasa, ishdagi odamga shaxsiy ishlar bilan qo’ng’iroq qilmang. Ish yuzasidan bo’lsa, bir necha daqiqaga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Ogohlantirmasdan turib, ertalab soat 8.00 gacha, kechqurun soat 22.00 dan keyin qo’ng’iroq qilmang. Telefoningiz oldida qayd daftarchasi va qalam turishi kerak. Nimanidir yozib olish zaruriyati tug’ilsa, bu narsalarni qidirib qolmasligingiz zarur.

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Haddan ortiq hol-ahvol so’rash ham yaramaydi. Shakarning ham ozi yaxshi. Albatta, “marhamat qilib”, “rahmat” so’zlarini ishlatasiz, biroq uzoq so’rashib, boshni qotirmaganingiz ma’qul.


ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Telefonsiz insonga tez yordam ko’rsatib bo’lmaydi. Bunda bo’lib o’tgan voqeani aniq va lo’nda ifoda etish zarur. Ortiqcha gaplar bilan vaqt yo’qotmagan ma’qul. Agar favqulodda hodisa bo’lgan vaqtda qo’lingizda telefon bo’lsa, yordam chaqirish uchun berish zarur. Qarindoshlaringiz, do’stlaringiz, tanishlaringizning boshiga biror ish tushsa, telefon orqali so’rash to’g’ri kelmaydi, bunday vaqtda ularning oldiga qanday yordam kerak, deb ko’ngil so’rab borish zarur.


ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Odatda, ishga doir qo’ng’iroqlar ishxonaga qilinadi. Agar vaziyat taqozosi bilan kimningdir uyiga telefon qilishga to’g’ri kelsa, avvalo uzr so’rash, shundan so’nggina qo’ng’iroqdan maqsadingizni qisqa bayon qilish lozim. Tafsilotlarni uchrashganda yoki ishxonaga qo’ng’iroq qilganda gaplashishga kelishib oling. Chunki odamlar uyda ish haqida o’ylamay, dam olish huquqiga egalar. Bu huquqni hurmat qilish kerak.


ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Agar notanish odamga qo’ng’iroq qilayotgan bo’lsangiz, albatta o’zingizni tanishtirib, bu raqamni sizga kim berganini ayting

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
G’arbda telefon orqali har qanday suhbat 3-5 daqiqadan ortiq davom etmasligi kerak, deb hisoblashadi. Bunga, hech bo’lmaganda, ish yuzasidan bo’layotgan suhbat jarayonida amal qiling.


ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Qoida bo’yicha, qo’ng’iroqni qabul qilayotgan shaxs birinchi bo’lib tanitmaslik huquqiga ega. “Kim bilan gaplashayapman?”, “Bu kim?”, “Men qayerga tushdim?” kabi so’roqlar bilan gap boshlash odobsizlik sanaladi. Agar qo’ng’iroqqa chaqirilgan kishi joyida bo’lmasa, go’shakni olgan odam kim telefon qilganini aniqlashtirib o’tirmasligi kerak. “Kim so’rayapti?”dan ko’ra “Nima deb qo’yay?” degan so’roq yaxshiroq.


ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Telefonda so’zlashayotganda tinglash qobiliyati juda muhim. Buni esdan chiqarmang.


ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Ko’chada, odamlar orasida ba’zida mobil telefon orqali baqirib gaplashayotgan kishini uchratamiz. Yoki tramvay, avtobusda ketayotganimizda mobil telefonida gaplashayotgan odamning ovozini hamma eshitadi. Aytishlaricha, Yaponiyada avtobusda ketayotgan bir odam mobil telefonda baqirib gaplashgani uchun atrofidagi yo’lovchilar uni do’pposlashgan ekan.

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Bu kabi muammolarga biz duch kelmaymiz, deb bo’lmaydi. Nachora, ehtiyojlarning o’zi qonun-qoidalarni paydo qiladi. Jamoat joylarida mobil telefoningizga qo’ng’iroq qilib qolishsa agar zarur bo’lmasa, yaxshisi, “Hozir transportda yoki biror joyda edim, sal turib o’zim qo’ng’iroq qilaman”, deganingiz ma’qulroq. Zero, telefonda so’zlashuv ham sizning nazokatingizni belgilab beradi.

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Telefonda topilgan “baxt” baxtsizlikka olib kelmasmikan

— Allo. Assalomu alaykum, kimsiz? Sizning nomeringiz telefonimga tushib qolibdi.
— Men bu nomerga telefon qilganim yo‘q.
—Kimligizni bilsak bo‘ladimi, tanishaylik…
— Allo. Sevara bormi?
— Yo‘q, adashib tushdingiz.
— O‘ziz kim bo‘lasiz, tanishsak bo‘ladimi?..
Bunday holatlar bir kunda ko‘plab takrorlanishi mumkin. Uyali aloqa vositasi haqida ko‘p fikrlar aytildi. Ammo ularning zararli oqibatlari turli muammolarga ham sabab bo‘lmoqda.
O‘g‘li yoki qizini «yo‘qlab» turish uchun telefon olib bergan ota-ona farzandining ham «anoyi» emasligini bilarmikan? Ko‘chada bo‘lsa, «Darsdaman», diskotekada bo‘lsa, «Dugonamnikidaman» deb bemalol gapirishi, albatta, shubhalantirmaydi.
Bir dugonam darsga bormay, tinmay uxlardi. Har safar onasi telefon qilsa, ovozini pastlatib: «Darsdaman, domlamiz kelyapti, bo‘pti, xayr», deb o‘chirib qo‘yardi. Mushtipar ona esa «o‘qimishli» qizini «dars vaqtida» bezovta qilgani uchun o‘zini koyigandir, ehtimol…

 

Основные правила грамматики русского язы

Muallif AbdulAzizBo'lim Chet tillari

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 14483
So'nggi javob 09 Yanvar 2013, 22:19:01
muallifi korean.syntax
Ахлокан бузуклик укитувчига ярашадими

Muallif saraBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 35
Ko'rilgan: 15150
So'nggi javob 18 Noyabr 2010, 09:16:00
muallifi JaviK
Турмуш курмаганлар тезрок кўринглар!!!!

Muallif ChustiyBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 12
Ko'rilgan: 12097
So'nggi javob 13 Noyabr 2013, 21:54:45
muallifi _IYMONA_
Fitr zakoti (рўзаи фитр) нинг хукмлари

Muallif DoniyorBo'lim Ro'za

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 5878
So'nggi javob 21 Oktyabr 2006, 07:07:14
muallifi Doniyor
Саволлар.ислом.узга аъзо бўлиш (йўриқнома)

Muallif ҲанафийBo'lim Umumiy

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2935
So'nggi javob 14 Iyun 2012, 09:23:05
muallifi Ҳанафий