Telefonda so’zlashish odobi (янгиланган 14.06.2009)  ( 29900 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


ЖАМШИДЖОН  08 Iyul 2009, 14:09:49

Hayotimizga telegraf, radio, keyin telefon kirib keldi. Radiotelefon, peyjer, uyali aloqa telefoni… Inson hayotining turmush tarzi rivojlanib bormoqda. Ammo bizlar mana shu imkoniyatlarimizdan to’gri foydalanamizmi? Uning o’ziga xos qonun-qoidalariga amal qilamizmi? Shu haqda suhbatlashamiz.

Muhim telefon so’zlashuvlari qisqa, muloyim va hurmatni ketkazmaydigan bo’lishi kerak. Shunisi qiziqki, tadqiqotlarga ko’ra, tik turgan holda gaplashsangiz, ovozingizdagi ohang qat’iyroq bo’ladi. Agar o’tirgan holda gapirsangiz, ovozingiz yumshoqroq va muloyimroq chiqadi.

Telefonda gaplashishning bir nechta umumiy qoidalari bor. Raqam terishdan avval o’ylab ko’rishingiz kerak. Sizning qo’ng’irog’ingiz xush kelarmikan? Telefon qilayotgan kishingizni bezovta qilib qo’ymasmikansiz? Shu tobda siz qo’ng’iroq qilayotganingizda uni kimdir bezovta qilmayotganmikan?

Har qanday qo’ng’iroq salomlashish va tanishishdan boshlanadi, keyin gaplashishingiz kerak bo’lgan odamni chaqirib berishlarini iltimos qilasiz.


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  08 Iyul 2009, 14:10:20

Yodda tuting, tanishingiz yoki dugonangiz bilan shoshilmasdan suhbat qurayotgan paytingiz, sizga muhim ish bilan qo’ng’iroq qilayotgan bo’lishlari mumkin. Telefon orqali bekorchi gaplarni gaplashmang. Agar do’stingiz bilan ko’ngildan suhbatlashmoqchi bo’lsangiz, u bilan biror joyda uchrashib gaplashganingiz ma’qul. Judayam kech bo’lib qolganda tanishingizga qo’ng’iroq qilmang. Agar 5-6 marta chaqirgandan keyin telefonni hech kim ko’tarmasa, boshqa qo’ng’iroq qilmang. Agar kimdir raqamni noto’g’ri terib sizga tushib qolsa, qo’pollik qilmay, mayinroq javob bering: "œKechirasiz, boshqa raqamga tushib qoldingiz". Eslab qolish zarur bo’lgan shunday qoida bor: Do’stingizning uyiga ogohlantirmasdan bormang. Bu telefonning afzalliklaridan biridir.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  08 Iyul 2009, 14:10:32

Hech qachon telefon qilayotgan insonga "œKim bu gapirayotgan?" deb so’ramang. Bu odobdan emas.

Telefonda gaplashayotgan vaqtda aloqa uzulib qolsa, o’sha odamga qayta qo’ng’iroq qiling. Noto’g’ri ulanib qolgan bo’lsa, gaplashishdan oldin qayerga qo’ng’iroq qilayotganligini aniqlab oling.

Go’shakdan baqirib gapirmang — bu eshitishni yaxshilamaydi; yaxshisi shoshmasdan, so’zlarni aniq ifodalab gapiring. Gaplashayotganda qo’pol ham, o’ta muloyim ham bo’lmang. Uchrashuvga kelishib olayotganingizda, telefonda hamma savollarga javob bermang. Kimnidir telefonga chaqirib berishlarini so’rashsa, "œKim so’rayapti?" deb qiziqmang. Lekin rahbaringiz so’rasa, qanday joy bilan ulanayotganingiz, kim gapirayotgani, qayerdan va nima maqsadda qanday tanishtirish kerakligi haqida bilib olishingiz kerak.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  08 Iyul 2009, 14:10:49

Go’shakni ko’tarib qo’ymang. Yana qo’ng’iroq qilishlari mumkin. Yaxshisi, "œ20-30 daqiqadan keyin qo’ng’iroq qiling", deb ayting. Sherigingizga qo’ng’iroq qilishga kelishgan bo’lsangiz, va’dangizni bajaring. O’ta zarur ishingiz bo’lmasa, ishdagi odamga shaxsiy ishlar bilan qo’ng’iroq qilmang. Ish yuzasidan bo’lsa, bir necha daqiqaga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  08 Iyul 2009, 14:11:05

Ogohlantirmasdan turib, ertalab soat 8.00 gacha, kechqurun soat 22.00 dan keyin qo’ng’iroq qilmang. Telefoningiz oldida qayd daftarchasi va qalam turishi kerak. Nimanidir yozib olish zaruriyati tug’ilsa, bu narsalarni qidirib qolmasligingiz zarur.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  08 Iyul 2009, 14:11:28

Haddan ortiq hol-ahvol so’rash ham yaramaydi. Shakarning ham ozi yaxshi. Albatta, "œmarhamat qilib", "œrahmat" so’zlarini ishlatasiz, biroq uzoq so’rashib, boshni qotirmaganingiz ma’qul.


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  08 Iyul 2009, 14:11:40

Telefonsiz insonga tez yordam ko’rsatib bo’lmaydi. Bunda bo’lib o’tgan voqeani aniq va lo’nda ifoda etish zarur. Ortiqcha gaplar bilan vaqt yo’qotmagan ma’qul. Agar favqulodda hodisa bo’lgan vaqtda qo’lingizda telefon bo’lsa, yordam chaqirish uchun berish zarur. Qarindoshlaringiz, do’stlaringiz, tanishlaringizning boshiga biror ish tushsa, telefon orqali so’rash to’g’ri kelmaydi, bunday vaqtda ularning oldiga qanday yordam kerak, deb ko’ngil so’rab borish zarur.


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  08 Iyul 2009, 14:11:55

Odatda, ishga doir qo’ng’iroqlar ishxonaga qilinadi. Agar vaziyat taqozosi bilan kimningdir uyiga telefon qilishga to’g’ri kelsa, avvalo uzr so’rash, shundan so’nggina qo’ng’iroqdan maqsadingizni qisqa bayon qilish lozim. Tafsilotlarni uchrashganda yoki ishxonaga qo’ng’iroq qilganda gaplashishga kelishib oling. Chunki odamlar uyda ish haqida o’ylamay, dam olish huquqiga egalar. Bu huquqni hurmat qilish kerak.


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  08 Iyul 2009, 14:12:24

Agar notanish odamga qo’ng’iroq qilayotgan bo’lsangiz, albatta o’zingizni tanishtirib, bu raqamni sizga kim berganini ayting

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  08 Iyul 2009, 14:12:42

G’arbda telefon orqali har qanday suhbat 3-5 daqiqadan ortiq davom etmasligi kerak, deb hisoblashadi. Bunga, hech bo’lmaganda, ish yuzasidan bo’layotgan suhbat jarayonida amal qiling.


Qayd etilgan