Telefonda so’zlashish odobi (янгиланган 14.06.2009)  ( 29892 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


ЖАМШИДЖОН  08 Iyul 2009, 14:12:58

Qoida bo’yicha, qo’ng’iroqni qabul qilayotgan shaxs birinchi bo’lib tanitmaslik huquqiga ega. "œKim bilan gaplashayapman?", "œBu kim?", "œMen qayerga tushdim?" kabi so’roqlar bilan gap boshlash odobsizlik sanaladi. Agar qo’ng’iroqqa chaqirilgan kishi joyida bo’lmasa, go’shakni olgan odam kim telefon qilganini aniqlashtirib o’tirmasligi kerak. "œKim so’rayapti?"dan ko’ra "œNima deb qo’yay?" degan so’roq yaxshiroq.


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  08 Iyul 2009, 14:13:12

Telefonda so’zlashayotganda tinglash qobiliyati juda muhim. Buni esdan chiqarmang.


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  08 Iyul 2009, 14:13:24

Ko’chada, odamlar orasida ba’zida mobil telefon orqali baqirib gaplashayotgan kishini uchratamiz. Yoki tramvay, avtobusda ketayotganimizda mobil telefonida gaplashayotgan odamning ovozini hamma eshitadi. Aytishlaricha, Yaponiyada avtobusda ketayotgan bir odam mobil telefonda baqirib gaplashgani uchun atrofidagi yo’lovchilar uni do’pposlashgan ekan.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  08 Iyul 2009, 14:13:45

Bu kabi muammolarga biz duch kelmaymiz, deb bo’lmaydi. Nachora, ehtiyojlarning o’zi qonun-qoidalarni paydo qiladi. Jamoat joylarida mobil telefoningizga qo’ng’iroq qilib qolishsa agar zarur bo’lmasa, yaxshisi, "œHozir transportda yoki biror joyda edim, sal turib o’zim qo’ng’iroq qilaman", deganingiz ma’qulroq. Zero, telefonda so’zlashuv ham sizning nazokatingizni belgilab beradi.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  24 Iyul 2009, 16:38:42

Telefonda topilgan "œbaxt" baxtsizlikka olib kelmasmikan

— Allo. Assalomu alaykum, kimsiz? Sizning nomeringiz telefonimga tushib qolibdi.
— Men bu nomerga telefon qilganim yo‘q.
—Kimligizni bilsak bo‘ladimi, tanishaylik"¦
— Allo. Sevara bormi?
— Yo‘q, adashib tushdingiz.
— O‘ziz kim bo‘lasiz, tanishsak bo‘ladimi?..
Bunday holatlar bir kunda ko‘plab takrorlanishi mumkin. Uyali aloqa vositasi haqida ko‘p fikrlar aytildi. Ammo ularning zararli oqibatlari turli muammolarga ham sabab bo‘lmoqda.
O‘g‘li yoki qizini «yo‘qlab» turish uchun telefon olib bergan ota-ona farzandining ham «anoyi» emasligini bilarmikan? Ko‘chada bo‘lsa, «Darsdaman», diskotekada bo‘lsa, «Dugonamnikidaman» deb bemalol gapirishi, albatta, shubhalantirmaydi.
Bir dugonam darsga bormay, tinmay uxlardi. Har safar onasi telefon qilsa, ovozini pastlatib: «Darsdaman, domlamiz kelyapti, bo‘pti, xayr», deb o‘chirib qo‘yardi. Mushtipar ona esa «o‘qimishli» qizini «dars vaqtida» bezovta qilgani uchun o‘zini koyigandir, ehtimol"¦

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  24 Iyul 2009, 16:38:58

Ba’zi yoshlar uchun eng foydali va qiziq mashg‘ulot «sotka» orqali tanishuvdir. Gohida tasodif tufayli, ayrim hollarda hazillashib, istagan raqamni terib ham bir-biri bilan tanishgan, hatto turmush qurayotgan yigit-qizlar ham bor.
Talabalar yotoqxonasida turganligim bois bunday hodisalar deyarli har soatda uchraydi. Ularning ko‘pchiligi tanishuv haqida berilgan savollarga «telefon orqali» deb javob beradi. Kimgadir ovozi, gapirishi yoki so‘zlashish davomida anglashilgan fe’l-atvori yoqadi. Kimnidir ko‘rmay turib, ovoz orqali sevib yoki yoqtirib qolish ajablanarli holat emas. Faqat yoshlarning bir vaqtning o‘zida bir necha yigit-qizlar bilan mana shunday aloqani o‘rnatishi juda qiziq.
Bir kuni xonadoshim to‘yi bo‘layotganini aytib qoldi. Qiziqib: «Kuyov bola bilan qanday tanishgansiz?» deb so‘radim. U ham «sotka» orqali tanishganini aytdi. Ilgarilari, avvalo, ota-ona bo‘lajak kelin-kuyovlarni bilib, kuzatib, oilasini surishtirib, keyin ularni bir-biri bilan tanishtirishgan. Hozir buning ahamiyati yo‘qdek. Eng achinarlisi, birgina qo‘ng‘iroq uning o‘rnini bosyapti. Bunday qurilgan oila qanday kechadi — noma’lum.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  24 Iyul 2009, 16:39:17

«Baxtli raqam»ni qidirib topish muammo hisoblanmaydi. Telefoni bo‘lmagan ba’zi qizlar akasiga, sinfdoshlariga dugonasi yoki boshqa qizlarning telefonidan qo‘ng‘iroq qilib ham raqam «tarqatishadi». Qiziqib qaytib qo‘ng‘iroq qilganlar esa til topishib, «juftlik»lar paydo bo‘lishi mumkin.
Kursdoshim aytadi: «U bilan tanishganimga 2 hafta bo‘ldi. Ota-onasi uylantirmoqchi ekan, meni aytibdi. Nima qilishimni bilmayapman». «Qanday tanishgansizlar?», deb so‘radim undan ham. Yana o‘sha javob: «Telefon orqali».
Oramizda shunday «aqlli»lar borki, telefon imkoniyatlaridan noma’qul ishlar uchun foydalanmoqda. Oddiy qilib aytganda, ular qizlar bilan gaplashib telefon xotirasiga yoki biror apparatga suhbatni yozib olib, qizning uydagilari yoki sevgan yigitiga yuboradi. Shunday hodisalar oqibatida bir qizning to‘yi buzilgan.
O‘qituvchimiz dars o‘tayotgan paytda kursimizdagi bolalar «sotka»sini o‘ynab o‘tirardi. Shunda domla: «Qo‘lingizdagi matoh nimalarga olib kelishini bilasizmi?— deb so‘rab qoldi. — Menga bir kuni telefon bo‘ldi. Bir yigitcha adashib tushibdi. Boshida adashdingiz, deb o‘chirib qo‘ydim.
Keyin yana telefon qilib: «Tanishaylik, ovozingiz yoqimli ekan», deb tinch qo‘ymadi. Hey, men 60 dan oshgan kampirman, desam tushunmaydi. Agar turmush o‘rtog‘im telefonni ko‘tarib qolsa, nima bo‘lardi. Turmush o‘rtog‘i o‘ta rashkchi bir tanishim shunday holatga tushib qoldi. Ajrashishgacha borishdi. Shuning uchun ehtiyot bo‘linglar».

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  24 Iyul 2009, 16:39:31

Baxtli bo‘lish sabablari ko‘p. Telefonning ulardan biriga aylanib qolayotgani yaxshi. Ammo aksincha ta’sir qilsa, bundan yomoni bo‘lmaydi.
Qo‘l telefoningiz orqali «baxt» topgandek bo‘ldingiz, lekin uning qancha «umr» ko‘rishini o‘ylab ko‘ring"¦

Kamola POLVONOVA,
O‘zDJTU talabasi 

Qayd etilgan


AL_laziz87  06 Sentyabr 2009, 13:41:02

Menda xam bir maslaxat: Ko'rmagan insoniyizga telefonda "Polvonlik" qilib katta ketmeng. Dunyo tor ko'rishganda xijolat bo'lib qolsiz.

Qayd etilgan


Afruza  09 Sentyabr 2009, 01:11:45

Bir gazeta orqali berilgan maqolada ham shu mavzu ko'rarilgan. "Endi zerikishga vaqt yo'q. Falon raqamga qo'ng'iroq qiling va bahtingizni toping!" Xa, bu so'zlarga kundalik telefonimizni hisobini tekshirayotganimizda ham ko'zimiz tushadi. Qiziq, salkam bir dollar evaziga bahtini topish!... Maqola muallifi buni "Zamonaviy qo'shmachilikmi?" deb atagan. Insonlarni laqillatish evaziga pul ishlash. Yana ochiqchasiga.

Mobil telefonlardan  taralayotgan chaqiruv musiqalari ham odamni madaniyatini bildiradi. Hozirada moda bo'lgan ba'zi prikollar atrofdagilarni e'tiborini tortish bilan bir qatorda ko'pchilikni asabiga tegadi. Ayniqsa bu qiz bolani telefoni bo'lsa.

Qayd etilgan