Топ рейтинг www.uz Telefonda so’zlashish odobi (янгиланган 14.06.2009)

Telefonda so’zlashish odobi (янгиланган 14.06.2009)  ( 15658 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


ЖАМШИДЖОН  24 Iyul 2009, 16:38:58

Ba’zi yoshlar uchun eng foydali va qiziq mashg‘ulot «sotka» orqali tanishuvdir. Gohida tasodif tufayli, ayrim hollarda hazillashib, istagan raqamni terib ham bir-biri bilan tanishgan, hatto turmush qurayotgan yigit-qizlar ham bor.
Talabalar yotoqxonasida turganligim bois bunday hodisalar deyarli har soatda uchraydi. Ularning ko‘pchiligi tanishuv haqida berilgan savollarga «telefon orqali» deb javob beradi. Kimgadir ovozi, gapirishi yoki so‘zlashish davomida anglashilgan fe’l-atvori yoqadi. Kimnidir ko‘rmay turib, ovoz orqali sevib yoki yoqtirib qolish ajablanarli holat emas. Faqat yoshlarning bir vaqtning o‘zida bir necha yigit-qizlar bilan mana shunday aloqani o‘rnatishi juda qiziq.
Bir kuni xonadoshim to‘yi bo‘layotganini aytib qoldi. Qiziqib: «Kuyov bola bilan qanday tanishgansiz?» deb so‘radim. U ham «sotka» orqali tanishganini aytdi. Ilgarilari, avvalo, ota-ona bo‘lajak kelin-kuyovlarni bilib, kuzatib, oilasini surishtirib, keyin ularni bir-biri bilan tanishtirishgan. Hozir buning ahamiyati yo‘qdek. Eng achinarlisi, birgina qo‘ng‘iroq uning o‘rnini bosyapti. Bunday qurilgan oila qanday kechadi — noma’lum.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  24 Iyul 2009, 16:39:17

«Baxtli raqam»ni qidirib topish muammo hisoblanmaydi. Telefoni bo‘lmagan ba’zi qizlar akasiga, sinfdoshlariga dugonasi yoki boshqa qizlarning telefonidan qo‘ng‘iroq qilib ham raqam «tarqatishadi». Qiziqib qaytib qo‘ng‘iroq qilganlar esa til topishib, «juftlik»lar paydo bo‘lishi mumkin.
Kursdoshim aytadi: «U bilan tanishganimga 2 hafta bo‘ldi. Ota-onasi uylantirmoqchi ekan, meni aytibdi. Nima qilishimni bilmayapman». «Qanday tanishgansizlar?», deb so‘radim undan ham. Yana o‘sha javob: «Telefon orqali».
Oramizda shunday «aqlli»lar borki, telefon imkoniyatlaridan noma’qul ishlar uchun foydalanmoqda. Oddiy qilib aytganda, ular qizlar bilan gaplashib telefon xotirasiga yoki biror apparatga suhbatni yozib olib, qizning uydagilari yoki sevgan yigitiga yuboradi. Shunday hodisalar oqibatida bir qizning to‘yi buzilgan.
O‘qituvchimiz dars o‘tayotgan paytda kursimizdagi bolalar «sotka»sini o‘ynab o‘tirardi. Shunda domla: «Qo‘lingizdagi matoh nimalarga olib kelishini bilasizmi?— deb so‘rab qoldi. — Menga bir kuni telefon bo‘ldi. Bir yigitcha adashib tushibdi. Boshida adashdingiz, deb o‘chirib qo‘ydim.
Keyin yana telefon qilib: «Tanishaylik, ovozingiz yoqimli ekan», deb tinch qo‘ymadi. Hey, men 60 dan oshgan kampirman, desam tushunmaydi. Agar turmush o‘rtog‘im telefonni ko‘tarib qolsa, nima bo‘lardi. Turmush o‘rtog‘i o‘ta rashkchi bir tanishim shunday holatga tushib qoldi. Ajrashishgacha borishdi. Shuning uchun ehtiyot bo‘linglar».

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  24 Iyul 2009, 16:39:31

Baxtli bo‘lish sabablari ko‘p. Telefonning ulardan biriga aylanib qolayotgani yaxshi. Ammo aksincha ta’sir qilsa, bundan yomoni bo‘lmaydi.
Qo‘l telefoningiz orqali «baxt» topgandek bo‘ldingiz, lekin uning qancha «umr» ko‘rishini o‘ylab ko‘ring"¦

Kamola POLVONOVA,
O‘zDJTU talabasi 

Qayd etilgan


AL_laziz87  06 Sentyabr 2009, 13:41:02

Menda xam bir maslaxat: Ko'rmagan insoniyizga telefonda "Polvonlik" qilib katta ketmeng. Dunyo tor ko'rishganda xijolat bo'lib qolsiz.

Qayd etilgan


Afruza  09 Sentyabr 2009, 01:11:45

Bir gazeta orqali berilgan maqolada ham shu mavzu ko'rarilgan. "Endi zerikishga vaqt yo'q. Falon raqamga qo'ng'iroq qiling va bahtingizni toping!" Xa, bu so'zlarga kundalik telefonimizni hisobini tekshirayotganimizda ham ko'zimiz tushadi. Qiziq, salkam bir dollar evaziga bahtini topish!... Maqola muallifi buni "Zamonaviy qo'shmachilikmi?" deb atagan. Insonlarni laqillatish evaziga pul ishlash. Yana ochiqchasiga.

Mobil telefonlardan  taralayotgan chaqiruv musiqalari ham odamni madaniyatini bildiradi. Hozirada moda bo'lgan ba'zi prikollar atrofdagilarni e'tiborini tortish bilan bir qatorda ko'pchilikni asabiga tegadi. Ayniqsa bu qiz bolani telefoni bo'lsa.

Qayd etilgan


Ansora  09 Sentyabr 2009, 02:58:58

Har bir narsaning ham yaxshi ham yomon tarafi bor, deganlari shu bo'lsa kerak.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Sentyabr 2009, 08:37:55

SO'TKANING FOYDASIYU...

Mana bir necha yildirki, uy va ish telefonlarining "rizqi"ni qiyib, uyali telefon kirib keldi. U yosh-u qarining doimiy hamrohiga aylandi. Kimni qaramang, qo'lida sotoviy telefon. Ko'chada, hiyobonlarda, majlis paytida, "Damas"-u "Tiko"larda ham o'sha sizga tanish bo'lgan "so'tka"ning "jiring-jiring" ovozi eshitiladi.

Xatto mushtdekkina bola ham eng arzon -o'n bir ming so'mlik telefonni qulog'iga tutvolib, ko'chada xuddi polvonlarday kerilib yuradi. U ham mayli. Yamoqchilarni aytmaysizmi. Kechgacha o'tirib, tovonga to'rtta mix qoqadimi yo'qmi, telefonda ministrlarday gaplashishadi:

-Eshmat, tagcharm keldimi? Mengayam opqo'y.

Yaqinda aravakashlarda "so'tka" ko'rib, xayron qoldim. Bu bechoralarga telefonning nima keragi borikin? Qiynalib topgan puli telefon so'zlashuviga yetadimi-yo'qmi?

Mayli, kim "so'tka" tutadi, kim tutmaydi, buni biz hal qilmaymiz, ammo uning foydayu-zarari haqida so'z yuritishga ozmi-ko'pmi fikr yuritaylik.

Eng avvalo katta-katta kompaniyalarga million-million daromad-u foyda keltirayotgan "so'tka"ning insonlarga foydasi haqida so'z yuritaylik. Bilasiz, telefonning bir daqiqasi ikki sent, ya'ni 25 so'm atrofida. To'rt daqiqasi 100 so'm, o'n daqiqasi 250 so'm. Odamlarga eng qulay tomoni ham ana shunda, ya'ni daqiqasi arzonligida. O'zbekistonning istalgan burchagiga telefon qilsangiz-u, daqiqasiga bor yo'g'i 25 so'm to'lasangiz.

Aytaylik, sizda ham, xotiningizda ham qo'l telefoni bor. Siz ishdasiz. Ammo qaytishda bozorga kirib, ul-bul xarid qilish kerag-u yodingizdan ko'tarilgan. "Obbo... -deysiz diqqatingiz oshib. Chatoq bo'ldiyu".

Huddi shu payt o'ng tarafdagi g'ilofda to'pponchaday tayyor bo'lib turgan telefon yodingizga tushadiyu, ko'nglingiz yorishadi. Bir daqiqa ichida xotiningizdan nima xarid qilish kerakligini bilib olasiz.

Agar telefon bo'lmasa-chi... Eng birinchi shu narsani olmay uyga borsangiz katta janjal chiqishini o'ylab yuragingiz zirqiraydi. Keyin "ke, shuning og'zi ochilmasin" deysiz-u, "Damas"ga tushib, uyga borib yana ortga qaytasiz. Buning uchun kamida 300 dan 600, agar uyingiz uzoqroqda bo'lsa, 1000 so'mdan oshiq pul sarflaysiz.

So'tkangiz bo'lsa-chi, 600 o'rniga 50 so'm sarf qilasiz. xotiningiz telefonda tergashni boshlasa, sekin o'chirib qo'yasiz. Bahona tayyor "pul ketadi, xotin". Ichingizda esa norozi ohangdagi gaplaringiz marjonday ipga tiziladi. Uyda eshitganim yetar, ko'chadagisi ortiqchalik qiladi.

Siz ishdaligingiz paytida uyingizga juda nozik mehmonlar kepqoldi. Siz bexabarsiz. Xotiningiz sizga bu xabarni yetkazay desa uyda ham, idorada ham telefon yo'q. Uning ustiga uyda mayda-chuydaning tagi ko'rinib qolgan. Er-xotinning qo'lida telefon borligi shunaqada asqotadi-da.

-Javlon aka, -deydi turmush o'rtog'ingiz hayajonlanib. - Falon qarindoshlarimiz mehmon bo'lib kelishibdi. Ishdan ertaroq qaytarsiz... Ha, aytgancha, kelaturib bozorga bir kirib kelsangiz. Go'sht, devzira, non degan narsalar tugab qoluvdi.

Ana, siz mehmonlar tashrifidan xabardorsiz. Boshlig'ingizga "kenja qizimning sal mazasi qochibdi. Hozir telefon qilishdi", -deb yolg'on bahona ko'rsatasiz-u, juftakni rostlaysiz. Avval bozorga, keyin uyga borasiz.

Agar "so'tka" bo'lmasa-chi? Mehmonlardan bexabar bir paytda horib-charchab uyga kirib borasiz. Hali ular bilan ko'rishib ulgurmasingizdan xotiningiz sizni bir chetga sudraydi. "Dadasi, uyda hech narsa yo'q. Kiyimingizni almashtirmasdan oldin bir bozor qilib keling. Manavi ro'yxat, bo'ling".

-Uff,-deysiz asabingiz buzilib. -Ertaroq bilmabman-da, o'lguday charchovdim-a.

Bozorga borib-kelguncha "bevaqt" kelgan mehmonlar sha'niga "shirindan-shakar" gaplar aytasiz.

"So'tka" bo'lsa-chi, bunday noxushliklar yuz bermaydi.

Bu telefon bilan bog'liq eng oddiy misollar.

"So'tka" Rossiya taraflarga meva-cheva olib borib savdo-sotiq qiladigan savdogarlar uchun ham qulay vosita bo'lib qoldi. Sheriklar qo'l telefoni orqali doimiy aloqada bo'lib turadilar. Yuk qachon ketdi, qancha ketdi, qanchadan ketdi, hammasi oyday ravshan bo'lib turadi.

Endi shunday foydalarni keltirgan qo'l telefonining ziyoni yo'q, deb kim kafolat bera ola-di.

Shahrimizda "so'tka" shu darajada urf bo'ldiki, hattoki telefoni yo'q odamlarni ba'zi kimsalar odam qatoriga qo'shmay qo'yishdi.

-Nima, -deydi ular aftini bujmaytirib. - "So'tkam yo'q. Shunaqasi ham bo'ladimi? Zamondan or­qada qopsizda-a?"

Shundan bo'lsa kerak, ko'pchilik tirishib-tirmashib arzonrog'idan bo'lsa ham telefon sotib oladi. Lekin olifta boyvachchalar yana kuladi. "Qanchaga oldingiz buni? Voy-vu-u, yigirma ming? Muncha qimmat?.."

Shu gapni eshitgan odam, yemay-ichmay, bolalarining rizqini qiyib qimmatrog'iga yopishadi. Shunda ham boyvochcha sheriklar pichingini tashlamaydi. "Qaltiramay uzoqroq gaplashavering, oshna, pul topiladigan nar­-sa-yu".­

Oshnalarning "iye telefon sizda bor holosmi?" degan gapidan so'ng, xotini va bolalariga ham olib berishga chiranadi. Natijada, qozon suvga tushadi, sog'liq yomonlashadi.

Bir do'stim bor edi. Oliftachilikkami yoki zaruratdanmi telefonda ko'p gaplashadi. So'rasam, bir kunda bir dollarlik ya'ni 1400 so'mlik gaplasharkan. Ammo hech tushlikka chiqmaydi. Pulni qizg'onadi. Natijada oshqozon yarasi kasaliga chalindi.

Mahallamizda bir odam bor. Doimo qo'lidan so'tka tushmaydi. Kecha qarasam, kaftdekkina taxtani qulog'iga tutib, aljirayapti. Bilsam, u "so'tka"sini o'g'irlatib qo'yibdi. Telefon ham chakanamas, naq 700.000 so'mlik ekan... Aqldan ozib qolibdi.


Ulug'bek ABDUSALOMOV.

Qayd etilgan


Abu Muso  31 Mart 2010, 17:15:04

 :as:

ТЕЛЕФОА ОДОБЛАА И

Илм-фан ва техника тараққиёти туфайли сришилаётган қулайликлар билан бирга, муаммолар ҳам пайдо бслмоқда. Уларни ҳал стиш снги ихтиро стилган ускуналардан фойдаланиш одобларига риос стишимизга боғлиқ. Бу мақола беминнат хизматчимиз бслиб қолган усли телефондан фойдаланиш одоблари ҳақидадир:

1. Усли телефонда сабабсиз ксп гаплашмаслик керак. Бу соғлиққа зарарли бслиши билан бирга исроф ҳамдир. Шариатимиз исрофнинг барча ксринишларидан қайтаргани маълум.
2. Масжидга кирганда телефоннинг сзини ёки овозини счириш. Шунда намоздаги хушуъга халақит қилмайди ва намозхонлар хаёли чалғимайди.
3. Илм мажлислари ва мсътабар инсонлар ҳузурида телефонни умуман ишлатмаслик. Бундай қилиш мажлис ҳайбатини сақлашга, таълим фойдасининг мукаммал бслишига ва обрсли инсонлар ҳурматини жойига қсйишга хизмат стади. Агар ссзлашувга қаттиқ зарурат бслса, узр ссраб ташқари чиқиб ссзлашиш керак.
4. Ссзлашувни суҳбатдошга билдирмай ёзмаслик ёки бошқалар олдида телефон овоз кучайтиргичини ёқиб қсймаслик. Бундай қилиш оқил кишига хос иш смас, айниқса, суҳбат хос ва махфий бслса. Чунки бу ҳам омонатга хиёнат ёки чақимчиликнинг бир ксринишидир.
5. Телефонни умумий жойларга ташлаб қсймаслик. Бундай қилинса  телефонидан кимдир қинғир йслда фойдаланиши ёки биров ксриши мумкин бслмаган хатлар сқилиши, айниқса бузуқ суратлар тарқаб кетиши мумкин. Аатижада бугун сткир муаммо бслиб турган нохуш ҳолатлар юзага келади.
6. Телефонда тасвирга олишда сҳтиёт бслиш. Оммавий тадбирларда, тсй-зиёфатларда кераксиз ҳолатларни тасвирга тушириш обрс тскилишига, оилалар бузилишига ҳамда бошқа кспгина хунук ҳолатлар ва фитналарга сабаб бслади.
7. Бошқалар телефонини текширмаслик, мактубларини сқимаслик, суратларига назар солмаслик. Бундай қилинса, бировнинг шахсий ҳаётига аралашиш, айбини очиш бслади, хиёнат ва ёмон гумон каби оғир гуноҳларга йсл очади. Аслида-ку, телефон сгаси сзини хунук аҳволга соладиган маълумот, хат ва суратларни телефонидан счириб ташлаши лозим. Чунки телефони йсқолиб қолса, унутиб қолдирса ёки бировнинг қслига тушса, сзи қийин вазистда тушиб қолади.
8. Одамлар орасида телефоннинг мусиқа ва қснғироқларини ёқиб-счириб сйнайвермаслик. Бу иш одобдан смас.
9. Телефондан турли фитналар, туҳмат-қабиҳликларда фойдаланмаслик. Чунки телефон ксп қулайлик келтириши билан бирга ёмон нистли кишиларга бировларни лақиллатиш, обрссини тскиш йслларини ҳам осонлаштириб қсйди.
10. А ақамни аниқ терганига ишонч ҳосил қилиш. Акс ҳолда бегона кишига хат жснатиб, қийин аҳволга тушиб қолиш, танимаган одамга озор бериб қсйиш мумкин. Бировга озор бериш динимизда қораланган.
11. Ссзлашув ва ёзишувлар сзига сқин, маҳрам кишилар билан бслиши, номаҳрамлар билан фақат зарурат юзасидангина гаплашиш керак. Бундай қоидага амал қилмаган одам шубҳа-гумонларга, жанжаллар, ҳатто фожиаларга сабабчи бслиши, гуноҳга қолиши мумкин.
"œЯхши хулқларни камолга етказиш учун юборилдим", деганлар севимли Лайғамбаримиз (соллаллоҳу алайҳи ва саллам). У зотга муносиб уммат бслиш истагидаги ҳар бир инсонга юқорида саналган одобларга амал қилиши, ҳар бир ҳаракат ва амалида Ислом таълимотларига мувофиқ иш тутиши лозим. Лайғамбаримиз (соллаллоҳу алайҳи ва саллам): "œМсминларнинг имони комиллари хулқи чиройли бслганларидир", деганларини унутмайлик.

Шерали АҲМАД


Manba
 
   


Qayd etilgan


Ansora  31 Dekabr 2010, 16:47:23

Abu Muso aka, judayam yaxshi ma'lumot ekan, rahmat. Qani endi bu odobni hammayam o'ziga olsa. Bir tanishim bor, bir qo'ng'iroq qilganda albatta yarim soat gaplashadi. Buni kichkina bolasi bor, demaydi. Bolam yig'lay boshlaydi, shunda yana o'zim uzr so'rab ruhsat olaman:( ham radiatsiya nurlari qanchalik zarar murg'akkina bolalarga:(
Menimcha birovga qo'ng'iroq qilganda avvalo: Uzr, vaqtingizni olmayabmanmi, bezovta qilmadimmi, agar xohlasangiz keyiroq gaplashamiz, deyish kerak. Chunki, inson bolasi har xil holatda bo'lishi mumkin.

Qayd etilgan


Muxsiya  08 May 2013, 11:11:41

Qaniydi Abu Muso akaning aytganlari qonuniy kuchga ega bo'lsayu hamma uchun amal qilinishi majburiy qilinsa

Qayd etilgan