Olmali choyOlma- ilmiy nomi
Molus domastica deb ataluvchi ko'p yillik daraxt o'simligining mevasidir. Olma navlarining nihoyatda ko'p va xilma-xilligi uning subtropik zonalardan to Shimolga, Sibir va Uzoq Sharqqacha tarqalishiga imkon bergan. MDH.da olma barcha mevali daraxtlarning 3/4 ulushini tashkil etadi. Bundan tashqari Qrim, Kavkaz, O'rta Osiyo o'lkalarida hamda Kursk va Voronej viloyatlarida yovvoyi olma ayniqsa ko'p.
Choy uchun olmaning barcha navlari yaroqlidir: shirin,nordon-shirin, nordon, ertaki, o'rtaki, kechki, qishga g'amlangani ham bo'laveradi,faqat qartillama bo'lsa bas.
Qora choy odatdagicha damlanadi. Kesilgan olma va shakar solingan piyolaga quyiladi. Bir ho'plam choy, bir bo'lak olma tishlanadi. Har piyola choyga 1/4 yoki 1/2 bo'lak olma va 1 choy qoshig'ida shakar kerak bo'ladi.
Olma bilan ichilgan choy yurak, oshqozon,jigar va ichak kabi a'zolarni mustahkamlaydi, ovqatni yaxshi hazm qiladi, ovqatdan oldin iste'mol etilsa, ishtahani qo'zg'atadi.
" Olma kishini bardam qiladi,kayfiyatini rostlaydi, xursandchilikka moyil etadi. Nafas olish qiyinlashganda, yurak o'ynaganda olma ayniqsa foydalidir. Asab buzilganda, hayol qochganda olma yeb,hididan chuqur nafas olish g'oyatda foyda qiladi. Yangi olma miyaga ijobiy ta'sir qilib,uning faoliyatini yaxshilaydi" ( " Мудростъ веков", Душанбе, " Ирфон" нашриёти, 1981, 191-bet )
Shunday ekan,choyga olma to'g'rab ichish keksa odamlarga, ijodiy hamda aqliy mehnat kishilariga, yurak- qon tomir hastaligi bo'lgan bemorlarga juda foydalidir.