Чой, кофе, сок, коктейль ва бошқа ичимликлар...  ( 15801 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Хадича  29 Yanvar 2013, 15:31:01



   


   Chilonjiydali choy

Chilonjiyda- unobi bo'lib, shu nomli dorivor daraxtning mevasi. U jumrutdoshlar oilasiga mansub,botanikaviy nomi   Ziziphus jujuba  , asl vatani Xitoy,  O'rta Osiyoga feodalizm davrida tarqalgan. Endilikda bog' va hovlilarimizda uning madaniylashtirilgan uch navi :  "  таксн-язао ",  "  да-бай-язао" va  "  у -сун - хун "  o'stirilmoqda.
Ularning jaydari nomi ham bo'lib,   " chilonjiyda" ( " ilon jiyda " ) ,  " annab",  "unobi" , " chelon " ,   " chilon"  ,  " jilan"  deb yuritiladi. Mevasi yong'oq kattaligida, noksimon, olxo'risimon shakllarga ega. Yovvoyi navining mevasi maydaroq, zo'ldirsimon,gilos kattaligida. Barcha navlari-  qizil po'stli, quruq, xamirsimon etli,mazasi shirin. Tarkibida organik javharlar,oqsillar,  C va P darmondoriga serobligi jihatidan limondan 15 barovar ustun turadi.

Chilonjiyda choy unutilgan bo'lib, ba'zi tayyorlaydiganlar ham unobini sovuq suvli idishda qaynatib,og'zi ochiq idishda sovutishadi. Bu Xato. Aslida mevalar sovuq suvda chayiladi. Keyin yarim litrli choynakka 10-12 dona tashlab, kichkina qoshiqda oliy nav ko'k choy qo'shib,sharaqlab turgan qaynoq suv quyiladi,choynak sochiqqa o'ralib, 10-12 soat tindiriladi. So'ngra dokadan o'tkazilib,bir stakandan kuniga 3 mahal bir oy davomida ichiladi. Bo'rtgan mevalar ham har gal 3-4 donadan iste'mol qilinadi.

Xalq tabobatida chilonjiydadan tayyorlangan choy qon bosimi kasalida qo'llanilgan.

Ibn Sinoning yozishicha,
  "  ... Yaxshisi eng yirik,chiroyli va rangi qizilidir. U issiq va o'tkir qonga foyda qiladi. O'ylashimcha,bu uning qonni tozalashidan bo'lsa kerak... Unobining ko'krak va o'pkaga foydasi bor...
Bir guruh kishilarning aytishicha, u buyrak va qovuq og'rig'iga foyda qiladi"
( Ibn Sino. Tib qonunlari, 11-jild, 1956, 481-bet ).

XVIII  asrda yashagan taniqli tabib Sayyid Muhammad Hasrat chilonjiydaning foydaliligiga atab maxsus she'r yozgan,unda aytilishicha :  unobi o'pka,nafas yo'llari, qovuq uchun foydali bo'lib,  qonni  suyultiradi va  ko'payib  g'alayon qilsa,o'rniga tushiradi. Bu ne'mat yana jigar va buyrak og'rig'ini bosadi.

Qayd etilgan


Хадича  31 Yanvar 2013, 15:02:12





Bali kokteyl ta'rifi

3 st Nok soki
3 st Ananas soki
3 st O'rik soki
1 st limon soki

Tayyorlanishi:
Hammasini usti yopiladigan idishga solib,yaxshilab chayqatiladi. Tayyor stakanga solib, muz bo'lagi solasiz.
Bali kokteyli tayyor.

( 3 stakan solmasdan,boshida ozgina solib tayyorlab ko'rsangiz bo'ladi.lekin tepadagi limondan tashqari barchasi teng miqdorda bo'lsin.)

Yoqimli ishtaha...

Qayd etilgan


Хадича  31 Yanvar 2013, 15:14:06



 

    Greyfurt  Mistral kokteyli

0, 15 st mineral suv
6 st greyfurt meva soki
2 choy qoshig'i shakar
1 dona yalpiz bargi
Muz

Tayyorlanishi :

Shakar va Greyfurt suvi yaxshilab aralashtiriladi . Ustiga muzdek mineralka quyiladi.
Muz solib, yalpiz bilan bezatiladi.

Qayd etilgan


Хадича  31 Yanvar 2013, 15:26:25


   

    Mevali kokteyl ta'rifi

1 stakan qatiq
1- 2 tomchi vanilin suvi
1 choy qoshiq kakos
1 choy qoshig'i asal
1 dona banan yoki qulupnay


Hamma mahsulotlarni aralashtirib, muzdek holda dasturxonga qo'yiladi. Qulupnay bilan bezatiladi.

Qayd etilgan


Хадича  31 Yanvar 2013, 19:56:45



 


 Cappuchino. :)

InshaAlloh,retseptlari va bezatishlarini yana joylaymiz.

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 10:21:56

Bexili kvas
maxsulotlar:
5 litr sovuq suv, 1kg bexi, 1 piyola
shakar, 25 gramm quruq
xamirturush.
Tayyorlanishi: Bexini yaxshilab
yuvib mayda bo'laklarga bo'linadi.
Sirlangan idishga solib ustidan suv
quyiladi, yarim soat o'rta olovda
qaynatgach sovutiladi. So'ng
suzg'ichdan o'tkazib shisha
idishlarga quyiladi. Ustiga shakar,
xamirturush solinadi qapqoq
yopib bijg'ishi uchun 10 soat
qorong'u , issiq joyda saqlanadi.

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 10:23:05

Kokteyl eng mazali ichimliklardan
biridir. Bananli kokteyl qanday
tayyorlanishini bilasizmi? Bu
kokteylni qilish juda oson.
Mahsulotlarini ham xohlagan
joydan topsak bo’ladi. Banan
hamma yerda sotiladi. Hozirgi
maslahatimizda ushbu
kokteylning qanday tayyorlanishi
haqida bilib olishingiz mumkin.
Buning uchun bizga kerak bo’ladi:
• Banan 2 ta
• Shakar 4 choy qoshiq
• Sirok 1 ta
• Sut 0,5 litr
• Stakan 2 ta
Tayyorlanishi:
• 2 dona bananni po’stini olib, bir
necha bo’laklarga bo’lamiz.
• So’ng kesilgan bananlarni
blendrga solib quyuq massa
holatiga keltiramiz.
• 4 choy qoshiq shakarimizni solib
blendrda aralashtirishda davom
etamiz.
• Keyin esa sirokni ham solib
aralashtiramiz.
• Qorishmamiz quyuqlashgani
uchun unga ozgina sut solamiz.
• Shundan so’ng uni qolgan sut
bilan aralashtiramiz.
• Tayyor bo’lgan suyuqlikni
stakanlarga quyamiz.
• Agar ozgina shokolad bo’lsa, uni
qirg’ichdan o’tkazib ustiga sepib
yuborsak bo’ladi.

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 10:25:02

Limonad tayyorlash
Limonad yoz faslining issiq
kunlarida xush keluvchi ichimlik
hisoblanadi. Lekin har kim ham uy
sharoitida uni tayyorlay olmaydi.
Ushbu maslahatda oddiy usulda
limonad tayyorlash sirlaridan
boxabar bo'lasiz.
Masalliqlar:
• 2 osh qoshiq limon suvi
• 3 osh qoshiq shakar
• 2 stakan gazli suv
• Yarimta limon
Tayyorlanishi:
• 1 ta bokalga 2 osh qoshiq limon
suvini solamiz.
• Ustidan gazli suv quyamiz.
• Bokalga bir parra limon solamiz.
• va didingizga qarab shakar
qo’shamiz.
• Yaxshilab aralashtiramiz.
Limonadimiz tayyor!

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 10:26:28

Mevalardan salqin ichimliklar

1. Olmadan...
1 kg olmani sharbat siqqichdan
o'tkazib, hosil bo'lgan suviga
ta'bga ko'ra shakar, 1 litr sovuq
suv va ozroq limon kislotasi
kukuni solib qaynating. 10
daqiqadan so'ng olovdan olib,
sovuting-da, dolchin kukuni sepib,
stakanlarga quyish mumkin.

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 10:27:09

2. O'rikdan...

1-2 kg o'rikni sharbat siqqichdan
o'tkazib, teng miqdorda sovuq suv
bilan aralashtiring. Ta'bga ko'ra
shakar solib, 15-20 daqiqa o'rta
olovda qaynating. Tayyor
bo'lgach, idishga solib,
muzlatkichga qo'ying.

Qayd etilgan