Чой, кофе, сок, коктейль ва бошқа ичимликлар...  ( 22560 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Chustiy  08 Iyul 2009, 21:12:28

 :as:

Хурматли форумчилар, хар хил ширинликлару- пишириқлар, таомлару-салатлар ҳақида мавзулар бор скану, шу ичимликларга оид мавзу йсқ скан бу мавзуда, Чой, кофе, сок, коктейль ва бошқа ичимликлар ҳақида, қандай тортиқ қилиш ва қандай дамлаш ва тайёрлаш хусусда ссз юритсак...
Хар холда чой, кофени дамлаб, тортиқ қилиш хам бир санъат  : )

Qayd etilgan


Chustiy  08 Iyul 2009, 21:20:22

Hozirda, cofeni shu turdagi damlash va tortiq qilishi yoqib turibti...  :3
<a href="http://www.youtube.com/watch?v=8yfBSo2AObU" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=8yfBSo2AObU</a>

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=_qrlmccDXJE" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=_qrlmccDXJE</a>

Qayd etilgan


Chustiy  10 Iyul 2009, 01:35:42

Аима бу ердагилар хеч ким чой ва бошқа ичимликлар ичимидими?  ::) Ким қанақа чой ичади ва қайси бири фойдалироқ?  ::)

Мисол учун манга шу ромашкадан дамланга чой умуман ёқмади, лекин жасмин чойни гарчи унчалик мазаси ёқмасада лекин гох гохида ичиб тураман...   :1

Qayd etilgan


Zamiraxon  10 Iyul 2009, 08:23:57

Libertea degan choy judayam yoqadida :)

Qayd etilgan


Ziyovuddin  10 Iyul 2009, 10:00:57

Oq choyni yomon ko'raman. Onam tayyorlagan kompotlarni yaxshi ko'raman.

Qayd etilgan


Zamiraxon  14 Iyul 2009, 14:30:20

Cappuchinodan olinglar  ::) Hozir tayyorladim


Qayd etilgan


Nepstar  28 Avgust 2009, 20:31:24

Kofe tayyorlayotgan paytda, kofega ozgina tuz solinsa yanada mazaliroq bo`ladi. Ovqatlanish paytida ovqat bilan hech qanday choy ichib bo`lmaydi. Chunki ovqat tarkibidagi foydali minerallarni xazm qildirmaydi, ya`ni kamqonlik, qorin qisishi va shunga o`xshash salbiy oqibatlarga olib keladi. Choyni ovqatlangandan 1-1.5 soatdan keyin iste`mol qilinishi foydali.

Qayd etilgan


Хадича  29 Yanvar 2013, 14:19:05

OFF: hech kim yozmiydigan eskirib ketgan mavzularga yozish yoqadi-de :D

O'rikli choy.
Buning uchun Armanica sogdiana yoki  Armanica vilgaris kabi o'riklarning qoqisi zarur. O'rik suviga damlangan choy qadimdan xalq tabobatida qabziyatga qarshi, tiqilmalarni ochish va qattiq shishlarni yumshatish vositasida qo'llanib keladi. O'rik ivitilgan suv og'izdan keladigan qo'lansa hidni yo'qotadi,oshqozon faoliyati susayganda,qon shiddatlanganda shifo.

Abu Ali ibn Sinoning aytishicha: "Yaxshisi arman o'rigidir,chunki u tez buzilmaydi va tez achimaydi... Turshak suvi tashnalikni qondiradi. O'rik me'da uchun shaftolidan ko'ra muvofiqroqdir" ( Ibn Sino. Tib qonunlari, 11 jild, 1956,404-bet)

Zamonaviy bioximiya fanining ma'lumotiga qaraganda,turshak (qoqi) tarkibida 4 foizgacha oqsil,76 foiz qand (glyukoza), 3 foiz kletchatka ( hujayra) moddalari mavjud ekan.

O'rikli choy quyidagicha tayyorlanadi  :
10-11 dona turshak sovuq suvda chayilib,yarim litr choynakka solinadi,unga kichkina qoshiqda hind choyi tashlanib,qaynoq suv quyiladi, 10-12 soat dimlab qo'yiladi. So'ng dokadan suzilib,kuniga bir piyoladan 3 mahal ichiladi,bo'rtgan o'riklar ham ham har safar 3-4 donadan iste'mol qilinadi.

Qayd etilgan


Хадича  29 Yanvar 2013, 14:38:43


   


  Olmali choy

Olma- ilmiy nomi Molus domastica deb ataluvchi ko'p yillik daraxt o'simligining mevasidir. Olma navlarining nihoyatda ko'p va xilma-xilligi uning subtropik zonalardan to Shimolga, Sibir va Uzoq Sharqqacha tarqalishiga imkon bergan. MDH.da olma barcha mevali daraxtlarning  3/4 ulushini tashkil etadi. Bundan tashqari Qrim, Kavkaz, O'rta Osiyo o'lkalarida hamda Kursk va Voronej viloyatlarida yovvoyi olma ayniqsa ko'p.

Choy uchun olmaning barcha navlari yaroqlidir: shirin,nordon-shirin, nordon, ertaki, o'rtaki, kechki, qishga g'amlangani ham bo'laveradi,faqat qartillama bo'lsa bas.

Qora choy odatdagicha damlanadi. Kesilgan olma va shakar solingan piyolaga quyiladi. Bir ho'plam choy, bir bo'lak olma tishlanadi. Har piyola choyga  1/4 yoki   1/2 bo'lak olma va 1 choy qoshig'ida shakar kerak bo'ladi.

Olma bilan ichilgan choy yurak, oshqozon,jigar va ichak kabi a'zolarni mustahkamlaydi, ovqatni yaxshi hazm qiladi, ovqatdan oldin iste'mol etilsa, ishtahani qo'zg'atadi.

" Olma kishini bardam qiladi,kayfiyatini rostlaydi, xursandchilikka moyil etadi. Nafas olish qiyinlashganda, yurak o'ynaganda olma ayniqsa foydalidir. Asab buzilganda, hayol qochganda olma yeb,hididan chuqur nafas olish g'oyatda foyda qiladi. Yangi olma miyaga ijobiy ta'sir qilib,uning faoliyatini yaxshilaydi" ( "  Мудростъ веков",  Душанбе,  " Ирфон" нашриёти, 1981, 191-bet )

Shunday ekan,choyga olma to'g'rab ichish keksa odamlarga, ijodiy hamda aqliy mehnat kishilariga,  yurak- qon tomir hastaligi bo'lgan bemorlarga juda foydalidir.

Qayd etilgan


Хадича  29 Yanvar 2013, 14:54:36



   

   Olma va asalli choy.

Bu choy ham xuddi yuqorida aytilganidek damlanadi,farqi -dasturxonga asal qo'yiladi.
Bu xil choyning shifolik xosiyatlari yuqorida aytilgan olma va shakarli choyga qaraganda kuchliroq va tez ta'sir qiluvchandir. Shu munosabat bilan Ibn Sinoning  asalning kishi a'zolariga foydaliligi to'g'risidagi fikrlari bilan ham tanishib o'tamiz.

" ...Asalning eng yaxshisi shirin mazali,yoqimli hidli,bir oz o'tkirligi bor,qizg'ish rangli va suyuq bo'lmay,uzilmaydigan yopishqoq bo'lganidir.
Eng yaxshisi bahorgisi bo'lib,undan keyin yozgisi turadi, qishkisi eng pastidir...
Unda tozalovchi, tomir og'zini ochuvchi, ho'llikni shimdiruvchi quvvat bor. U ho'llikni badanning chuqur yerlaridan tortadi,go'shtni sasish va buzilishdan saqlaydi"
( Ibn Sino. Tib qonunlari, VI jild, 1956, 488-bet ).

Qayd etilgan