Чой, кофе, сок, коктейль ва бошқа ичимликлар...  ( 22557 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 10:27:52

3. Malinadan...

1,5 kg malinani sharbat
siqqichdan o'tkazib, ta'bga ko'ra
shakar va ozroq dolchin kukuni
bilan aralashtiring. 1 litr sovuq suv
qo'shib, 15 daqiqa olovga qo'ying.
Sharbat sovugach, muz bo'laklari
bilan dasturxonga tortish
mumkin.

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 10:28:42

4. Qorag'at mevasidan...

2 kg qorag'at mevasini 1 kg
shakar bilan aralashtirib, 1 soatga
qoldiring. So'ng mevasini olib
sharbat siqqichdan o'tkazing.
Shakarni qo'shib, 15 daqiqaga
olovga qo'ying. Sovugach, muz
bo'laklari solib, stakanlarga
quyiladi.

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 10:29:27

5. Uzumdan

Keraklicha qora uzum mevasini
cho'pidan ajratib, ikki qavatli
dokaga soling. So'ng dokani tugun
shaklida yig'ib, mevalarni asta
siqing. Hosil bo'lgan sharbatga
teng miqdorda sovuq suvni
aralashtirib, ta'bga ko'ra shakar
qo'shing. 15 daqiqa olovda
qaynatib, sovugach iste'mol qilish
mumkin.

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 10:30:26

6. Tarvuzdan...

1 ta kichik tarvuzni ikkiga bo'lib,
po'chog'idan ajrating. Bo'laklarga
bo'lib, danaklaridan tozalang-da,
sharbat siqqichdan o'tkazing.
Hosil bo'lgan sharbatni
stakanlarga quyib, muz
bo'laklaridan qo'shing.

Qayd etilgan