Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 255043 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 67 68 69 70 71 72 B


azizbek_mx  26 Iyun 2013, 16:48:30


Qayd etilgan


Mirоlim  17 Iyul 2013, 19:23:59

Maktab.
 3-sinf o'quvchilariga
dars bo'lyapti.
O'qituvchi bolalarga: "Hudodan o'zingiz
uchun nima so'ragan
bo'lardingiz?" mavzusida insho
yozishlarini vazifa qilib topshirdi.

Hamma oppoq qog'ozga o'z inshosini yoza boshladi.

Kechqurun yozma ishlarni tekshirarkan, o'qituvchining
diqqatini bir insho o'ziga tortdi.
Inshoni o'qib chiqarkan u juda
xafa bo'ldi, ko'zlaridan yuziga yosh dumaladi. Shu vaqtda xonaga uning eri kirib keldi va ayolining ko'zidagi yoshlarni ko'rib hayron bo'ldi. "œNima
bo'ldi?" — deb so'radi u.
"œO'qing", - deb, unga o'sha o'quvchining
inshosini uzatdi.
 Insho quyidagicha yozilgandi:
"Pаrvardigor, bugun Sendan alohida bir narsa haqida o'tinib
so'ramoqchiman: Meni
televizorga aylantirib qo'y...
Ha, huddi uyimizdagi televizorning
o'rnini egallashni istayman. Men
ham uyda alohida joyga ega
bo'lib, oilamizni o'z atrofimda jam bo'lishini xohlayman.
Gapirayotganimda gaplarimni bo'lishmasin, ahamiyatsiz
narsalarni gapirmasligimga
ishonishsin, diqqat-e'tibor markazida bo'lishni istayman.
Agar meni televizorga aylantirib qo'ysang, dadam ishdan
charchab kelsalar ham, "Men
charchaganman", - demasdan mening yonimda bo'ladi. Agar
meni televizorga aylantirib qo'ysang, onam xafa bo'lib,
yolg'iz qolganida ham meni e'tiborsiz qoldirmaydi. Qaniydi,
ota-onam hamma narsani tashlab har kuni ozgina vaqt
men bilan birga bo'lishsa...
Parvardigorim, balki ko'p narsa
so'rayotgandirman, lekin chin dildan so'rayapman.
Iltimos...
Meni televizorga aylantirib qo'y..."

 O'qituvchining eri bu
yozma ishni o'qib bo'lgach hayqirib yubordi:
"œDahshatning
o'zi bu! Bechora bola!"

Yig'layotgan ayolidan baland ovozda so'radi: "œO'zi qanday
ahmoq ota-ona ekan ular?
Odam degan ham shunchalik
bo'ladimi?"

O'qituvchi ayol yosh
to'la ko'zlarini eriga qadab mahzun javob berdi:
"œBu
inshoni... bizning o'g'limiz yozibdi..."

Qayd etilgan


Ansora  26 Iyul 2013, 13:25:30

O'g'lim bilan bo'lgan suhbatdan.


- Qaragin mana bunisi yana ham chiroyli ekan, sigirni rasmi bor:)


-Men sigirni yomon ko'raman


-Voy nimaga, sigirlar senga sut beradi, sen sutni yaxshi ko'rasan-u o'g'lim. Sigirlar bo'lmasa biz sutni qayerdan olamiz?


-Men marketdan olaman :D

Qayd etilgan


Mufazzala  26 Iyul 2013, 13:48:05

 :asl3:

Ansora opa, o'g'liz ishbilarmon chiqib qoldiyu ;)
Sigir deganingizga meniyam bir tanishimning qizchasining gapi esimga tushdi.

- Oyi, oq sigirdan oq sut, qora sigirdan shokoladniy sut chiqadi-a? :)

Qayd etilgan


Ansora  28 Iyul 2013, 23:33:40

O'g'lim bilan Ramazon suhbati:)


Ertalab qorni ochgan o'g'lim:



-Aya, azon o'qildi, nonushta qilaylik, dedi. Sababi oqshom azoni o'qilgandan keyin ovqat yeyishimizni biladi:)


-O'glim, men hozir ovqat yemayman, roza tutganman, kechqurun azon oqilsin, keyin yeyman, sen ye, boptimi.


-Menam ro'za tutaman, men kichkina bola bolganim uchun kichkina roza tutaman.


Men kuldim:)


-Qanaqa qilib tutasan kichkina rozani?


-Mana shunday qilib- qo'li bilan havoda bir narsani mahkam ushlaganday harakat qildi:)


Qayd etilgan


_IYMONA_  29 Iyul 2013, 05:04:17

Bolajonlar shirin bo'ladi. Ayniqsa ularning bolalarcha mulohazali gaplari  : )

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Avgust 2013, 20:43:51

O'g'lim ikki yosh-u, uch oylik bo'ldi. Nimani bo'lsa xotiraga yozyapti. Ba'zida katta odamlardek g'alati gaplarni gapirib qoladi.

- Dada, "Masha"ni qo'yibeying.
- Yo'q, o'g'lim, hali ko'rding-ku.
- Dada, qo'yibeying, bo'masa hapa bo'laman!
- Iye, hafa bo'lma, hozir qo'yib bermayman.
- Dada, yeg'leman!
- Yo'q, yig'lama, o'g'il bola yig'lamaydi.
- Iltimos, dadajon...
- :)

* * *

- Dada, "Masha"ni ko'ymiman, hayvonlani qo'yibeying.
- E bo'ldi-da, hali uni deysan, hali buni. O'chirib tashlayman hamma multfilmlarni.
- Dadajon, kechiyin. Endi qo'yibeyin dimiyman. :)

* * *

- O'g'lim, bo'l, tezroq, pastga tushamiz.
- Dadajon, ozgina sabiy qiliin. :)

* * *

- O'g'lim, buni ichma, juda sovuq ekan.
- Dadajon, "baniyat shipo" dib icho'raman-ta. :)

* * *

- O'g'lim, dasturxonga tegma, mehmonlar hali kelgani yo'q.
- Dadajon, manam mehmonman-ta. :)

Qayd etilgan


Muxsiya  02 Avgust 2013, 12:00:43

O'zizga tortgan bo'lsa o'g'liz ham tez kunlarda vebsahifa ochvosa ajabmas

Qayd etilgan