Assalamu alaykum.
Kiritgan taklifingizni mana shu mavzuda davom ettirsak yaxshi, alohida mavzu ochmasdan.
Ruh tarbiyasi ham albatta nafs tarbiyasiga bog'liqdir.
Dunyoga qancha muhabbatimiz oshaversa, biz balki namozlarni qazo qilmasmiz, vaqtida o'qirmiz, lekin ruhimiz hotirjam bo'lmaydi, namozimizda hush'u yo'qoladi.
Hozirgi ahvolimiz aynan shu ko'rinishda.
Namozlarimizni o'qimizu hayollar dunyoni kezadi...
Dunyoga muhabbat oshgan sayin, sekin-asta qalbimiz ham hiralashaveradi.
O'lim, Oxirat, Qiyomat tushunchalarini kamroq o'ylay boshlaymiz.
Bir podshoh bo'lgan ekan.
Boshqa yurtdan shu davlatni karvoni katta foyda bn qaytayotganakan.
Hali karvon yetib kelmasidan habar kelibdi "Podshohim! Karvon yo'lda qaroqchilarga uchrabdi" deyishdi
Shunda podshoh bir past jim turib, kn "œAlhamdulillah" debdi.
Yana biroz vaqt o’tgach haligi habarchi "œYo’q podshohim aglashmovchilik bo’libdi, hech qanday qaroqchilar karvonga haf solmabdi, karvon yo’lda ekan, tez orada yetib kelarkan" debdi.
Podshoh huddi avvalgi holatdagidek bir past jim turib, kn "œAlhamdulillah" debdi.
Bunga hayron bo’lgan vazirlar so’rabdi: "œPodshohi olam! Nimaga avvalgi holatda ham, bu holatda ham "œAlhamdulillah" dedingiz?"
Oqil podshoh javob beribdi: "œAvvalgi holatda habarchi "œKarvon qaroqchilarga uchrabdi" deganida qalbimga quloq soldim, qalbim zarracha dunyo moli deb afsuslanmagani uchun Allohga hamd aytdim, keyingi holatda habarchi "œKarvon hech qanday qaroqchilarga uchramabdi" deganida ham qalbimga quloq soldim, qalbim dunyo molini deb ham hursand bo’lmadi, shunga Allohga hamd aytdim" debdi.