Kimda ikki xislat bo'lsa...  ( 3682 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Zamiraxon  10 Iyul 2009, 08:42:24

                                                        Ikki xislat
   Kimda ikki xislat bo'lsa, Alloh uni sevadi:
     1. Taqvo.
     2. Go'zal xulq.
 
   Kimda ikki xislat bo'lsa, odamlar uni sevishadi:
     1. Saxovat.
     2. Yaxshi amallarni ko'paytirish.
 
   Kimda ikki xislat bo'lsa, o'rtoqlari uni sevishadi:
     1. Ochiq chehra.
     2. Yaxshi muomala.
 
   Kimda ikki xislat bo'lsa, birodarlari uni sevishadi:
     1. Ularning yaxshiliklarini esda tutish.
     2. Yomonliklarni unutish.

 

Qayd etilgan


Zamiraxon  10 Iyul 2009, 08:51:48

Kimda ikki xislat bo'lsa, shogirdlari uni sevishadi:
    1. Ilmni o'rgatish yo'lida izlanish.
    2. Ularga nisbatan kechirimli bo'lish.

Kimda ikki xislat bo'lsa, ustozlari uni sevishadi:
    1. Ularni tez anglash.
    2. Hurmatlarini joyiga qo'yish.
 
Kimda ikki xislat bo'lsa, oila ahli uni sevadi:
    1. Ularga nisbatan yaxshi muomalada bo'lish.
    2. Ularning tashvishlarini anglash.

Kimda ikki xislat bo'lsa, boshliqlari uni yoqtirishadi:
    1. Ularga chiroyli itoatda bo'lish.
    2. Buyruqlarini chiroyli shaklda bajarish.

Kimda ikki xislat bo'lsa, uni Alloh ham, odamlar ham birdek yaxshi ko'radi:
    1. Yaxshilik qilish.
    2. Aziyat berishdan chetlanish.

Qayd etilgan


Zamiraxon  10 Iyul 2009, 08:58:43

               Eng xavfli narsa
 Oila uchun xatarli narsalardan biri ota yoki onaning farzandlarini erkalatish va xatolarini yashirishda birini ikkinchisidan ustun ko'rishidir. Bundan ham xatarlirog'i bolalaridan birini boshqasidan ustun ko'rishini ochiq bildirishdir.
 Bunday adolatsizlik aka-uka va opa-singillar orasiga dushmanlik urug'ini sepadi.

Qayd etilgan


Zamiraxon  10 Iyul 2009, 09:05:55

      Kim tarbiyachi?
 Xotinning tushunchasi kasal, er esa dangasa, bolalarni kim tarbiya qiladi?

      Mo'tadillik
 Yaxshi ko'rish va yomon ko'rishda haddan oshma! Goho do'sting dushmanga, doushmaning esa do'stga aylanishi mumkin.

      Yaxshilar va yomonlar
 Odamlar o'z vazifalarini chiroyli bajarishmasa, Alloh taolo ularning ishini yomonlarni topshirib qo'yadi.

      Sabrning boshi va oxiri
 Sabr oldiniga huzurlik, keyin esa halovat ato qiladi.
                                                                                                              hidoyat.uz

Qayd etilgan