Ilm va ziyo > Intellekt

Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.

(1/11) > >>

ЖАМШИДЖОН:
Zehningizni sinab ko'ring


Ushbu sahifada o'z zehningizni masla yechish orqali sinab ko'rishingiz mumkin. Misol va masalalar yechib turish bilimlaringizning yanada mustahkamlashuviga sabab bo'ladi. Bu orqali siz aqlingizni charxlaysiz. chunki, egallagan bilimlaringizga doir masala yechish, ilm va formulalarni yodingizda mustahkam saqlanib qolishiga yordam beradi. Masala yechish amaliy mashg'ulot, siz bu orqali tafakkur va bilimingizdagi kamchiliklarni bilib olasiz. Marhamat, sahifadagi masalalarni yechishga bir urinib ko'ring. Agar sizda ham qiziqarli masalalar bo'lsa post qiling , xursand bo'lamiz.

ЖАМШИДЖОН:
Uch qishloq
Bir mamlakatda Rostgo'ylar, Yolg'onchilar, rostgo'ylar va yolg'onchilar aralash yashaydigan Aralash qishloqlari bor ekan. Mos ravishda, birinchi qishloqda faqat rostgo'ylar,, ikkinchisida faqat yolg'onchilar, uchinchi qishloqda esa har ikki toifa aralashib istiqomat qilishar ekan. To'satdan o't o'chirish idorasiga qo'ng'iroq bo'libdi:
-Bizning qishloqqa o't ketdi.
-Siz qayerda yashaysiz ?
-"Aralash" qishlog'ida.
Savol: O't o'chiruvchilar qaysi qishloqda yashaydi ?

ЖАМШИДЖОН:
2. SAVOL
Matematik necha yoshda ?
Bir kuni ikki matematik uchrashib qolibdi. Hol ahvol so'rashgach birinchi matematik do'stidan so'radi:
- Hozir necha yoshdasiz ?
ikkinchi matematik javob berdi:
- Men tug'ilganda otam 25 yoshda edilar, hozir otam va mening yoshimizni qo'shsak 89 bo'ladi.
Savol: Matematik necha yoshda

ЖАМШИДЖОН:
3. SAVOL
Eynshteyn topishmog'i
Bir shaharda beshta uy mavjud. Har uyning rangi, uy egalarining millati, ichadigan ichimligi, boqadigan uy hayvoni, chekadigan sigareti har xil.
Bizga ma'lum bo'lgan ma'lumotlar quyidagilar:
1. Ingliz qizil uyda yashaydi.
2. Shved kuchuk boqadi.
3. Daniyalik choy ichadi.
4. Yashil uy oq uyning chap tomonida joylashgan va ...
5. ...uning egasi kofe ichadi.
6. Pall Mall chekuvchi qush boqadi.
7. O'rtadagi uyda yashovchi sut ichadi.
8. Sariq uy egasi Dunhill chekadi.
9. Norvegiyalik birinchi uyda yashaydi.
10. Marlboro chekuvchi mushuk egasini yonida yashaydi.
11. Ot egasi Dunhill chekuvchining yonida yashaydi.
12. Winfield chekuvchi pivo ichadi.
13. Norvegiyalikning uyi - ko'k uyning yonida.
14. nemis Rothmans chekadi.
15. Marlboro chekuvchi suv ichadiganning yonida yashaydi.
Savol: Kim baliq boqadi ?

Abdul_Malik:

--- Iqtibos: ЖАМШИДЖОН  11 Iyul 2009, 15:48:48 ---2. SAVOL
Matematik necha yoshda ?
Bir kuni ikki matematik uchrashib qolibdi. Hol ahvol so'rashgach birinchi matematik do'stidan so'radi:
- Hozir necha yoshdasiz ?
ikkinchi matematik javob berdi:
- Men tug'ilganda otam 25 yoshda edilar, hozir otam va mening yoshimizni qo'shsak 89 bo'ladi.
Savol: Matematik necha yoshda

--- End quote ---

Javob:Matematik 32 yoshda

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version