Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.  ( 307886 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


ЖАМШИДЖОН  11 Iyul 2009, 15:47:03

Zehningizni sinab ko'ring


Ushbu sahifada o'z zehningizni masla yechish orqali sinab ko'rishingiz mumkin. Misol va masalalar yechib turish bilimlaringizning yanada mustahkamlashuviga sabab bo'ladi. Bu orqali siz aqlingizni charxlaysiz. chunki, egallagan bilimlaringizga doir masala yechish, ilm va formulalarni yodingizda mustahkam saqlanib qolishiga yordam beradi. Masala yechish amaliy mashg'ulot, siz bu orqali tafakkur va bilimingizdagi kamchiliklarni bilib olasiz. Marhamat, sahifadagi masalalarni yechishga bir urinib ko'ring. Agar sizda ham qiziqarli masalalar bo'lsa post qiling , xursand bo'lamiz.


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  11 Iyul 2009, 15:47:35

Uch qishloq
Bir mamlakatda Rostgo'ylar, Yolg'onchilar, rostgo'ylar va yolg'onchilar aralash yashaydigan Aralash qishloqlari bor ekan. Mos ravishda, birinchi qishloqda faqat rostgo'ylar,, ikkinchisida faqat yolg'onchilar, uchinchi qishloqda esa har ikki toifa aralashib istiqomat qilishar ekan. To'satdan o't o'chirish idorasiga qo'ng'iroq bo'libdi:
-Bizning qishloqqa o't ketdi.
-Siz qayerda yashaysiz ?
-"Aralash" qishlog'ida.
Savol: O't o'chiruvchilar qaysi qishloqda yashaydi ?

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  11 Iyul 2009, 15:48:48

2. SAVOL
Matematik necha yoshda ?
Bir kuni ikki matematik uchrashib qolibdi. Hol ahvol so'rashgach birinchi matematik do'stidan so'radi:
- Hozir necha yoshdasiz ?
ikkinchi matematik javob berdi:
- Men tug'ilganda otam 25 yoshda edilar, hozir otam va mening yoshimizni qo'shsak 89 bo'ladi.
Savol: Matematik necha yoshda

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  11 Iyul 2009, 15:50:42

3. SAVOL
Eynshteyn topishmog'i
Bir shaharda beshta uy mavjud. Har uyning rangi, uy egalarining millati, ichadigan ichimligi, boqadigan uy hayvoni, chekadigan sigareti har xil.
Bizga ma'lum bo'lgan ma'lumotlar quyidagilar:
1. Ingliz qizil uyda yashaydi.
2. Shved kuchuk boqadi.
3. Daniyalik choy ichadi.
4. Yashil uy oq uyning chap tomonida joylashgan va ...
5. ...uning egasi kofe ichadi.
6. Pall Mall chekuvchi qush boqadi.
7. O'rtadagi uyda yashovchi sut ichadi.
8. Sariq uy egasi Dunhill chekadi.
9. Norvegiyalik birinchi uyda yashaydi.
10. Marlboro chekuvchi mushuk egasini yonida yashaydi.
11. Ot egasi Dunhill chekuvchining yonida yashaydi.
12. Winfield chekuvchi pivo ichadi.
13. Norvegiyalikning uyi - ko'k uyning yonida.
14. nemis Rothmans chekadi.
15. Marlboro chekuvchi suv ichadiganning yonida yashaydi.
Savol: Kim baliq boqadi ?

Qayd etilgan


Abdul_Malik  11 Iyul 2009, 15:59:34

2. SAVOL
Matematik necha yoshda ?
Bir kuni ikki matematik uchrashib qolibdi. Hol ahvol so'rashgach birinchi matematik do'stidan so'radi:
- Hozir necha yoshdasiz ?
ikkinchi matematik javob berdi:
- Men tug'ilganda otam 25 yoshda edilar, hozir otam va mening yoshimizni qo'shsak 89 bo'ladi.
Savol: Matematik necha yoshda

Javob:Matematik 32 yoshda

Qayd etilgan


Abdul_Malik  11 Iyul 2009, 16:59:55

3. SAVOL
Eynshteyn topishmog'i
Bir shaharda beshta uy mavjud. Har uyning rangi, uy egalarining millati, ichadigan ichimligi, boqadigan uy hayvoni, chekadigan sigareti har xil.
Bizga ma'lum bo'lgan ma'lumotlar quyidagilar:
1. Ingliz qizil uyda yashaydi.
2. Shved kuchuk boqadi.
3. Daniyalik choy ichadi.
4. Yashil uy oq uyning chap tomonida joylashgan va ...
5. ...uning egasi kofe ichadi.
6. Pall Mall chekuvchi qush boqadi.
7. O'rtadagi uyda yashovchi sut ichadi.
8. Sariq uy egasi Dunhill chekadi.
9. Norvegiyalik birinchi uyda yashaydi.
10. Marlboro chekuvchi mushuk egasini yonida yashaydi.
11. Ot egasi Dunhill chekuvchining yonida yashaydi.
12. Winfield chekuvchi pivo ichadi.
13. Norvegiyalikning uyi - ko'k uyning yonida.
14. nemis Rothmans chekadi.
15. Marlboro chekuvchi suv ichadiganning yonida yashaydi.
Savol: Kim baliq boqadi ?

Javob: Nemis baliq boqadi.

Qayd etilgan


Mars  29 Aprel 2010, 19:41:54

Shokolad bilan yoshni aniqlash:

Buning uchun 1 haftada qancha shokolad yeyishingizni aniqlaysiz,yani 1 -10 gacha bo'lgan raqamni tanlang.

Nechta shokolad yeyishingiz aniqlangandan keyini 2 ga ko'paytiring

unga 5 ni qo'shing

Hosil bo'lgan sonni endi 50 ka ko'paytiring

Hosil bo'lgan sondan agar bu yil tug'ilgan kuningiz o'tib ketgan bo'lsa 1760 ni qo'shing

Agar tug'ilgan kuningiz hali o'tmagan bo'lsa 1759 ni qo'shing

Hosil bo'lgan sondan tug'ilgan yilingizni ayrib tashlang

agar to'g'ri hisoblagan bo'lsangiz hosil bo'lgan raqamlardan

1 chisi sizning 1 haftada nechta shokolad yeshishingiz bo'lsa qolgani sizning yoshingiz bo'ladi

Qani sinab ko'ring

Qayd etilgan


jasur.best  16 Noyabr 2010, 00:05:09

Osmonda g'ozlar uchayotganini ko'rgan yerdagi bitta g'oz ularga debdi:
- hoy, 100 g'oz. Men sizlarga qo'shilay
- Biz 100 g'oz emasmiz. Bizga yana shuncha qo'shib, keyin yarimizni qo'shib, keyin yarimizmizni yarmini qo'shilsa, sen 100-bo'lib qo'shilasan.
 Savol: Osmondagi g'ozlar nechta?

Qayd etilgan


jasur.best  16 Noyabr 2010, 00:08:16

Bir qurt daraxtga chiqib ketyapti. Daraxtning uzunligi 100 metr. Qurt bir kunda 5 metr ko'tariladi va uxlab turguncha 4 metr orqaga qaytib qoladi.
      Aytingchi, qurt daraxtning tepesiga necha kunda chiqadi?

Qayd etilgan


yoqutxon  16 Noyabr 2010, 01:09:15

Bir qurt daraxtga chiqib ketyapti. Daraxtning uzunligi 100 metr. Qurt bir kunda 5 metr ko'tariladi va uxlab turguncha 4 metr orqaga qaytib qoladi.
      Aytingchi, qurt daraxtning tepesiga necha kunda chiqadi?
Assalom aleykum. Bu ketishida qurt daraxtni tepasiga 100 kunda chiqadi:)))

Qayd etilgan