Muallif Mavzu: Baxt nima? Baxtlimisiz?  ( 54766 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
« Javob #30 : 19 Iyul 2006, 07:16:15 »
Aslida biz bu betayin dunyoga nima uchun keldik? Yashamoq uchun deyishi mumkin kimdir? Yana allakimlardir hayotda bir iz qoldirish uchun deb javob berishi mumkin. Agar inson yashash uchun olamga kelsa nega o’ladi? Axir u umrguzaronlik qilish uchun mana shu yer yuzini tanlamaganmidi? Hayotda hamma ham munosib iz qoldira olmaydi. Iz qoldirish oddiygina yashash bilan bo’lmaydi. Qiyinchilik ko’rmay yashahagan inson bu dunyoda yashamabdi, hisob. Ho’sh nima uchun keladi inson bu dunyoga? Baxt topish uchunmi?

Ba’zilar mana shu qiyinchiliksiz hayotni baxt deb tushunadi. Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. o’z hadisi shariflaridan birida bu dunyo musulmon uchun do’zax, kofir uchun jannatdir deb ta’kidlaganlar. Musulmon hayotda kelgan barcha azob-uqubatlarga sabr qiladi, aksincha, bu qiyinchiliklarni ne’mat o’laroq qabul qiladi. Alloh bizni bu dunyoga sinov uchun yubordi, hozir imtihondamiz, deb o’ziga tasalli beradi. Hammasiga chidaydi, uni xo’rlashsa ham, zulm iskanchasida bo’g’ib, qonini ichishsa ham sabr qiladi, shukr qiladi, hech qachon baxtsizman demaydi. Chunki u – musulmon. Musulmonning baxtli hayoti hali oldindaligiga chin dildan ishonadi.

Bundan musulmon bu dunyoda baxtsiz yashash kerak ekan degan fikr kelib chiqmaydi. “Baxtliman” deb aytish insonning o’ziga bog’liq. Allohning sinovlariga sabr qilish ham baxt, boshiga og’ir musibat tushganda ham o’zini yo’qotib qo’ymaslik - baxt! Zero, payg’ambarimiz s.a.v. va ularning do’stlari shunday edilar. Ularning bizlardek, katta xonadonlari yo’q edi, sufalarda tong otkizishardi,  ro’zg’orlarida bir kungagina yetarlik ovqatlari ba’zan bor edi, ba’zan yo’q. Ular mol yig’mas edilar, qo’llariga ortqicha mulk tushib qolsa, tezda uni muhtojlarga tarqatardilar. Mushriklar ularni har ko’yga solsalar, qiynasalar, xo’rlasalar, zo’rlasalar ham sabr qilardilar. Mana shunday insonlar ham “Biz baxtsizmiz!” deyishmagandi, aksincha shukr qilishgandi. Biz-chi, yeyishga nonimiz, turishga joyimiz bo’lsa-da, oz’imizni baxtli emasman deb his qilamiz, bundan ham katta martabalarga erishishga, kattaroq uy-joy qurishga, katta-katta yeyishga, sarflashga harakat qilamiz. Dunyoning eng boy kishilariga “Siz baxtlimisiz?” degan savolni berishganda, ular ham ba’zi bahonalarni ko’rsatib, hali dunyoda armonim bor, degan javobni berishadi…

Mo’min bu dunyoda ham, u dunyoda ham saodatli bo’lishini Allohdan tilaydi. Mo’min uchun iymon ne’mati – baxt! Musulmon bo’lib tug’ilgani baxt! Allohni tanigani, unga shukr qilishi, bergan mislsiz ne’matlariga shukrona sifatida ibodatni ado etishi – baxt! Mo’min mo’minga - aka-uka, qarindosh. U birodarini ko’rganda chehrasi ochiladi, sevinadi, o’zida baxtlilikni sezadi. Momin uchun mol-dunyo, bola-chaqa baxt manbai emas! Alloh bergandi, yana qaytarib oldi, hohlasa yana beradi, deb e’tiqod qiladi, musulmon. Mo’min uchun yaxshi zavja - baxt, ulardan tarqaladigan mo’min-mo’mina farzandlar kamoli, iymoni - baxt! U bir kun tuproqqa aylanib, yo’q bo’lib ketgunimcha bu dunyoda yashab olay, o’ynab olay demaydi, balki oxiratga zahira o’laroq kofirlar “qiyinchilik, baxtsizlik” sanagan amallarni bajaraveradi. Mana shu “baxtsizlik” uning uchun katta baxt!

Haqiqiy baxt va baxtsizlik abadiyat dunyosida ma’lum bo’ladi:
105. (Qiyomat) kelgan kuni hech bir jon (egasi) Uning ruxsatisiz gapirmas. Ular ichida baxtsiz ham, baxtli (insonlar) ham bo'lur.
106. Bas, o'shanda baxtsiz bo'lganlar do'zaxda bo'lurlar va ular u yerda ingrab-hangrab tururlar.
107. Modomiki (oxiratdagi) osmonlar va yer bor ekan, (ular) u yerda mangudirlar, illo Rabbingiz xohlagani bundan mustasnodir. Albatta, Rabbingiz istagan narsasini amalga oshiruvchidir!   
108. Ammo baxtli bo'lganlar esa, bas, jannatda, to (oxiratdagi) osmonlar va yer turguncha u yerda mangu tururlar, illo Rabbingiz xohlagani bundan mustasnodir. (Bu) bitmas ne'matdir.
(“Hud” surasi, 105-108-oyatlar)

Baxtli insonlarning har kungi duosi shudir:
"Ey, Rabbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilik (baxt) ato etgin, oxiratda ham yaxshilik (ato etgin) va bizni do'zax azobidan asragin!" (“Baqara” surasi, 201-oyat)
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Mashhura

  • Mehmon
Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
« Javob #31 : 10 Avgust 2006, 09:20:37 »
Akbar hovlidagi tut daraxtidan ipak qurti pillasini topib oldi va uni o’z xonasiga yashirib qo’ydi. Kunlarning birida pillada kichkina tuynukcha paydo bo’ldi. Akbar soatlab kapalakni kuzatishdan, uning kichkina teshikdan yorug’ dunyoga chiqishga jon-jahdi bilan intilishini tamosha qilishdan charchamasdi. Keyinchalik u harakatdan to’xtab qoldi. Akbarning nazarida bu kichik mavjudot bor kuchi bilan shu yergacha yetib kelolganu uyog’iga quvvati qolmagandek tuyulardi.
Akbar bu nochor va ojizgina kapalakka muruvvat qo’lini cho’zish istagida har doim tokchada turadigan qaychini oldi-da, pillaning qolgan qismini kesib ochdi.
Kapalak osonlik bilan o’zining torgina go’shasini tark etdi. Lekin uning badani ho’l, jussasi judayam ojiz, nimjon va kichik, qanotlari esa bujmaygan holda edi.
Akbar kapalakni kuzatishda davom etdi. Chunki u kapalak istalgan paytda qanotlarini keng yozib  osmonga parvoz qiladi deb umid qilardi. Lekin Akbarning umidlari puchga chiqdi. Kapalak umrining qolgan qismini ham ojiz badani va bujmaygan qanotlari atrofida o’rmalash bilan o’tkazdi. Akbarga esa hech qachon uning parvozini ko’rish nasib etmadi. 
Akbar bilmas ediki, u o’z mehribonchiligi va shoshma-shosharligi bilan ipak qurti kapalak bo’lish uchun pilla ichida ma’lum muddat bo’lishi, qanotlari ko’kda erkin parvoz etishi uchun yana biroz tor koshonasida yashab turishi lozim edi.
Ba’zan hayotimizda aynan kurashishgina bizni o’z maqsadlarimiz tomon yetaklaydi. Agar hayotimizda hech bir qiyinchiliksiz yashaydigan bo’lsak, bu bizni jarohatlagan bo’lardi.
Biz hozirgidagidek kuchli bo’lolmas edik. Biz hech qachon “parvoz eta olmasdik”!
Men Kuch so’radim……
va U meni kuchli  etish uchun Qiyinchiliklar yubordi.
Men Donolik so’radim......
va U meni dono etish uchun Muommolar yubordi.
Men undan Ravnaq so’radim.........
va U menga ishlashim uchun Aql va Kuchli Muskullar berdi.
Men undan Mardlik berishini so’radim.........
va U meni yengib o’tishim uchun Xatarliklarga ro’para qildi.
Men undan Muhabbat so’radim..........
va U menga yordam berishim uchun Mehrga Zor insonlar berdi.
Men undan Qo’llab-Quvvatlash so’radim.........
va U menga Imkoniyatlar berdi.
Men o’zim Hohlagan hech narsani olmadim ........
Men o’zimga Zarur barcha narsani oldim!

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
« Javob #32 : 12 Avgust 2009, 14:03:36 »
Baxt: Musulmonmiz, Muhammad :sw: sallollohu alayhi vassallamning ummatlarimiz,.. ota-onalarimiz, barcha yaqinlarimizning omonligi,.. ibodatlarimiz, xayrli amallarimiz,.. sabrimiz, qanoatimiz,.. aqlimiz, ongimiz,.. gapiryapmiz, ko`ryapmiz, eshityapmiz, his qilyapmiz, to`rt muchamiz sog`lom,.. behisob imkoniyatlarimiz,.. tinchligimiz,..  shukr qilaolishimiz,.. Olloh  :jl: subhonahu va taolo bularning barchasini bizga nasib etgan ekan, demak, biz baxtlimiz, o`ziga behad shukrlarimiz!
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
« Javob #33 : 12 Avgust 2009, 16:28:40 »
Baxtni hamma o’z qarichi bn o’lchidi.

Mushukni “baxti” sichqon bn…
Artisni baxti “muxlislar”i bn…
Poraxo’rni baxti “pullar” bn…
O’qituvchini baxti “sessiya” bn…
Studentni baxti “5 lar” bn…
Yozuvchini baxti kitobxon bn…
Onani baxti bolasi bn…

Musulmonga uni mo’min-musulmon bo’lganligi ham BAXTdir.
Inson gohida bir narsaga erisholmasa o’zini baxtsiz, omadsiz his qiladi.
Lekin shu payt inson o’zidanda qiyinroq ahvoldagi inson ham borligini o’ylab ko’rishi kerak.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham aytganlar: “O’zingizdan badavlat insonni ko’rsangiz albatta o’zingizdan kambag’alroq insonga ham qarab qo’ying” (mazmunan)
Kasal bo’lganimizda, ishimiz yurishmaganda, qiyinroq ahvolga tushganimizda biz ham o’ylashimiz kerak: “Axir qanchadan qancha insonlar bor dardi bedavo dardga chalingan, puli boru, dardiga darmon bo’ladigan dorisi yo’q…
Qanchadan qancha insonlar bor hamma narsasini ishga tikib BANKROT bo’lganlar qancha…” va hokazo.
Shularni bilsa inson fikr qiladi, tavba qiladi, o’zini yanada BAXTIYOR his qiladi, Allohni berganiga, yetkazganiga SHUKRLAR qiladi!

TUSHUNIB YETISH ENG KATTA BAXT!

UNI JAMOLIGA YETISH ENG KATTA BAXTDANDA KATTA BAXT!!!

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
« Javob #34 : 24 Avgust 2009, 15:15:18 »
Baxtni hamma yuqorida ham azizlarning javoblariday turfa hil baholaydi.
Baxt, menimcha inson ruhining halovatda bo'lishi. Ruh qachonki huzur topsa, inson tanasi shundagina halovatli bo'ladi. Biz musulmon bo'lganimiz uchun ham Allohga shukr zarra qadar bo'lsa ham iymonimiz bor. Bazan inson hamma narsasi to'la to'kis bo'lgani holda nimadandir halovatsiz bo'laveradi, demakki ruhiga ozuqa bermagan. Aslida dardimizning davosi yana dardimiz, dunyoviy muammolar insonni baxtsiz qiladi, lekin Ollohning huzuriga kelganda, Ey Olllohim men sen uchun yetarlicha hayir ishlay olmadim, menga yo'l yo'riq ko'rsat, yetarlich tavba etolmadim, deb yig'lab-siqtagandan keyin ichiga bir huzur to'ladi. Yuqorida yozganimday avvalo insonning ruhi huzur topishi kerak, ana shundan keyin baxt, degan narsaning mazasini tushinib yetadi.
Men baxtliman Allohga skurlar bo'lsin. Alloh meni musulmon qilib yaratdi, qiyinchiliklarga tashlab meni sinovlarda qiynamadi. Yillarcha namoz o'qiydigan, hayajonlanib yig'laganimda yonimda uning ham ko'zlari to'ladigan turmush o'rtog'i ber,dedim uni ham nasib etdi. Bu har bir insonning hayotida juda muhim deb, o'ylayman. Chunki farzandingizning onasi yoki otasi ham Olloh yo'lida bo'lsinki erta-indin farzandingiz bilan imtihonlarga ma'ruz qolmang.
Olloh barcha mo'min musulmon qardoshlarimga istaganlari baxtni bersin insolloh.
« So'nggi tahrir: 20 Yanvar 2010, 14:53:53 muallifi Kapalak »

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
« Javob #35 : 27 Avgust 2009, 11:46:39 »
Men baxtliman. Chunki Olloh bergan jajjigina, shiringina o'g'ilcham bor. Ota-onam, aka-ukalarim sog'-salomat. Qornimiz to'q, ustimiz butun. Yurtimiz tinch. Har kuni osmonda porlab turgan quyoshni ko'ryapmizmi,demak, bu bizni baxtimiz. Eng muhimi, tirikligimiz eng katta baxtimiz..
Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
« Javob #36 : 02 Sentyabr 2009, 05:37:49 »
Har bir inson har qanday vazyatda ham o'zini baxtli hisoblashi kerak. Baxt insonga Alloh tomonidan berilgan ne'matdir. Qayg'uli, g'amgin paytlarda ham inson o'zini baxtliman deb ishontirsa albatta baxt unga kulib boqadi. Haqiqiy baxt bu-tanimiz, 4 michamiz sog'ligi. Bazi insonlar borki ular soppa sog' bo'la turib dunyodan, o'zlaridan nolishadi va aksincha shunday insonlar borki ularni sog'liklari, 4 michasi sog' bo'lmasa ham shukur qilishib o'zlarini baxtli sanashadi.

Tanimiz sog', ustimiz but, yaqinlarimiz yonimizda, yotib tura olamiz-demak biz baxtlimiz...
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
« Javob #37 : 07 Sentyabr 2009, 22:44:05 »


Baxt va baxtiyorlik        

Bахt... Bахtiyorlik... Insоngа hоs tuyg`ulаr. Qаchоn biz o`zimizni bахtli his qilаmiz?

Qаlbimizni to`ldirgаn bахt nimаning hоsilоti?

Hаr bir insоnning o`z ruhiy оlаmi bo`lgаni kаbi o`z tаsаvvuridаgi bахti hаm bоr. Fаqаt kimdir bu bахtini tоpgаn kimdir esа qidirmоqdа vа bахtli bo`lishigа umid bоg`lаgаn. Bir o`qituvchi o`quvchilаrigа dаrs vаzifаsi bеrib “Bахtiyorlikning rаsmini chizing” dеbdi. Shundа hаr bir o`quvchi uning nаzаridа bахtiyorlik bo`lib ko`ringаn nаrsаlаrning rаsmini chizа bоshlаbdi. Kimdir yam-yashil dаlа, kimdir mоviy оsmоn... Rаsmlаrni ko`rgаn o`qituvchining hаm hаvаsi jo`shib, pеchkа ustidа viqir-viqir qаynаyotgаn chоynаk rаsmini chizgаn ekаn. 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
« Javob #38 : 08 Sentyabr 2009, 06:07:47 »
 :as:
bir yunon faylasufi aytgan ekan :O'limdan keyingina inson o'zini haqiqiy bahtli yoki bahtsizligini biladi  deb .

Afruza

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 141
  • -oldi: 192
  • Xabarlar: 186
  • Jins: Ayol
Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
« Javob #39 : 09 Sentyabr 2009, 00:42:28 »
"Birovga bahtli bo'lib ko'ringan emas, o'zini bahtli his qilgan inson haqiqiy bahtlidir" shu jumlani juda yoqtiraman.
Birovni bahti kim uchundir bahtsizlik bo'lishi mumkin. Xaqiqiy baht  shukronalik bor joyda barqaror bo'ladi. Har damimiz bahtga to'laligini his qilib yashashni o'zi baht. Buni sezmayotgan va o'zini bahtsiz hisoblayotganlar qancha?...
« So'nggi tahrir: 09 Sentyabr 2009, 00:44:43 muallifi Afruza »
Insonga bitilgan taqdir shu ekan,
Javob berarkanmiz qilganimizga!
Savol tug'iladi:"Olimlik nedur?"
Biz ham olimdirmiz bilganimizga!

                  Hayrulla Hamidov

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
« Javob #40 : 17 Oktyabr 2009, 14:12:07 »
Alhamdulillahhhh

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
« Javob #41 : 20 Yanvar 2010, 08:59:14 »

Baxtli insonlarning har kungi duosi shudir:
"Ey, Rabbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilik (baxt) ato etgin, oxiratda ham yaxshilik (ato etgin) va bizni do'zax azobidan asragin!" (“Baqara” surasi, 201-oyat)

Baxt tushunchasi dinda etilmagan deb bilarkanman.
Hadislar ham kelganmi baxt xaqida?

“Sahihi Buxoriy”da jannat vasfi kelgan hadisda shunday deyiladi:
“Jannatdagi har bir erkakning ikkitadan hur xotini bo‘lib, ularning boldirlari go‘shti ortidan iligi shundaygina ko‘rinib turadi. Azbaroyi baxtli ekanliklaridan jannatiylar o‘rtasida ixtilof ham, qalblarida o‘zaro nafrat ham bo‘lmaydi, ular barchalari yakdil bo‘lib, Olloh taologa ertayu-kech tasbih aytadilar”.

Anas ibn Molikka Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Alloh taolo bachadonga bir farishtani vakil etadi. Farishta aytadi: «Yo rabbiy, bu nutfaga aylandi, yo rabbiy, bu quyuq qonga aylandi, yo rabbiy, bu bir parcha etga aylandi». Alloh taolo: «Bola oy-kuni yetib dunyoga kelsin!» deydi, farishta: «O’g‘ilmi-qizmi, baxtlimi-baxtsizmi, rizqi qancha, yashash muddati qancha?» deb so‘raydi. Bularning barchasi bola onaning qornida ekanligida manglayiga yoziladi». (Buxoriy rivoyati)

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam balolar mashaqqatidan, boshga baxtsizlik tushmog‘idan, yomon o‘lim topmoqdan va dushmanlar ichiqoraligidan panoh tilar erdilar». (Buxoriy rivoyati)
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Bobur Sharipov

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 803
  • -oldi: 217
  • Xabarlar: 97
  • Jins: Erkak
Re: Baxt nima? Baxtlimisiz?
« Javob #42 : 12 Sentyabr 2012, 22:28:06 »
Baxtli odam-to'rt muchasi sog' odam,
Xotiri jam,ko'ngli misli bog' odam,
Molu davlat baxt emas,baxtli odam-
Yuragida iymoni charog' odam

albatros

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 84
  • -oldi: 100
  • Xabarlar: 130
  • Jins: Erkak
  • Beshikdan qabrgacha ilm izla. (Hadis)
    • Ko'ngilga tashrif
Javob: Baxt nima? Baxtlimisiz?
« Javob #43 : 01 Sentyabr 2013, 16:07:36 »
БАХТ НИМА?

Бахт ҳақида кўп сўрайдилар. Ҳар ким бахтни ўз кўзи билан кўради. Ўз қаричи билан ўлчайди. Менинг бахтим бошқа одам учун шунчаки арзимас бир нарса бўлиб туюлар. Қоғоз-қалам билан ўтган тунларим мен учун бахтли лаҳзалар, менга куюнгувчи дўстларим эса, «тирикчилик важҳидан ухламайди, бечора», дейишади. Мен эсам, бошқаларга ачинаман. Менга бир нарса аниқ: бахт бевафо нарса — келаверади, кетаверади…
«Бахт қуши» деган таъбирнинг мавжудлиги бежиз эмас. Қуш ҳеч маҳал бир ерда узоқ қўниб ўтирмайди. Бахт ҳам шу — кишига ҳамиша йўлдош бўлавермайди. Бахтиёрлик кўп ҳолларда кишини худбинликка, манманликка етаклаши мумкин. Ана шунда жар ёқасига келтирадию ўзи ғойиб бўлади. Киши «бахтим, қайдасан?» деб чапак чалиб қолаверади. Ҳаётдан маълумким, жарга қулаганлар ҳам учрайди. Эси бутун одамлар эса ўзини асраб қола олади. «Бахтингни қўлдан берма», деган гапни мен «манманликка берилма, худбин бўлма», деган маънода тушунаман.
Бахт зарралардан ташкил топади. Масалан: эрталаб дастурхонимда нон туриши — бахт. Уни емай, исроф қилишлик эса худбинлик. Ҳар тонг аҳли оиламни, қўни-қўшнимни, қариндошу дўстларни соғ-омон кўрмоқлик — бахт. Улардан бирининг кўнглини оғритиш эса — худбинлик… Заргар тилла зарраларини тўплаб, бир ажиб узук ясасаю уни бир онда йўқотиб қўйса… Одам бахтини ана шундай машаққат билан топади, осонлик билан йўқотади. Бунга фақат ўзигина айбдор.

Т. Малик
Qololmas jahon ichra mangu kishi,
Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi. (Sa'diy)

 

Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?

Muallif maknunaBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 110
Ko'rilgan: 112770
So'nggi javob 21 Mart 2013, 19:20:45
muallifi duvlaev
Haqiqiy boylik nima???

Muallif maknunaBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 38
Ko'rilgan: 15985
So'nggi javob 04 Iyul 2011, 21:23:38
muallifi Mutaallim-2010
Baxt shahri haqida ensiklopediyalarda

Muallif muxbirBo'lim Sirdaryo viloyati

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 9014
So'nggi javob 12 Mart 2008, 10:48:16
muallifi Chustiy
Ma'rifat nima?

Muallif MargilanetsBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 20127
So'nggi javob 16 Noyabr 2008, 14:38:18
muallifi Robiya
Universitetdagi oqishdan nima olaman?

Muallif MargilanetsBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 5732
So'nggi javob 05 Iyun 2013, 16:31:21
muallifi Muxsiya