Baxt nima? Baxtlimisiz?  ( 125726 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


AbdulAziz  14 Iyun 2006, 21:15:13

Inson hamisha go’zallikka, baxtga intiladi, baxtiyor damlarni kutib yashaydi. O’ziga to’kis baxtni sog’inmagan odam zoti topilmasa kerak. Baxt esa, misoli bir qush: qattiqroq ushlasang ham, bir oz bo’sh qo’ysang ham undan ayrilib qolishing mumkin. Shu tufayli uni har kim o’zicha tushunadi, o’zicha tasavvur etadi, o’zicha anglaydi...
Dunyodagi buyuk kashfiyotlar, o’lmas san’at asarlarining yaratilishiga ham aslida insoniyatning baxt haqidagi orzu-armonlari sababchi bo’lgan bo’lsa, ehtimol.
"œTil va dunyo" gazetasidan.

Forumimizning aziz ishtirokchilari!
Baxt haqida o'z tushunchalarimiz, donolarning mulohazalari, hikoyatlarni ifoda etarkanmiz, Sizlarga ham ikkita savol bilan murojaat etamiz:
1.Baxt nima? Baxt deganda Siz nimani tushunasiz?
2. O'zingizni baxtli hisoblaysizmi? Nima uchun?


Mavzu arxivi

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Iyun 2006, 12:57:04

Assalamu alaykum. Baht - bu musulomligimiz,Rahmatallila'lamiynga ummatligimiz.Menimcha eng oliy Baht shudir.Yana Mening Bahtim oilamni tinchligi, farzandlarimni va turmush o'rtog'imni so'g salomat yonimda bo'lishlari. Mening Bahtim onamni bag'riga boshimni qo'yib bir lahza nasihatlarini tinglashim. Allohga shukr bahtliman. Alloh menga qanday hayotni ravo ko'rsa shunga roziman va shukr qilaman.

Qayd etilgan


Ziyo  22 Iyun 2006, 03:59:55

Baxt haqida bitta tasavvur:
Nuragan uy, loysuvoq so’ri.
Onajonim non yopgan tandir,
O’choqdagi olovning qo’ri.

Yuzim chaygan zilol ariqcha,
Dadam zardoliga osgan argimchoq.
Belanchakda uxlagan ukam,
Buvim ertagiga solganim quloq.

Kechki taom — hamma jamul-jam
Bir lagandan oshashar palov.
Keyinbuvim urchuq yigirar,
Loypechkada gurillar olov...

Baxt haqida so’nggi tasavvur:
Biz qadriga yetmagan damlar...

Dilband Abrayeva,
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi

Qayd etilgan


Ziyo  22 Iyun 2006, 04:00:05

Baxtli bo’lishni istaysanmi? Unday bo’lsa, avval mashaqqat chekishni o’rgan.
TURGENEV

Yashash majburiy emas, biroq baxtli yashash shart.
J.RENAR

Baxtsiz onlarda eng yaxshi tayanch aql emas, balki jasoratdir.
L.VOVENARG

Qayd etilgan


Ziyo  22 Iyun 2006, 04:00:19

MUSULMON SEVGISI

Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan g’azotlaridan biri tugagach, bir musulmon xotin tushib qolgan yaradorlarni izlab topmoqchi bo’ldi: o’liklar orasiga kirdi. U yon-bu yonni izlar chog’da "œOh"¦ suv!.." degan bir tovush eshitdi. Bir yarador musulmonning suvdonini ko’rdi. Ozroq suv topib shu yaradorning oldiga keldi. Boshini astagina ko’tarib, suvni ichtirmoqchi bo’ldi. Yarador musulmon dudog’ini suvga yetkuzar chog’da boshqa yoqdan "œOh"¦ suv!.." degan o’zga bir tovush keldi. Yarador suv keltirgan xotinga dediki:
- Bu suvni mendan burun shu tovush egasiga eltib ber. Bir yo’ldoshim yaralanib suvsab yotar ekan, men icholmayman.
Xotin suvni ikkinchi yaradorga olib bordi. U ham suvni ichayin deb turgan chog’ida "œOh"¦ suv!.." degan yana bir tovush eshitdi, xotinga dediki:
- Shu yo’ldoshim suvsiz ekan, men icholmayman, ber suvingni shunga.
Xotin suvni uchinchi yaradorga yetkazdi. U suvni ichayotganda birinchi yaradorning "œOh"¦ o’oldim"¦ suvsizlikdan" degan tovushi keldi. Bu ham xotinga:
- Suvingni mendan burun shu tovush egasiga ber! — dedi va o’zi ichmadi.
Xotin yana qaytib birinchi yaradorning oldiga kelsa, bechoraning o’lib yotganini ko’rdi. Ikkinchi yaradorning oldiga bordi, u ham o’lib yotgan ekan. Uchinchi yarador ham suvsizlikdan o’lib qolmasin deya yugurib ketdi:
- Ey, voh!.. Bu ham o’lib qolibdi! — deb suvni to’kdi.
Musulmonlarning o’lim chog’ida ham bir-birlarini qanchalik sevishlarini o’ylab ko’z yosh qildi.

Abdurauf Fitrat
"œO’qi" kitobi, Boku, 1917-yil

Qayd etilgan


Ziyo  22 Iyun 2006, 04:00:48

Maknuna:

1. Baxt bu - mening bu dunyoga kelganim. Baxt bu -ota-onamning borligi. Baxt bu - Musulmon bo'lganim. Baxt bu - yaxshi odamlar diydori.
2. Albatta baxtliman!

Qayd etilgan


Ziyo  22 Iyun 2006, 04:01:00

Odamlar baxt deganda ko’proq nimani tushunishadi?
Har kim o’zining ongi, tafakkuri rivojiga qarab baxtni har narsada ko’radi. Ayollar asosan oilasining tinch-xotirjamdigi, erining unga mehr-muhabbatli bo’lib, farzandlari barkamol bo’lishini, qizlar esa har tomonlama o’ziga mos kishini uchratishni baxt deb hisoblaydi. Ba’zi erkaklar uchun oilasining moddiy ta’minlanganligi, ayolining shirinso’zligi bo’lsa, ayrimlari uchun ko’chadagi ayol bilan munosabat o’rnatish baxt. Yigitlar kelajagini oila bilan bog’laydi. Ular chiroyli ayolni chiroyli oila deb biladi. Baxtni boylik bilan o’lchab bo’ladimi?
Boylik baxt ko’rsatkichi emas. Masalan, bir buyuk rus olimi o’zining baxtini raketalar yaratishda ko’rgan. U oshxonalardagi qoldiq ovqatlarni yeb kun ko’rgan. Lekin bunday sharoitda ham o’zini baxtli hisoblagan.
O’ziga to’q bo’lish baxtni his qilish uchun ozgina omil bo’lishi mumkin. Odam ehtiyojlarining hech bo’lmaganda o’rtamiyona darajada qondirilishi ham baxtli bo’lish uchun zamin yaratadi.
Ba’zan hamma narsasi yetarli odamlar ham o’zini baxtsiz his qiladi. Kishilar o’zlarini baxtli his etishlari uchun nima qilishlari kerak?
Bu dunyoga inson bo’lib kelishning o’zi baxt, undan inson bo’lib ketish undan ham katta baxt. Afsuski, baxtning qadriga har doim ham yetavermaymiz. Erta bilan turib quyosh nurini ko’rishning o’zi katta baxt. Gap uni his qilib, dunyo ne’matlaridan lazzatlana olishda.
Baxtning davomiyligi qancha?
Bir umrlik deb qarash noto’g’ri. Faqat kasbdan topilgan baxt bir umrlik bo’lishi mumkin.

Naima Holmuhammedova,
"Mehrjon " ayollar uyushmasi rahbari, psixolog.

Qayd etilgan


Ziyo  22 Iyun 2006, 04:01:14

Mohinur:

1. Baxt deganda men oila hotirjamligini, qarindosh-urug'lar, do'stlarning shodon chehrasini, ota-onaning farzand kamolini ko'rib, yuzidagi mamnunligini tasavvur qilaman. Dunyodagi eng baxtiyor insnlar esa bolalardir. Ularning bu dunyodan g'amlari yo'q.

2. Baxtlimisiz? Ha, baxtliman, Allohim meni yartaganidan, 4 mucham sog'ligidan, ota-onam, do'stu yorlarim borligidan baxtliman.

Qayd etilgan


Ziyo  22 Iyun 2006, 04:01:24

1. Avvallari baxt deganda yetib bo’lmaydigan bir manzilni tushunardim. Hozir esa hayotda orzu qilib, yetishgan barcha manzillarimni baxt deb bilaman.
Bolaligimda bir ertak o’qigandim. Bir bolakay har kuni erta tongda tom tepasiga chiqib, uzoq-uzoqlarga qaraydi. O’shanda juda uzoq tog’ tepasida nimadir oppoq bo’lib yaraqlab turganini ko’radi. Bola har kuni shu narsani ko’rish uchun turadi. Uning nimaligini bilishni, unga yetishishni orzu qiladi. Shu tuyg’u bolaga tinchlik bermaydi. Bolaning nazarida unga yetishish baxt edi.
U ulg’ayadi va bir kuni uzoq yo’lga otlanadi. Ming bir mashaqqat bilan bola manzilga yetib boradi. Qarasa, bir kulba. Uning tomi quyosh nurlarida yaltirab ko’rinayapti. Bolaga necha yillar tinchlik bermagan o’sha narsa shu edi. Ammo u xafa bo’lmaydi. Chunki shuncha bosib o’tgan yo’li, yaqinlari sog’inchi, kechgan yillari -barchasi bir butunlikda uning baxti ekanligini tushunib yetadi.
Xulosa qildimki, mening har bir bosib o’tgan yo’lim, yetgan manzilim — baxtim bo’laklaridir. Mana shu bo’laklar yig’indisini men baxt deb bilaman.

2. Mening baxtim, avvalo, baxt uchun intilayotganimda. Topayotgan so’zim, o’g’lim ham baxtim. Shukrki, barchamizda Olloh in’om etgan, sevgiga, sog’inchga tashna KO’NGIL bor. Shuning o’zi baxtliman, deb aytishga asos bo’lsa kerak.

Zebo MIRZAYEVA

Qayd etilgan


Ziyo  22 Iyun 2006, 04:01:32

Baxtiyor damlaringda me’yorni bil, kulfatda esa ishonchingni yo’qotma.
Boshqird maqoli

Baxtda qanoatli, baxtsizlikda oqil bo’l.
PERIANDR

Har qanday baxtsizlikni sabr-toqat bilan yengish lozim.
VERGILIY

Qayd etilgan