Baxt nima? Baxtlimisiz?  ( 126240 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Ziyo  22 Iyun 2006, 04:01:51

Farzonochka:

Assalomu alaykum.
Bilasmi bu savolga qanqa javob beraman.
Man hozir juda baxtliman, hayotga kelganimni ozi kotta baxt!.
Yaqinlarim yonimda bu yana bir baxt! Xullas, juda ham baxtliman/
Inson har qanday kichik omadsizliklani ham baxtsizlikka yoymaslik kere.
Mobodo mada agar shunaqa omadsizlikla bolsa, "bundan ham battar bolishi mumkin ediku" degan fikrni oylab taskin topaman.

Qayd etilgan


Ziyo  22 Iyun 2006, 04:02:06

Behzodbek:

Assalomu alaykum,
Baxt bu nisbiy tushuncha. Uni hamma har xil tushunadi. Kim uchun asl baxt bo'lgan bir hayot tarzi boshqa bir inson uchun jahannamiy hayotning ayni o'zi bo'lishi mumkin. Ya'ni, baxt tushunchasiga baho berishda har bir inson o'z mentaliteti, madaniyati, milliy-diniy an'analaridan kelib chiqib javob beradi.
Masalan, bugun farovon hayotning oliy namunasi deb atalayotgan g'arbona hayotni men hech ham havas qilmayman. Chunki, bu hayot quruq tashqi hashamat va oxiri voy bo'lgan rasvo bir hayot asosiga qurilgandir.
Baxtliman deb aytishga, menimcha, bu dunyoda hech kimning haqqi yo'q. Chunki, haqiqatdan baxtlimi yoki yo'qmi, menimcha, bu savolga hech kim javob bera olmasa kerak. Haqiqiy baxt mo'min uchun oxiratda bo'ladi. Chunki oxirat hayotigina abadiy va barqaror hayotdir. Shuningdek, oxiratingizda sizni nimalar kutyapti, buni bilmasdan turib qanday qilib men baxtliman, deb ayta olasiz?!

Men pessimist emasman, men realistman.

Qayd etilgan


Ziyo  22 Iyun 2006, 04:02:32

Gayratjon:

1. Baxt bu mo'mon uchun Allohning rizoligiga erishish!
Bu dunyoda yaxshiliklarni beminnat qilishlikka o'zini o'rgatish.
Hikmatlarda aytganlaridek,
Baxtli kishi birovning holini ko'rib, undan ibrat olgan kishidir

2. Bu dunyoda haqiqiy mo'min bo'lib yasholsam, o'zimni baxtli hisoblayman. Bu degani hali to'liq baxtliman degani emas. Haqiqy holatimiz Behzod aytganidek oxiratda ma'lum bo'ladi.

Qayd etilgan


Ziyo  22 Iyun 2006, 04:02:46

samo:

Bu mavzuda har bir bahtli inson ozini bahtli etgan "boglardan" guldastalar uzatibdi.
baht bu boshqa insonlar bahti, hursanchiligi ila sevinish ham bolsa kerak.
Baht bu har bir holatda AFZALINI tanlay bilishda...
bu boglardagi gullarni ayrimlarida tikanlar bolsa ham ular ham bahtli onlarni TEMPini oshirishga hizmat qilsa kerak. Baht bu har bir insonni qanday bolsa shunday korabilishdadir.
shunda insonni ichida gazab mehanizmi orniga sevgi mehanizmi ishga tushadi...
Bagrikenglik (hosgoru) Atmosferasi vujudga keladi...

Qayd etilgan


Ziyo  22 Iyun 2006, 04:03:01

Assalom:

Baxt bu keng tushuncha. Uni har kim har xil talqin etadi. kim uchundir baxt bo'lgan tushuncha boshqa uchun baxt bo'lmasligi ham mumkin.

Qayd etilgan


Ziyo  22 Iyun 2006, 04:03:16

1. Uzoq safardan o'zining ojiz banda ekanligini anglab uyiga qaytgan Odissey dushmanlariga munosib jazo berar ekan, ularning "bizning aybimiz nima?" degan savoliga: "Sizlar mening dunyoimga daxl qilmoqchi bo'ldingiz" deb javob beradi.
Baxt - o'z dunyoingni yaratish, uning daxlsizligini saqlash va xotirjamlikda.

2. Men o'z dunyoimni yaratayapman...

Husan karvonli

Qayd etilgan


Ziyo  22 Iyun 2006, 04:03:30

1. Qo'lidan ish keladigan, har narsadan go'zallik topa oladigan kishi o'z baxtini ko'ra oladi. Kimningdir ko'ziga oddiy ko'ringan hayot, kimgadir sir-asrorlarga boy, sirli dunyo bo'lib ko'rinadi. Baxtni esa inson o'z qo'li bilan yaratadi. Qanday ota-ona bilan yashash, qanday do'st orttirish qismatga bog'liq bo'lsa, qolgan hammasi insonning qo'lida.

2. Nega kishi hayqirib "Baxtliman" deya olmaydi? Ehtimol, ko'z tegishidan qo'rqar. Men o'zimning biror ish bilan band paytlarimda, yig'lamagan kunimda, yaxshi odamlar ko'pligiga yana bir bor iqror bo'lgan vaqtlarimda baxtliman. Hayotga kim qanday qarasa, u shunday ko'rinadi. Toki, men undan go'zallik topib yashar ekanman, albatta, baxtliman.

Zabarjad

Qayd etilgan


Ziyo  22 Iyun 2006, 04:03:43

1. Baxt, bu - Olloh tomonidan in'om etiladifgan ilohiy ne'matdir. Shu bilan birga baxt osmondan tushmaydi. Unga erishish uchun ham mehnat qilish kerak... Bu juda keng tushuncha bo'lgani uchun bir narsa deyish qiyin. Menimcha, orzularning bari ro'yobga chiqsa, shu baxt bo'lsa kerak. Lekin odam baxtli bo'lgan taqdirda ham orzu qiladi.
Baxtli bo'lish uchun unga arzish kerak. Qachon baxtli bo'lar ekanman, deb kutib yotsa ham bo'lmaydi. Xuddi "olma pish, og'zimga tush" deganday...
baxt hammaga beriladi, lekin uni anglab yetish va mahkam ushlash bu insonning o'ziga bog'liq, deb o'ylayman.

2. Men juda baxtliman.

Matluba

Qayd etilgan


Ziyo  22 Iyun 2006, 04:04:00

1. Insonning baxti birinchi navbatda, uning sog'-salomatligi, deb o'ylayman. Har bir ongli mavjudot usti but, qorni to'q bo'lar ekan, o'z baxtini o'z qo'li bilan yarata oladi.

2, Men juda baxtliman. Nega endi baxtli bo'lmay! Xudoga shukrki, ota-onam salomat, o'qishim uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqdalar. Ayniqsa, oq'ishga kirganim ham katta baxt. Menimcha, mendan baxtli odam bo'lmasa kerak.

Feruza Umirzoqova

Qayd etilgan


Ziyo  22 Iyun 2006, 04:04:11

Men hozir Yerni ushlab to`xtataman. Nega tinmay aylanaveradi u?
Nahot zerikmagan bo`lsa?
Yerning oxiri qayda? Tasavvurnichi?..
Aniq raqamlarni jinim suymaydi. Uchburchaklar — tasavvur qafaslaridir.
Xayol cho`mog` i qisqa zotlarning umri ham qisqadir.
Mashaqqatning oxiri rohat. Rohatning oxiri yana mashaqqat. Kunning oxiri tun. Tunning esa oxiri yo'q.
Bir og`iz sovuq so`z bilan diling yana zimiston.
Loaqal, bir kungina kechgacha baxtli bo`lib yurgan odamni topib ber-chi menga!
Siz ming mashaqqat bilan chiqqan cho`qqida kapalak ham bor. Qumursqa ham yashaydi. Sizning bu yutug`ingiz ular uchun oddiy bir turmush tashvishi. Ular kunda-shunda.
Men hidlab to`ymagan bedani biya qasirlatib chaynaydi.
Yalpizni suv oqizib ketadi. Men ko`zimga surtgan suvda qurbaqa cho`miladi.
Momaqaldiroq dunyoni boshiga ko`tarib hayqiradi.
Yulduzlar qo`rqib qochib qolishadi. Bulutlar yig`lashga tushadi. Yer yuzida qo`ziqorinlar tug`iladi. Har qanday hayqiriq so`nggida nimadir dunyoga keladi.
Nimadir dunyodan ketadi.
Kulib gul ochiladi — yig`lab shabnam to`kiladi.
Daryo toshadi — tog` nuraydi. Kelin xo`rsinadi — yanga ermak qiladi...

Muhammad Yusuf

Qayd etilgan