Alloh taolo o‘z fazli, buyuk ehsoni va yaxshiligi bilan bandasining so‘rashi va duo qilishini ibodatning mag‘zi va negizi qilib qo‘ydi: «Allohga dinni xolis qilganingiz holda duo qilinglar!» (G’ofir: 14).
Hoy mo‘‘minlar, Alloh taolo sizlarga O’zigagina duo qilishga amr va u duolarni ijobat qilishni O’z tarafidan lutf va marhamat qilib, va’da qildi. Alloh taolo: «Robbingiz: Menga duo qilinglar ijobat qilaman»— dedi (G’ofir: 60).
Hoy mo‘‘minlar, Robbingizga Unga duo qilish va undan (ehtiyojlarni) so‘rash bilan ijobat qilingiz! Chunki, Alloh subhonahu va taolo Allohga duo qilishdan voz kechgan kimsalarga alamli va xorlovchi jazolarni va’da qilgan: «Albatta Menga ibodat qilishdan kibr-havo qilgan kimsalar yaqinda bo‘yinlarini eggan hollarda (xorlanib) jahannamga kiradilar» (G’ofir: 60).
Abu Hurayra raziyallohu anhudan marfu’ hadis rivoyat qilingan: «Allohdan so‘ramagan odamga Alloh g‘azab qiladi» (Termiziy, hadis â„– 3373).
Bas, (ehtiyojlaringizni) Allohdangina so‘ranglar! Katta va kichik, uzoq va yaqin ehtiyojlaringizni Allohdangina talab qilinglar! Chunki, har narsa Allohning qo‘lidadir. Alloh bergan narsani qaytarguvchi, qaytargan narsani berguvchi zot yo‘qdir. Alloh taolo aytdi: «Agar Alloh sizga biron ziyon yetkazsa, uni faqat O’zigina ketkaza oladi. Agar sizga biron yaxshilik (etkazishni) iroda qilsa, Uning fazlu marhamatini qaytara olguvchi yo‘qdir» (Yunus: 107).
Mo‘‘minlar onasi Oisha raziyallohu anho: «Allohdan barcha narsani, hatto, poyafzalingizning bog‘ich ipini ham so‘rangiz. Chunki, Alloh muyassar qilmasa u hech qachon qo‘lga kirmaydi»— dedilar.
Hoy Allohning bandalari, Alloh, bandasining Allohdan ehtiyojlarini berishini yalinib-yolborib so‘rashini suyadi. Chunki, Alloh — saxovatli, ikki qo‘li ochiq, xohlaganicha infoq qila oladigan ZOTdir. Egadorlik qo‘lida va barcha narsaga qodir bo‘lgan barcha olamlar Robbisi — Alloh barakotli va ulug‘ bo‘ldi.