Abdulla Avloniy. Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom  ( 86956 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


IXLOS  29 Iyul 2009, 10:40:26

18. HAZRATI SULAYMON ALAYHISSALOM

   Sulaymon alayhissalom atolari kabi hukmron ham payg‘ambar bo‘ldilar. Atolarining vasiyatlari uzra Quddusi sharifdagi Bayt-ul-muqaddasning binosini yetti yilda tamom qildilar. Sharq, g‘arb taraflaridagi hukumatlarni o‘zlariga tobe’ qildilar. Yamandin Bilqis ismli xotun podshoh ham kelub, tobe’ bo‘ldi.
   Janobi Haq Sulaymon alayhissalomga bir uzuk ato qilmish. Shul uzukning xosiyatidin insonlar, jinlar, hayvonlar, qushlar, qurtlar buyruqlarini tutar edi. Qirq yil podshohlik qilub, oltmish yoshlarinda vafot bo‘ldilar.

Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 10:46:10

19. HAZRATI ILYOS ALAYHISSALOM

   Sulaymon alayhissalomdin so‘ng Bani Isroil ikki sinfga bo‘lunub, biri Yahudoyi,
Yusha’ alayhisssalomdyn so‘ng Ishmuil alayhissalom payg‘ambar bo‘ldilar. Bularni "hukkomi Bani Isroil" deyilur.
Bayt ul-muqaddas Qur’oni karimda "Masjid al-Aqso" deb zikr kiling‘an muborak uyning ismidur.
 ikkinchisi Isroiliy o‘lub, to‘g‘ri yo‘ldin chikub, Ba’l ismli sanamga cho‘kunmaqda edilar. Haq taolo bularga Ilyos alayhissalomni payg‘ambar qilub yubordi.
   Ilyos alayhissalom qavmlariga nasihat qilub, mo‘‘jiza ko‘rsatub, imonga chaqirdilar. Qavmlari inonmasdin, izo va jafolar qildilar. Nochor Ilyos alayhissalom ichlaridin chiqub, bir tog‘da tanho turdilar.
   Janobi Haq mamlakatlarindin barakatni ko‘tardi, qahatlik bo‘ldi. Qavmlari Ilyos alayhissalomni izlab topub tavba qildilar. Ilyos alayhissalom duo qildilar. Alloh baloni ko‘tardi. Qavmlari yana kofir bo‘ldilar. Ilyos alayhissalom qavmlarining imonindin umid uzub, takror chiqub ketdilar.

Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 10:49:33

20. HAZRATI ALYASA’ ALAYHISSALOM

   Ilyos alayhissalomning o‘rniga Alyasa’ alayhissalom o‘turub, xalqni va’zu nasihat ila to‘g‘ri yo‘lga solmakni harakatinda bo‘ldilar. Janobi Haq Alyasa’ alayhissalomga payg‘am-barlik berub, Bani Isroilni Hazrati Musoning shariatlari uzra imonga chaqirurg‘a buyurdi. Qavmlarini(ng) ko‘b zamon tuzatmak uchun harakat qildilar. Lekin qavmlariga so‘zlari ta’sir qilmay, ba’zilari musulmon bo‘lsalar ham, yana kofir bo‘ldilar. Oxirda Janobi Haq boshlariga Assuriya davlatini yubordi. Ko‘p vaqtlar asorat zanjirinda qoldilar.

Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 10:51:30

21. HAZRATI YUNUS ALAYHISSALOM

   Janobi Haq Yunus alayhissalomni Ninvo xalqiga payg‘ambar qilub yubordi. Qavmlarini imonga chaqirganlarida ikki kishidin boshqa imon keturmadi. Qavmlariga Alloh tarafindin azob kelishin so‘zlab, o‘zlari arolarindin chiqub, Dajla nahrin labiga borub, kemaga tushdilar. Kemachilar kemani yurutmoqchi bo‘lg‘anlarida kema yurmadi. Kemadagi kishilar "ichimizda gunohli kishi bor, shuning uchun yurmas", deb qur’a soldilar. Qur’a Yunus alayhissalomga chiqdi. Yunus alayhissalom Alloh amrin tashlab, Ninvodin chiqqanlari zo‘r gunoh bo‘lg‘anliqin bilub, o‘zlarin daryoga otdilar. Darhol bir katta baliq yutdi.
   Yunus alayhissalom baliq qorninda tavba qildilar. Janobi Haq tavbalarin qabul qildi. Baliq qornindin chetga chiqarib tashladi. Tanalari baliq qorninda nafislanmish edi. Janobi Haq yangi quvvat ato qilub, yana Ninvo xalqiga yubordi.
   Yunus alayhissalom kemaga tushgan kunlari Ninvoni qorong‘ulik bosub, qavmlari Tavba tepasi degan yerga borub tavba qilmish, Janobi Haq tavbalarini qabul qilmish edi. Yunus alayhissalom kelub, qavmlarini imonga chaqirdilar.
Qavmlari Yunus alayhissalom ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘ddin ayrilmadilar.

Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 10:52:08

22. HAZRATI ASH’IYO ALAYHISSALOM

   Yunus alayhissalomdin so‘ng Bani Isroil arosinda sanamlarga ibodat qilmoq kabi yomon ishlar paydo bo‘ldi. Ash’iyo alayhissalom qavmlariga dunyo va oxirat azobin bayon qilub, yomon ishlarini qila bersalar, o‘zlariga qutulish yo‘qlig‘in ma’lum qildilar. Tezdin Iso alayhissalom kelishlarin va Muhammad sallollohu alayhi vasallamning sifatlarin va Bani Isroilni o‘zlariga kelgan payg‘ambarlarga ishonmasdin izo va jafo qilg‘anlarin, Janobi Haq har bir qavmni bir balo yuborub halok qilg‘anin bayon qilg‘anlarinda nodon xalq to‘g‘ri so‘zga ishonmay, ul zoti sharifni shahid qildilar.

Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 10:53:47

23. HAZRATI UZAYR VA DONIYOL ALAYHISSALOM

   Bani Isroilni yomon ishlarni qilurlari, ustlariga yuborilgan payg‘ambarlarga jafo qiluvlari boshlariga balo bo‘lub, Janobi Haq Bobil shahrining podshohi Buxtunnasrni ustlariga yubordi. Buxtunnasr Bani Isroil davlatini buzub, Quddusi sharifni olub, Bayt ul-muqaddasni xarob qilub, Bani Isroil ulug‘larin asir qilub Bobilga keturdi. Alarning arosinda Hazrati Uzayr ila Doniyol alayhissalomlar ham bor edilar.
   Bani Isroil bir necha vaqt Bobilda asir bo‘lub qoldilar. Kaldoniya  davlati buzulgandin so‘ng asirliqdan qutilub, o‘z mamlakatlariga kelub, Bayt ul-muqaddasni yangidin bino qildilar. Tavroti sharif yodlarindin chiqmish, Tavrot, nusxalari Buxtunnasr tarafidin o‘tga yoqilmish, avvaldig‘indin bir nusxa ham qolmamish edi. Uzayr alayhissalom Tavrotni yoddin o‘qub, yozdurub tarqatdilar.

Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 10:58:25

24. HAZRATI ZAKARIYO ALAYHISSALOM

   Zakariyo alayhissalom Hazrati Sulaymon urug‘indin bo‘lub, Bayt ul-muqaddasda qurbonlik qilmak, Tavrot yozmak kabi ishlarga bosh edilar. Janobi Haq payg‘ambarlik yubordi. Farzandlari yo‘q edi. Xotunlari Isog‘ qartayganlari sababli bola tug‘uv ehtimoli ham yo‘q edi. Janobi Haqning inoyati birla bir kun Jabroil alayhissalom kelub, Isog‘din Yahyo ismli bir o‘g‘ul tug‘ilishini xabar berdilar. So‘ngra Yahyo alay-hissalom dunyoga keldilar. Zakariyo alayhissalom yahudiylarning bo‘hton  va hujumindin qochub borganlarinda bir daraxt yorildi. Ichiga kirub berkindilar. Yahudiylar izlab kelub, daraxt birla kesub, shahid qildilar.

Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 10:59:02

25. HAZRATI YAHYO ALAYHISSALOM

   Yahyo alayhissalom Hazrati Zakariyoning qarigan hollarinda ko‘rgan o‘g‘illaridurlar. Atolarindin so‘ng Janobi Haq payg‘ambarlik yubordi. Hazrati Yahyo qavmlarini Muso alayhissalomning shariatlari uzra imonga chaqirdilar. So‘ngra Iso alayhissalomga yangi shariat kelub, Yahyo alayhissalom ham qavmlarin bu yangi shariat uzra imonga chaqira boshladilar. Bir kun Bani Isroil podshoxi Hardus qiz qarindoshini olmak bo‘ldi. Hazrati Musoning shariatlari uzra nikoh qilmakka Yahyo alayhissalomni zo‘rladi. Yahyo alayhissalom nikoh qilmadilar, chunki Iso alayhissalomning shariatlarinda ,qiz qarindoshni olmak harom edi. "Sen nikoh o‘qumading", deb podshoh darg‘azab bo‘lub, Yahyo alayhissalomni qo‘y kabi so‘ydurdi.


Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 11:11:43

26. HAZRATI ISO ALAYHISSALOM

   Zakariyo alayhissalomning xotunlari Isoning singlisi Hanna Bani Isroil ulug‘larindin Imron nomli kishining xotuni o‘lub, aslo bola tug‘mas edi. "Agar Alloh menga bola bersa, Bayt ul-muqaddas xizmatiga nazr qildim", deganlarida Janobi Haq bir qiz ato qildi. Nomlarini Bibi Maryam qo‘yub, Bayt ul-muqaddasga eltub qo‘ydilar. Zakariyo alayhissalomning tarbiyalarinda katta bo‘ldilar.
   Bir kun Allohning amri birla Hazrati Jabroil kelub, Bibi Maryamning yaqolarindin dam solganlarinda ikkiqat bo‘ldilar. Yahyo alayhissalomdin olti oy so‘ng Iso alayhissalom tug‘uldilar. Yahudiylar Hazrati Isoning atosiz tug‘ilganlariga ishonmasdin, Zakariyo alayhissalom ila Bibi Maryamga bo‘hton qilub, o‘ldurmakchi bo‘lub bordilar. Hazrati Iso

  5Kaldoniya davlati Bobilda 68 yil hukumat surgandin so‘ng Erondin Kayoniyon davlati zuhur edub, Bobilni zabt kilub, Kaldoniya davlatini barbod va inqiroz kildilar. Shul vaqt Bani Isroil asorat zanjirindin qutilub, jonlarindin sevikli vatanlariga kelmishlar.
  6Zakariyo alayhissalomning xotunlari Isoning singlisi Hanna Bibi Maryamni tug‘ub, Bayt ul-muqaddasga nazr qilub, Zakariyo alayhissalomga tobshirmish edi. Bibi Maryam Isoni(ng) atosiz tuqginlariga yaxudiylar ishonmay, "atosiz bola
tug‘ulurmu", deb Zakariyo alayhissalomga bo‘hton kilganlar.


beshiqda so‘zga kirub: "Man Allohning quliman, Alloh manga tezdin kitob yuborub, payg‘ambar qilur va har yerda mani muborak qilur", - dedilar. Bu so‘zni eshitub, yahudiylar hayron bo‘lub, Bibi Maryamni qo‘yub, borub Zakariyo alayhissalomni shahid qildilar, Taajjubki, yahudiylar Hazrati Odamning atosiz, anosiz yaratilganlariga ishonub, Hazrati Isoning yolg‘uz atosiz tug‘ulganlariga ishonmadilar. Bibi Maryam ham yahudiylarni yamonligindin qo‘rqub, Hazrati Isoni olub, qarindoshlari Yusuf Najjoz ila Misrga borub, o‘n ikki yil turdilar. Andin Quddusi sharifga kelub, Nosiriyo qur’yasinda turdilar.
   Iso alayhissalomga o‘ttuz yoshlarinda payg‘ambarlik kelub, Injili sharif nozil bo‘ldi. Hazrati Isoning shariatlari chiqub, Hazrati Musoning shariatlari ishdin chiqdi. Xalqni imonga chaqirdilar. O’luklarni tirguzmak, tug‘ma ko‘rlarning ko‘zlarin ochmak, suv ustinda yurmak kabi mo‘‘jizalar ko‘rsatdilar. Faqat o‘n ikki kishi imon keturdilar. Bularni "havoriyun" deyilur.
   Hazrati Iso yahudiylardin qo‘rqub, havoriyunlar ila yoshirun majlislar qilur edilar. Yahudiylar doim o‘ldurmakchi bo‘lub, izlab yurur edilar. Bir kechasi Iso alayhissalom havoryunlarni yig‘ub: "œSizdin biringiz tongdin avval dindin qaytub, bani oz aqchaga yahudiylarga sotur", - dedilar. Darhaqiqat, arolarindin Yudo Sham’un ismli kishi yahudiylardin bir oz aqcha olub, turadurgan joylarini ko‘rsatdi. Ul vaqt Allohu taolo Iso alayhissalomni yuqori makonga ko‘tardi. Joylarini ko‘rsatgan Yudoni Hazrati Iso suvratlariga kirguzdi. Yahudiylar oni tutub, dorga ostilar.
Hazrati Isoning vasiyatlari uzra havoriyunlar har tarafga yoyilub, o‘zlarin yozg‘an Injil kitoblarin tarqatmakka va Nasoro dinini nashr etmakka boshladilar.
   Iso alayhissalomdin so‘ng dini islomni chiqishigacha olti yuz yil miqdori o‘tdi. Bu aroda payg‘ambar kelmay, vahiyi ilohiy kesilub, dunyo ko‘zi bir payg‘ambarning kelishiga tikilub, zamon quchog‘i bir rahnamoning vujudina ochilub qoldi.
Barcha payg‘ambarlarning avvali va barcha insonlarning atolari Odam alayhissalomdurlar. Oxirlari va hammadin afzallari "Xotim ul-anbiyo" va Muhammadul Mustafo sallallohu alayhi vasallamdurlar. Bu ikki payg‘ambarlar arolarinda ko‘p payg‘ambarlar kelub ketganlar. Hisoblari faqat Allohu taologa ma’lumdir. Hammalari Allohning sevikli bandasidurlar. Eng afzali va shariaticha mukammali bizning payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam hazratlaridurlar.



Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 11:15:26

27. ZUHURI DINI MUBINI ISLOM

   Oxir zamonda Arabiston sahrosindin dini Islomning chiqishi, Hazrati Ismoil urug‘indin Muhammad alayhissalomni tug‘ulishlari Tavrot, Injil, Zabur kabi osmon kitoblarinda yozilmish edi. O’tgan payg‘ambarlardin ba’zilari payg‘ambarimizning vasfu ta’riflarini bayon qilgan edilar.
   Arabiston Osiyo qit’asining g‘arbi-janubinda katta yarim ota(orol)durki, ul yerda avvaldin beri arablar yashamoqdadurlar. Arablar bo‘lsa Hazrati Nuhning Som ismli o‘g‘lining naslindin tarqalub, arabi boida, arabi oriba, arabi musta’raba ismli uch firqaga bo‘lunmishlar. Boida arablari Hazrati Hud va Lut zamonlaridagi Od va Samud qavmlaridurki, onlardin ma’lumoti tarixiya yo‘q kabidur. Oriba arablari esa Bani Qaht qabilasindin bo‘lub, eski zamonlarda Yamanda Bani Xamir ismli bir zo‘r hukumat qurub, Sabo shahri poytaxtlari bo‘lub, ikki ming yildin ortiq yurt so‘ramishlar. Musta’raba arablari esa Arabiston qit’asinda Hazrati Ismoilning Jarham qabilasindin olgan xotunlarindin tarqalgan kishilardur. Bu arablar hozirdagi kabi savdogar va qo‘ychilik ila kasb va maishat qilur edilar. Lekin avvalda Ibrohim alayhissalomni shariatlari uzra amal qilsalar ham, so‘ngra e’tiqodlari buzuldi. Butlarga ibodat qiladurg‘on bo‘ldilar. Har qabilaning o‘ziga qarashlik sanamlari bor edi. Tavrot va Injillarga amal qilg‘uvchilar oz edilar.
   Quraysh qabilasi arabi musta’rabadin bo‘lub, Makkai mukarramaning eski odamlari ham nasab va boylikda boshqa firqalardin ilgari edilar. Ka’bai muazzamaning xizmati qo‘llarinda bo‘ldig‘indin barcha firqalardin ustun hisoblanur edilar.
   Arablar Ka’bai muazzamani bino qiling‘andin beri muqaddas qiblagoh sanab aziz tutsalar ham, bu vaqtlarda ichlariga va atroflariga butlar qo‘ymishlar edi. Har yil haj vaqtida ziyorat uchun har yerdin odamlar kelishub, qurbonlar kesishub, Zulqa’da oyinda Makkaga yaqin Akkoz ismli yerda bir maydon qurilub, ulug‘ bozor bo‘lur edi. Har tarafdin kelgan xatiblar xutbalar so‘zlab va shoirlar arosinda she’r yozishlari bo‘lur edi. Ustun bo‘lgan shoirlar ofarinlar olub, she’ri Ka’ba devorina osilur edi. Ul vaqtlarda Ka’ba devoriga osilmish yetti qasida bor ediki, onlarga "Muallaqoti sab’a" deyilurdi.


Qayd etilgan