Abdulla Avloniy. Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom  ( 86932 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


IXLOS  29 Iyul 2009, 11:18:15

28. VOQEAI ASHOBI FIL

   Yamanda hukumat surgan Bani Xamir davlati bir vaqt habashlar tarafindin buzilub, Yaman qit’asi habashlar qo‘lina kirdi. Habash podshohi Abraha San’o degan yerga bir butxona soldirdi. Bundin murodi arablarni Ka’batulloh ziyoratindin qaytarub, bu butxonaga keturmak edi.
   Arablar bu yil Ka’ba ziyoratiga boruvlarinda yo‘lda yangi soling‘an butxonani ko‘rdilar. Kirub ibodat qilmak bir tarafda tursun, haqorat birla boqub, arolarindin biri ul butxonaga kirub, najaslab ketdi. Bu ishga Abrahaning achchig‘i chiqub, Ka’bani vayron qilmoq uchun askar birla Makkaga qarab yurdi. Janobi Haq Ka’bai muazzamani saqlab, Abraha askariga Abobil ismli qushlarni yubordi. Ul qushlar og‘izlarinda va oyoqlarinda mayda toshlar keturub, Abraha askarining ustlariga yamg‘ur kabi yog‘durub, barchasini halok qildilar.
   Abraha askarinda xosiyatlik bir fil bor edi. Ul fil ila qaysi urushga borsalar, ustun bo‘lmoqni e’tiqodinda edilar. Bir necha martaba tajriba ham qilg‘an edilar. Makkaga yaqin kelganda fil ilgari yurmasdin, yerga cho‘kdi. Makka tarafiga yuritmak uchun harakat qilsalar yurmasdin, boshin boshqa tarafga bursalar, darhol sakrab yurub ketar edi. Shul voqeani "Voqeayi ashobi fil", shul yilni "Fil yili" deyilur. Shul vaqtlarda Kuraysh qabilasining boshlig‘i payg‘ambarimizning bobolari Abdul Mutallib edilar. Bu voqea sanai milodiyning 571 yilinda edi.

Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 11:19:57

29. NASABI SHARIF

   Payg‘ambarimiz hazratlarining ismi shariflari Muhammaddur. Atolari Abdulloh binni Abdul Mutallib bin Hoshim bin Abdul Mannof bin Qusoy bin Kilob bin Murra bin Ka’b bin Luay bin G’olib bin Fihr bin Molik bin Nazr bin Kinona bin Huzayma bin Mudrik bin Ilyos bin Muzar bin Nizor bin Ma’d bin Adnondur. Bundin yuqoru bobolarining ismlari ochiq ma’lum bo‘lmasa ham, Ibrohim payg‘ambarning o‘g‘illari Ismoil alayhissalomga tutashuvlarinda ulamolar arosinda xilof yo‘qdur.
   Anolari Banu Zuhra qabilasining ulug‘larindin Vahhob bin Abdul Mannof bin Zuhra bin Kelob bin Murra qizi Amina edilar. Ikki tarafdin ham Faxri olam afandimiz arab qavmi arosinda asl nasab o‘lmoq ila mashhur Quraysh qabilasindin Hoshim urug‘indin, ato va anolari musulmonlar o‘lub, o‘z zamonalarining shar’iy nikohlari ila qo‘shulub, buzuq ishlardin pok edilar. Nikohlanish vaqtlarinda atolari Abdulloh hazratlari 18 yoshda, anolari Amina janoblari 14 yoshda edilar. Atolari safarda yurganlarida kasal bo‘lub, Madina shahrinda 25 yoshlarinda vafot bo‘ldilar. Qabri shariflari Madinadadur. Shul vaqt Faxri olam afandimiz ikki yoki sakkiz oylik homila edilar.



Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 11:20:58

30. MAVLUDI SHARIF

   Payg‘ambarimiz fil yilinda  nayson ichinda rabbi ul-avval oyining o‘n ikkisinda dushanba kun tong vaqtinda Makka shahrinda tug‘ulub, bobolari tarafindin Muhammad deb ismlandilar. Sallallohu alayhi vasallam tug‘ulgan vaqtlarinda anolarin dard tutmasdin, zahmat chekmasdin, sunnat qiling‘an, kindiklari kesilgan holda tug‘ildilar. Orqalarinda kabutarni tuxumidek bir alomat bor edi. Buni "muhri nubuvvat" deb atalur.
   Shul kun bobolari Abdul Mutallib zo‘r ziyofat (aqiqa) qilub, ko‘b kishilarni siyladilar. Shul vaqt bir necha odatdin tashqari ishlar paydo bo‘ldi. Ka’badagi butlar yiqilub, yerga tushdi, Kisroning ayvoni tebranub, o‘n to‘rt manzari yiqildi, Fors viloyatinda otashparastlarning ming yildin beri yonub turgan o‘tlari o‘chdi, Sova ko‘li yerga botub, Samovoda suvlar toshdi. Bu alomatlar Faxri olam afandimizning tug‘ulishlarindin, dini islomning chiqishindin yer yuzindagi gumroh xalqlarni ogoh qilmak uchun Janobi Haq tarafindin berilmish bir xabar edi.
   Rasululloh tug‘uladurg‘an kechasi ko‘b odamlar payg‘am-barimizni dunyoga keluvlarin tushlarinda ko‘rmishlar.

Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 11:22:15

31. TARBIYATI RASULI AKRAM

   Makka xalqi avvaldin beri yangi tuqqan bolani havosi yaxshi yerlarda bir sut anoga berub, tarbiya qilurlar edi. Shul sababli Faxri olam afandimiz tug‘ulgan zamon ba’daviy arablardin Bani Sa’d qabilasindin Horis bin Abdul Uzzo xotuni Halima Abi Duayb qizi olub ketdi. Ba’daviylar ichinda sut emizub, to‘rt yil tarbiya qildi.
   Bir kun odam suvratinda ikki farishta kelub, ko‘kraklarini yorub, yuraklarindagi buzuq qonlarni olub, o‘rniga nur to‘ldurub ketdilar. Bu voqeadin so‘ng Halima qo‘rqub, anolari Amina janoblariga topshurdi. Halimadin avval Abu Lahab cho‘risi Suvayba ham biroz vaqt emizmishdur. Atolari yo‘q sababli bobolari Abdul Mutallib tarbiyasinda edilar. Abdul Mutallib arablar arosinda mo‘‘tabar va hurmatli zot o‘ldig‘indan nihoyatda kengchiliqda o‘sdilar. Amina janoblari Ummi Ayman ila payg‘ambarimizni birga olub, Makkaga borub, qarindoshlarini ko‘rdilar. Hazrati Abdullohni qabri shariflarin ziyorat qilib qaytishlarinda Madinaga yaqin Abvo’ ismli qishloqda kasal bo‘lub, vafot bo‘ldilar. Ushbu kundin e’tiboran payg‘ambarimiz atodin ham anodin yetim qoldilar. Yoshlari olti yo yettida edi. Makkaga Ummi Ayman quchog‘inda keldilar.
   Hazrati Abdulloh Aminadin boshqa xotun olgan emas va Amina ham ikkinchi erga borgan emas. Payg‘ambarimizdin boshqa bolalari ham bo‘lgan emasdur.
   Sakkiz yoshlarinda Abdul Mutallib bobolari vafot bo‘ldi va bu suyukli bobolarindin ayrilg‘anlarinda murda yoninda yig‘laganlari rivoyat qilinur. Bundan so‘ng Abu Tolib amakilarining tarbiyasinda o‘sdilar. Abu Tolib ham nihoyatda shafqatli va marhamatli bir zot o‘ldig‘indin payg‘ambarimizni o‘z bolalarindin ham ortuq suyar edi.

Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 11:42:23

32. NASHOTI FAXRI OLAM

   Faxri olam afandimiz 9 ila 10 yoshlari arosinda amaklari Abu Tolib ila savdogarlik uchun Shom tarafiga bordilar. Busro nomli shaharga kirganlarinda bir savma’ada ibodat qilg‘uvchi Buhayro laqabli Jirjis ismli nasoro rohibi osmon kitoblarinda yozilmish alomatlar yuzasindin Muhammad alayhissalomni payg‘ambar bo‘lishlarindin bashorat berib, Abu Tolibga: "Siz bu zotni Shomga olib bormang, Shomdagi yahudiylarning

  7 Fil yili hijratdin 52 sana muqaddam, milodiyning 571 sanada, farangi hisob ila 20, rumi va rusi hisob ila 17 aprelga to‘g‘ri keladur.

olimlari kitoblarda yozilmish alomatlardin bu zoti barakotdagi payg‘ambarlik nishonasini bilub, ehtimolki Bani Isroil payg‘ambarlariga qilgan jafolarni bu zoti sharifga ham qilsalar", dedi. Abu Tolib rohibdin bu so‘zdin eshitub, mollarin Busroda sotib, Makkaga qaytdilar.
   Yigirma yoshga yetganlarida Quraysh qabilasindin Xadicha ismli bir boy xotun ila sherik bo‘ldilar. Ko‘b mol va Maysara ismli bir qul birla savdo uchun yana Shom tarafina yurdilar. Bu safar ham Busro shahriga kirdilar. Bu vaqt Buhayro vafot bo‘lub, o‘rniga Nastu’ro o‘tirmish edi. Nastu’ro kelib Maysara ila ko‘rushub: "Ey, Maysara! Hazrati Iso xabar bergan oxir zamon payg‘ambari bu zotdurlar. Shomga kirmangiz. Yahudiylar jafo qilurlar", - dedi. Shul sababli bu safar ham mollarin Busroda sotub, Makkaga qaytdilar. Bu safarlarindin bir-ikki oy so‘ng Faxri olam afandimiz Xadicha raziyallohu anhumoni nikohlab oldilar. Shul vaqt payg‘ambarimiz 25 yoshda, Xadicha janoblari 40 yoshda edilar. Hazrati Xadicha nihoyatda boy, aqlli va e’tiborli o‘ldig‘indin Rasuli akram afandimiz tezdin zo‘r davlatga ega bo‘ldilar.
   Shul vaqtlarda arab xalqi Ka’bani yangidin bino qilmoq bo‘ldilar. Ka’ba odam bo‘yi devor, usti ochiq o‘lub, ko‘b yerlari buzilmish edi. Shul sababli devorlarin baland qilub, ustini ham yopub, yangidin bino qildilar. Lekin Hajar ul-asvadni o‘rniga qo‘ymak uchun arab qabilalari arosinda g‘avg‘o chiqdi. Har qabila o‘zlarini munosib ko‘rub: "Hajar ul-asvadni biz qo‘yamiz", dedilar. Oxirda masjid enshgindin kim kirib kelsa, shul zotni ushbu da’volariga hokim qilurga qaror berdilar. Shul vaqt epshkdin Faxri olam afandimiz kirub keldilar. Hammalari shod bo‘lub: "Muhammad ul-amin  keldilar", - deb, arolarinda bo‘lg‘an maslahatni bayon qilub: "Sizni shul ishga hokim qilduk", - dedilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Hajar ul-asvadni bir chodirni ustiga qo‘ydurub, atrofin har bir qabilaga ushlatub, ko‘tartirub, o‘zlari muborak qo‘llari ila o‘rniga qo‘yub, zo‘r bir da’voni ohistalik ila tamom qildilar.

Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 11:45:54

33. QUS BIN QOIDANING XUTBASI

   Bir kun Akkoz bozorinda qizil teva ustiga minub, arab ulug‘larindin Qus bin Qoida payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning chiqishlarindin yig‘ilgan odamlarga xabar berub, bu xutbani so‘zladi: "Ey, xaloyiq! Kelingiz, eshitingiz, ibrat olingiz, g‘aflatda qolmangiz, ko‘zlaringizni ochingiz. Yashagan o‘lar, o‘lgan bitar, bo‘ladurg‘on ish bo‘lur, yomg‘urlar yog‘ar, o‘tlar o‘sar, bolalar tug‘ilarlar, atolarining, anolarining o‘rniga qolur, bir vaqt hammasi yo‘q bo‘lub ketar, ishlarning orqasi uzilmas, bir-biriga ulanub turur, quloq solingiz. Ko‘kdin xabar bor: yerda ibrat oladurg‘an narsalar bor, yer yuzi yoyilgan gilam kabi, ko‘k yuzi katta tog‘lar kabi, yulduzlar yurar, dengizlar turar, kelgan ketar, ketgan kelmas, ajabo? Borgan yerlarida shod bo‘lurlarmi, yoki hasratmi chekarlar, yo uyqudami yoturlar?
   Qasam ila aytaman. Alloh qoshinda bir din bordurki, bu diningizdin seviklidur va Allohning bir keladurgon payg‘ambari bordurki, keladurgon zamoni yaqindur, soyasi boshingiz ustida turubdur. Qanday sevinchdurki, anga bo‘yinsinub, imon keturg‘on kishilarga, qanday o‘kinchdurki, ul zotni ko‘rsatgan yo‘llaridin yurmagan kishilarga; qanday hasratdurki, umrlarini g‘aflat birla kechurgan ummatlarga.
   Ey, xaloyiq! Ota-bobolarimiz qani? Ziynatli kosalar va toshlardin uylar solgan Od va Samud qavmlari qani? Dunyoga mag‘rur bo‘lib "Man tangriman" degan Fir’avn va Namrudlar qani? Onlar sizga qaraganda boy ham sizdin quvvatli edilar. Bu yer onlarni

8 Faxri olam afandimiz go‘zal xulqli, fukaro va miskinlarga shafqatli, so‘zlari kisqa, ko‘b ma’noli, adab bobida tanho, haq ishda sabotli, Makka xalqi arosinda odil va ishonchli o‘ddiqlarindin Muhammad ul-amin der edilar.

tegirmonida tortdi, gard-gard qilub, suyaklarini har tarafga tarqatdi, jonlari siqildi, uylari yiqildi, egasiz qoldi, itlar boylandi, hasratda ketdilar.
   Ibrat olingiz, g‘aflatda qolmangiz. Onlarning yo‘liga kirmangiz. Har narsa yo‘q bo‘lur, qolg‘uvchi yolg‘uz Allohu taolodur. Birdur - sherigi, o‘xshashi yo‘qdur, ibodatga loyiqdur, birovdin tug‘ulmagan, birov andin tug‘ulgan ham emas. Kelub ketgan, bo‘lub o‘tganlardin bizlarga ibrat oladurgan narsalar ko‘bdur: o‘lim irmog‘ining kiradurg‘on yerlari ko‘b, ammo chiqadurg‘on yeri yo‘q. Kattadur, kichikdur - barchasi ketar, qaytub kelmas. Ul kishilarki keldilar, ketdilar, kelibon ketdilar va qayon yetdilar? Yaqin bilurman, dunyo tegirmoni bani ham salomat qo‘ymas", deb so‘zini bitirdi.
Ul odamlar ichinda payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham bor edilar. Arodin ko‘b vaqt o‘tmadi. Janobi Haq tarafindin Muhammad alayhissalomga payg‘ambarlik keldi. Lekin Kus bin Soida o‘lgan edi. Payg‘ambarimizga ko‘rishmak nasib bo‘lmadi.


Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 11:54:32

34. RISOLATI RASULI AKRAM

   Faxri olam afandimiz hazratlariga 40 yoshlarinda Hazrati Jabroil orqali Allohu taolo tarafindin vahiy keldi. Payg‘ambarliklari hammaga ma’lum bo‘ldi. Ohista-ohista Makka xalqini imonga chaqira boshladilar. Janobi Haq tarafindin avval martaba Iqra’ bismi rabbikallaziy xalaq oyati (Qur’on. Alaq surasi, 1-oyat.) (oxirigacha) nozil bo‘lub, Janobi Haq hammadan avval o‘quv ila amr etmishdur (tarjimasi: Yaratgan rabbing nomi bilan o‘qi!).
Qur’oni Karim 23 yil ichinda bo‘lak-bo‘lak vahiy bo‘lub kelib tamom bo‘ldi.
   Eng avval xotunlardin Xadicha, erlardin Abu Bakr Siddiq, bolalardin Hazrati Ali, ozod qullardin Zayd bin Horis, ozod cho‘rilardin Ummi Ayman musulmon bo‘ldilar. Bulardin so‘ngra Usmon bin Affon, Zubayr binnul Avvom, Abdurahmon bin Avf, Sa’d bin Abu Vaqqos, Talxa bin Abdulloh, Abdulloh bin Mas’ud va boshqa bir necha ulug‘ kishilar dini islom ila musharraf bo‘ldilar.
   Nubuvvatning to‘rtinchi yilinda oshkora dini islomga chaqirish boshlanub, Fasda’ bimo tu’maru va a’riz anil mushrikin (tarjimasi: "Bas, siz o‘zingizga buyurilgan ishni ya’ni, haq dinga da’vat qilishni yuzaga chiqaring va mushriklardin yuzo‘giring!") oyati1 nozil bo‘ldi (Qur’on. Hijr surasi, 94-oyat.).
   Mushriklar esa Faxri olam afandimiz va sahobalarina izo va jafo, tahqir va masxara qilurg‘a boshladilar. Mushriklarni jafolarina sabr qilolmay, Faxri olam afandimizni ruxsatlari ila musulmonlardin 12 er va 4 xotundin iborat sahobalar piyoda hollarinda Habash yurtina hijrat qildilar. Bahri Ahmardin o‘tub, Habash podshohi Najjoshiy yoniga borub sig‘indilar9 .
   Makkada esa mushriklar bir tarafdin izo va jafolarin ortdurmoqda, ikkinchi tarafdin dini islom ila musharraf bo‘luvchilar ko‘paymoqda edi. Quraysh ulug‘laridin Hazrati Umar ham imon keturdilar. Makkada hijrat qilguvchilardin boshqa musulmonlarni adadlari 40 ga yetdi. Bu vaqtdin diniy ibodatlarni oshkora o‘qumoqg‘a boshladilar.
Habashga hijrat qilguvchilar uch oy miqdori turub, Makkada kengchi bo‘ldi deb eshitub, jonlarindin sevikli vatanlariga qaytub keldilar. Mushriklar esa hamon kundin kun izo va jafolarin ortdurmoqda edilar. Bir kun Abu Jahl bosh bo‘lub, bir necha mushriklar ila Abu Tolibga borub: "Muhammadni himoya qilma, bizni ota-bobolarimizdin qolg‘on odatlarimizni buzdi, biz ani bilganimizni qilurmiz", -dedilar. Bu so‘zga Abu Tolib quloq solmaganlari uchun mushriklar o‘zaro axd qilishub, musulmonlar ila so‘zlashmasga, bozorlarda olish-berish qilmasga, qiz olub qiz bermasga, Muhammad alayhissalomni

  9 Habashga hijratlarin sababi onlar nasoro o‘ldiqlarindin Makka mushriklari ila aloqalari yo‘q, e’tiqodlari boshqa-boshqa o‘ldig‘idir.

tutub bermasalar yarashmasga qaror berdilar. Bir ahdnoma yozub, mushriklardin bir nechasi muhrlarin bosub, Ka’ba devorina osdilar. Shul kundin boshlab avlodi Bani Hoshim musulmon va kofirlari ham uch yil mikdori Abu Tolib mahallasida qamalgan kishilar kabi turdilar. Mana ushbu vaqt musulmonlarga Makkada kun kechurmak ehtimoli qolmadi.

Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 11:58:47

35. HIJRATI FAXRI OLAM

   Dini Islomni har tarafga tezlik ila taraluvina Makka kofirlarini toqatlari qolmay, jam’ bo‘lub, bir kecha Faxri olam afandimizni jonlariga qasd qilub keldilar. Faxri olam afandimiz Vajaalno min bayni aydihim saddan va min xalfihim saddan faag‘shaynohum fahum lo yubsirun (tarjimasi: "Va biz ularning oldilaridan bir to‘siq-parda qilib, ularni o‘rab qo‘ydik. Bas, ular ko‘ra olmaslar") oyati ni o‘qub, hujrai muboraklarindin chiqub ketdilar. Hazrati Abu Bakr Siddiq ila borub, Sur tog‘indagi g‘orda uch kun turdilar. Hazrati Abu Bakrning o‘g‘illari Abdulloh har kecha taom ila Makka ahvolindin xabar berib turdilar.
   So‘ngra g‘ordin chiqub, Hazrati Abu Bakr Siddiq Omir Fuhayro ismli qullarin yo‘lboshchi qilub, payg‘ambarimiz ila Madinaga safar qildilar.
   Faxri olam afandimiz payg‘ambarlik kelgandin so‘ng Makkada 13 yil umr kechirub, hijrat qilg‘on vaqtlarinda 53 yoshda edilar. Sanai milodiyning 622 yili  8 rabbi ul-avvalda dushanba kuni Madinaga yaqin Qabo ismli yerga salomatlik ila yetdilar. Shul yerda bir necha kun turub, 12 rabbi ul-avvalda jum’a kuni Madinaga kirdilar. Nihoyatda fasih xutba so‘zlab, jum’a namozini ado qildilar.
   Faxri olam afandimizning hijratlari  ulug‘ voqealardin bo‘lub, shul kundin e’tiboran musulmonlar mushriklar zulmindin qutulub, ibodatlarini oshkora qilurga boshla-dilar. Dini islom shuhrat topub, har tarafdin to‘p-to‘p arab qabilalari kelub, dini islom ila musharraf bo‘ldi.
   Innaddina indallohil islom (tarjimasi: "Albatta Alloh nazdida makbul bo‘ladigan din faqat Islom dinidir")  nidolari arshi a’lolarga chiqdi. Shul sababli ahli islom shul yilni tabarrukan ulug‘lab, ta’rix boshi e’tibor qilmishlar.
   Hazrati Umar o‘z zamonlarinda hijratni musulmonlar uchun yil boshi ta’yin qildilar. Hijrat rabbi ul-avvalda bo‘lsa ham, avvalgi sahobalar muharramda Habashga hijrat qilganlari, ham johiliyat zamonida muharramni yil boshi hisob qilg‘onlari e’tiborga olinub, yil boshi birinchi muharramdin boshlandi.

Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 12:02:21

36. MADINA XALQINING SHODLIGI

   Faxri olam afandimizning Makkadin chiqub, Madinaga yaqin kelub yetganlari Madina ahliga ma’lum bo‘ldi. Alardagi shodlik ta’rifdin tashqari edi. Qarshi olmak uchun har kun erta birlan shahardin chiqub, jonlarindin aziz mehmonlarini tush vaqtigacha kutub, qaytub ketmoqda edilar.
   Bir kun yo‘lchilardin biri: "Siz kutmakda o‘lan mehmoningiz kelurlar", dedi. Bu xabarni eshitub, boshyalang, oyoqyalang, eru xotun, yoshu qari birdin yugurub, butun Madina xalqi oldilariga chiqub, Harra ismli yerda qarshu oldilar. Rasuli akram (s.a.v.) afandimizning atroflarin qurshab olub, tevalarin tizginin bir-birlari ila talashub,

  10 Qur’on. Yosin surasi, 9-oyat.
  11 Farangi hisob ila 20 sentyabr, rumi va rusi hisob ila 17 sentyabrga to‘g‘ri keladur.
  12 Makkadan hijrat kilgan sahobalarni "muhojirin", islom dinini rivoji uchun yordam bergan Madina ahllarin "ansor" deyilur.
  13 Qur’on. Oli Imron surasi, 19-oyat.


xursandliklarindin she’ru takbirlar aytishub, saltanat ila Madinaga olub kirdilar.
   Ajabo! O’z vatandoshlari qirq yildin beri yashamaqda o‘lan vatanlarinda sig‘dirmasdin hijratga majbur qilg‘onlarinda chet kishilar xoki poylarini ko‘zlariga to‘tiyo va qadamlari ustinda jonlarini fido qildilar.
   Faxri olam afandimiz Madinaga kirub, tevalarin o‘z holiga qo‘ydilar. Tevalari Ayyub Ansoriyning uylari yoninda cho‘qdi. Shul yerni vatan qilub, Masjidi haramni bino qildilar. Bir necha kun o‘tgandin so‘ng kishi yuborub, qarindosh va uy ichlarini Makkadin oldirub keldilar.
   Musulmonlarning adadlari kundin kun ortub, namozlarin azon va jamoat ila o‘qiy boshladilar. Madina xalqi Yasrib ismli shaharlariga tabarrukan Madinat ul-rasul deb nom qo‘ydilar.
   Hijratni ikkinchi yili qibla olishinub, Makka shahrindagi Ka’ba ismli muborak uy tarafiga qarab namoz o‘qurg‘a farmon keldi. Mundin avval namozlarin Bayt ul-muqaddasga qarab o‘qur edilar. Shul vaqtlarda ramazon oyinda ro‘za tutmak va zakot bermak farz bo‘ldi. Sadaqayi fitr va iyd namozlari vojib bo‘ldi. Mushrik va munofiq dushmanlar ila urush qilurga amr keldi.

Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 12:04:30

37. BADR G’AZVASI14  (URUSHI)

   Ahli islom ila Quraysh qabilasi arosinda bo‘lgan urushlarning mashhurrog‘i Badr urushidir. Abu Sufyon bosh bo‘lub, Shomdin Makka tarafiga qarab bir necha karvonlarni safar qilgani Rasuli akramga ma’lum bo‘lub, onlarni yo‘llarin to‘smak uchun Madinadin 313 sahoba ila barobar Badr ismli yerga qarab yurdilar. Musulmonlarni bu harakatindin Abu Sufyon xabar topub, tezlik ila Makka mushriklariga xabar yuborub, yordam so‘radi. Karvonlarni qutqarmak uchun Makka mushriklari tezdin 950 qadar askar jam’ qilub yubordi.
   Lashkari islom ila mushriklarni askari Badr ismli yerda to‘qnashub, shiddatli urush bo‘ldi. Bu urushda Hazrati Hamza ila Hazrati Ali zo‘r g‘ayrat ko‘rsatdilar. Musulmonlar oz bo‘lsalar ham Janobi Haqning inoyati, sahobalarning shijoati soyasinda mushriklarning boshlig‘i vafot bo‘ldi, askarlari yengildi. Musulmonlar zafar topdilar. Bu urush hijratni qirqinchi yili 18-ramazonda voqe’ bo‘lmishdur.


Qayd etilgan