Abdulla Avloniy. Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom  ( 86947 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


IXLOS  29 Iyul 2009, 12:05:04

38. UHUD G’AZVASI

   Hijratni uchinchi yili Uhud urushi paydo bo‘ldi. Bu urushda ham mushriklar ko‘b bo‘lub, musulmonlar oz edilar. Askarlar bir-birlariga yugurish vaqtida ba’zi musulmonlar poylamoq uchun ta’yin qiling‘an yerlarin tashlab ketganlari sababli musulmonlar bir oz mag‘lub bo‘ldilar. 70 dan ziyoda sahoba shahid bo‘lub, ichlarinda Hazrati Hamza ham bor edilar. Mushriklar Rasuli akram (s.a.v) afandimizni muborak tishlarin sindirub, Islom ulug‘larin hammasin shahid qilduk deb gumon qilub, qaytib ketdilar.


Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 12:07:13

39. XANDAQ G’AZVASI

   Bu urush hijratning beshinchi yilinda voqe’ bo‘ldi. Quraysh mushriklari sahroyi arablardin o‘n mingcha askar yig‘ub, Madinani xarob va musulmonlarni parishon qilmak buzuq niyati ila Madinai munavvarani o‘rab oldilar.
Rasuli akram afandimiz Salmoni forsni maslahatlari uza shaharning atroflariga

  14 Rasuli akram afandimiz birga bo‘lgan muhorabalarni "g‘azva", sahobalardan biri bosh bo‘lgan muhorabalarni "sariya" deyilur.

xandaq (o‘r) kavlatdilar. Shul sababli bu urushga Xandaq muhorabasi deyildi.
   Bu sana Madinada ochlik bo‘lub, sahobayi kirom qamal (muhosara) vaqtida og‘ir mashaqqatlar ko‘rdilar. Tezdin ochlik dushman tarafiga ham o‘tub, mushriklarning jonlari siqildi. Hujum qilay desalar, xandaqlardin o‘tishni imkoni yo‘qlig‘indin, ketlariga qaytay desalar, nomus zo‘rlig‘indin hayronlikda edilar.
   Bir kecha qatig‘ shamol paydo bo‘lub, chodirlarin buzub, ustlarina tufroq qumlarni sochuvi sababli mushriklar urush maydonini tashlab qochdilar. Ahli islom salomat qoldilar. Bu urushda mushriklarning eng pahlavoni Umar ibn Abdunni Hazrati Ali o‘ldirdilar.



Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 12:08:01

40. HUDAYBIYA (MUOHADA) KELISHUVI

   Hijratning oltinchi yilinda Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam afandimiz 1500 qadar sahobalar birla zulqa’da oyinda Madinadin chiqub, haj qilmak niyatinda sahobalarga qilichdin boshqa yarog‘ oldirmasdin Makkaga qarab yurdilar. Mushriklar musulmonlarni Makkaga qarab kelishlarindin xabardor bo‘lub, Hudaybiya ismli yerda yo‘llarin to‘sub, mashvarat qilub, musulmonlarni Makkaga kirishlariga qarshi turdilar. Shul vaqt arolarinda kelishuv bo‘ldi. Ushbu ahdnoma yozildi:
   "Ahli islom Makkaga kelur sanada kirsunlar, o‘n sana ichinda aromizda urush bo‘lmasun, haj vaqtinda, musulmonlar Ka’ba ziyorati uchun kelganlarinda mushriklar Makkani uch kun bo‘shatub bersunlar. Islom tarafindin Qurayshga o‘tgan kishi qabul, ammo Qurayshdin musulmonlar tarafina o‘tgan kaytarilsin", deb bir necha shartlar yozildi. Bu ahdnomadagi shartlar musulmonlarga og‘ir kelsa ham, payg‘ambarimizning so‘zlari ila qabul qilinub, oxirda musulmonlarga foydalik bo‘lub chiqdi.


Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 12:08:36

41.XAYBAR G’AZVASI

   Madinani shimol tarafinda Xaybar ismli shahr o‘lub, musulmonlikdin qochgan yahudiylar borub, hammalari shul yerda jam’ bo‘lgan edilar. Xaybar esa Shom ila Madina arosinda o‘ldig‘indin musulmonlar yo‘lchilarina yahudiylar tarafindin bir necha jafolar ko‘rilub, yo‘l qo‘rqunch edi. Shul sababli Faxri olam afandimiz Hudaybiyadin qaytishlarinda 1500 qadar kishi birla Xaybar qal’a-qo‘rg‘onini borub oldilar. Xalqini musulmon qilub, nusrat ila Madinaga qaytdilar. Bu urushda musulmonlardin 15 kishi shahid bo‘lub, yahudiylardin 93 kishi o‘ldi.
   Faxri olam afandimiz hijratning yettinchi yilinda muharram oyinda Arabiston atrofindagi podshoh va hokimlarga qog‘oz yozub, "Muhammadur Rasululloh" yozilgan muhrlarin bosub, elchilarga berub, Eron shohi Xusravga, Qaysari Rumga, Misr podshohi Maqavqisga,, Habash podshohi Najjoshiyga va boshqa bir necha podshohlarga yubordilar. Eron shohi Xusrav nomani yirtub tashladi. Shul sababli tezdin davlati yo‘q bo‘lub, o‘zindin nomnishon qolmay, Eron mamlakati musulmonlar qo‘liga o‘tdi.


Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 12:10:17

42. UMRAI FAXRI OLAM

   Hijratning yettinchi yili zulqa’da oyinda Hudaybiya ahdnomasiga muvofiq Rasuli akram afandimiz umra qilmak uchun 2000 qadar sahobalar ila Makkaga qarab yurdilar. Jafokor Quraysh mushriklari qoshinda saltanat ila Ka’bai muazzamani tavof-ziyorat qilub, umrani tamom qilub, Madinaga qaytdilar.
   Hijratning sakkizinchi yili Mo‘‘ta safari bo‘ldi. Mushriklar Hudaybiya ahdnomasin buzganlari uchun ramazon oyinda o‘n ming qadar sahoba ila Makka shahriga qarab yurdilar. Bavo’ ismli yerga yetganlarinda Quraysh ulug‘larindin Xolid ibn Valid, Amr ibn Al Os, Usmon ibn Abu Talxalar kelub, imon keturdilar. Bir kech Makkaga yaqin Marr uz-zahron ismli yerga yetganlarinda Makka mushriklari lashkari islomdin xabar oldirmak uchun Abu Sufyon ila bir necha kishini yuborgan edilar. Musulmonlarning poyloqchilari bularni tutub, Faxri olam afandimiz qoshlariga keturdilar. Abu Sufyon ibn Harb darhol musulmon bo‘ldi. Rasuli akram afandimiz musulmonlar ila birga har tarafdin Makkaga qarab yugurushub, 12-ramazonda  jum’a erta birlan Inno fatahno (tarjimasi: "Biz (sizga) ochiq ravshan fath-g‘alaba ato etdik") surasini o‘qug‘on hollarinda Makkai mukarramani oldilar. Ka’bai muazzamani sanamlardin, butlardin poklab, takbir aytub, Baytullohga kirdilar. Bu xursandlik mo‘‘minlarni shodlik ila, mushriklarni g‘amu anduh ila yig‘latmoqda, yuraklarin daraxt yaprog‘lari kabi titratmoqda edi. Zamoni johiliyatda jafokor mushriklarning musulmonlarga qilgan jabr-jafolari, jonlarindin sevikli vatanlarindin har tarafga surganlari yodlariga tushub, qilgan zulmlarin barobarina qanday hukmlar bo‘lur ekan deb termulib turmakda edilar. Mana shul vaqt Rasuli akram (s.a.v.) afandimiz afv e’lon qilub, hamma mushriklarni shod va g‘am balosidin ozod qildilar. Bu qadar olijanoblik, bu qadar lutf-marhamat va adolatlarin ko‘rgan ko‘b mushriklar dini islom ila musharraf bo‘ldilar.
   Shul kun Hazrati Bilol Ka’ba ustina chiqub, qichqirub azon  aytdilar. Payg‘ambarimiz Ka’bai muazzamada imom bo‘lub, jamoat ila namoz o‘qudilar. Faxri olam afandimiz ta’sirlik xutbalar o‘qub, shariat hukmlarin bayon qilub, dunyo va oxiratga kerakli nasihatlar qildilar. Bu zamondin boshlab Makka mushriklarin quvvatlari qolmay, musulmonlar ila do‘st bo‘lub yashamakg‘a boshladilar.


Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 12:11:28

43. FUTUHOTI FAXRI OLAM

   Makka olingandin so‘ng Hanin, Toif ismli shaharlarni(ng) urush ila olub, mushriklarni shaharlarin musulmon-obod qilub, shul yil xutba so‘zlamak uchun Madina masjidina minbar soldilar.
   Hijratning to‘qquzinchi yili Faxri olam afandimiz Rum tarafinga yurish qilub, urushsiz hozirda Hijoz temir yo‘lin manzili o‘lan Tabuk ismli yerga tushub, har tarafga elchi yubordilar. Tabuk xalqlari ila kelishub, shul yerga bir masjid solub, Madinaga qaytdilar.
   Madinadin Abu Bakr Siddiq hazratlarini bosh qilub, bir necha sahoba ila haj qilmak uchun Makkaga yubordilar. Olami islomda eng avval ado qiling‘on farz haj ushbudur. Haj vaqtinda Hazrati Ali bir oyat surasin o‘qub, islom hukmlarin yig‘ilg‘on xaloyiqlarga bayon va e’lon qildilar.


Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 12:18:51

44. HAJI VIDO’I FAXRI OLAM

   Hijratning o‘ninchi yili Arabistonni har tarafindin Madinaga guruh-guruh kishilar kelub, dini islom ila musharraf bo‘lurga boshladilar. Shul yil Faxri olam afandimiz hazratlari haj qilmaklarin e’lon qildilar. Shul sababli har tarafdin xaloyiqlar kelub, Madinaga yig‘ilub, hammalari payg‘ambarimiz ila birga haj qilmak va ibodat yo‘llarin o‘rganmak orzusinda edilar.
   Faxri olam afandimiz 25-zulqa’da oyinda dushanba kuni qiyomdin so‘ng 90000 qadar sahoba birla Makkai mukarramaga qarab yurdilar. Yo‘l-yo‘ldin yana hisobsiz arablar qo‘shulub, to‘rtinchi zulhijjada Makkai mukarramaga yetdilar. Birin-birin haj amallarin hammasin ado qildilar.
   To‘qquzinchi zulhijjada Arafot tog‘iga chiqub, bir xutba so‘zlab, shul xutbalarinda

15 Sanai milodiyning 630 yili faranga 12, rusi va rumi 9 yanvarga to‘g‘ri keladur.
  16 Makkai mukarramada eng avval qichqirub aytilgan azon ushbu.


islom dinining hukmlarin bayon qildilar. Xotunlarga shafqat va marhamatda bo‘lmak to‘g‘rusinda nasihat qilub: "Ey, xaloyiq! Men sizlarga Qur’oni karim ila sunnatimni qoldirdim, men tezdin bu dunyodin oxiratga ko‘charman", - deb vasiyatlar qildilar. Shul kuni "Al yavma akmaltu lakum dinakum va atmamtu alaykum ne’mati va raziytu lakumul isloma dina" (tarjimasi: "Bugun sizlarga diningizni komil qildim, ne’matshti benuqson, to‘kis qilib berdim va sizlaruchun (faqat) Islomni din qilib tanladim") oyati1 Karimasi nozil bo‘ldi. (Qur’on. Moida surasi, 3-oyat.)
   Faxri olam afandimiz hijratdan so‘ng eng oxirgi qilgan hajlari ushbu o‘ldig‘indin bu hajlarina Hajjat ul-vido’ deyilur. Makkada o‘n kun mikdori turg‘onlarindin so‘ng Faxri olam afandimiz yuz ming mashaqqatlar ila "Ummati, ummati" deb, dini islom ila musharraf qilg‘on ummatlari ila, ummatlari jonlarindin suyukli, ato-anolarindin ortug‘roq shafqatli payg‘ambarimiz ila vido’-xayrlashub, sahobalar o‘z vatanlariga, afandimiz Madinaga qaytub ketdilar.


Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 12:20:14

45. VAFOTI FAXRI OLAM

   Hijratning o‘n birinchi yili Faxri olam afandimiz hazratlari kasal bo‘lub, hollari kundin kun og‘irlashmakda edi. Bu holdin sahobalar xabardor bo‘lub, hammalari masjidi sharifga yig‘ildilar. Rasuli akram (s.a.v.) afandimizni bir necha sahobalar suyab, masjidi sharifga olib chiqdilar. Minbar uzra o‘turub, totli nasihatlar qilub, imom bo‘lub, peshin namozin ado qildilar. Namozdin so‘ng yana minbar uzra chiqub, va’zu nasihat qilub, Abu Bakr Siddiq hazratlarin imomat uchun ta’yin qildilar. So‘zlarindagi ishorat va holi muboraklarindin tezdin bu dunyodin oxiratga ko‘chishlari ma’lum edi.
   Arodin bir necha kun o‘tub, rabbi ul-avval oyini o‘n ikkinchi kunida dushanba  kuni Madina shahrinda 63 yoshlarinda ajal sharbatini ichub, dunyodin o‘tdilar. Olam ko‘zini visoli muboraklarindin mahrum qilub, ikkinchi kuni ko‘mildilar. Qabri shariflari Madinai munavvara shahrinda, ravzai mutahharadagi masjidi sharif ichinda, hujrai saodatdadur.


Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 12:22:53

46. AXLOQI FAXRI OLAM

   Rasuli akram afandimiz o‘rta bo‘yli, bug‘doy rangli va ochiq yuzli, shahlo ko‘zli, sunbul mo‘yli, siyrak soqolli, muhabbatli, shafqat va muruvvatli, tez fikr va xo‘b andishali, halim va sabrli bir zot edilar. So‘zlagan so‘zlari ta’sirli, dunyo va oxirat uchun foydali so‘zlar bo‘lub, qabohat, g‘iybat, lof, zamm, hajv kabi so‘zlarni aslo so‘zlamas edilar. Saxiy va olijanob bo‘lub, hech bir gadoyni quruq jo‘natmas, sadaqa molini olmas, hadya va tuhfalarni qaytarmas, bir kishi so‘z boshlasa tashlab ketmas, ko‘b to‘yub oshamas, bir kishi ila ko‘rishsalar, avval qo‘llarin tortmas, ko‘b yotub uxlamas, taajjub ishlarda tabassum qilub qahqaha ila kulmas edilar. G’ayrat va shijoat to‘g‘risinda eng bahodirlardin bahodir, balovu qazog‘a sobir, har kim uyiga chaqirsa borur, o‘turgan vaqtlarinda kishi tarafina oyoq uzatmayur, yonlarindagi kishilar tizindin tizlari o‘zmayur, ashoblari ila ahvol so‘rashur, tez-tez kengash qilishur, boy ila kambag‘alni barobar ko‘rur, xastalarni borub holin so‘rur, o‘lgan kishilarga duo qilub "Inno lillohi va inno ilayhi roji’un" (tarjimasi: "Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz") oyatini  o‘qur, uzrni qabul qilub kechirur, to‘g‘ri kelgan kiyimni kiyur, ko‘b vaqt faqir va miskinlar ila suhbat qilur, ishlab turgan kishilar tepasinda qarab turmay yordam berur, jamoat oldindin bosub o‘tmakni yamon ko‘rur, muboh o‘yinlarga ijozat berur, kofirlarni hidoyat ila duo qilur, uy ichlarini yaxshi tarbiya qilub urush,

17 Vafoti Faxri olam sanai milodiyning 632 yili, farangi hisob ila 7, rumi va rusi hisob ila 5 iyunda edi.
  18 Qur’on. Baqara surasi, 155-oyat.


koyish, qo‘rqutish kabi ishlarni aslo qilmayur edilar.


Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 12:29:46

47. ZAVJOTI FAXRI OLAM

Payg‘ambarimizning (s.a.v.) olg‘an xotunlari 11 ta bo‘lub:
   1. Xadicha binti Huvayliddurki, dini islomni nusrat va taraqqiysina sabab bo‘lg‘anlari uchun musulmonlar tarafindin "al-Kubro" deb laqablanmishlar. Rasuli akram (s.a.v.) afandimiz ila 25 yil miqdori umr surub, 65 yoshlarinda vafot bo‘ldilar. Qabri shariflari Makka shahrinda Hajun ismli yerdadur.
   2. Savda Zam’a qizidurki, avvalgi eri Habash hijratinda vafot qiluvi sababli Rasuli akram (s.a.v.) afandimizga nikohlanmishlar.
   3. Oyisha Abu Bakr Siddiq qizidurki, qizlik holinda Rasuli akram (s.a.v.) afandimizga nikohlanub, 9 yil birga umr surub, 18 yoshlarinda beva qolmishlar. 66 yoshlarinda, hijratning 58-yilinda ramazon ichinda vafot bo‘lmishlar.
   4. Hafza Umar qizidurki, avvalgi eri o‘lgandin so‘ng Rasuli akram (s.a.v.) afandimizga nikohlanub, 60 yoshlarinda, hijratning 45-yilinda vafot bo‘lmishlar.
   5. Ummi Salama Abi Umayya qizidurki, avvalgi eri Habash hijratinda o‘lgani uchun Rasuli akram (s.a.v.) afandimizga nikohlanub, 84 yoshlarinda, hijratning 63-yilinda vafot bo‘lmishlar.
   6. Ummi Habiba Abu Sufyon qizidurki, avvalgi eri nasroniy o‘ldig‘indin andin ayrilub, Rasuli akram (s.a.v.) afandimizga nikohlanub, hijratning 44-yilinda vafot bo‘lmishlar.
   7. Zaynab Jahsh qizidurki, Zayd ibn Horis taloq qilgondin so‘ng Rasuli akram (s.a.v.) afandimizga nikohlanub, 52 yoshlarinda, hijratning 20-yilinda vafot bo‘lmishlar.
   8. Zaynab Huzayma qizidurki, avvalgi eri vafot qilub, Rasuli akram (s.a.v.) afandimizi eng oxirgi nikohlanmish xotunlaridur. Hijratning 51-yilinda vafot bo‘lmishlar.
   10. Juvayra Horis qizidurki, Marisa muhorabasinda asir olinub, Rasuli akram (s.a.v.) afandimiz ozod qilub, o‘z nikohlarina olgan edilar. 65 yoshlarinda, hijratning 66-ynlinda vafot bo‘lmishlar.
   11. Sayfiyya Huayy qizidurki, Xaybar urushinda asir olinmish, Rasuli akram (s.a.v.) afandimiz ozod qilub, o‘z nikohlarina olmishlar. Hijratning 5-yilinda vafot bo‘lmishlar.
(Inno lillohi va inno ilayhi roji’un).


Qayd etilgan