Abdulla Avloniy. Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom  ( 87017 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


IXLOS  29 Iyul 2009, 12:32:29

48. AVLODI RASULI AKRAM

Payg‘ambarimizning(s.a.v.) bolalari:
Qosim. Risolatdin avval Madina shahrinda tug‘ulub, ikki yoshlarinda vafot bo‘ldilar. Rasuli akram (s.a.v.) afandimiz bu o‘g‘ullarun ismi ila Abul Qosim deb atalmishlar.
Abdulloh. Bu zot ham sabiy vaqtinda Makka shahrinda vafot bo‘lmishlar.
Zaynab. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) 30 yoshlarinda, eng avval ko‘r-gan qiz bolalaridir. Hijratning 8-yilinda vafot bo‘lmishlar.
Ruqiya. Hazrati Usmong‘a nikohlanub, hijratning 2-yilinda vafot bo‘lmishlar. Qabri shariflari Madinadadur.
Ummi Gulsum. Ruqiya vafotindin so‘ng Hazrati Usmong‘a nikohlanub, hijratning 9-yilinda vafot bo‘lmishlar.
Fotima. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) 41 yoshlarinda ko‘rgan kichik qizlaridur. 16 yoshlarinda Hazrati Aliga nikohlanub, payg‘ambarimizdin (s.a.v.) 6 oy so‘ngra vafot bo‘lmishlar.
Bu olti bolalari Xadichatul Kubrodin tug‘ulub, bir Ibrohim ismli o‘g‘illari Moriya ismli qibtiy cho‘rilarindin tug‘ulmishdur.
Payg‘ambarimizning (s.a.v.) nabiralari: Ali, Umoma, Abdulloh, Hasan, Husayn, Zaynab ismli zotlardur. Ali ila Umomaning anolari Ruqiya, atolari Hazrati Usmondirlar. Hasan, Husayn, Zaynab va Ummi Gulsumlarning anolari Fotima, atolari Hazrati Alidurlar. Hammalari islom bog‘ining guli va jannat chamanin bulbulidurlar.
Payg‘ambarimizning (s.a.v.) amaklari: Hamza, Abbos, Abu Tolib, Zubayr, Abdul Ka’ba, Iydoq, Ziror, Horis, Abu Lahab. Bularning arosinda Abu Lahab payg‘ambarimizga (s.a.v.) nihoyatda dushman va imonsiz o‘ldigindin sha’niga "Tabbat yado Abi Lahab" (tarjimasi: "halok bo‘lsin Abu Lahabning ikki qo‘li, halok bo‘lsin") surasi  nozil bo‘lmishdur.
Payg‘ambarimizning ammalari: Otika, Umayma, Bayzo, Barra, Arva, Safiya ismli xotunlardur (Janobi Haq hammalarindin rozi bo‘lsun).

Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 12:33:35

49. XILOFATI HAZRATI ABU BAKR SIDDIQ

   Rasuli akram (s.a.v.) afandimiz salomat vaqtlarinda o‘rinlariga xalifa bo‘ladurg‘on kishini ta’yin qilmasalar ham Hazrati Abu Bakr Siddiqning xalifa bo‘lishlariga ko‘b ishoratlari bor edi. Masalan, "Dunyoda eng ziyoda Abu Bakr Siddiqdin roziman" deb aytishlari, ba’zi vaqt imom qilub iqtido qilishlari, ko‘b vaqt bu zot ila suhbat va kengash qilishuvlari bu zotni xalifa bo‘lishlariga dalolat qilur edi.
   Payg‘ambarimizni (s.a.v.) vafotlarindin so‘ngra Madinada Hazrati Umar bosh bo‘lub, hamma sahobalar payg‘ambarimizning o‘runlariga Hazrati Abu Bakr Siddiqni xalifa ko‘tarub, bo‘yinsundilar.
   Hazrati Abu Bakr Siddik Najjad va Yamanda da’voi payg‘ambarlik qilg‘on Muslimat ul-Kazzob va Asvad ul-Anso kabi yolg‘onchilarning boshlariga askar yuborub, o‘zlarin tutub, o‘ldirtirub, Shomni oldilar. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) vafotlarini eshitub, islom dinidin qayttan munofiqlarni askar va qilich kuchi birla itoatta kirgizdilar.
   Shul vaqtgacha Qur’oni karimni sahobalar yoddin o‘qur edilar. Muslimat ul-Kazzob ila bo‘lg‘on urushda Qur’onni yod biladurg‘on sahobalarning ko‘blari shahid bo‘lub edilar. Shul sababli Hazrati Abu Bakr Siddiq Hazrati Umar ila kengash qilub, hamma qori-sahobalarni yig‘ub, Qur’oni karimning oyatlarin jam’ qilub, Mushafi sharifni yozdirdilar (Hazrati Usmon xalifa bo‘lgan zamonda bu Mushafi sharifdin nusxalar yozdirub, har tarafga tarqatmishlar).
   Hazrati Abu Bakr Siddiq ikki yil to‘qquz oy xalifalik qilub, o‘rinlariga Hazrati Umarni ta’yin qilub, 63 yoshlarin-da, hijratning o‘n uchinchi yilinda, 20-jumod iloxir oyinda vafot bo‘ldilar. Qabri shariflari Madinai munavvarada, hujrai saodatdadur (Raziyallohu anhu).


Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 12:36:21

50. XILOFATI HAZRATI UMAR

   Hazrati Umar xalifa bo‘lub turg‘an zamonlarinda islom askari nihoyatda quvvat topub, ko‘b shaharlarni oldilar. Sa’d ibn Abu Vaqqosni bosh qilub, o‘n ming askar birla Frot shahriga yaqin Qodisa ismli yerda ajamlar ila urush bo‘ldi. Bu urushda ajamlarning askarboshi Rustam o‘ldi. Darafshi Koviyon ismli bayroqlari qo‘lga olindi. Kisrolarning poytaxti bo‘lgon Madoyin shahri ham olinub, xazinasi Makkaga keturildi. Butun Eron mamlakati dorulislom bo‘ldi. Bundin borub, yetmish kun qamab, Shom shahrini oldilar.
   Falastinga yuborilmish Amr ibn Al Os Rum askarini buzub, Nobilis, Yofa, G’azo shaharlarini oldilar. Rum askari qochub, Quddus shahriga kirub bekindilar. Quddus xalqi "urushsiz bo‘yinsunadurmiz", deb Hazrati Umarni chaqirdilar. Hazrati Umar bir qul birla

   19 Qur’on. Masad surasi, 1 -oyat.

navbatma-navbat bir tevaga minub, Quddusga kirib bordilar. Shaharga kirganlarinda qul tevada, Hazrat piyoda edilar. Kuddus xalqlarini kattalari ila so‘zlashub, o‘zlariga tobe’ qilub, idora ishlarin o‘z qo‘llariga topshirub, Madinaga qaytdilar.
   Hazrati Umar nihoyatda o‘tkur shijoatlik, adolatlik, kishi ko‘ngliga qaramay shariatga qaragan, shariatdin bir qilcha ayrilmagan bir zot edilar. 10 yildin ziyodroq xalifa-lik qilub, 55 yoshlarinda, hijratning 23-yilinda, zulhijja oyinda Abu Lo‘‘lu’ degan bir qul tarafindin shahid bo‘ldilar. Qabri shariflari Madinai munavvarada, hujrai saodatdadur (Raziyallohu anhu).


Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 12:37:26

51. XILOFATI HAZRATI USMON

   Hazrati Umardin so‘ngra sahobalarning ulug‘lari o‘zaro kengashub, Hazrati Usmonni xalifa ko‘tarub, hammalari bo‘yinsundilar. Hazrati Usmon zamonlarinda Misr, Suriya shahrinda urush bo‘ldi. Shom podshohi Muoviya Istanbulni qamal (muhosara) qilsa ham ololmadi. Musulmonlar Qubris yurtini oldilar. Hazrati Usmon Hazrati Abu Bakr Siddiq zamonlarinda yozilg‘an Mushafi sharifdin bir necha nusxalar ko‘chirdurub yozdirub, islom mamlakatlariga tarqatdilar.
   Hazrati Usmon nihoyatda rahmdil, hayolik, ochiq yuzlik, yaxshi xulqlik, olijanob bir zot edilar. Kufa xalqi Hazrati Usmonning o‘z yaqinlarindin qo‘ygan hokimlariga rozi bo‘lmasdin, bosh tortub, g‘avg‘o chiqardilar. Bu xabarni eshitub, Basra, Misr, Shom xalqlari ham buzildilar. Oxirda hammalari yig‘ilub kelub, Hazrati Usmonni(ng) o‘z uylarinda qamab, shahid qildilar.
   Hazrati Usmon 12 yil xalifalik qilub, 82 yoshlarinda, hijratning 35-yilinda, 18-zulhijja oyinda vafot bo‘ldilar.
   Qabri shariflari Madinai munavvarada, Jannatul Baqiya ismli mozordadur (Raziyallohu anhu).


Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 12:40:18

52. XILOFATI HAZRATI ALI

   Hazrati Usmondin so‘ngra Hazrati Ali xalifa bo‘ldilar. Bu vaqt musulmonlar ikkiga bo‘linub, biri Hazrati Aliga itoat qilub, biri "Hazrati Usmonni(ng) o‘ldurgan kishilardin Hazrati Ali o‘ch olmadi, alar birla urush qilmadi" deb Hazrati Aliga dushman bo‘lub, teskari harakatda bo‘ldilar. Bularni arosinda Hazrati Oyisha, Talha, Zubayr binnul Avvomlar bor edilar. Hazrati Ali bularga har qancha nasihat qilsalar ham quloq solmadilar. Ikki aroda zo‘r urush paydo bo‘ldi. Ikki tarafdin o‘n mingdin ziyod musulmon o‘ldi. Oxirda Hazrati Ali taraflari g‘olib bo‘ldi. Bu voqea "Jamal voqeasi" deb atalur.
   Shom valiysi Muoviya ham Hazrati Aliga bo‘ysunmadi. Shul sababli Hazrati Ali askar birla Safin ismli yerga borub, Muoviya askari birla urush qildilar. Hazrati Ali taraf g‘olib bo‘lgon zamonda Muoviya tarafi hiyla qilub, nayzalarin uchiga Qur’oni karim osub, Hazrati Ali Askarlarin yarashmoqg‘a taklif qildilar. Oxirda ikki tarafdin ikki kishi saylab, shul kishilarni hukmlariga ikki taraf ham rozi bo‘lmoqchi bo‘ldilar. Shul vaqt Muoviya tarafi hiyla qilub, yolgondin "Hazrati Ali tarafi Muoviyani xalifalikg‘a qabul qildi" deb shovqun soldi. Yana ikki aroda so‘z ko‘payub, janjallari bir yog‘lik bo‘lmay, ikki taraf o‘z shaharlariga qaytdilar. Bu voqea "Hukmayn voqeasi" deb atalur.
   So‘ngra musulmonlar ichindin bir firqa  chiqub, o‘zaro kengash qilub, "Xalifalarni o‘ldursak, musulmonlar arosinda fitna va urush bo‘lmas, xalq tinchlanur" deb uch kishini ta’yin qildilar. Biri Shomga borub, Muoviyani qilich birla urub yarador qildi. Ikkinchisi misrga borub, Amr ibn Al Os deb boshqa kishini o‘ldurdi. Uchinchisi Abdurahmon ibn

20 Bu firqani tarix kitoblarinda "Xorij" deb atalur.

Muljam ismli kishi erdi, borub Kufa masjidinda Hazrati Alini namoz o‘kub turgan zamonlarinda qilich birla urub shahid qildi.
   Hazrati Ali 5 yil miqdori xalifalik qilub, 63 yoshlarinda, hijratning 40-yilinda 17-ramazonda vafot bo‘ldilar. Qabri shariflari Kufaga yaqin Najafi ashraf shahrindadur.
   Hazrati Alidin so‘ngra Hazrati Imom Hasan 7 oy miqdori xalifalik qilub, so‘ngra bir necha shartlar ila xalifalikni Muoviyaga topshurdilar. Hazrati Imom Hasan 46 yoshlarinda, hijratning 50-yilinda o‘z xotunlari tarafindin zahar ichub shahid bo‘ldilar (Raziyallohu anhum husnurrizo).


Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 12:53:01

ABDULLA AVLONIY HAMDA UNING "MUXTASAR TARIXI ANBIYO VA
TARIXI ISLOM" ASARI HAQIDA

   
   Muhtaram kitobxonlar! Ma’lumingizkim, turkiy adabiyot tarixida payg‘ambarlar va islom dini tarixiga bag‘ishlab asarlar yaratish, Qur’oni karim oyatlari va Hadisi shariflarga tafsirlar bitish, ularni tarjima qilish va ular asosida asarlar yaratish an’anasi alohida o‘rin tutadi. Masalan, birgina Nosiruddin Burhoniddin Rabg‘uziyning "Qissasi Rabg‘uziy" asari (m. 1310) necha asrlar davomida "Qisas ul-anbiyo" nomi bilan ma’lumu mashhur bo‘lib, qanchadan qancha ota-bobolarimizni Otamiz Odam alayhis-salomdan Muhammad alayhissalomgacha o‘tgan payg‘ambarlar tarixi va zuhuri dini islom bilan tanishtirishga, shu yo‘l orqali ularning e’tiqodlarini shakllantirish va mustahkamlashga xizmat qilgani aniq. Hazrat Alisher Navoiyning "Tarixi anbiyo va hukamo" asari ushbu umrboqiy an’ananing XV asrdagi o‘ziga xos namunasi bo‘lsa, Abdulla Avloniyning "Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi islom" asari  (m. 1913) XX asr o‘zbek adabiyotidagi oxirgi namunasi hisoblanadi.
   XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiyoti adabiyotshunosligimizda ma’rifatparvarlik adabiyoti sifatida talqin etiladi. Bu bejiz emas, albatta. Zero, xalqni ma’rifat nuridan bahramand qilish orqali o‘zligini tanitish, ozod va farovon hayotga yetaklashni ko‘zda tutgan ma’rifatparvarlar bu davrda ishni maktab-maorif tizimini isloh qilishdan boshladilar. Turkiston o‘lkasining shahar va qishloqlarida yuzlab yangi tipdagi, "usuli savtiya" yoxud "usuli jadidiya" deb nomlangan maktablar tashkil qildilar, o‘nlab nomlarda yangi darsliklar tartib berdilar.
   Abdulla Avloniy (1878-1934) ana shu ma’rifatparvarlik harakatining yetakchi namoyandalaridandir. U 1904 yilda Toshkentda, Mirobod mahallasida yangicha usuldagi maktab ochadi va o‘z maktabi talabalari uchun "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim", "Maktab gulistoni", "Turkiy guliston yoxud Axloq", to‘rt juzv (qism)dan iborat "Adabiyot yoxud milliy she’rlar" singari alifbo va o‘qish kitoblarini yozadi. Uning bu kitoblari eng yaxshi alifbo va o‘qish kitoblari sifatida tan olinib, Turkistondagi deyarli barcha yangi maktablarning asosiy darsliklariga aylandi va qayta-qayta chop etildi. Abdulla Avloniyning ushbu darsliklari haqida yangi usul maktablari tashkilotchilaridan hamda ushbu maktablar alifbo va o‘qish kitoblarining musanniflaridan biri bo‘lmish Munavvar qori Abdurashidxonov juda yuqori baho berganligi ham ma’lum.
   "Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi islom" asari ana shunday yangicha darsliklardandir. Yosh avlod kamolotida ilm-ma’rifat va odob-axloq tarbiyalari bilan imon, e’tiqod tarbiyasining chambarchas bog‘liqligini yaxshi bilgan Abdulla Avloniy "eng mo‘‘tabar asarlarda iktifo qilib" (asoslanib), "Maktabi ibtidoiyalarimizning uchinchi va to‘rtinchi sinf shogirdlari uchun" "Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi islom" asarini yozadi. Asar 1917 yilgacha ikki marta chop etilgan.
Yaratganga ming bora shukurlar bo‘lsinkim, Istiqlol sharofati ila Abdulla Avloniyning muborak nomi qayta tiklandi. Uning "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim", "Maktab gulistoni", "Adabiyot yoxud milliy she’rlar" kitoblaridagi she’r, hikoya va masallar yangi avlod alifbo va o‘qish kitoblaridan o‘rin oldi, "Turkiy guliston yoxud Axloq"dagi yaxshi va yomon xulqlarga bag‘ishlangan va bugungi kunda ham yosh avlod ma’naviy kamolotida ulkan ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etadigan matnlar "Odobnoma" darsliklaridan mustahkam o‘rin egalladi. Pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti shoirning muborak nomi bilan ataldi.
   Payg‘ambar bo‘lganliklari to‘g‘risida aniq dalil yo‘qligi, shuning uchun islom ulamolarining ba’zilari ularni payg‘ambar bo‘lishgan desalar, boshqalari valiy-avliyo

  21 Keyingi o‘rinlarda "Muxtasar tarixi islom" deyish bilan cheklanamiz (nashrga tayyorlovchi).

bo‘lishgan deydilar, - degan fikr bor. Islom aqidasi bo‘yicha bu xususda tortishish man etilganini ham muhtaram Hoji Abdulaziz Mansur alohida qayd etganlar.
   Nazarimizda, bu o‘rinda Abdulla Avloniy ham o‘zining yuksak salohiyatli ijodkor va sinchkov tadqiqotchi ekanini yana bir bor ko‘rsatgan. "Muxtasar tarixi anbiyo"ning Iso alayhissalomga bag‘ishlangan fasli oxirida: "Bu ikki payg‘ambarlar (Odam va Muhammad alayhissalom ko‘zda tutilayotirlar - R.B.) arolarinda ko‘b payg‘ambarlar kelib ketganlar. Hisoblari faqat Allohu taologa ma’lumdir. Hammalari Allohning sevikli bandasidurlar", - deydi murattib.
Demak, Abdulla Avloniy o‘z asarining "eng mo‘‘tabar asarlari iktifo qilinub ... darj qilingan"ini bejiz ta’kidlamagan. Chunki "Muxtasar tarixi anbiyo" o‘z nomi bilan muxtasar, ya’ni qisqachadir. Undagi ma’lumotarning behad muxtasarligi ham shundan. Zero, muallifning maqsadi kitobxonda Qur’oni karimda qayd etilgan payg‘ambarlarning hayoti va islom dinining paydo bo‘lishi xususida dastlabki, boshlang‘ich ma’lumot berishdan iboratdir. Aslida "maktabi ibtidoiyalarning uchinchi va to‘rtinchi sinf shogirdlari uchun tartib berilgan" ushbu risola diniy ta’limot berish yo‘lidagi bir bosqich sifatida ham baholanishi joiz deb o‘ylaymiz.
   "Muxtasar tarixi anbiyo"ning aynan XX asr boshlarida yaratilishi bejiz emas. Zero, XIX asrning oxirgi choragiga kelib, tuprog‘i g‘ayridinlar oyog‘i ostida toptalgan, davlat mustaqilligidan judo bo‘lgan Turkiston xalqi erta-indin e’tiqod mustaqilligidan ham mahrum bo‘lmasligiga kim kafolat bera olardi? Inchunin, shunday bo‘ldi ham! 1917 yil Oktyabr to‘ntarishidan keyingi 74 yillik tarix buning guvohidir. Allohga ming shukurlar bo‘lsinki, e’tiqod, imonga qaytish yo‘lini o‘zi ochib berdi, gunohi azimga botgan osiy bandalarining shafoat nuridan bahramand bo‘lishlariga yana bir bor imkon yaratdi. Biz, gumroh bandalar, esa bugungi kunda dini islomga, imon va ma’rifatga musharraf bo‘lishni ibtidosidan boshlashimiz kerak bo‘ladi. Ana shu xayrli yo‘lda bizga "Muxtasar tarixi anbiyo" singari asarlar charog‘bon bo‘lib xizmat qilsa, ajab emas!
   Zukko kitobxonlarimiz diqqatini jalb qilishga qaratilgan yana bir masala joy va shaxs nomlariga hamda ba’zi voqealarning ro‘y bergan vaqtlariga tegishlidir. Masalan, Buxtunnasr ba’zi asarlarda Buxtnasr deb o‘qilgan, Buxayro -Baxiyro deb o‘qilgan, ba’zi sahobalar nomlari ham turli kitoblarda turlicha ishlatilgan. Aslida arab yozuvida bunday muammo yo‘q, har xillik esa turli asarlarni kirill yozuviga ko‘chirishda paydo bo‘lyapti. Islom tarixi va arab yozuvi bo‘yicha mutaxassislik da’vosidan yiroq bir bandai ojiz sifatida turli manbalarga asoslanishga harakat qilgan ekanmiz, nomlanishlarning biz taklif qilgan shakli eng to‘g‘ri deyish da’vomiz ham yo‘q. Shu sababli sahvu xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsak, ma’zur tutgaysizlar deb umid qilamiz. Zero "beayb Parvardigor", demishlar.
   O’ylaymizki, "Muxtasar tarixi anbiyo"ni qo‘liga olgan kitobxon uning katta tarixiy, ma’rifiy-axloqiy ahamiyatga ega asar ekaniga imon keltiradi. Zero risolada tilga olingan payg‘ambarlarning hayotlari har bir bandai mo‘‘min uchun, avvalo, ibrat manbai bo‘lib xizmat qiladi, tom ma’noda komil inson bo‘lib yetishuvimizga, nuqsonlarimizdan qutulib, insoniy fazilatlarni to‘la egallashimizga yordam beradi, adashgan bandalarni haq yo‘lga boshlaydi. Ikkinchidan esa, "Muxtasar tarixi anbiyo" singari asarlar mumtoz adabiyotimiz namunalarini o‘qib tushunishimizga katta yordam beradi. Chunki XX asr boshlarigacha ijod qilgan qaysi bir ijodkor asarlarini ko‘zdan kechirmaylik, ularda yuqorida zikr etilgan payg‘ambarlarning nomlari ko‘p martalab uchrashining guvohi bo‘lamiz. Alloh aziz qilgan payg‘ambarlarning muborak nomlari har doim bandalarining tilida, dilida bo‘lishi aslida tabiiy bir hol ekanligi aniq. Biroq diniy adabiyotni va badiiy adabiyotdagi har qanday diniy tushunchalarni rad qilish, ya’ni dahriylik nuqtai nazarida turgan mustabid sho‘ro hokimiyati davrida biz madaniy merosimizning ushbu qirralaridan deyarli mahrum bo‘ldik. Mumtoz adabiyotimizdagi bu an’anaviy tushunchalarni anglay olmaslik darajasiga kelib qoldik. Holbuki, mumtoz adabiyotimizda payg‘ambarlar obrazlarining deyarli har biri ma’lum an’anaviy timsolni anglatgan. Masalan, Yusuf alayhissalom ilohiy go‘zallik timsoli, Ayyub alayhissalom sabru tahammul timsoli va h.k. Bundan tashqari, turli payg‘ambarlar turli kasb-korlarning piri ham hisoblanadilar. Masalan, Dovud alayhissalom temirchilar piri va h.k. Demak, risolada nomlari tilga olingan payg‘ambarlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish, o‘z navbatida, mumtoz adabiyotimizni yanada to‘laroq anglashimizga yo‘l ochib berishi bilan ham qimmatlidir.
   Va nihoyat risolani nashrga tayyorlashga tegishli bir-ikki mulohazalarimiz aytib o‘tishni lozim topdik. Risolani nashrga tayyorlar ekanmiz, uning bugungi kun kitobxonlariga yanada tushunarli bo‘lishi uchun qalam tekkizish, soddalashtirish yoxud tahrir qilishni maqbul ko‘rmadik. Chunki birinchidan, asar tili anchayin sodda, unda bugungi kun kitobxoni tushunmaydigan so‘zlar juda kam. Uchragan ba’zi qiyin so‘zlarga risola oxirida izoh berdik. Ikkinchidan esa, asar uslubi va jumla tuzilish tartibini aynan saqlab qoldik. Chunki unda Abdulla Avloniy uslubi va XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiy tilining o‘ziga xosliklari aks etganki, har qanday o‘zgartirishga urinish ushbu unsurlarga putur yetkazishi tabiiy. Shu sababli ham ba’zi o‘rinlarda ortiqcha ishlatilgan qaratqich kelishigi qo‘shimchasini qavsga oldik va noiloj qolgan ba’zi joylardagina qavs ichida izoh berish bilan cheklandik. Matndagi Qur’oni karim oyatlaridan olingan parchalarning tarjimasi va ularga tegishli havolalar nashrga tayyorlovchiniki, qolgan barcha izoh va havolalar murattibnikidir .
   So‘z oxirida "Muxtasar tarixi anbiyo" risolasini nashrga tayyorlashimizda qimmatli maslahatlarini darig‘ tutmagan va asardagi Qur’oni karim suralaridan olingan oyatlarni o‘qib, tarjima qilib bergan birodari azizimiz Hoji Sayfiddin ibn Sayfulloh Raf’iddin Shahrisabziyga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Rahmatulla Barakaev
O’zR Fanlar akademshsi Alisher Navoiy nomidagi
Til va adabiyot institutining katta ilmiy

xodimi, filologiya fanlari nomzodi.





   22 Mazkur asar marhum ustoz, filologiya fanlari doktori professor Begali Qosimov tomonidan ham tabdil qilinganligini eslatib o‘tish joizdir. - R.B.


Qayd etilgan


IXLOS  29 Iyul 2009, 13:01:28

LUG’AT VA IZOHLAR:

1.   Ajam - arablardan boshqa xalqlar
2.   Ajr - mukofot
3.   Alloh hofiz - Alloh yor bo‘lsin, Alloh madadkor bo‘lsin
4.   Aso - hassa
5.   Asror - sirlar
6.   Ashob - suhbatdosh, hamsuhbat, sahobalar
7.   Vahiy - Alloh tomonidan payg‘ambarlarga yuboriladigan xabar
8.   Darj qilmoq - yaratmoq, bitmoq
9.   Dorulislom - islom dini tarqalgan joylar
10. Jadid - yangi
11. Zavjot - xotinlar
12. Zalolat - xor bo‘lish
13. Zamm - qo‘shish, yuklash
14. Zuhur - paydo bo‘lish, maydonga kelish, ko‘rinish
15. Ibroniy - yahudiy
16. Ibtidoiy - boshlang‘ich
17. Ikrom - izzat-ehtirom
18. Iktifo qilmoq - qanoatlanmoq
19. Intishor - ma’lum bo‘lmoq
20. Iqtido - ergashish
21. Kirom - karamli, saxovatli
22. Nasoro - xristian
23. Nasroniy - xristian diniga mansub
24. Nashot - suyunish, shodlanish
25. Nahr - daryo
26. Nozil bo‘lmoq - pastga tushmoq
27. Nusrat - g‘alaba, zafar
28. Osiy - gunohkor, sarkash
29. Ota - Bu asarda - yurt, qishloq, orol
30. Manzar - ko‘rinish, surat
31. Misvok - tish yuvadigan narsa, tish yuvmoq
32. Mubin - pok, sof, ravshan
33. Muboh - ruxsat etilgan
34. Murattab - tartib beruvchi, tuzuvchi
35. Mushaf - qisqa
36. Muxtasar - Qur’oni karimning ilk marotaba sahifalangan qo‘lyozmalari nomi, qisqa
37. Muhri nubuvvat - payg‘ambarlik belgisi
38. Raziyollohu anhu - Alloh undan rozi bo‘lsin
39. Rasuli akram - Allohning elchisi
40. Risolat - elchilik, payg‘ambarlik
41. Sahoba - hamroh, do‘st, Muhammad alayhissalomning yaqin safdoshlari
42. Siyar - Muhammad alayhissalom hayot yo‘lini bayon qiluvchi asarlar
43. Sobir - sabr qiluvchi
44. Some’ - eshituvchi, quloq soluvchi
45. Tahammul - sabr-toqat qilish
46. Umra - kichik haj, Ka’ba ziyoratiga boriladigan muayyan kunlardan boshqa vaqtdagi haj
47. Firqa - partiya, to‘da, guruh
48. Futuhot - fath bo‘lmoq, g‘alaba qilmoq, qo‘lga kiritmoq
49. Xotam ul-anbiyo - Oxirgi payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)
50. Shirk - Allohu taolo yakkayu yagonaligini tan olmaslik, unga sherik qilishlik
51. Yadi bayzo (yad - qo‘l, bayzo - quyosh) - Muso alayhissalom qo‘lini qo‘ltig‘iga solib chiqarsa, quyoshdek nur taratar ekan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Avgust 2009, 05:43:39

MUNDARIJA

Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom
Muxtasar Islom tarixlari va Abdulla Avloniy asari
1. Hazrati Odam alayhissalom
2. Qobil ila Hobil
3. Hazrati Fhis alayhissalom
4. Idris alayhissalom
5. Nuh alayhissalom
6. Hazrati Hud alayhissalom
7. Hazrati Solih alayhissalom
8. Hazrati Ibrohim alayhissalom
9. Hazrati Lut alayhissalom
10. Hazrati Ismoil alayhissalom
11. Hazrati Ishoq alayhissalom
12. Hazrati Ya’qub va Yusuf alayhissalom
13. Hazrati Ayyub alayhissalom
14. Hazrati Shuayb alayhissalom
15. Hazrati Muso alayhissalom
16. Hazrati Yusha’ alayhissalom
17. Hazrati Dovud alayhissalom
18. Hazrati Sulaymon alayhissalom
19. Hazrati Ilyos alayhissalom
20. Hazrati Alyasa’ alayhissalom
21. Hazrati Yunus alayhissalom
22. Hazrati Ash’iyo alayhissalom
23. Hazrati Uzayr va Doniyol alayhissalom
24. Hazrati Zakariyo alayhissalom
25. Hazrati Yahyo alayhissalom
26. Hazrati Iso alayhissalom
27. Zuhuri dini mubini Islom
28. Voqeai ashobi Fil
29. Nasabi sharif
30. Mavludi sharif
31. Tarbiyati Rasuli akram
32. Nashoti Faxri olam
33. Qus bin Qoidaning xutbasi
34. Risolati Rasuli akram
35. Hijrati Faxri olam
36. Madina xalqining shodligi
37. Badr g‘azvasi (urushi)
38. Uhud g‘azvasi
39. Xandaq g‘azvasi
40. Hudaybiya (muohada) kelishuvi
41. Xaybar g‘azvasi
42. Umrai Faxri olam
43. Futuhoti Faxri olam
44. Haji vido’i Faxri olam
45. Vafoti Faxri olam
46. Axloqi Faxri olam
47. Zavjoti Faxri olam
48. Avlodi Rasuli akram
49. Xilofati hazrati Abu Bakr siddiq
50. Xilofati hazrati Umar
51. Xilofati hazrati Usmon
52. Xilofati hazrati Ali
Abdulla Avloniy hamda uning "Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom" asari haqida
Lug‘at va izohlar

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Avgust 2009, 05:45:55

Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom



Muallif: Abdulla Avloniy
Hajmi: 313 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan