Hammaga fikrlari uchun rahmat. Bu mavzuni boshqalarning ham fikrini bilish uchun ochgandim. To'g'rirog'i ozgina jahlim ham chiqib turgandi o'shanda, bir yolg'onchi tufayli.
Yolg'onchilar ustidan hukm chiqarib bo'lganmiz, agar u shogirdim bo'lsa tarbiyalashga urinmayman. Shundoq o'zimdan chetlatib qo'ya qolaman. Chunki men unga dunyoviy bilim o'rgata olaman, ma'naviyati esa mengacha shakllanib bo'lgan. Ya'niki, shogirdlarim bog'cha, maktab bolalari emas, hatto studentlikdan ham o'tib kelishgan.
Bizga qolgani ularning ichidan saralarini ajratib olib, har taraflama yordam berib, jamiyatga kerakli odam bo'lishiga ko'maklashish.
Yolg'onchilarga esa... "Al kazzobu lo ummati!" - shu so'zning o'zi kifoya.
Biz ularga "asal yemang," - demaymiz, "yolg'on gapirarkansiz, o'zingizga boshqa joy qidiring," - deymiz holos. Faqat bungacha qilgan mehnatlarimizga achinib qolamiz...