Muallif Mavzu: Abdurahmon Ra'fat al-Bosho. Sodiq sahobalar qissasi  ( 60000 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #75 : 29 Dekabr 2009, 15:04:51 »
Abu Ubayda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qatnashgan janglarning hammasida ishtirok etdi. So’nggi lahzalargacha Payg’ambar alayhissalomning eng yaqin mulozimlaridan bo’lib qoldi.
Saqifa kuni (Abu Bakr Siddiq xalifa etib saylangan kun) Umar ibn Хattob:
- Qo’lingni ber, men senga bay’at qilaman, chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam "Har bir ummatning o’z ishonchli kishisi bo’ladi, bu ummatning eng ishonchli kishisi sensan" degandilar, - deb Abu Ubaydaga xalifalik lavozimini taklif qilganda, u:
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozda imom bo’lishlikka buyurgan va to payg’ambarimiz vafot etgunlariga qadar imomgarchilik qilgan bir odam turgan joyda menga xalifalikka yo’l bo’lsin, - deb kamtarlik qilgandi.
Shundan keyin Abu Bakr Siddiqqa itoat izhor etilib, bayat qilindi. Abu Ubayda haq yo’l uzra uning xolis nasihatgo’yi, xayrli ishlarida yelkadosh yordamchisi bo’ldi. Abu Bakr xalifalikni o’zidan so’ng Umar al-Foruqqa vasiyat qilib ketdi. Abu Ubayda hazrati Umarga ham itoatda bo’ldi, sira o’zboshimchalik qilmadi. Тo’g’ri, bir marta u xalifaming buyrug’iga bo’ysunmadi.
Abu Ubayda musulmonlar amiriga itoat etishdan bosh tortgan farmon nima haqida edi?
Voqea Shom diyoriga yuborilgan Abu Ubayda ibn al-Jarroh sarkardaligi ostidagi musulmonlarning zafar yor qo’shini ketma-ket g’alabaga erishib, shomiy shaharlarni hammasini fath etib, sharqdan Frot daryosi yoqasiga, shimoldan Kichik Osiyo chegarasiga yetib kelgan paytda ro’y berdi. Shu vaqtda Shom bo’ylab dahshatli vabo tarqalib, kuniga minglab odamlarning yostig’ini qurita boshladi. Bu mudhish xabar hazrati Umarning qulog’iga chalinishi bilan Abu Ubaydaga quyidagi mazmunda maktub yo’lladi:
- "Biz mushkul ahvolga tushib qoldik. O’zing kelib yordam bermasang bo’lmaydi. Miktubim senga tunda yetib borsa, tong otishini kutib o’tirmay, yo’lga tush. Agar kunduzi yetib borsa, shu zaxoti oyog’ingni qo’lingga olib, shamolday yel”.
Abu Ubayda xatni o’qib chiqib:
- Halifaning menda qanday ishi borligini sezib turibman. U bir insonning ajalini kechiktirishga behuda urinyapti, - dedi.
So’ng qo’liga qalam olib, javob xatini yozdi:
- "Amirul mo’minin janoblari, meni nima maqsadda chaqirtirganingizni his etib turibman. Men musulmonlar qo’shinining bir askariman. Ularning boshiga ne kun tushsa, mening ham taqdirim o’shadir. Boshga tushganni ko’z ko’radi. Alloh peshonamga yozib qo’ygan ish sodir bo’lguncha, lashkardan ajralmayman. Sizdan o’tinib so’rayman, avvalgi buyrug’ingizni bekor qilib, meni shu yerda qolishimga ijozat bersangiz".
Maktubni o’qigan hazrati Umarning ko’zlari jiqqa yoshga to’ldi. Buni ko’rib atrofdagilar xavotir ichra:
- Abu Ubayda halok bo’libdimi? -  deb so’rashdi.
- Yo’q, - dedi xalifa, - lekin u o’lim bilan yuzma-yuz turibdi.
Amirul mo’minnining gumoni to’g’ri chiqdi – mudhish vabo Abu Ubaydani ham o’z domiga tortdi. O’limi yaqinlashganini sezgan sarkarda qo’shinni to’plab, ularga qarata dedi:
- Vasiyatimni tinglang, birodarlar. Aytganlarimni qabul qilsangiz, o’zingizga yaxshi. Namozni doimo ado etib boring, Ramazon ro’zasini tuting, haqdorlarga zakotu sadaqasini bering, haj va umra qiling, bir-biringizni haqqa, yaxshilikka chorlang, rahbarlaringizdan samimiy maslahatingizni ayamang, sizlarni o’tkinchi dunyo aldab qo’ymasin. Chunki inson ming yil umr ko’rsa ham hozir meni changalida tutib turgan o’likdan qochib qutulolmaydi... Sizlarga Allohning salomi va rahmati bo’lsin.

So’ng Muoz ibn Jabalga yuzlandi:
- Ey Muoz, odamlarga imom bo’lib, namoz o’qib bering.
Namozga buyurishlik Abu Ubaydaning so’ngi so’zlari bo’ldi.
Janoza namozidan keyin Muoz to’planganlarga va’z qildi:
Musulmonlar, siz bir birodaringizdan judo bo’ldingiz. Ð¥udo haqqi, men sofdillikda, yomonlikdan yiroq yurishda, oxiratga muhabbatda va musulmonlarga yordam berishda uning oldiga tushadigan kishini ko’rganimni eslay olmayman. Marhumning haqqiga duo qiling, ey Allohning rahmatiga sazovor bo’lgurlar!


Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #76 : 30 Dekabr 2009, 06:02:53 »
ABDULLOH ibn MAS’UD

Kimki Qur’onni huddi nozil
bo’lganiday qilib o’qishni istasa
Ummu Abd o’g’lidan o’rgansin.

Muhammad Rasululaoh


O’sha kezlarda u balog’at yoshiga ham yetmagan yigitcha edi. Makka vodiylarida quraysh zodagonlaridan biri Uqba ibn Muaytga tegishli qo’ylarni boqib yurardi. Odamlar uni "Ummu Abd o’g’li" deb chaqirishardi. Asl ismi esa Abdulloh bo’lib, Mas’udning o’g’li edi.

Qavmdoshlaridan biri payg’ambarlikni da’vo qilayotgani to’g’risidagi xabar Abdullohning ham qulog’iga chalingan, biroq u, bir tarafdan, yosh bolaligi uchun, boshqa tarafdan, Makka muhitidan yiroqligi sabab bu gaplarga unchalik ahamiyat bermagandi. U tong yorishar-yorishmas qo’ylarni haydab ketib, obdon qorong’u tushib bo’lgachgina qaytib kelishga odatlangandi.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #77 : 30 Dekabr 2009, 06:04:12 »
Bir kuni qo’y boqib yurgan Abdulloh uzoqdan uning tarafiga qarab kelayotgan ikkita odamni ko’rdi. Ular yaqinlashishdi. Har ikkisi qattiq charchagan, azbaroyi tashnalikdan lablari quruqshab qolgandi. Yo’lovchilar Abdullohning oldida to’xtab, salom berishdi va:
Ey bola, biz nihoyatda chanqadik, qo’ylaringdan birini sog’ib bersang-chi, - deb iltimos qilishdi.
Cho’pon bola ko’nmadi.
- Yo’q, - dedi u, - men bunday qilolmayman. Bu qo’ylar meniki emas, birovning omonati...
Тaajjubki, sut talab qilganlar rad javobini eshitib, xuddi iltimoslari qondirilganday bolaga rozilik nazari bilan boqishdi. Bittalari:
- Menga hali qochmagan bironta qo’zini ko’rsatgin, - dedi.
Abdulloh shundoqqina yonida o’tlayotgan qo’zichoqqa ishora qildi. Haligi odam qo’zini tutib oldi-da, Allohning ismini zikr qilib, yelinini ohista silay boshladi. Yigitcha xayrat ichida o’zicha "Qachondan buyon qochmagan qo’zichoqlar sut beradigan bo’lib qoldi", deb o’yladi, ammo shu yerda mo’’jiza yuz berdi! Qo’zining yelini astalik bilan shishdi. Keyin undan quyuq sut oqa boshladi. Chetda turgan kishi yerdan chuqurchoqli toshni oldi. Unga sut to’ldirib, o’zi ham, sherigi ham ichdilar. Abdulloh ular uzatgan sutni qo’liga olar ekan, hanuz ko’zlariga ishonmasdi...
Uchchovlari obdon sutga qongach, mo’’jizakor kishi "Aslingga qayt", dedi. Yelin kichrayib, asl holiga qaytdi. Shunda Abdulloh bu odam oddiy inson emasligini tushundi. Yurak yutib:
- Boyagi aytgan so’zingizni menga ham o’rgatib qo’ying, - dedi.
U kishi:
- Albatta o’rgataman, - deb javob berdi.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #78 : 30 Dekabr 2009, 06:05:11 »
Yuqoridagi hodisa Abdulloh ibn Mas’udning islom bilan birinchi uchrashuvi edi. Chunki ilohiy mo’’jiza sohibi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o’zginasi, hamrohlari esa sodiq sahoba Siddiq roziallohu anhu bo’lib, ular Quraysh tomonidan yetkazilayotgan to’xtovsiz ozorlardan qisqa muddat bo’lsa-da, tin olib, bemalolroq ibodat qilish uchun Makka daralariga xilvatroq joy qidirib chiqishgandi.
Ð¥uddi Abdullohda ikki hamrohga nisbatan muhabbat uyg’onganiday, ular ham cho’pon bolani yoqtirib qolishdi. Undagi omonatni, qatiylikni ko’rib, olijanob yigitchaga yo’liqishganini bilishdi.
Ko’p o’tmay Abdulloh islomga kirdi va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan bironta vazifaga tayinlashlarini iltimos qildi. Nabiy alayhissalom uni xos xizmatlariga qo’ydilar. Shu kundan e’tiboran sobiq cho’pon bola butun xalqlar va ummatlar sayyidining sodiq xodimiga aylandi. U Payg’ambar alayhissalomning yonlaridan aslo jilmadi. Shaharda ham, safarda ham, uyda ham, ko’chada ham doimiy hamrohlari bo’ldi. Uxlasalar qo’riqlar, g’usl qilsalar to’sib turar, tashqariga chiqmoqchi bo’lsalar poyafzallarini kiydirar, ichkariga kirishni istasalar oyoq kiyimlarini yechib qo’yar, yonlarida hassa va misvoklarini ko’tarib yurar, hujralariga kirib ketsalar eshiklarining tagida turardi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga xohlagan paytida hech xijolat chekmasdan huzurlariga kirishga ruxsat bergandilar. Ayrim sirlaridan voqif ham qilardilar. Shuning uchun unga "Rasululloh sirlarining sohibi", deya murojaat etishardi.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #79 : 30 Dekabr 2009, 06:07:48 »
Abdulloh ibn Mas’ud Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xonadonlarida o’sib-ulg’aydi. U kishidan ta’sirlandi, o’rnak oldi, har bir xislatlarida ergashdi. Abdulloh haqida ko’plar "Ð¥ulq-atvor jihatidan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga eng o’xshash inson", deyishadi.
Ibn Mas’ud Payg’ambar alayhissalominig madrasalarida ta’lim oldi. Sahobalar ichidagi eng kuchli qorilardan, oyatlar mazmunini to’liq biladigan tafsirchilardan, shariat ilmining donishmandlaridan bo’lib yetishdi. So’zimizga dalil qilib bir hikoyani keltiramiz.
Umar bnn Ð¥attob haj mavsumida Arafot tog’ida turardi. Uning yoniga bir kishi kelib:
- Ey amirul mo’minin, men Ko’fadan, keldim. Bizning shahrimizda Qur’onni yoddan aytib, sahifalarga yozdiradigan bir kishi bor, - dedi. Ð¥alifa nihoyatda qattiq g’azablandi. Ð¥atodan xoli bo’lmagan xotirasiga ishonib, imlo qilish jarayonida ayrim Qur’oniy kalimalarni tushirib qoldirib yoinki begona so’zlarini qo’shib yuborib, Allohning kitobi xususida ixtilof va shubhalar tug’dirishi mumkin bo’lgan kishining ta’zirini berib qo’yish maqsadida:
- Kim ekan u sho’ring qurg’ur? - deb so’radi,
- Abdulloh ibn Mas’ud, - dedi haligi kishi.
Ð¥azrati Umar javobni eshitishi bilan olovga suv sepilganday g’azabdan tushdi. So’ng:
- Ha, shunday demaysanmi? Ð¥udo haqqi, Yer yuzida Qur’onni imlo qilib yozdirishga ibn Masuddan ko’ra loyiqroq odam borligini bilmayman. Men senga bir voqeani aytib beray, eshit,- dedi va qissasini boshladi:
- Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abu Bakr bilan musulmonlar hayoti xususida maslahatlashib o’tirgandilar. Men ham ularning suhbatida ishtirok etayotgandim. Vaqt allamahalga borganda biz hujradan chiqdik. Qarasak, masjidning bir burchagida kimdir namoz o’qiyapti. Тun qorong’usida kimligini darrov aniqlay olmadik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uch-to’rt qadam yurib to’xtadilar. Haligi odamning qiroatiga birpas quloq tutib turgach, bizga qarab:
- Kimki Qur’onni xuddi nozil bo’lganiday qilib o’qishni istasa, Ummu Abd o’g’lining qiroati bo’yicha o’qisin, - dedilar.
Abdulloh namozini tugatib, qo’lini duoga ochdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
- So’ra, Alloh so’raganingni beradi. Duo qil, duoing qabul, - deb turdilar.
Men ertaga albatta Abdullohning oldiga borib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uning duosiga "Omin" deb turganlarini aytib, suyunchilashni ko’nglimga tugib qo’ydim. Тong otgach, kechagi gaplarni egasiga yetkazish uchun jo’nadim, biroq Abu Bakr epchillik qilib, bor voqeani ipidan ignasigacha aytib bulgandi.
Ð¥udo haqqi, qachon men Abu Bakr bilan biron-bir yaxshilik yo’lida musobaqalashsam, albatta, u g’olib chiqardi.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #80 : 30 Dekabr 2009, 06:12:28 »
Abdulloh ibn Mas’ud Qur’on ilmini mukammal bilardi va uni hech kimdan yashirmasdan, shundoq derdi:
- O’zidan boshqa iloh bo’lmagan Allohga qasamki, Qur’oni Karimdan qaysi oyatni olmang, men uni qayerda va qay sabab bilan nozil bo’lganini bilaman. Agar Yer yuzida Allohning kitobini mendan ko’ra yaxshiroq biluvchi odam bo’lib, uning oldiga yetishning imkoniyati bo’lsa, men, albata, o’sha kishiga shogird tushardim.
Ibn Mas’udning bu gapida sira mubolag’a yo’qligini quyidagi xabardan bilib olasiz.
Umar ibn Ð¥attob safarlarining birida notanish karvonga duch keldi. Тunib yarmi, xammayoqni zulmat qoplagan. Jarchi Umarning buyrug’i bilan karvondagilardan "Qayerdan kelyapsiz?" deb so’radi. "Fajjul atiqdam" ("Chuqur vodiy" - Madina), javob keldi u tarafdan.
- Qayoqqa ketayapsiz?
- "Baytul atiqqa" ("Eski Uy" - Ka’ba).
"Shubhasiz ularning ichida olim odam bor", o’yladi hazrati Umar va jarchiga savolda davom etishni amr qildi.
- Qur’ondagi eng ulug’ oyat qaysi?
- Allohu la ilaha illa huval hayyul qoyyum. La ta’xuzuhu sinatun va la navm (Allohdan o’zga hech qanday tangri yo’q. Faqat uning o’zi bordir. U tirik va abadiy turguvchidir. Uni na mudroq va na uyqu oladi). ("Baqara" surasi, 255-oyat).
- Qur’onning eng hikmatli oyati qaysi?
- Innalloha ya’muru bil’adli val ihsani va iytoi zil qurbo... (Albatta, Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur). ("An-Nahl" surasi, 90-oyat).
- Qur’on ma’nolarini jamlab kelgan oyat qaysi?
- Faman ya’mal misqola zarratin hayran yarah va man ya’mal misqola zarratin sharran yarah (Bas, kim (hayoti - dunyodalik paytida) zarra misolichalik yaxshilik qilsa, (qiyomat kunida) o’shani ko’rur. Kim zarra misolichalik yomonlik qilsa, uni ham ko’rur). ("Zalzala" surasi, 7-8-oyatlar).
- Kishini doimiy xavfda bo’lishga undaydigan oyat qaysi?
- Laysa biamaniyyikum va la amaniyyi ahlil kitab. Man ya’mal suay yujza bihi va la yajid lahu min dunillahi valiyyav va la nasiro (Sizlarning xomxayollaringiz ham, ahli kitobning xomxayollari ham haq emas — kimki yomon amal qilsa, jazosini olur va o’zi uchun Allohdan o’zga na bir do’st va na bir madadkor topmas). ("Niso" surasi, 123-oyat).
- Qur’ondagi eng katta umid tug’diruvchi oyat qaysi?
- Qul yaibadiyallaziyna asrofu ala anfusihim la taqnatu mir rohmatillah. Innalloha yag’firuz zunuba jamiy’a. Innahu huval g’ofurur rohiym (Ey Muhamad), Mening o’z jonlariga jinoyat qilgan (turli gunoh-ma’siyatlar qilish bilan) bandalarimga ayting: "Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo’lmangiz! Albatta Alloh (O’zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag’firat qilur. Albatta, Uning O’zigina mag’firatli, mehribondir"). ("Zumar" surasi, 53-oyat).
- So’nggi savolim: Abdulloh ibn Mas’ud sizning orangizdami?
- Alhamdulillah, shunday.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #81 : 30 Dekabr 2009, 06:15:05 »
Abdulloh ibn Mas’ud faqat qori, olim, obid, zohid bo’libgina qolmay, vaziyat talab qilsa, kuchli, jasur, qatiyatli mujohid ham edi. U Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ergashib, Qur’onni mushriklar huzurida jahriy o’qigan eng avvalgi musulmondir.
Sahobai kiromlar Makkada oz sonli va zaiflik paytlarida to’planib, suhbatlashib qolishdi. Gap orasida “Хudo haqqi, qurayshliklar hanuzgacha Qur’onni jahriy o’qilganini eshitganlari yo’q. Kim ularga Allohning kalomini eshittirib qo’yadi?" deyishdi. Abdulloh sira ikkilanmay:
- Mana, men eshittiraman, - dedi.
- Yo’q, faqat sen emas, - dedilar ashoblar bir ovozdan. - Kofirlardan har narsani kutsa bo’ladi, shuning uchun ularning yomonligidan himoya qilishga qodir qarindosh-urug’lari bor odam chiqishini xohlaymiz.
- Bu yog’idan xotirjam bo’ling. Allohning o’zi meni ulardan himoya qiladi, - dedi Abdulloh ishonch bilan va birodarlarini tark etib, masjid sari jo’nadi.
Qurayshiylar Ka’ba atrofida jamlanib o’tirishardi. Abdulloh Maqomi Ibrohim oldiga kelib to’xtadi va baralla ovoz bilan Qur’on oyatlarini tilovat qila boshladi: "Bismillahir rohmanir rohiym. Ar rohmanu allamal Qur’ana, xolaqol insana, allamahul bayan" (Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Mehribon (Alloh Muhammad payg’ambar va uning ummatlariga) Qur’onni ta’lim berdi. U zot insonni yaratib, unga (dilidagi maqsadini ayon eta olishi uchun) bayonni (nutqni) ta’lim berdi). ("Rahmon" surasi, 1-4-oyatlar).
Mushriklar oldiniga hayron bo’lishdi - nimalar deyapti bu Ummu Abd o’g’li? Birpasdan keyin tushunib qolishdi. "Ie, bu Muhammadning gaplarini gapiryaptiku", deb xuddi ilon chaqqanday sakrab turishdi. Qur’on o’qiyotgan Abdullohning yuz-ko’ziga qaramay urishga, ayamasdan tepkilashga tushishdi. Oxiri o’zlari charchab, do’pposlashni bas qilishdi. Ibn Mas’udni qonga belangan holda ko’rgan birodarlari taassuf bilan:
- Biz aynan shundoq bo’lishidan qo’rqqan edik, - deyishdi.
- Ð¥udo haqqi, Allohning dushmanlari ko’z o’ngimda. Hech qachon bugungichalik xor-zor tuyulmagandi. Agar xohlasangiz ertaga yana o’sha yerga borib, Qur’on o’qib beraman, - dedi Abdulloh qat’iyan.
- Yo’q, bas, senga shu ham yetadi, - dedilar sahobalar.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #82 : 30 Dekabr 2009, 06:17:21 »
Abdulloh ibn Mas’ud Usmon roziallohu aihuning xalifalik davrigacha yashadi. Og’ir kasal bo’lib yotgan Abdullohning ziyoratiga kelgan xalifa undan hol-ahvol so’radi:
- Nnmalardan shikoyat qilasiz?
- Gunohlarimdan
, - dedi xasta.
- Ko’nglingiz nimani tusaydi?
- Robbimning rahmatini.
- Yig’ilib qolgan maoshlaringizni opkeltirib beraymi? Axir necha yildan beri sariq chaqa ham olmaysiz!
- Endi menga uning keragi yo’q!
- Hech bo’lmasa sizdan keyin qizlaringizga qolar?!

- Qizlarimni faqir bo’lib qolishlaridan qo’rqyapsizmi? Men ularga har oqshom "Voqea" surasini o’qishni buyurganman... Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytgandilarki "Kimki har oqshom "Voqea" surasini o’qishni odat qilsa, aslo mo’xtojlik ko’rmagay".

O’sha kecha Abdulloh ibi Masud qalbida Allohning yodi, tilida oyati karimalar tilovati bilan rafiqul alo dargohiga ravona bo’ldi.


Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #83 : 03 Yanvar 2010, 16:30:28 »
SALMON al-FORSIY

Salmon bizning ahlimizdan.
Muhammad Rasululloh


Bu qissamiz mutlaq haqiqatni qidirgan, nuri ilohiyni izlagan inson haqida....Salmon al-Forsiy roziallohu anhu qissasi. Uning tafsilotlarini gapirib berishni qahramonimizning o’ziga havola qilamiz. Har holda, hikoyani boshidan kechirgan odamning o’z og’zidan eshitish ishonchli, ham maroqlidir.
Salmon hikoyasi:
— Men Isfahonning Jabbon deb ataladigan qishlog’ida yashovchi forslardan edim. Otam qishloqning duhqoni (kadxudo, rais) bo’lib, mansabiga yarasha obro’-e’tibor va molu-davlatga ega edi. Meni jonidan ham ortiq ko’rar, yeru ko’kka ishonmasdi. Uzoqqa ketishimga aslo ruxsat bermas, hatto ba’zan uyga qamab, ustimdan qulflab qo’yardi. Men majusiylikka qattiq berilgandim. Shu sadoqatim uchun bizlar ibodat qiladigan olovdan ko’z-quloq bo’lib turish, uni muttasil, kechayu kunduz, bir laxza ham o’chib qolmasdan gurillab yonishini ta’minlash menga yuklatilgan edi.
Bizning katta yerimiz bo’lib, unda g’alla yetishtirilardi. Ekin-tikin, yig’im-terim mavsumlarida otam, asosan, dalada bo’lardi. Bir kuni otamning qishloqdagi ishlari ko’payib, hech qayoqqa chiqolmaydigan bo’lib qoldi. Meni chaqirib:
- O’g’lim, men bugun dalaga borolmayman. O’rnimga sen borib, yo’qligimni bildirmay tur, - dedi.
Men yerimizgi jo’nadim. Yo’lda nasroniylar kanisasi bor edi. Uning yonidan o’tayotib, ichkaridan har xil ovozlarni eshitdim. Bu tovushlar mening e’tiborimni tortdi.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #84 : 03 Yanvar 2010, 16:34:44 »
Men otamnimg mehribonligi, ilgari ko’chaga hech chiqarmagani uchun ko’p narsalardan, jumladan, nasroniylik va boshqa dinlardan ham bexabar edim. Kanisadan chiqayotgan ovozlar nimani anglatishini bilishga qiziqib, ichkariga kirdim. Nasroniylar ibodati menga yoqdi. O’zimda bu dinga rag’bat sezib:
- Хudoga qasamki, ularning dini biznikidan yaxishiroqdir, - dedim.
O’sha kuni to quyosh botguncha butxonada bo’ldim. Dalaga ham bormadim. Ketar chog’i:
- Diningizni asli qayerda? - deb surishtirdim. Menga "Shomda", deb javob berishdi.
Kechkirib, uyga borganimda otam dalada nima ishlar qilganimni so’radi.
- Ey ota, men kanisada bir necha ibodat qilayotgan odamlarni ko’rib qoldim. Ularning dini menga yoqdi. Тo kechgacha o’shalar bilan bo’ldim, - dedim men.
Otamning ko’zlari ola-kula bo’lib ketdi.
- O’g’lim, esingni yig’. U dinda yaxshilik yo’q. Ota-bobolaringdan qolgan o’z dining afzal, - dedi dahshatga tushib.
- Yo’q, - qattiq turib oldim men, - ularning dini biznikidan ming marta yaxshi.
Qo’rqib ketgan otam meni dinlaridan voz kechishimdan xavfsirab, oyoqlarimga kishan urib, uyga qamab qo’ydi.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #85 : 03 Yanvar 2010, 16:47:15 »

Men bir ilojini topib, nasroniylarga "Mabodo, ibodatxonangizdan Shomga ketayotagan karvon o’tib qolsa, menga xabar bering", deb odam jo’natdim. Ko’p o’tmay shunday xabar keldi. Men urinib-surinib, kishanni yechib tashladim. Hech kimga aytmasdan uydan chiqib ketdim. Karvonga yetib olib, ular bilan birga Shom shahriga jo’nadim. Manzilga yetiboq:
- Bu dinni eng yaxshi biladigan odam kim? - deb surishtirishga tushdim.
- Falon kanisaning usqufi (yepiskop) — dedilar menga.
Men o’sha odamni topib:
- Men nasroniylikni yoqtirib qabul qildim. Тoki dinni chuqurroq o’rganishim uchun ibodatlaringizda birga ishtirok etishimga, mulozimingiz bo’lib, xizmatlaringizni bajarib yurishimga ijozat bersangiz, - dedim.
Usquf rozi bo’ldi, oz fursat ichidayoq men uning yomon odam ekanini bilib oldim. U kishilarni sadaqaga buyurib, ulkan savoblar va’da qilar, qachonki ular biron narsani Ð¥udo yo’lida infoq-ehson uchun tashlab ketsalar, hammasini o’ziga olib qo’yar, faqiru miskinlarga sariq chaqa ham bermasdi. Shu yo’l bilan yetti xum tillo to’plagandi. Men uni bu ishlari uchun qattiq yomon ko’rib qoldim. Shuning uchun usquf vafot etib, nasroniylar uning dafniga hozir bo’lganlarida barcha kirdikorlarini ochib tashladim.
- Sizning peshvoyingiz yaramas kimsa edi, - dedim ularga. - Sizni sadaqaga buyurardi, qiziqtirardiyu tushgan narsalarning hammasini o’zi uchun olib qo’yardi, muhtoju bechoralarga hech narsa bermasdi.
Ular menga ishonmasdan:
- Sen qayerdan bilasan? - deb so’rashdi.
Men "Yuring, sizlarga uning xazinasini ko’rsataman", dedim va ularga bo’g’zigacha limmo-lim tilloyu kumushlar bilan to’lgan yetti xum berkitilgan joyni ko’rsatdim. Nasroniylar yo’lboshchilaridan qattiq g’azablanishdi. Hatto ko’mishdan ham bosh tortib, tanasini daraxtga osib qo’yishdi. Bu ham yetmaganday jonsiz murdani toshbo’ron qilishdi.
Bir necha kundan so’ng yangi usqufni saylashdi. U dunyo matohlariga mutlaqo ko’ngilsiz, oxiratga nihoyatda muhabbatli, kechayu kunduz ibodat bilan mashg’ul shaxs edi. Men uni yoqtirib qoldim, qo’limdan kelgancha xizmatini qilib yurdim. Uning vafoti yaqinlashgach:
- Ustoz, meni kimga tashlab ketasiz? Sizdan keyin kimning xizmatida bo’lay? - deb so’radim.
- O’g’lim, menga o’xshagan odamlar qolmadi hisob. Ammo Mavsil degan joyda bir kishi bor. O’sha odam dinini mahkam tutib, o’zgartirmay kelyapti. O’shanga yo’liqqin, - dedi u.
Sohibim vafotidan so’ng mavsillik kishining oldiga bordim. Hamma sarguzashtlarimni so’zlab berib:
- Тaqsir, Falonchi sizning haq dinni mahkam tutganingizni xabarini berib, menga xizmatingizda bo’lishimni vasiyat qilib ketdi, - dedim.
U meni qabul qildi. Ð¥izmatim davomida undan faqat yaxshiliklar ko’rdim, ammo ko’p o’tmay uning ham so’nggi soati yaqinlashdi. Ajali oldidan:
- Ð¥udoning sizga bitgan qazosi kelib qolgan ko’rinadi. Siz mening nima maqsadda yurganimni bilasiz. Oxirgi maslahatingizni darig’ tutmang, kimga borib yo’liqay? - dedim.
- Bolam, - dedi u shivirlab, - xudo haqqi, bizga o’xshagan odamlar judayam kamayib ketdi. Nassibiyndagi (hozirgi Тurkiya hududidagi qishloq nomi) Falonchi ismli kishiga yo’liq.
Dafn marosimini o’tkazib, Nassibiynga yo’l oldim. U yerdagi solih zotni topib, ko’rgan-kechirganlarim qatori ustozimning vasiyatini ham aytdim. U meni xizmatiga oldi va birga o’tkazgan vaqtimiz mobaynida o’zini xuddi avvalgi ikki birodari singari faqat yaxshi tarafdan ko’rsatdi. Unga ajali arafasida so’nggi savolim bilan murojaat etdim:
- Mening maqsadim sizga maxfiy emas. Qandoq maslahat berasiz?
- O’g’lim, bizning dinimizda ammuriyalik falonchidan boshqa hech kim qolgani yo’q. O’shanga borib uchrash
, - dedi u.
Men Ammuriyaga borib, o’sha kishiga shogird tushdim. Darhaqiqat. u avvalgi ustozlarimning yo’lida mustahkam edi. Uning xizmatida yurib, bir qancha sigir va qo’ylar orttirdim. Sohibimning kuni bitib, umri poyoniga yetib qolganida odat bo’lib qolgan savolimni berdim:
- Maqsadim sizga ayon. Nima qilay? Kimga shogird tushay?
- O’g’lim, xudo haqqi, Yer yuzida bizning dinimizni mahkam ushlagan bironta odam qolganini bilmayman... Lekin arablar yeridan chiqadigan bir payg’ambarning davri yaqin qoldi. U Ibrohimning dini bilan yuboriladi. O’z shahridan quvilib, xurmo daraxti ko’p ekiladigan, atrofi shamolda yemirilgan qora tog’ toshlari bilan qoplangan shaharga hijrat qiladi. Uning bir necha alomati bor-ki, ularni yodingda tut. Payg’ambar hadyani qabul qiladi, sadaqaga qo’l tegizmaydi. Ikki kuragining o’rtasida payg’ambarlik muhri bor. Agar men aytgan shaharning daragini eshitsang, borgin, - vasiyat qildi u.
Ustozimiing vafotidan so’ng Ammuriyada bir necha kun turdim. Arablarning Kalb qabilasilik tijoratchilari kelgach, ularga:
- Agar meni o’zingiz bilan arablar diyoriga olib ketsangiz, hamma sigir va qo’ylarimni beraman, - dedim.
Ular rozi bo’lishdi. Men kelishilgandek chorvalarimni berib, savdogarlar karvoniga qo’shildim. Vodil quroga (Madina va Shom o’rtasidagi vodiy) yetganimizda kalbiylar xiyonatga qo’l urib, meni qul sifatida bir yahudiyga sotib yuborishdi. Men uning xizmatini qila boshladim. Oradan bir necha kun o’tib, xojamning ziyoratiga kelgan banu qurayzalik amakivachchasi meni sotib oldi. Biz Yasribga jo’nab ketdik. U yerda ammuriyalik sohibim aytgan xurmolarni ko’rib, payg’ambar shahriga kelganimni bildim. Shundan keyin ko’nglim ancha ravshan tortdi. Payg’ambar bu paytda Makkada o’z qavmini islomga chaqirar, ammo men qullik taqozosi ila gardanimga yuklatklgan og’ir vazifalar bilan mashg’ul bo’lib, uning haqida hali eshitmagan edim.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #86 : 03 Yanvar 2010, 16:49:40 »
Ko’p o’tmay payg’ambar Yasribga hijrat qildi. O’shanda men xurmo daraxtining tepasida shoxlarni butash bilan band edim. Ð¥ojam soyada o’tirardi. Shu payt yahudiylardan biri kelib:
- Alloh banu Qaylani (Madinada yashaydigan arablarning Avs va Ð¥azraj qabilalari) halok qilsin. Bitta qolmasdan Makkadan kelayotgan, o’zini payg’ambar deb da’vo qilayotgan odamni kutib olish uchun Quboga chiqib ketishganini qarang,- deb qoldi.
Men bu xabarni eshitib, qattiq hayajonga tushdim. Ð¥uddi bezgak tutgandek qo’l-oyoqlarim qaltirab ketdi. Agar daraxtda yana birpas turib qolsam, to’g’ri xojamning ustiga qulashimni bilib, shoshilinch pastga tushdim. Haligi yahudiyning oldiga borib:
- Nima deding? qaytar, nima deding? - deb takror-takror so’ray boshladim. Ð¥ojam qattiq g’azablandi. Boshimga zarb bilan bir musht tushirdi-da:
- Sening nima ishing bor, itvachcha? Chiq daraxtga, ishingni qil, - deb baqirib berdi.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #87 : 04 Yanvar 2010, 04:56:55 »
Kech kirganda men yig’ib yurgan xurmolarimni bir idishga solib, payg’ambar tushgan manzilga jo’nadim. Uning oldiga kirib:
- Odamlarning aytishicha, siz solih inson ekansiz, tevaragingizdagi birodarlaringiz g’arib va hojatmand kishilar ekan. Men manavi xurmolarni sadaqa qilarman deb jamlab qo’ygandim. O’ylashimcha, bu sadaqaga boshqalardan ko’ra siz haqliroqsiz, - deb idishni uning oldiga qo’ydim.
U ashoblariga "Olinglar", deb mulozamat ko’rsatdi, ammo o’zi qo’l uzatmadi. "Bu birinchi alomat", dedim o’zimcha men.
Bir necha kundan so’ng payg’ambar Qubodan Madinaga keldi. Bu muddat ichida men anchagina xurmo jamg’arib qo’ygandim. Fursat topib payg’ambarning oldiga bordim va xurmo idishni unga uzatib:
- Men sizning sadaqa yemasligingizga guvoh bo’ldim, ammo bu hadya, marhamat qilib, qabul eting, - dedim.
U xurmodan totib ko’rdi va ashoblarini ham yeyishga taklif qildi. "Bu ikkiichisi", deb quydim ichimda.
Musulmonlardan biri vafot etib, uni dafn qilish uchun hamma mo’minlar Baqi’ul G’arqad qabristoniga ketishganida men ham ularning orqasidan bordim. Payg’ambar mozor chetida ustiga yopinchiq yopinib o’tirardi. Men unga salom berib, ammuriyalik sohibim aytgan muhrni ko’rish ishtiyoqida orqa tarafiga o’tdim. Payg’ambar mening tikilib turganimni ko’rib, maqsadimni sezdi shekilli, yopinchng’ini sal pastga tushirdi... Ne ko’z bilan ko’rayki, uning ikki kuragi o’rtasiga muhr bosilgan edi! Men o’zimni tutolmadim Allohning elchisini quchoqlab o’pib, yig’lay boshladim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
Senga nima bo’ldi? - deb so’radilar.
Men boshimdan kechirgan sarguzashtlarimni oqizmay-tomizmay so’zlab berdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga mening hikoyam yoqdi. U kishi sahobalarga ham qismatimni gapirib berishimni buyurdilar. Mening ko’rgan-kechirganlarimni eshitgan ashoblar ko’p ibratlanishdi va shuncha ko’rgulikdan so’ng, nihoyat, haqqa erishganimdan bag’oyat sevinishdi.

Salmon al-Forsiyning Haqni qidirib, turli makonlarda sarson yurgan kunlari muborak bo’lsin!
Salmon al-Forsiyning Haqni topib, darhol iymon keltirgan kuni muborak bo’lsin!
Uning vafot etib, qayta tiriladigan kuni muborak bo’lsin!!!


Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #88 : 04 Yanvar 2010, 04:58:20 »
IKRIMA ibn ABU JAHL

Birozdan so’ng bu yerga mo’min muhojir Ikrima keladi.
Uning oldida otasini so’kmanglar,
chunki o’likni so’kish tirikka ozor beradi,
mayyitga esa yetib bormaydi
.
Muhammad Rasululloh


Ð¥ush, kslibsiz, muhojir chavandoz!
Payg’ambar janoblari Ikrimani
shu so’zlar bilan qarshi olgandilar.


U quraysh qabilasining eng obro’li va badavlat xonadonidan bo’lib, rahmat payg’ambari hidoyat va haq da’vatini oshkoro boshlagan paytda yoshi o’ttizni qoralab qolgandi. Makkadagi ko’zga ko’ringan zodagoplarning farzandlari Sa’d ibn Abu Vaqqos, Mus’ab ibn Umayr va boshqa yuqori mavqe’li yoshlar qatori uning ham iymonga kelishi uchun barcha omillar mavjud edi. Agar otasi bo’lmaganida, ehtimol, ish biz kutganday bo’larmidi?!
- Farzandini Haqdan to’suvchi ota kim deb o’ylaysiz?
U Makkadagi eng katta zolim, shirk bayrog’ining tug’dori, Alloh taolo tarafidan mo’minlarning sodiqligi sinalganida o’zining qiynoq-qistovlari, hiyla-nayranglari bilan bu imtihonda faol ishtirok etgan Abu Jahldir (o’shanda mo’minlar iymonlarida mustahkam turib, imtihondan yorug’ yuz bilan o’tgandilar).
Otaning kimligini bilib oldingiz. Endi farzand bilan tarnishing. U qurayshning mashhur chavandozlaridan va dong’i ketgan bahodirlaridan biri Ikrima ibn Abu Jahl al-Maxzumiydir.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #89 : 04 Yanvar 2010, 05:01:41 »
Ikrima ibn Abu Jahl otasining hukmiga ergashibon Muhammad alayhissalomga dushmanlarcha munosabatda bo’ldi. Allohning rasuliga qattiq adovat qildi, ashobi kiromlarga ko’p aziyatlar yetkazdi. Islom va musulmonlarga nisbatan tajovuzkorligi bilan otasini nihoyatda quvontirdi.
Badr kuni shirk ma’rakasining boshida turgan ota "Lot va Uzzo (qurayshiylar topingan butlar) nomiga qasamki, Makkaga faqat Muhammadni yenggachgina qaytamiz, ammo qaytishdan oldin g’alabani nishonlab Badrda uch kun bazm uyushtiramiz. Тuyalar so’yamiz, sharobxo’rlik, kayfu safo qilamiz, qaynalarni (qo’shiqchi ayollar) kuylatib, raqqosalarni o’ynatamiz", deb qasam ichdi. Bu urushda Ikrima uning o’ng qo’li bo’ldi.
Lot va Uzzo esa Abu Jahlning duolarini ijobat etishmadi, chunki ular hech narsani eshitmaydilar... Jangda munofiqlarga yordam berishmadi, negaki ular ojizdirlar...
Mushrikboshi shu jangda halok bo’ldi. O’g’li Ikrima uning qonga belanib yotganini, inqillab-sinqillab, it azobida joni uzilganini o’z ko’zi bilan ko’rdi, biroq bugungi mag’lubiyati uni jasadni olib ketib, Makkada dafn etish imkoniyatidan mahrum qildi. Jonlarini asrash maqsadida tumtaraqay qochgan mushriklar Quraysh sayyidining jussasini Badrda qoldirib ketishdi. Musulmonlar uni ko’pgina maqtullar qatori Qalib qudug’iga tashlab, ustidan tuproq tortishdi.

 

Sodiq sahobalar qissasi.

Muallif Shoxruh MirzoBo'lim Islomiy media

Javoblar: 14
Ko'rilgan: 7686
So'nggi javob 11 Iyun 2010, 17:18:09
muallifi Shoxruh Mirzo
Tohir Malikning "Jinoyatning uzun yo'li" qissasi haqida

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 7891
So'nggi javob 02 Dekabr 2010, 01:33:35
muallifi Nurdinboy
Chingiz Aytmatovning "Jamila" qissasi haqida mulohazalar

Muallif forumnnbBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 11158
So'nggi javob 22 Iyun 2011, 18:13:57
muallifi Kinjo
O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi haqida

Muallif forumnnbBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 15
Ko'rilgan: 27871
So'nggi javob 16 Mart 2014, 05:05:29
muallifi munlu
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari

Muallif AbdusalomBo'lim Islom

Javoblar: 37
Ko'rilgan: 92097
So'nggi javob 30 Noyabr 2013, 14:05:53
muallifi Ҳанафий