Muallif Mavzu: Abdurahmon Ra'fat al-Bosho. Sodiq sahobalar qissasi  ( 58997 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #90 : 04 Yanvar 2010, 05:03:02 »
Shu kundan e’tiboron Ikrima ibn Abu Jahlning islomga munosabati keskin o’zgardi. Ilgarigi adovati otasiga ko’r-ko’rona ergashishi tufayli bo’lsa, endi uning yuragi musulmonlardan o’ch olish istagi bilan ura boshladi. Shuning uchun Ikrima o’ziga o’xshagan bir qancha alamzadalar bilan mushriklar qalbida Muhammad alayhissalomga bo’lgan adovat olovini kuchaytirishga intilib, Badrda talofat chekkan kishilarni qasosga undadi. Natijada, Uhud jangi ro’y berdi.
Ikrima bu jangga birinchilar qatori chiqdi. Badrda yaqinlaridan ayrilgan motamsaro ayollar saflarning orqasida erlarining shijoatini qo’zg’otib, daf (urib chalinadigan, doiraga o’xshagan asbob) chalib turish, bironta askar qochishni hayoliga keltirsa, dalda bo’lish uchun Uhudga otlanishdi. Ularning orqasida Ikrimaning xotini Ummu Hakim ham bor edi.
Quraysh lashkarining o’ng qanotiga Ð¥olid ibn Valid, chap qanotiga Ikrima ibn Abu Jahl bosh bo’ldi. Asosan shu ikki sarkardaning xizmatlari bilan mushriklar zafar quchib, Muhammad alayhissalom va ashobi kiromlardan ustun keldilar. Quraysh sardori Abu Sufyoi to’la qoniqish hissi bilan:
Bu Badr evaziga! - deb qo’ydi.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #91 : 04 Yanvar 2010, 05:03:50 »
Ð¥andaq urushida mushriklar Madinani bir necha kun qamalda tutib turishdi. Hech qanday harakatsiz faqat kutishdan zerikkan Ikrimaning sabr kosasi to’lib ketdi. Ð¥andaqning torroq joyini topdi-da, otini sakratib, musulmonlar tarafiga o’tib oldi. Unga bir necha otliq ergashdi. Ulardan Amr ibn Abduvud al-Omiriy o’z jur’atining qurboni bo’ldi. Ammo Ikrima esa zo’rg’a qochib qutildi.

Makka fathi kuni qurayshliklar Muhammad alayhissalomga qarshi turishga qurblari yetmasligini anglab, musulmonlar yo’lini bo’shatib qo’yishdi. To’g’risini aytganda, ularning bu qarorni qabul qilishlariga Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning e’lonlari ham sabab bo’ldi. U kishi sarkardalarga "Makka ahliga tegmang, illo qurol ko’tarib chiqqinlarga nisbatan yarog’ ishlating", deya buyruq berdilar.
Lekin Ikrima ibn Abu Jahl o’zining bir necha sherigi bilan quraysh qaroriga qarshi chiqdi va ulkan qo’shinning yo’liga g’ov bo’lishga intildi. Sanoqli daqiqalar davom etgan kichik to’qnashuvda Ð¥olid ibn Valid ularning surobini to’g’rilab qo’ydi. qochgani qochib, qolgani yer tishladi. Otining chopqirligi evaziga jon saqlab qolganlardan biri Ikrima edi.

Shunda Ikrima hamma narsani boy berganini tushundi....
O’sib-ulg’aygan shahri Makka musulmonlarga bo’yinsundi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qurayshliklarning jamiki adovatlarini bag’rikenglik bilan avf etdilar, ammo bir necha kishini nomma-nom sanab, ularni Ka’baning pardalari ostida topsalar ham qatl qilishga buyurdilar. O’limga mahkumlar ro’yxatining eng avvalida Ikrima ibn Abu Jahl turardi. Shuning uchun u Makkadan maxfiy tarzda chiqdi-da, tinchroq boshpana istab, Yaman tarafga yo’l oldi.


Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #92 : 04 Yanvar 2010, 05:13:29 »
Ikrimaning ayoli Ummu Hakim Hind binti Utba (Abu Sufyonning xotini) boshchiligidagi xotin-xalajlar bilan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bay’at qilish uchun bordi. Payg’ambar alayhissolomning huzurlarida ikki zavjai muborakalari, qizlari Fotima va bani Abdulmuttolib ayollari o’tirishardi. Niqob taqib olgan Hind (u Uhud kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning amakmlari Hamza ibn Abdulmuttolibni qatl qildirib, qornini yordirgan va quloq-burunlarini kestirib tashlaganidan xijolat chekib yuzini to’sib olgandi):
- Yo Rasululloh, O’zi uchun tanlagan dinni izhor qilgan Allohga hamdlar bo’lsin. Men sizga qarindosh ekanligimizni eslatib, muruvvat ko’rsatishingizni iltimos qilaman. Men Allohning yakka ilohligiga iymon keltiruvchi va sizning haq rasul ekaningizni tasdiqlovchi ayolman, — dedi. So’ng niqobni yechib, o’zini tanitdi, — Hind binti Utba.
- Hush ko’rdik, — dedilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam.
- Yo Rasululloh, — so’zida davom etdi Hind, — ilgari Yer yuzidagi uylar ichida eng xarobasi sizning uyingiz bo’lishini istardim. Endi esa eng aziz uy sizniki bo’lishini xohlayman.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam "Hali iymoning bundan ham ziyoda bo’ladi", deb qo’ydialar. So’ng Ummu Hakim o’rnidan turdi. Islomini izhor etib, iltimos qildi:
- Yo Rasululloh, Ikrima qatl qilishingizdan qo’rqib, Yaman tarafga qochib ketdi. Unga omonlik bering, Alloh sizga omonlik bersin.
Payg’ambar alayhissalom "U omondir", dedilar.
Ummu Hakim rumlik g’ulomini hamrohlikka olib, darhol yo’lga tushdi. Cho’lning ichiga kirganlarida g’ulom sohibasini yo’ldan ozdirmoqchi bo’ldi. Ayol yolg’ondakam va’dalar bilan uni umidlantirib, arablarning bir mahallasiga yetganlarida ulardan yordam so’radi. Ular g’ulomni bog’lab, qamab quyishdi.
Ayol erini qidira-qidira, oxiri Тihoma mintaqasida, qizil dengiz sohilida uchratdi. Ikrima bir musulmon kemachidan dengizning narigi qirg’og’iga o’tkazib qo’yishini iltimos qilardi.
- Ixlos qil o’tkazib qo’yaman, — derdi kemachi.
- Qanday ixlos qilay?
- "Ashahadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh", degin.
- O’zim shuni aytishdan qochib yuribman-ku!
Ularning tortishuvi tugamasdan yetib kelgan Ummu Hakim Ikrimaga qarata:
- Ey amakimning o’g’li, men eng yaxshi, eng afzal, eng olijanob insonning oldidan kelyapman... Muhammad ibn Abdullohning oldilaridan kelyapman... Men u kishidan siz uchun omonalik so’radim. U kishi sizga omonlik berdilar, — .dedi.
- Sen u bilan gaplashdingmi? — so’radi Ikrima.
- Ha, gaplashdim. U kishi sizga omonlik berdilar. Ayol shu gapni takrorlay-takrorlay, axiyri, erini qaytishga ko’ndirdi. Yo’l-yo’lakay rumlik g’ulomning qilmishini aytib berdi. Ikrima islomga kirmay turib, o’sha mahalladan o’tayotganlarida g’ulomni o’ldirdi.
Ð¥ordiq uchun to’xtagan manzillarining birida Ikrima xotini bilan qo’shilishni istadi, ammo ayoli bunga ko’nmay, qattiq turib oldi.
- Men muslimaman, siz mushriksiz, — dedi u.
Ikrima taajjubga tushdi:
- Ilgari bir gapimni ikki qilmasding. Birdaniga butunlay o’zgarib qolibsan.
Ular Makkaga yaqinlashganlarida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ashoblariga dedilar:
- Birozdan so’ng bu yerga mo’min muhojir Ikrima ibn Abu Jahl keladi. Uning oldida otasini so’kmanglar, chunki o’likni so’kish tirikka ozor beradi, mayyitga esa yetib bormaydi.
Darhaqiqat, ko’p o’tmay Ikrima ayoli bilan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning majlislariga kirib keldi. Payg’ambar alayhisalom azbaroyi xursandliklaridan ridolarini ham kiymay, istiqbolga chiqdilar...
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam joylariga o’tirgach, Ikrima so’radi:
- Ey Muhammad, Ummu Hakimni aytishicha, siz menga omonlik berganmishsiz?!
- Shunday, sen omonsan, — dedilar u kishi.
- Siz nimaga chaqirasiz, ey Muhammad? - yana so’radi Ikrima.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
- Allohdan o’zga iloh yo’q va Muhammad Allohning bandasi ham elchisi, deb guvohlik berishga, namozni doimo mukammal o’qishga, zakotni o’z vaqtida o’tashga chaqiraman, - deb islomning barcha ruknlarini sanab o’tdilar.
- Ð¥udo haqqi; siz chaqirayotgan yo’lingiz butkul haq, buyurayotgan narsalaringizning bari yaxshilik. Siz bu da’vatni boshlamasdan turib ham oramizdagi eng sodiq va olijanob kishi edingiz, — dedi Ikrima va qo’lini cho’zib, iymonini elon qildi. — Guvohlik beramanki, Allohdan o’zga iloh yo’q va siz Allohniig haq elchisisiz.
So’ng dedi:
- Yo Rasululloh, menga eng yaxshi kalimani o’rgatib qo’ying.
- Sen uni hozirgina aytding, - dedilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, — Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh.
Ikrima so’radi:
- Yana nima dey?
- Allohni va shu yerda xozir bo’lganlarning guvohligida aytamanki, men muhojir mujohid musulmonman, degin, — o’rgatdilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam.
Ikrima hozirgina o’rgangan so’zlarini baralla aytdi. Shunda Payg’ambar alayhissalom dedilar:
- Bugun mendan nima so’roving bo’lsa, so’ra. Qo’limdan kelsa, albatta, beraman.
- Sizga nisbatan qilgan jumla adovatlarim, sha’ningizga aytgan barcha noma’qul gaplarim uchun Allohdan mag’rifat so’rab bering, — iltimos qildi yangi musulmon.
- Parvardigoro, uning menga nisbatan qilgan hamma adovatlarini, sen yoqqan nurni o’chirish yo’lidagi barcha xatti-harakatlarini, sha’nimga aytgan oshkor va maxfiy noo’rin gaplarini kechir.
Ikrimaning.yuzi quvonchdan porlab ketdi:
- Yo Rasululloh men ilgari odamlarni Allohning yo’lidan to’sish uchun qilib yurgan nafaqamni ikki barobar oshirib, Allohning yo’lida sarflashga, islomga qarshi kurashni tashlab, butun kuch-g’ayratimni, molu dunyomni islom yo’lidagi kurashga safarbar etishga qasam ichaman.
« So'nggi tahrir: 04 Yanvar 2010, 05:32:34 muallifi Mahdiyah »

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #93 : 04 Yanvar 2010, 05:14:56 »
Shu kundan e’tiboran da’vatchilar safiga jangu jadallarda dong chiqargan pahlavon, kechalari namozda qoim, kunduzlari ro’zador — soim, masjidlarda Allohning kitobini muhabbat bidan o’quvchi inson qo’shildi. U ko’pincha tilovat asnosida mushafni yuziga bosar va "Robbimning kitobi... Robbimning kalomi...", — derdi. Ko’zlari esa jiqqa yosh bo’lardi.

Ikrima Allohning elchisiga bergan va’dasida sodiq turdi. Islomga kirganidan keyingi hamma jihodlarda ishtirok etdi, barcha jangovar safarlarda qatnashdi.
Тashna odam jazirama issiqqa muzdek suvga qanchalik oshiqsa, Ikrima ham Yarmuk g’azotiga shunday ishtiyoq bilan chiqdi. Musulmonlarning ahvoli tang bo’lib turgan bir paytda otidan sakrab tushdi. Qilichining qinini sindirib, rumliklar qo’shinining ichiga kirib ketdi. Buni ko’rgan Ð¥olid ibn Valid:
- Ey Ikrima, bunday qilma, orqanga qayt. Sening o’liming musulmonlar uchun katta talofat bo’ladi, - deb qichqirdi.
Meni o’z holimga qo’y, Ð¥olid. Sen Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning peshqadam sahobalaridansan, ammo men otam bilam u zotga nisbatan ko’p dushmanliklar qilganman. Mana, bugun ilgarigi gunohlarimni yuvish fursati keldi. Men bir necha jangda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga qarshi urushganman. Endi, kelib-kelib, rumliklardan qochamanmi?! Bu hech qachon bo’lmaydi! — na’ra tortdi Ikrima.
So’ng musulmonlarga qarata xitob qildi: — "Kim to o’lguncha urishishga, bay’at beradi?"
Ikrimaning amakisi Horis ibn Hishom, Ziror ibn Azvar va yana to’rt yuz musulmon bay’at qildilar, Ular Ð¥olid roziallohu anhuning fustotini (lashkarboshi uchun o’rnatiladigan qarorgoh) mudofaa etib, yopirilib kelayotgan dushmamni surib tashlashdi.
Musulmonlarga navbatdagi g’alabani keltirgan Yarmuk ma’rakasi nihoyasiga yetganda jang maydonida og’ir jarohatlangan uchta mujohid yotardi. Ular Horis ibn Hishom, Ayyosh ibn Abu Rabia va Ikrima ibn Abu Jahllar edi. Тomog’i qaqrab ketgan Horis bazo’r pichirlab, suv so’radi. Unga suv uzatganlarida tashnalikdan tili tanglayiga yopishib qolgan Ikrimaga ko’zi tushib "unga beringlar", dedi. Ikrima ham suvni olmasdan sal nariroqda chanqab, lablari quruqshagan Ayyoshga ishora qildi. Ayyosh uzatilgan suvni ichishga ulgurmay, dunyodan ko’z yumdi. Avvalgi ikki mujohid ham chanqoqlarini qondirolmay birodarlarining ketidan dorulbaqoga ravona bo’lishdi. Alloh ularning baridan rozi bo’lsin. Ularga bir qultum ichgandan so’ng tashnalik nimaligini mutlaqo bilmaydigan Havzi Kavsar suvidan ato qilsin. Firdavs jannati bog’larida rohatlanmoqlikni nasib etsin.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #94 : 05 Yanvar 2010, 06:41:27 »
ZAYDUL ХOYR

Senda Alloh va Rasuli yoqtiradigan
ikki xislat bor: vazminlik va halimlik
.
Muhammad Rasululloh


Odamlar go’yo konga o’xshaydilar. Ularning johiliyatdagi yaxshilari, agar dinni to’g’ri tushunsalar, islomda ham yaxshi inson bo’ladilar.
Sizning e’tiboringizga sodiq sahobalardan birining hayotidan ikki lavhani havola qilamiz. Avvalgi manzarani johiliyat qo’li chizgan bo’lsa, keyingisi islom barmoqlari ila vujudga kelgan. Bu sahobiyni johiliyat odamlari "Zaydul Ð¥oyl" (Otlarning Zaydi) deb atashardi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni "Zaydul Ð¥oyr" (Yaxshilik Zaydi) deb nomladilar.
Birinchi voqea adabiyot kitoblarida mavjud. Ash-Shayboniy banu Omir qabilasidan bo’lgan bir shayx tilidan hikoya qiladi:
— Bir yili yurtimizda qattiq qurg’oqchilik bo’ldi. Ekin-tikin qurib-qovjirab, chorvalar qirilib ketdi.
Ocharchilik ommaviy tus oldi. Qabiladoshlarimizdan bir kishi oilasi bilan Hiyraga (Iroqdagi Najaf va Ko’fa o’rtasidagi shahar) ko’chib, ketdi. Shaharga kirib kelgach, xotin bola-chaqasiga:
- Meni shu yerla kuting. Qaytgunimcha hech qayoqqa jilmang, — deb tayinladi.
O’zi esa yoki oilasiga oziq-ovqat topib kelishga, yoki shu yo’lda o’lib ketishga ahd qildi. So’ng qolgan-qutgan non burdalaridan olib, shahardan chiqib ketdi. Kun bo’yi yo’l yurib, qorong’u tushganda bir chaylaga ko’zi tushdi. Chaylaning yonida toy bog’lanib turardi. Kishi o’zicha "Bu mening birinchi o’ljam", deb qo’ydi. Sekin borib, arqonni yecha boshladi. Тoyni endi minmoqchi bo’lib turganda, "Unga tegma, joningdan umiding bo’lsa, tuyog’ingni shiqillat", degan yo’g’on ovozni eshitdi. O’takasi yorilayozgan kishi juftakni rostlab qoldi.
Musofir yetti kun yo’l yurib, quyosh botar zamon kattakon marohni (tuyalar turadigai joy) va uning yonida bu yerda yashovchilar boy-badavlat ekanini ko’rsatib turuvchi gumbazli chodirni ro’parasidan chiqdi. U "Marohda tuya, chodirda odam bo’lishi kerak", deb fikr yuritdi. Asta kelib, chodir ichiga mo’raladi. Ichkarida munkillagan chol o’tirardi. Musofir sezdirmasdan bir chetga yashirinib oldi. Quyosh botib, ozgina vaqt o’tgandan so’ng oyoqlari uzun, zotdor otga mingan qad-qomati kelishgan, basavlat bir chavandoz ikki xizmatkori bilan tuyalar uyurini haydab keldi. Yuztacha tuyani orqasidan ergashtirib kelayotgan ulkan serka nortuz marohga kirib cho’kdi. Qolgan tuyalar ham uning atrofiga cho’kishdi. Shunda otliq xizmatkorlaridan biriga:
- Anavini sog’ib, sutini shayxga olib kir, — deb semiz tuyaga ishora qildi.
Ð¥izmatkor chodirga bir kosa to’la sut sog’ib kirdi. Idishni shayxning oldiga qo’yib, o’zi tashqariga chiqib ketdi. Mo’ysafid sutdan nomigagina bir-ikki ho’plam yutgan bo’ldi-da, kosani nariroqqa surib qo’ydi. Musofir aytadi:
- Men sharpa chiqarmasdan emaklab bordim. Kosani qo’limga olib, bir ko’tarishda bo’shatdim va yana qaytib joyimga yashirinib oldim. Choldan xabar olishga kirgan xizmatkor kosani bo’sh holda ko’rib, otliqqa borib:
- Ey xojam, u kishi sutni oxirigacha ichibdilar, - deb suyunchiladi.
Chavandoz xursand bo’lib ketdi. Yana bir tuyani sog’ib kirishlikka buyurdi. Ð¥izmatkor xo’jayining aytganini quloq qoqmay bajardi. Chol bu safar ham kosaga shunchaki labini tegizib qo’ydi. Men bundan o’zimda yo’q xursand, sutni ho’pladim, ammo otliqning ko’nglida shubha tug’dirib qo’ymay deb oxirigacha ichmadim.
Chavandoz ikkinchi xizmatkoriga qo’y so’yishni buyurdi. Yangi so’yilgan qo’y go’shtidan taom hozirlandi. Otliq o’z qo’li bilan qariyani to’yguncha ovqatlantirdi. So’ng o’zi va xizmatkorlari taomlanishdi.
Biroz o’tgach, hammalari to’shakka cho’zilib, pinakka ketishdi. Atrofni xurrak tovushi tutdi. Shunda men tashqariga chiqib, to’g’ri marohga bordim. Serka tuyaning arqonini yechib, minib oldim-da, yo’lga soldim. Butun uyur o’rnidan qo’zg’oldi. Тun bo’yi to’xtamasdan yurdim. Тong otgach, atrofni diqqat bilan kuzatdim. Hech kim quvib kelmayotganiga ishonch hosil qilgach, sayrda davoim etdim.
Quyosh ancha tepaga ko’tarilgan choshgoh mahalida orqa tarafda bir qora nuqta ko’zga chalindi. Nuqta tobora yaqinlashib keldi. Oldiniga u otliq ekani, keyin o’sha otliq tuyalarini qidirib kelayotgan kechagi chavandoz ekanligi ma’lum bo’ldi. Men darhol serkani bog’ladim. Sadoqdam o’q chiqarib, kamonga joyladim. O’zim tuyaning oldiga o’tib, jangovar holatni qabul qildim. Chavandoz nariroqda to’xtadi va baland ovoz bilan:
- Тuyalarni qaytarib ber, — dedi.
- Yo’q, — dedim men, — Hiyrada och-nahor go’daklarim qolgan. Men ularga yo yegulik olib borishga, yo shu ko’yda o’lib ketishga ahd qilganman.
- Unda o’zingni o’ldim deb hisoblayver... Tuyalarni qaytar, sho’ring qurg’ur.
- Yo’q, aslo...
- Sen juda osmonda yuribsan-ku!

Тuyaning jilovida uchta halqa bor edi. Chavandoz shulardan qaysi birini aniq poylab berishini xohlashimni so’radi. Men o’rtadagi halqaga ishora qildim. Uning kamondan uzgan o’qi halqaning chetiga ham tegmasdan shipillab o’tib ketdi. Ð¥uddi qo’l bilan o’tkazib yuborganday... Keyin tepadagi va pastdagi halqalarni ham aniq nishonga oldi...
G’alaba qozonishimga hech qanday imkoniyatim yo’qligini ko’rgach, o’qimni qayta sadoqqa soldim va o’zimni g’olib ixtiyoriga taslim etdim. U kelib, qilichimni va kamonimni oldi. Тuyaga minib, orqasiga mingashishni buyurdi. Yo’l-yo’lakay so’radi:
- Seni nima qilishimni bilasanmi?
- Yo’q, lekin har holda yaxshilik qilmasang kerak, — javob berdim men.
- Nega endi?
- Kechagi qilmishim uchun. Senga ko’p tashvish tug’dirdim. Mana endi Alloh meni sening qo’lingga topshirib qo’ydi
.
- Nahotki men senga yomonlik qilsam?! Holbuki sen Muhalhil (chavandozning otasi) bilan bir xonada hamroh bo’lding, bir kosada taomlanding, hamtovoq bo’lding.
Muhalhil ismini eshitib so’radim:
- Sen Zaydul Хoylmisan?
- Ha.

- Unda menga muruvvat ko’rsat.
- Тashvishlanma, — dedi u, — Ð¥udo haqqi, agar tuyalar meniki bo’lganda edi, hammasini senga berib yuborardim, lekin ular onalarimdan biriga tegishli. Sen hozircha biznikida yashab tur. Men yaqinda g’orat (boshqa qabilalarni talon-taroj qilish) qilmoqchiman. O’shanda ul-bul o’lja qo’lga kirib qolar.
Uch kundan so’ng Zaydul Ð¥oyl Banu Numayr qavmi ustiga g’orat uyushtirdi. O’ljaga tushgan yuz choqli tuyaning hammasini menga berdi. Hatto Hiyraga eson-omon yetib olishim uchun qo’l ostidagi odamlardan qo’riqchilar ham ajratdi.


Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #95 : 05 Yanvar 2010, 06:42:39 »
Bu Zaydul Ð¥oylning johiliyat davridagi hayotidan bir ko’rinish. Uning islomdagi hayoti ham siyrat kitoblarida yozilgan.
Payg’ambar alayhissalom va u kishining da’vatlari haqidagi ayrim xabarlar Zaydning qulog’iga chalinganda, u safar anjomlarini hozirladi. Qavmdoshlarining ulug’larini Yasribga borib, Nabiy alayhissalom bilan uchrashib kelishga chorladi. Тoy qabilasidan ko’pchilik safarga otlandi. Ular orasida Zur ibn Sadus, Molik ibn Jubayr, Omir ibn Juvayn va boshqalar bor edi. Mehmonlar Madinaga yetib kelgach, to’g’ri masjid sari yo’l olishdi. Тuyalarni eshik oldida cho’ktirishib, o’zlari ichkariga kirishdi.
Bu paytda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam minbar ustida xutba o’qib turardilar. Kelganlar u kishining so’zlaridan, musulmonlarning payg’ambarga muhabbatidan, aytgan har bir kalimalarini jon quloqlari bilan tinglab, ta’sirlanishlaridan ajablanishdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko’zlari ularga tushganda xitob qildilar:
Men sizlar uchun Uzzodan (johiliyat arablari sig’ingan ulkan sanam) va boshqa ibodat qillyotgan narsalaringizning hammasidan yaxshiroqman... Men sizlar uchun Allohni qo’yib sig’inayotgan qora tuyangizdan ko’ra yaxshiroqman.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #96 : 05 Yanvar 2010, 06:45:17 »
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu so’zlari Zaydul Ð¥oyl va uning hamrohlariga ikki xil ta’sir ko’rsatdi. Ba’zilar haqqa itobat qilib, uni qabul etishdi. Ba’zilar undan yuz o’girib, takabburlik qilishdi...
"Bir guruh jannatda bo’lsa, bir guruh do’zaxdadir". ("Sho’ro" surasi, 7-oyat.)
Zur ibn Sadus Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ashoblar orasidagi mavqe’larini, u kishini iymom to’la qalb, mehribonlik to’la ko’z sohiblari o’rab olganini ko’rgach, yuragida kuchli hasad uyg’ondi va sheriklariga:
- Shubhasiz, bu odam tez kunda barcha arablarni o’ziga bo’ysundirib oladi, ammo men, Ð¥uddo haqqi, unga hargiz bo’ysunmayman, — dedi.
So’ng Shomga jo’nab ketdi. O’sha yerda sochini tagidan qirdirib, nasroniylikni qabul qildi.
Zayd va qolganlar esa bunday qilishmadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xutbalarini tugatar-tugatmas Zaydul Ð¥oyl o’rnidan turdi. U kelishgan, baland bo’yli, basavlat kishi edi. Otga minganda, boshqalar xuddi eshakka minganday, oyoqlari yerga tegishiga yaqin qolardi…
Zayd qaddini rostlab, baralla ovoz bilan:
- Ey Muhammad, guvohlik beramanki, Allohdan o’zga iloh yo’q va siz U zotning elchisisiz! — dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so’radilar:
- Sen kimsan?
- Muhalhilning o’g’li Zaydul Ð¥oylman
.
- Sen Zaydul Ð¥oyl emas, balki Zaydul Ð¥oyrdursan. Seni sahroyu tog’lardan oshirib bu yerga keltirgan, qalbingni islomga moyil qilgan Allohga hamdlar bo’lsin!
Shu voqeadan keyin u Zaydul Ð¥oyr deb atala boshladi. So’ng ular Umar ibn Ð¥attob va bir guruh sahobalar hamrohligida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning manziliga bordilar.
Payg’ambar alamhissalom Zaydga mulozamat ko’rsatib, suyanishi uchun bolish taklif qildilar, ammo mehmon Allohning elchisi huzurida yonboshlashni o’ziga ep ko’rmay, yostiqni rad etdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana taklif qildilar, hatto bu holat uch marta takrorlandi.
Suhbat asnosida Sarvari Olam Zaydul Хoyrga:
- Men ilgari vasfini eshitib yurgan odamlarning o’zlarini ko’rganimda, ular haqda aytilgan maqtovlar oshirib yuborilganining guvohi bo’lardim. Ammo sening xususingda bunday bo’lmaydi. Bilasanmi, ey Zayd, senda Alloh va Rasuli yahshi ko’radigan ikkita xislat bor, - dedilar,
- Qanday xislatlar ekan? — qiziqib so’radi Zayd.
- Vazminlik va halimlik.
- Menda Alloh va Rasuli yoqtiraligan xislatlarni bor etgan Allohga hamdlar bo’lsin, — dedi quvonch bilan Zayd. So’ng yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yuzlandi:
- Yo Rasululloh, menga uch yuz otliq askar bering, Men Rum shaharlariga yurish qilib, ularni itoatingizga keltirishga kafilman.
Payg’ambar janoblari Zaydning himmatiga qoyil qoganlarini izhor qildilar:
- Sen ajoyib insonsan, ey Zayd... Ajoyib insonsan!

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #97 : 05 Yanvar 2010, 06:46:08 »
Zaydning qavmdosh hamrohlari ham islomga kirishdi. Qaytish fursati kelib, yangi musulmonlar yurtlari Najdga jo’nab ketarkanlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular bilan vidolashdilar va yana bir bor Zaydga:
Qandoq ajoyib odamsan-a! — deb qo’ydilar.
Eh, agarda Zayd Madina vabosidan omon qolganida edi; qancha shon-shuhratga burkangan bo’lardi?!
O’sha paytda Madinani bezgak vabosi chulg’agan edi. Zaydul Ð¥oyr ham shahardan chiqib ulgurmasidan bezgakka chalindi. Yo’lda hamrohlariga:
- Qays qabilasi diyorini aylanib o’tamiz. Johiliyat ahmoqligi sabab ular bilan qonli janglar qilganman. Endi musulmon bo’lganimdan keyin to Allohga yo’liqquncha nohaq birovning qonini to’kmaslikki ahd etdim, — dedi.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #98 : 05 Yanvar 2010, 06:46:40 »
Musulmonlar Najd sari yurishni tezlashtirdilar. Zaydning ahvoli tobora og’irlashar, dam-badam bezgak xuruj qilib turar, ammo u hamrohlarini yana ham shoshirardi. Chunki u tezroq qavmiga yo’liqib, ularning hammasini Allohning diniga kiritish ishtiyoqi balan yonardi.
Inson va ajal o’rtasidagi kimo’zar poygasi qizigandan — qizidi. Ammo bari-bir ajal epchillik qildi, Allohning irodasi ustun keldi. Zaydul Ð¥oyr diyoriga yetib bormay, yarim yo’lda jon taslim etdi. Uning islomi bilan o’limi orasida shu qadar oz fursat bo’ldiki, hatto bironta gunoh qilishga ham ulgurmadi.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #99 : 06 Yanvar 2010, 05:34:03 »
ADIY ibn ХOТIM at-ТOIY

Ular kofir bo’ldnlar, sen iymon keltirding.
Ular inkor qildilar, sen e’tirof etding.
Ular xiyonat qildilar, sen vafo qilding.
Ular yuz o’girdilar, sen qabul etding.
Umar ibn Хattob

Hijratning to’qqizinchi sanasida arab hokimlaridan biri uzoq vaqt iymonga kelmay, bosh tortib yurishdan so’ng islomga kirdi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga itoat izhor etdi. U saxiyligi tillarda doston bo’lgan Ð¥otim Тoiyning o’g’li Adiy edi.
Hokimiyatni Adiy otasidan meros sifatida qabul qildi. Toy qabilasi uni o’ziga rahbar deb tan oldi, g’animatdan chorak qismini topshiradigan, aytgan har bir so’zini quloq qoqmay bajaradigan bo’ldi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hidoyat va haq da’vatini oshkor e’lon qilib, arab qabilalari asta-sekin u kishiga bo’ysunayotgan paytda Adiy bu jarayon ommaviy tus olishi va uning rahbarligiga chek qo’yishi mumkinligi xavfini sezdi. Shu bahona da’vat sohibini qattiq yomon ko’rib qoldi. Vaholanki, u kishini na o’zlarini ko’rgan edi va na so’zlarini eshitgan edi. Bu adovat, chamasi, yigirma yil davom etdi. Oxiri Alloh taolo Adiyning qalbida haqqa va hidoyatga moyillik uyg’otdi.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #100 : 06 Yanvar 2010, 05:36:22 »
Adiy ibn Хotimning islomga kelish qissasi ajoyib va unutilmasdir. U bu voqeani quyidagicha yod etadi:
- Arablar ichida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni menchalik yoqtirmaydigan odam yo’q edi. Men u kishini eng avvalgi xabarlarini eshitgan onimdan buyon yomon ko’rardim. Chunki qavmimda sharafli edim, nasroniy diniga e’tiqod qilardim. Molu davlatim behisob edi — xuddi boshqa arab polshohlari singari qavmimning topgan-tutganidan chorak qismini shaxsiy xazinamga o’zlashtirib olardim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning og’izlarda yurgan ba’zi da’vatlari ilk marta qulog’imga chalingan paytdayoq ko’nglimda g’ashlik uyg’ondi. U kishining ta’sir doiralari kengayib, tobe’lari ko’payib, musulmon qo’shinlari atrofdagi arab yerlarini ketma-ket fath qilayotgan vaqtda tuyaboqar g’ulomimni chaqirib, qattiq tayinladim:
- Senga muhim topshiriq bor — bir necha baquvvat, tezyurar tuyalarni ajratib, kechayu kunduz safarga shay holda tutib tur. Agar Muhammadning odamlari bu tarafga bostirib kelayotganini eshitsang, zudlik bilan menga xabar ber.
Bir kuni g’ulomim chopib huzurimga keldi.
- Ð¥ojam, — dedi halloslab, — Muhammadning odamlari kelsa, nima qilmoq niyatida bo’lsangiz, o’shani bajarish fursati yetdi.
- Nega? Nima bo’ldi? Тinchlikmi? — so’radim men.
- Vodiy to’la odamlarni ko’rdim. Kimligini surishtirsam, "Muhammadning askarlari" deyishdi! — javob berdi g’ulom.
- Men aytgan tuyalar tayyormi? Hammasini haydab kel.
Shunday deb darhol ayni oilamni, bola-chaqalarimni to’pladim. Ularni yaqinlashib kelayotgan xavfdan ogohlantirib, safarga otlanishni buyurdim. Hamma tayyor bo’lgach, vaqtni paysalga solmay, yo’lga tushdik. Niyatim — Shom shaharlaridan biriga borib, nasroniy e’tiqodidagi dindoshlarim safiga qo’shilish edi.
Qattiq shoshilganim tufayli safar oldidan hamma qarindoshlarim to’planganmi — yo’qmi tekshirishga fursat topolmagandim. Bexavotir joyga yetib olgach, barcha ahllarimni birma-bir nazardan o’tkazib chiqdim. Ne ko’z bilan ko’rayki, karvonda singlim yo’q! U Najdda. qabiladoshlarim orasida qolib ketgandi.
Orqaga qaytishga yuragim dov bermadi. Noiloj, boshqa qarindoshlarim bilan safarni davom ettirdim. Shomga yetib borib, dindoshlarim qatoridan maskan topdim, ammo singlim yonimda emasligidan ko’nglim tishvish va xavotirga to’la edi.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #101 : 06 Yanvar 2010, 05:39:25 »
Bir necha kun o’tgach, mendan keyin yurtimda bo’lib o’tgan voqealar xabari Shomga yetib keldi. Muhammadning askarlari diyorimizni zabt etib, ba’zi asirlar qatori singlimni ham Yasribga olib ketishdi. Ularning hammasi masjid yonidagi asirlar saqlanadigan manzilga joylashtirildi. Payg’ambar alayhissalom o’tib ketayotganlarida singlim o’rnidan turib:
- Yo Rasuludloh, mening otam vafot qilgan, og’am g’oyib bo’lgan. Mendan muruvvatingizni darig’ tutmang, Alloh sizga muruvvat ko’rsatsin, — deb xitob qildi.
- Og’ang kim? — so’radilar u kishi.
- Adiy ibn Хotim.
- Ha, Alloh va Rasulidan qochib yurgan kishimi?!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshqa hech narsa demasdan o’tib ketdilar. Ertasiga singlim yana bir marta murojaat qildi. Javob xuddi kechagiday bo’ldi. Noumid bo’lgan singlim indiniga Sarvari Olam o’tib ketayotganlarida o’rnidan turmasdan o’tiraverdi. Shunda orqadan bir kishi:
- Тur o’rningdan. U kishi bilan yana bir karra gaplashib ko’r, — deb maslahat berdi.
Singlim daldadan yana umidlanib, o’rnidan turdi va :
- Yo Rasululloh, mening otam vafot etgan, og’am g’oyib bo’lgan. Siz menga yaxshilik qiling, mukofoti Allohdan qaytsin, — dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rozi bo’ldilar.
- Men Shomga, qarindoshlarim oldiga ketmoqchiman, — dedi singlim.
- Ammo sen Shomga yetib olishing uchun qavmdoshlaring orasidan bironta ishonchli xamroh topilguncha shoshilma. Agar o’shandoq odamning daragi chiqsa, menga bildir, — dedilar u kishi.
Payg’ambar alayhissalom ketgach, singlim boya yana bir marta gaplashib ko’rishni maslahat bergan kishi kim ekanligini- surishtirdi. "Ali ibn Abu Тolib", deb javob qilishdi unga.
Bir necha kundan so’ng Yasribga tanish savdogarlardan iborat karvon kirib keldi. Singlim Payg’ambar alayhissalomning oldilariga borib:
- Yo Rasululloh, qavmdoshlarimning karvoni shahringizga keldi. Ular ishonchli odamlar, — dedi.
Sarvari Olam singlimga yaxshi liboslar va tuya hadya qildilar, yo’l xarajatlariga yetadigan mablag’ bilan ta’minlab, jo’natib yubordilar.
Biz singlimni kelishini ko’zimiz to’rt bo’lib kutardik. Har bir sayyohdan uning xabarini daraklardik. Ba’zan "nahotki shu gaplar rost bo’lsa-ya?!" deb taajjublanardik. Mening unga munosabatim qanday edi-yu, uning menga qilgan ehsoni qanday bo’ldi!
Kunlardan bir kun oilam davrasida o’tirganimda biz tomon kelayotgan ustiga xavdaj (ayollar minishi qulay bo’lishi uchun tuyaning ustiga o’rnatiladigan moslama) o’rnatilgan tuyaga ko’zim tushdi.
- Hoynahoy, Ð¥otimning qizi, — dedim yuragim hapqirib.
Qarasam, xuddi o’zi! Тuya to’xtashi bilan u menga malomatli so’zlarni otdi:
- Mehrsiz, zolim... Ð¥otinlarining esingdan chiqmapti, bola-chaqang esingdan chiqmapti, ammo Ð¥otimdan qolgan yolg’iz yodgorlik — jigaringni unutibsan-da!
- Qo’y, singiljon, shundoq ham kabob bo’lgan bag’rimni battar kuydirma, — dedim men yolvorib.
Singlim ahvolimli tushuidi. Keyin ko’rgan-kechirganlarini batafsil so’zlab berdi. Bizga yetib kelgan xabarlarda mutlaqo yolg’on yo’q ekan. Singlim qat’iyatli va oqila ayol edi. Men unga maslahat soldim:
- U odam (ya’ni Muhammad alayhissalom) haqida fikring qanday?
Singlim javob berdi:
- Mening fikrim shuki, sen zudlik bilan borib, unga qo’shilishing kerak. Agar u, darhaqiqat, payg’ambar bo’lsa, peshqadam va afzal sohibiga aylanasan. Agar podshoh bo’lsa, senday odam, albatta, podshohlar xuzurida xor bo’lib qolmaydi.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #102 : 06 Yanvar 2010, 05:41:26 »
Safar anjomlarini taxt qilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan uchrashish uchun Madina sari yo’l oldim. U kishi menga maktub yo’llamagan edilar, hayotimga omonlik ham bermagandilar, ammo "Alloh Adiyni mening oldimga olib kelishini umid qilaman" degan gaplari qulog’imga chalingan edi. Shuning uchun masjidga, u kishining huzuriga bamaylixotir kirib, salom berdim.
- Mehmon kim bo’ladi? — so’radilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.
- Adiy ibn Ð¥otim, — o’zimni tanitdim men.
U kishi o’rinlaridan turdilar. Bilagimdan tutib, uylari sari yetakladilar. Biz masjiddan chiqar-chiqmas kichkina bola yetaklagan munkillagan kampir Payg’ambar janoblarini to’xtatdi va hojatini arz qilib, uzoq vaqt ushlab qoldi. U kishi kampirning so’zimn bo’lmay, diqqat bilan tingladilar va talabini qondirdilar. Men esa kutib turardim. Shunda o’zimcha "Yo’q, Ð¥udo haqqi, bu odim podshoh emas", deb o’yladim.
So’ng biz u kishining manziliga kirdik. Sarvari Olam ichiga xurmo daraxtining po’stlog’i to’ldirilgan ko’rpachani solib, o’tirishga taklif qildilar. Men hijolat bo’lib, rad etdim. U kishi qo’yarda-qo’ymay meni ko’rpachaga o’tqazib, o’zlari yerga o’tirdilar, chunki xonada boshqa jihoz yo’q edi. Mening xayolimga yana bir marta "Yo’q, Ð¥udo haqqi, bu odam podshohga o’xshamaydi", degan fikr keldi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga yuzlanib:
Ð¥o’sh, Adiy ibn Ð¥otim, sen nasroniylik na sobiiylik o’rtasida omuxta bo’lgan rakusuy dinida emasmisan? - dedilar.
Men "ha", dedim.
- Sen, dining halol hisoblamasa-da, qavmingni topgan-tutganidan chorak qismini o’zingga olasan-a?
Men yana tasdiqladim va aniq bildim: bu kishi, shubhasiz, payg’ambar.
Allohning elchisi davom etdilar:
- Ey Adiy, seni haq dinga kirishingga mone’lik qilayotgan narsa, hoynahoy, musulmonlarning hojatmand va faqirliklari bo’lsa kerak, ammo, bilib qo’y, tez kunda molu dunyo ularning oyoqlari ostiga sochilib ketadi, hatto uni olishga odam topilmay qoladi.
Balki, musulmonlarning ozligi, dushmanlarning esa ko’pligi seni haq dindan to’sayotgandir. Ð¥udo haqqi, tez kunda shunday xabarni eshitasan: qodisiyadan tuya minib chiqqan yolg’iz ayol hech qanday xavf-xatarsiz Baytullohning ziyoratiga borib keladi. U Allohdan boshqa hech kimdan qo’rqmaydigan bo’ladi.
Mulk, saltanat bugungi kunda musulmonlardan o’zgalarning qo’lida ekanligi seni haq dindan to’sib turgan bo’lishi ham ehtimoldan xoli emas. Allohning nomi bilan qasam ichib aytamanki, Bobil yeridagi oppoq qasrlar musulmonlar tarafidan fath etiladi, Kisro ibn Ð¥urmuzning xazinayu dafinalari ularning qo’liga o’tadi.

- Kisro ibn Ð¥urmuzning xazinalari? — ajablanib so’radim men.
- Ha, Kisro ibn Ð¥urmuzning xazinalari, — dedilar qat’iyat bilan Allohning elchisi.
Shunda men shahodat kalimasini aytib, islomga kirdim.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #103 : 06 Yanvar 2010, 05:43:03 »
Adiy ibn Ð¥otim uzoq umr ko’rdi. U:
Men janobimizning uchta bashoratidan ikkitasining haq chiqqanini guvohi bo’ldim, uchinchisining haqligini kelajak, albatta,- ko’rsatur. Qodisiyadan tuyasiga minib chiqqan ayolning yolg’iz o’zi Baytullohga hech qanday xavf-xatarsiz yetib borganini o’z ko’zim bilan ko’rdim. Kisro diyorini fath etib, unga islomni yetkazgan lashkarning birinchi safida bo’ldim. Allohning nomiga qasamki, uchinchi bashorat ham, shubhasiz, amalga oshajak, - deb takror-takror aytardi.

Alloh taolo o’z elchisining so’zlarini ro’yobga chiqarishni iroda etdi. Uchinchi bashorat zohidu obid xalifa Umar ibn Ablulazizning davrida amalga oshdi. Musulmonlarning dunyosiga shunchalik baraka kirdiki, hatto ko’chalarda jarchilar "Hoy musulmonlar, kim zakot molidan oladi?" deb jar chaqirib kerar, hech kim ularning chaqirig’iga javob bermasdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to’g’ri aytdilar. Adiy ibn Ð¥otim qasamxo’r bo’lib qolmadi.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: SODIQ SAHOBALAR QISSASI. Abdurahmon Ra'fat al-Bosho
« Javob #104 : 12 Yanvar 2010, 05:46:22 »
ABU ZAR al G’IFORIY

Tuproqli yer ustida, moviy samo ostida
Abu Zarchalik sodiq odam bo’lmagan.

Muhammad Rasululloh


Makkani tashqi olam bilan bog’lab turadigan Vaddon vodiysida G’ifor qabilasi istiqomat qilardi. G’iforiylar, asosan, tez-tez Shom shaharlariga qatnab turadigan Quraysh qabilasining savdo karvonlaridan olib qoladigan soliq hisobiga kun kechirardi. Agar savdogarlar vodiyliklarni rozi qilmasalar, talon-taroj uyushtirishdan ham toymasdilar.
Abu Zar kunyasi bilan tanilgan Jundub ibn Junoda ushbu qabilaning farzandlaridan biri edi, lekin qabiladoshlaridan qalb jur’ati, aql-zakovati va uzoqni ko’ra bilishi bilan ajralib turardi. Yana bir jihati bilan u atrofdagilarga o’xshamasdi: qavmdoshlari Allohga emas, qandaydir butu sanamlarga sig’inayotganidan yuragi qattiq siqilardi, arablarning buzuq din, fasod aqidalarini butunlay inkor etardi, yangi payg’ambar zohir bo’lishini, odamlarning qalbini iymonu e’tiqodga to’ldirib, zulmatlardan nur sari yetaklashini intizorlik bilan kutardi.

 

Sodiq sahobalar qissasi.

Muallif Shoxruh MirzoBo'lim Islomiy media

Javoblar: 14
Ko'rilgan: 7597
So'nggi javob 11 Iyun 2010, 17:18:09
muallifi Shoxruh Mirzo
Tohir Malikning "Jinoyatning uzun yo'li" qissasi haqida

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 7801
So'nggi javob 02 Dekabr 2010, 01:33:35
muallifi Nurdinboy
Chingiz Aytmatovning "Jamila" qissasi haqida mulohazalar

Muallif forumnnbBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 10852
So'nggi javob 22 Iyun 2011, 18:13:57
muallifi Kinjo
O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi haqida

Muallif forumnnbBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 15
Ko'rilgan: 27372
So'nggi javob 16 Mart 2014, 05:05:29
muallifi munlu
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari

Muallif AbdusalomBo'lim Islom

Javoblar: 37
Ko'rilgan: 90910
So'nggi javob 30 Noyabr 2013, 14:05:53
muallifi Ҳанафий