Hazrati Umar (r.a.) Rasuli Akram (s.a.v.)dan rivoyat qiladilar: "œAgar ummatimdan biror kishi Ramazon oyida uxlab yotgan vaqtida u yonboshidan bu yonboshiga ag‘darilib harakat qilsa, farishtalardan biri: "œXudoning rahmati va barokati bo‘lsin senga, turgin, namoz vaqti yetdi", deydi. Agar namoz ado etish niyati bilan tursa, o‘rin-ko‘rpasi: "œEy, bor Xudoyo, bu bandangga Jannat o‘rinlaridan ato etgin!" deb iltijo qiladi. Kiyinayotganida: "œEy, bor Xudoyo, bu bandangga Bihisht liboslaridan ato etgin", deydi kiyimlar. Oyoq kiyimlar bo‘lsa: "œEy, bor Xudoyo, bandangning qadamini Sirotda mustahkam qil", deydi va tahorat uchun obdastani olganida, suv bilan obdasta: "œEy, bor Xudoyo, bu ro‘zador bandangga Kavsar suvini serob et hamda gunohu xatolardan uni pok etgin", deyisharkan. Namozni boshlaganida xona va masjid: "œEy, bor Xudoyo, uning qabrini keng qil va uning qusurlarini mag‘firat etib, rahmat nazari bilan nigoh et", deydilar. Shunda Alloh taolo: "œEy bandam, endi namozdan keyin duo qil, ijobat etaman, mag‘firat tilagin, seni kechiraman", der ekan.
Muborak kunlarga yetkazgan Tangrim siz-u bizni sog‘-omon aylab, farzlarni ado etishimizda kuch-quvvat, sabr va mador bersin.