IYMON ZINALARI  ( 29147 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


ЖАМШИДЖОН  18 Avgust 2009, 12:40:13

Siz aziz birodarlar va opa singillar siz uchun ibrat bo'ladigan yana bir hikoya zotan shu hikoya qalblaringizni jumbushga keltirib IYMON SARI yo'lidan olib borishni nasib qilsin.

YANA BIR BOR IYMON ZINALARIGA HUSH KELIBSIZ DIYA HIKOYANI YOZA BOSHLADIM.


QABR A'ZOBI

Tush ko’rdim qabrlar yorilib o’liklar chiqib keldi va halqa halqa bo’lib o’tirishdi, so’ng ularga tepadan og’zi yopiq tovoqlar tushdi. Ular orasida bir yigit bo’lib, unga turli qiynoqlar bilan azob berilar edi. Unga yaqillashib e yigit bu qavm orasida nega sen azoblanyabsan deb so’radim. Ey solix olloh haqqi senga tayinlaydigan ishlarimi bajar omonatni ado et ahvolimga rahmin kelsin shoyad olloh azza va jalla sen tufayli meni bu azoblardan halos etsa dedi. Men vafot etganimdan so’ng onam yig’lovchi guyanda ayollarni to’plab ular jo’rligida kuniga dod voy solar aytib yig’lamoqda shu sababli men a’zoblanmoqdaman onamning yomon be’mani gap so’zi a’zasi bois ortimu oldim o’ngi so’limda olov olloh ularga meni nomimdan bularga yaxshi mukofatlar bermasin dedi va yig’lardi.
         Uning yig’isini ko’rib men ham ko’z yoshlarimni tiyib tura olmadim ey solix olloh haqqi onamning oldiga borgin ular falon joyda turadilar deb manzilni tushuntirdi va davom etib ketdi. Ularga mening nomimdan aytginki ona nega farzandingizga a’zob berasiz meni naqadar yomon tarbiyaladingiz qanchalar hunik saqladingiz o’lganimdan so’ng a’zobga tashladingiz ey ona ahvolimni bir ko’rsangiz edi. Bo’ynimda kishan oyog’imda tahtakach, a’zob farishtalari baqirib urib a’zob berishmoqda. Ahvolimni bir ko’rsangiz edi menga rahmingiz kelardi, agar hozirgi a’zodorligu va dod voylaringizni bas qilmas ekansiz u holda osmonlar yoriladigan barcha haloyiq hisob kitobga rubaru bo’ladigan kuni ikkimiz oramizda olloh hakam bo’lur.
       Chuchib uyg’ondim va ko’rgan tushimdan ta’sirlanib tonggacha uhlay olmadim. Tong otgach shaharga kirdim mening birdan bir maqsadim yigitni uyini topish edi, surab surushtirib uyni topib bordim. Darvoza qoraga bo’yalgan hovlida go’yandalar va a’zodarlarni yig’isi eshitilib turardi. Darvozani qoqqan edim bir kampir chiqib sizga kim kerak deb so’radi, o’lgan yigitning onasi kerak dedim, unda nima yumushingiz bor u o’z  qayg’usi bilan mashg’ul deb so’radi u, uni menga chaqirib bering uni o’g’lidan unga habar olib keldim dedim. Kampir hovliga kirib ketdi birozdan so’ng qop qora kiyim kiygan hadeb yig’layverganidan va shapatilaklarvergani sababli yuzi ham qorayib ketgan bir ayol chiqdi. Siz kimsiz deb suradi u, men solix muriy man, kecha kechqurun qabristonda shunday shunday voqealar ro’y berdi, o’g’lingizni ko’rdim u a’zobda qolgan, e onajon meni naqadar yomon tarbiyaladingiz qanchalar hunuk asrab avayladingiz, o’lganimdan so’ng esa a’zobga tashaldingiz agar a’zodorligu va dod voylaringizni bas qilmas ekansiz u holda osmonlaru yer yoriladigan kuni ikkimiz olloh hakam bo’lur deb zorlanayotgan  dedim.
         Ayol bu gapimni eshitgach yerga yiqilib hushidan ketdi. O’ziga kelgacha e o’g’lim meni kechir agar bu ahvolda ekanligingni bilganimda edi, bu ishlarni qilmas edim, meni qilgan ishlarimda olloh taologa tavba qildim deb qattiq yig’ladi. So’ng ichkariga kirib go’yandalarni tarqatib yubordi va boshqa kiyim kiydi, bir hamyon pul uzatib e solix buni o’g’lim nomidan exson qil dedi, duo qilib pullarni oldim va o’g’li nomidan sadaqa qildim.
         Keyingi juma tunida odatdagidek qabristonga borib tunadim, tushimda mayyitlarni ko’rdim ular qabrlaridan chiqib halqa halqa bo’lib o’tirdilar ularga tovoqlar tushdi, haligi yigit shod hurram hushchaqchaq edi. Unga ham tovoq keldi meni ko’rib oldimga keldi e solix olloh seni mukofotlasin onam qilayotgan nomaqul ishlarini tark etgani uchun olloh a’zobni yengillatdi. Meni nomimdan qilgan sadaqang ham yetib keldi dedi, bular qanaqa tovoqlar deb so’ragan edim, bular tiriklarning o’liklarga qilgan hayr  ehson hatmi quron va duo qilgan kabi hadiyalaridir, har juma kechasi ularga olib  kelishadida bu senga falonchini hadiyasi deyishadi, endi onamning oldilariga qaytib borganinda ularga salomimni va ushbu gaplarimni yetkaz. Onajon olloh sizni mukofotlasin menin nomimdan qilgan sadaqangiz yetib keldi, siz menga yaqinsiz, tayyorlagingizni ko’rin dedi.
            Keyin uyg’onib ketdim bir necha kun o’tgacha ayolning uyiga bordim eshik oldida tobut turgan edi. Kim qazo qildi deb so’ragan edim, yigitning onasi deyishdi, unga janoza o’qib o’g’lining oldiga dafn qildek, uning haqqiga duo qilib o’z yo’limga ravona bo’ldim.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  20 Avgust 2009, 09:12:34

Ikki kishi yer talashib biri bu yer maniki derkan, ikkinchi bu yer maniki derkan, shunda yer tilga kirib talashmalarin ikkoving ham menikisan derkan. Bu tuyg'uni tushunib yetganimizda qanidi.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  23 Avgust 2009, 12:14:43

Борлиқ мавжудотнинг Яратувчиси, Бошқарувчиси, танхо Хукмрони бслган Аллох таъолога беадад хамду санолар бслсин. Яхшиларнинг мададкори бслган сгона Аллохдан сзга ибодатга лойик зот йск. Башаристни залолат, гумрохлик боткогидан куткариб, хидост-тсгри йсл сари слтган Мухаммад алайхис-солату вассалом Аллохнинг суюкли бандаси ва хак пайгамбаридирлар. Огир ва масъулистли вазифани омонат билан, бекаму-ксст адо стган, умматларининг бахт-саодати йслида жафо чеккан бу зотга хамда ахли-байтларию сахобаларига, то киёматгача ул зотнинг йслларига чакирган, суннатларига сргашган барча кишиларга сратганнинг салавоту-саломлари бслсин.


А­й биродар, бугундан бошлаб шу йслни тажриба килиб кср, иккиланма. Ахир сзинг хар намозда: "Бизни Тсгри Йслга бошла" , (Фотиха: 6) остини скимайсанми?! Агар тсгри йслни ростдан хам истасанг, нима учун А аббингдан шуни ссрайсану, ундан юрмайсан?!

Сен бу дунёга алданиб колишдан, у сенинг ташвишинг ва максадингга айланиб колишидан нихостда схтиёт бсл. Чунки сен, канча ксп сшамагин, канчалик рохат-фарогат ичида бслмагин, бир кун келиб албатта хаётдан кетасан.

А­й биродар, сенга слим келган пайтда хали сен тавба килмаган бслсанг сенинг холингга вой бслсин. Агар сени тавбага чакирсалар-у, рози бслмасанг сенга хасрат-надоматлар бслсин.

А­й биродар, сртага борадиган жойинг учун амал килгин. Чунки олдингда слим сзининг сакаротлари (шиддати, талвасалари) билан, кабр сзининг зулмат ва дахшатлари билан сени кутиб турибди. У ерда скка-ёлгиз ётасан, у ерда хотин, бола-чакаларинг, ошна-огайниларинг, улфатларинг ва кариндош-уругларинг бслмайди. У ерда сен билан факат сзинг килган схши бслсин, ёмон бслсин амалларинг бслади, холос. А­ртага мана шу дахшатларга албатта рсбарс бсласан ва Аллохнинг олдида туриб катта-ю кичик хамма амалларингдан хисоб берасан. Шундай скан саволларга жавобни бугундан хозирлаб ксй.

"Ларвардигорларингиз номига касамки, албатта, уларнинг барчасидан килиб стган иш-амаллари хакида ссраймиз". (Хижр: 92-93)

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  23 Avgust 2009, 12:18:01

Дунёдан стган кишиларни ссла. Куни келиб, албатта сен хам бу ердан кетасан.

Лекин ёдингда бслсин, сен хозир амал майдонидасан, тавба килишга ва схши амалларингни кспайтиришга кодирсан. Улар сса дунёга сна бир лахзага бслса-да кайтиш, тавба килиб олиш учун бор нарсаларини беришга тайёрлар. Афсуски улар учун снди кеч бслди.

" Аллохга рсбарс бслишни ёлгон деб юрган кимсалар то тссатдан киёмат келиб колганда устларига гунохларини оркалаб олган холларида : " У ( дунё ) да килган сусткашлигимизга хасрат - надоматлар бслсин ", деб коладиган пайтларигача сзларига зиён килаверадилар . Ў , накадар ёмон нарсани оркалаб юрадилар - а !". ( Анъом : 31)

А­й биродар , сен уларнинг хатосини кайтариб , пушаймон фойда бермайдиган пайтда афсус - надомат бармогини тишлаб колишдан схтиёт бсл . Модомики имкон бор скан , сзингни дсзахдан халос ст . Акс холда сен : " Ларвардигоро , мени ( сна хаётга ) кайтаринглар , шосд мен колган умримда схши амал килсам " , ( Мсъминун : 100) деган пайтингда сенинг бу илтимосинг кабул килинмай колади .

Аллох таолодан бизларни Ўзи схши ксрган ва рози бсладиган ишларга йсллаб ксйишини хамда ссзларга кулок тутиб , уларнинг снг гсзалига сргашадиган бандаларидан килишини ссраймиз . У зот албатта бунга Кодирдир.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  25 Avgust 2009, 17:36:46

G’ a f l a t

Hasan Basriy bir janoza dafnida qatnashgandan keyin o‘sha qabr yonida o‘tirib shunday dedi: «Oxiri shu bo‘ladigan ishning avvalidan zohid bo‘lishga arziydi. Avvali shu bo‘lgan ishning oxiridan qo‘rqishga arziydi». Birinchi iboradagi "avvalidan" murod dunyo, keyingi iboradagi "Avvali"dan murod qabr.
Duo:
Ilohim, bizga rahm qil, qabrimiz yuvilib, nomimiz unutilib, zikrimiz o‘chib ketganda...
Bizni biron eslovchi eslamaganda...
Bizni biron ziyoratchi ziyorat qilmay qo‘yganda...
Ilohim, rahm qil, ahlimiz bizni yuvganlarida...
Ilohim, rahm qil, ular bizni kafanlashganda...
Ilohim, rahm qil, ular bizni yelkalarida ko‘tarishganda...
Kasseta tez aylanardi. Men imomning duosini ishtiyoq va diqqat-e’tibor bilan tinglab o‘tirardim. Bu duoni ikki marta qaytarib eshitdim. Uning aytgan gaplari va qilgan duolari hammasi haq. Yaqinda bizning ham hayotimiz tugaydi, keyin yuvilamiz, kafanlanamiz va nihoyat yerning tagida lahadga qo‘yilamiz, keyin bizning nomimiz ham unutiladi. O’sha xushu’ bilan aytilgan duo meni biroz to‘htatib qo‘ydi. Men yana kassetani uchinchi bor qaytarib eshitaman...
Opam nihoyatda g‘ayratli da’vatchi qiz edi. U meni namozlarga va boshqa ibodatlarga doimo rioya qilishim uchun o‘zida bor kuch, g‘ayrat va imkoniyatlar, yaxshi so‘z, kassetalar va kitoblar bilan harakat qilardi.
Kunlarning birida, u men bilan birga mashinamda ketayotganimizda suhbatlashib qoldik va mashinadan tushmoqchi bo‘lib turganimizda opam bir  kassetani magnitafonga qo‘ydi. Ertasiga chiqib, o‘zim sezmagan holda, odatiy harakat bilan magnitofonni ishlatdim. Vaholanki, men unda nima borligini ham eslolmayman, lekin odatdagidek o‘zim yaxshi ko‘radigan xonanda ayolning qo‘shig‘ini kutardim. Lekin Alloh o‘sha imomning kassetasi bo‘lishini xohladi.
U kassetani o‘sha kuni ertalab eshitdim, kechqurun eshitdim va xuftondan keyin yana qaytarib eshitdim. Opamdan:
- Sen  qanaqa kasseta  qo‘yganding?- deb so‘radim
- Senga yoqdimi?- dedi.
- Shubhasiz,- dedim, unga.
Odatda men hecham bunday xursand bo‘lib javob bermasdim, u xursand bo‘ldi. Qo‘lida kitob bor edi, uni yoniga qo‘yib, qayta so‘radi:
- Imomning ovozi, qiroati senga yoqdimi?
Men unga:
- Ha,- dedim.
Bu javob uzun suhbatning muqaddimasiga aylanib ketdi. Bunaqa suhbat ko‘p takrorlanib turardi, lekin bu safar ko‘p o‘zgarish bo‘ldi. Oxirida u menga shunday dedi:
- Men senga hozirgina o‘qigan narsamni o‘qib beraman:
"œHasan Basriy o‘z do‘stlari bilan hoholashib kulib o‘tirgan yigitning yonidan o‘tib qoldi va unga aytdi:
- Ey yigit, Sirot ko‘prigidan o‘tib bo‘ldingmi?
- Yo‘q.
- Jannatga tushasanmi yoki do‘zaxga, aniq bildingmi?
- Yo‘q.
- Unda bu kulgining boisi nima?!"
Biz biroz jim bo‘lib qoldik. Keyin opam menga qarab, shunday dedi:
- Qachongacha bu g‘aflat?...


Abdulloh muslim

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  25 Avgust 2009, 17:41:17

OLIM VA YIGIT

Xorijiy davlatda uzoq muddat ta’lim olib qaytgan yigit o‘zining dindor ota-onasidan uning 3 ta savoliga javob bera oladigan diniy olim yoki biror mutaxassis topib berishlarini so‘radi. Nihoyat, ota-onasi bir musulmon olimni topishga muvaffaq bo‘lishdi"¦
Yigit:
- Siz kimsiz? Mening savollarimga javob bera olasizmi?
Olim:
- Men Alloh Subhonahu va Taoloning bandalaridan biriman. Inshoalloh, sening savollaringga javob berishga   qodirman.
Yigit:
- Rostdan-a? Ko‘pgina professorlar va mutaxassislar mening savollarimga javob topishdan ojiz qolgan edilar.
Olim:
- Men Allohning tavfiqi ila imkon qadar javob berishga harakat qilaman.
Yigit:
- Mening uchta savolim bor. Bular  quyidagilar:
1. Alloh mavjudmi? Shunday bo‘lsa, menga Uning shaklini ko‘rsating.
2. Taqdir nimadir?
3. Agar shayton olovdan yaratilgan bo‘lsa, nima uchun oxir oqibat u o‘zi kabi o‘tdan iborat bo‘lgan jahannamga uloqtiriladi? Shayton va jahannam o‘tdan yaratilgani sababli shayton bundan zarracha ozor topmaydi-ku! Shu haqda Alloh o‘ylamaganmi?
Savollar tugar ekan, olim kishi birdan ro‘parasidagi yigitning yuziga qattiq tarsaki tortib yubordi.
Kutilmagan zarba alamidan yigit o‘zini yo‘qotayozdi.
- Nima uchun mendan g‘azablanayapsiz?
- Men g‘azablanayotganim yo‘q. Bu tarsaki sening uch savolingga bo‘lgan javobdir.
- Sizni tushunmadim.
- Mening shapalog‘imdan so‘ng nimani his etding?
- Albatta og‘riqni  his qildim.
- Demak, og‘riqning borligiga ishonasan, shundaymi?
- Albatta.
- U holda menga og‘riqning shaklini ko‘rsat-chi!
- Qanday   qilib? Bunga qodir emasman-ku.
Shunda olim yigitchaga bunday dedi:
- Bu mening birinchi javobimdir: biz hammamiz Allohning shaklini ko‘rishga qodir bo‘lolmasak-da, Uning borligini his etamiz"¦
Olim so‘zida davom etdi:
- O’tgan kecha mening senga tarsaki tortishimni xayolingga keltirganmiding?
Yigit:
- Yo‘q.
Olim:
- Qachondir men senga bugun tarsaki tortishim haqida o‘ylaganmiding?
Yigit:
- Yo‘q.
Olim:
- Mana shu taqdir bo‘ladi!
Yana olim dedi:
- Senga shapaloq tushirgan qo‘lim nimadan yaratilgan?
Yigit:
- Teridan.
Olim:
- Yuzing-chi? U nimadan yaratilgan?
Yigit:
- U ham teridan yaratilgan.   
Olim:
- Yuzingga tarsaki tushirganimdan so‘ng nimani his etding?
Yigit:
Og‘riqni.
Shunda olim dedi:
- Shayton va jahannam ham olovdan yaratilgan bo‘lsa-da, Allohning xohishi    bilan jahannam shayton uchun nihoyatda azobli joy bo‘ladi.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  26 Avgust 2009, 08:50:21



YaXShI DO’ST

Abulloh ibn Umarga: "œFalonchi ansoriy vafot qildi", deb aytildi. U: "œAlloh uni rahmat qilsin", dedi. "œBechora yuz ming tashlab ketdi", dedilar. U: "œLekin pullar uni tashlab ketmadi" (ya’ni pullarning ajr-savobi Oxiratda u bilan birga bo‘ladi), dedi.
 
U qattiq pul kasodiga uchrab, ahvoli og‘irlashdi. Qo‘lidagi mollari kamayib, do‘stlari tarqab ketishdi. U o‘n yil oldin ishdan o‘z istagi bilan bo‘shagani va erkin tijorat ishlariga o‘tib ketganini eslaydi. Ishdan bo‘shagandan keyin ahvoli yaxshilandi, mollari ko‘paydi, katta hovliga ko‘chib o‘tdi, ikkinchi xotinga uylandi. Safarlarining sanog‘i yo‘q, lazzatlarga va harom ishlarga haddan tashqari sho‘ng‘ib ketdi. Azonni eshitadi, masjid uning ishxonasidan bor yo‘g‘i bir necha metr uzoqlikda- yu, lekin u namozga chiqmaydi, balki anchagina vaqtdan beri, Allohga biror marta sajda qilmadi. U judayam "œband, vaqti yo‘q" edi.
Uyida u bamisoli hayvon — yeydi, ichadi va uxlaydi. Hattoki, farzandlarining tarbiyasi ham uni qiziqtirmaydi. Biron kun ulardan so‘ragan emas: ular namozni biladilarmi yoki yo‘qmi? Dunyo topishda halol bilan harom uning oldida bab-barobar. Mol topish yo‘li uni qiziqtirmaydi. Eng muhimi natija — foyda. Bu uning tijorat qoidasi edi.
Lekin o‘tgan ikki yil mobaynida uning tijorat ishlari yomonlashdi. Qilgan ishlari va topgan foydalarini saqlab qolish uchun bo‘lmaydigan narsaga harakat qila boshladi. Shuning uchun uning ishlari tartibsizlik tusini ola boshladi. Bamisoli u najot topib qolishni xohlayotgan cho‘kayotgan odamga o‘xshardi. Makkor kishilar unga bu rejani, u rejani maqtab, chiroyli qilib ko‘rsata boshladilar. Bu reja puchga chiqib, o‘ngidan kelmadi. Unisi esa unga to‘langan mablag‘ning yarmiga teng. Ikki yil orasida qarz bergan kishilar ko‘payib ketdi, muammolari undan ham ko‘paydi. Ishdan bo‘shashdan ilgari qanday bo‘lganini esladi. Hozir xarajatlari ko‘p daromadi oz. Banklardan qarz ola boshladi. Bir yil ichida uning ustida qarzlar uyulib ketdi va ularni qaytarishga imkoni yetmay qoldi. U hayotda yangi bosqichga o‘tdi. Mahkamalar va tez chora ko‘rish muassalariga murojaatlar, chaqiruvlar. Uning ishi faqat qarz bergan kishilarning haqlarini boshqa vaqtga kechiktirishga urinish bo‘lib qoldi. Oylar o‘tdi, qarzlarni berish vaqti keldi. G’am-tashvish, hafagarchiliklar boshlandi. Qarz bergan kishilar gohida tahdid qilishar va qo‘rqitishar, gohida esa shikoyatlar qilishardi... Qo‘l ostidagi barcha mulkini sotdi. Hovlisi, mashinalari, yerlari, tijorat mollarini, bularning hammasini sotdi.  Shu bilan u qarzlarining katta qismini to‘ladi. Qolgan qarzlarining egalari unga rahm qilib, muhlat berishdi. Xotini va o‘nta bolasi bilan bir kichkina uyga ko‘chib o‘tdi. Endi haydovchi va xizmatchilar uning oldida yo‘q. Tunlarni g‘am va alamlarda o‘tkazardi. Shu musubatlar asnosida uning ko‘ngliga do‘sti Muhammadni ziyorat qilish kelib qoldi. U bunga pul bilan yordam qilishi mumkin. Chunki u go‘dakligidagi do‘sti va xizmatdagi og‘aynisidir.
Muhammad, bundan ikki yil oldin uni ziyorat qilib kelganda, bu yaltiroq manzaralardan, muzika ovozlari va shovqin-suronlardan ko‘ngli siqilib ketganiga qaramasdan, uning oldiga borsinmi yoki yo‘qmi, bilmasdi. Lekin u borishga muhtoj. U reja tuzdi va borishga munosib vaqtni ixtiyor qildi. Ertasiga kunduzi, asr vaqtining o‘rtalarida kiyimini kiydi. Eshik qo‘ng‘irog‘i chalinyapti.
- Kim?... Meni yo‘q deb aytinglar.
U uyning egasi, ijara haqqini so‘rab kelibdi.
- Otangiz qani?
- Uyda yo‘qlar.
Uyning egasi eshikdan uzoqlashib ketsin uchun yarim soat kechikishga majbur bo‘ldi. Shoshilib chiqib, mashinasiga o‘tirdi va Muhammadning uyiga yo‘l oldi.
O’sha eski uy, uni o‘zgartirmabdi. Shom namozining azonidan keyin, Muhammadning uyiga yetib bordi.
Eshikni qoqadi...
- Kim?
- Men Solih, Muhammad qaerda?
- Masjidga ketgan, namozdan keyin keladi.
U sayyorasiga o‘tirdi va boshini ham qildi. Odamlar uning oldidan masjidga o‘tib ketayotganlarida, u sayyorada kutib o‘tirishni o‘ziga ep ko‘rmadi. Keyin Muhammad chiqib, uning jamoat bilan namoz o‘qimaganini ko‘rsa, nima bo‘ladi, so‘ng qayoqqa boradi?
Tahoratim yo‘q. Huuv ana masjid. Tahorat qilib, so‘ng masjidga kirdim va namozning ikkinchi rakatiga ulgirdim.
Namozdan keyin shayxlardan biri turib, mikrofonni qo‘liga oldi. Allohga sano va rasuluga salovat aytgandan keyin: "œVaqtingizdan menga faqat besh daqiqa ajratishingizni so‘rayman",- deya murojaat qildi va TOAT haqida gapira boshladi. "œToat baxtli hayotning sababchisidir. Alloh taoloning ushbu so‘zini eshitmaganmisizlar?! "œKim Mening zikrimdan yuz o‘girsa, uning uchun og‘ir hayot bordir...". Hayotda insonning to‘g‘ri bo‘lishiga ham to‘xtalib o‘tdi. Allohga yuzlanishning ba’zi foydalarini sanadi. Rizq haqida gapirdi. Shunda men uni ko‘rish uchun boshimni ko‘tardim, chunki bu meni qiziqtiradigan narsa. Keyin Alloh taoloning ushbu so‘zini tafsir qildi: "œKim Allohdan qo‘rqsa, U zot uning uchun (barcha g‘am-kulfatlardan) chiqar yo‘lni (paydo) qilib beradi va uni o‘ylamagan tomonidan rizqlantiradi". Rizq senga sen qoqmagan va sen kutmagan eshiklardan keladi",- deb eslatdi.
U o‘z va’dasiga vafo qilib, besh daqiqada so‘zini tugatdi. Men ichimda: "œQani endi u va’dasiga vafo qilmasdan uzoqroq gapirsaydi",- der edim, chunki uning so‘zlari qalbimga kirib borgan edi. Men qaerdayu, bu oyat va hadislar qaerda! Men bu qiynchiliklardan ilgari Allohni tanimay, adashib yurgan edim. Allohga shukr, men uni tanidim. Uning so‘zlari menga ta’sir qildi, chunki, qalbimda ko‘p g‘amlar bor va men moddiy tomondan shikastadilman... Uning so‘zlari menga ta’sir qildi, chunki u, bular gunohlar sababli ekanini aytdi. Men g‘aflatda ekanimni esladim. Ko‘zimdan yosh oqdi... Chuqur xo‘rsindim...
Masjiddan chiqdim. Muhammad bilan ko‘rishdim, so‘ngra uning uyiga kirdik. "œMa Sha Alloh!". U bir umrlik haqiqiy do‘st ekan. Atrofimdagi do‘stlarimning barchasi qochib ketgan bir vaqtda, u meni olqishlab kutib oldi-ya!:
- Bolalaring yaxshimi, sog‘liging qanday, nima yangiliklar?
- Ey Muhammad, shoshilma, senga hammasini aytib beraman.
Suhbatimiz uzoqqa cho‘zildi, men unga hammasini batafsil gapirib berdim. So‘zimni tugatganimdan keyin, menga hayotimda birinchi marta eshitayotgan javobni berdi:
- Bu Allohning senga bo‘lgan marhamati. Haloldan ko‘ra ko‘proq haromni yeding, diniy burchlaringni tashlab qo‘yding va Allohdan uzoqlashding. Ehtimol bunda moddaning hech qanday ma’nosi yo‘qligini bilib olishing uchun, sening qalbingni uyg‘otish bordir, balki Alloh seni hadisga muvofiq hisob-kitob qiladi: "œKishi to‘rt narsadan — umrini nima bilan o‘tkazgani, yoshligini nimada ketkizgani, molini qaerdan topib, qaerga sarflagani va nimaga amal qilgani haqida so‘raladi". Lekin har holda, Allohga shukr...  Qancha qarzing qoldi? Qolgan barcha qarzlaringda seni o‘z kafilligimga olaman. Mana bu qo‘shni uy meniki. Besh yil oldin sotib olganman. Ijaraga o‘tiruvchi chiqib ketganiga ikki oy bo‘ldi. To Alloh ishlaringni oson qilgunicha, menikida yashaysan, deb menga qasam ichib turib oldi. Xayrlasha turib, uni quchoqladim. Bir so‘z bilan aytganda, u xulq-atvorli, diyonatli, yaxshi odam.
Bir haftadan keyin Muhammadning yonida qo‘shni bo‘lib yashay boshladik. Har dushanba kuni uning ba’zi birodarlari bilan yig‘ilishlari bo‘lib, unda diniy kitoblardan o‘qiydilar. O’gillarim masjidda uning bolalari bilan Qur’on yodlay boshladilar.
Hayot mazasini totiy boshladim. Ishlarim kundan-kunga yaxshilandi. Bundan ham muhimrog‘i dinim va uyim yaxshilana boshladi. Bomdod namozidan keyin to quyosh chiqqunicha, masjidda o‘tiraman.
Qalbimda iymon quyoshi o‘z nurlarini socha boshladi!

Xolislik sari dasturidan

Qayd etilgan


IXLOS  26 Avgust 2009, 09:58:34

Бисмиллаҳир А оҳманир А оҳим.
Абу Саъид розисллоҳу анҳудан ривост қилинади: «Лайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Вақтики, бир кишини масжидга қатнашга аҳд қилганини ксрсангиз, унинг иймони ҳақида гувоҳлик берингиз. Чунки Аллоҳ таоло: «Албатта, Аллоҳнинг масжидларини ким Аллоҳга ва охират кунига иймон келтирса, намозни тскис адо қилса ва закотни берсагина, обод қилади»-деган», дедилар. (Термизий ривост қилган).


Анас ибн Молик розисллоҳу анҳудан ривост қилинади: «А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Уч нарса борки, улар кимда бслса, Иймон ҳаловатини топади; Аллоҳ ва Унинг А асули унинг учун икковларидан сзга ҳамма нарсадан маҳбуб бслмоқлари, бир кишига—фақат Аллоҳ учунгина муҳаббат қилмоғи ва куфрга қайтишни худди оловга ташланишни ёмон ксргандек ёмон ксриши», дедилар. (Бухорий, Муслим, Термизий, Аасаий).


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  09 Sentyabr 2009, 08:54:40

Insoniyat mavjudligining butun tarixi davomida ko‘plab foydali va g‘aroyib narsalar o‘ylab topilgan. Qilingan xarakatlar tufayli xozirgi inson xar doimgidan ko‘ra keng imkoniyatlarga egadir, va u moddiy boyliklar va qulayliklardan foydalanadi. Yoki, xar xolda, bunday boyliklar va qulayliklarga ega bo‘lish imkoniyatiga egadir. Ertangi kun xaqida biron narsa aytish qiyin, ammo ertani bashorat qilishni jur’at etganlarga quloq solsangiz, bizning olam dunyoviy ne’matlarga oshiq bo‘lganlarga shunchalik jozibali bo‘lar ekanki, u xatto o‘zi bilan jannat obrazini to‘sib qo‘yar ekan. Insonlar, dunyoviy roxat va xalovatga intilishlarida, xayot mazmuni faqatgina yeyish, ichish, uxlash va kayf-safo surishdan iborat deb o‘ylar ekanlar.

Extimol, insonlar o‘z ixtiyorlarini bu dunyodagi farovonlik va qulayliklarga beradilar. Sivilizatsiyaning barcha ne’matlarini xozirgi kunda dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida olish mumkin, rivojlanayotgan mamlakatlar esa, yengib bo‘lmas ishtiyoq bilan bunday ne’matlar sari intilmoqdalar. Bugungi kunda, "œmoddiy barqarorlik va komfort" iborasi afsun kabi yangramoqda, xamma boshqa qadriyatlar esa chetga surib qo‘yildi. Biroq, fan-texnikaning ildamlik bilan rivojlanishiga qaramasdan, insonlarga ulkan moddiy imkoniyatlar taklif etuvchi yuqori texnologiyalarga qaramasdan, va zamonaviy insonning roxat-farog‘atda yashashi uchun ko‘p sabablarning borligiga qaramasdan, inson juda xam baxtli ko‘rinmaydi. Aksincha, u xar doimgidan ko‘ra bugun baxtsiz va ruxiy tushkunlikdadir. Extimol, boshqachasiga bo‘lishi xam mumkin emasdi, chunki, Alloxga bo‘lgan iymon yordamida anglanmagan va qo‘llab-quvvatlanmagan dunyoviy ne’matlar, Alloxni bilmasdan turib va Allox bilan muloqot qilmasdan egalik qilingan ne’matlarning baxosi juda ozdir.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  09 Sentyabr 2009, 08:55:25

Shunday qilib, zamonaviy inson "œaxsan-i taqvim" yo‘liga turib (ya’ni, Allox insonning jasadini xam, aqlini xam, ruxini xam eng yaxshi xolatda yaratganini esda tutgan xolda), navbatdagi va oxirgi safar o‘zini va o‘z taqdirini anglashga muxtojdir. Boshqacha qilib aytganda, u o‘zining mukammal qilib yaratilganligini anglagan xolda, yuragi va qalbi ila Yaratguvchi bilan muloqot o‘rnatishi va o‘z taqdiriga mos ravishda bu dunyoda o‘z o‘rnini egallashi zarurdir. Extimol, inson o‘zini-o‘zi anglamagunicha, u o‘zini va izlanayotgan baxtini topolmaydi. Ayniqsa, agar u o‘zining xaqiqiy muammolarining sababini qidirib topish o‘rniga, ruxiy bo‘shliqlarni isrofgarchilik, o‘ng‘aylik va bir soniyalik ko‘ngilxushliklar bilan to‘ldirish bilan mashg‘ul bo‘lsa!
Bu muammo bilan bog‘liq jiddiy xolat turli mamlakatlar va jamiyatlarda bir xil emas, biroq, insoniyatning asosiy qismi boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Xaqiqatan, din va Yaratguvchini anglash masalalari borasida muammolar bor xar yerda, insonlar bilgan va bilmagan xolda ma’nosiz, bekorchi xayotga sho‘ng‘ib, xayvoniy xislar va mastlik ta’siriga berilib ketmoqdalar. Qoidalar, me’yorlar va odob bilan chegaralanmagan bunday insonlar orasida ba’manilik, ratsional fikrlash va sog‘lom ruxga joy yo‘qdir. Bu yerda, odatda, nafsga berilish, voqelikdan xamr va narkotik yordamida qochish xukm suradi. Bunday jamiyatni ma’nan o‘lgan deb xisoblash mumkin. U jismoniy jixatdan o‘lishdan avval o‘lib bo‘lgandir.

Insoniylik yuzini yo‘qotgan bunday insonlarda, turli xil axloqiy buzuqliklar, ruxiy kasalliklarning mavjudligi, stress va depressiyalarga yo‘liqqanlik xolatlarlari — oddiy xoldir. Ming afsuslar bo‘lsinki, qolgan dunyo bilan birgalikda musulmon jamiyatlari xam shunday kasallikka yo‘liqqan va biron-bir narsani o‘zgartirishga qodir bo‘lmagan xolda, o‘zining og‘ir kunlarini kechirayotir. Bunday dunyoda insonlar kasal va tushkunlikda, oilalar tarqalgan va buzilib ketgan, olomon mast va agressiv, kuch va xokimiyat egalari adolatsiz va shafqatsiz; nima bo‘layotganini va insoniyatni nima kutayotganini xech kim bilmaydi...

Xaqiqatan, yalpi noaniqlik va tushkunlik tufayli ko‘p insonlar nima qilayotganliklarini, kimga xizmat qilayotganliklarini, va oxir-oqibat nima bo‘lishini tushunmayaptilar. Bu daxshatli muammolarning asl sababi nima ekanligini va butun xalqlarni ma’naviy degradatsiya xolatiga nima olib kelganligin ko‘p insonlar bilmayaptilar. Tashxis noto‘g‘ri, shuning uchun davolanish natija bermayapti. Masalaning asl moxiyati nimada ekanligini qancha inson biladi?

Shuning uchun zamonaviy inson barcha moddiy imkoniyatlarga qaramasdan, baxtsiz, xafalikda va ruxiy tushkunlikdadir. Insonlar va butun jamiyatlar daxshatli jarga qulamoqdalar: bu o‘z tabiatiga zid bo‘lish jari, ma’naviy ko‘rlik va iymonsizlik jari, o‘z nafsining zavqlariga berilish jari. Shu sababli, inson o‘z xayotida xuddi do‘zax yo‘laklarida yurayotgandek xaraktlanadi: iztirob va xalovatsizlikda. Uning xayotidagi xech narsa xayotning bu bo‘shliqlarini to‘ldirolmaydi: ko‘rkam imoratlar xam, chiroyli kiyim xam, qimmatbaxo ulovlar xam. Vaqti-vaqti bilan inson mast qiluvchi ichimliklarda boshpana qidiradi, boshqa vaqt esa o‘z xayvoniy xirsini qondirish orqali xalovatga erishishga xarakat qiladi, biroq xammasi bekor! Sanab o‘tilganning xech biri inson ichidagi bo‘shliqni to‘ldirolmaydi. Shuning uchun, ma’naviy ustunlardan xoli yoshlar bir af’yundan ikkinchi af’yunga beriladi, suvdan qutulib o‘tga tutiladi!

O’tmishdan uzilgan, kelajakdan maxrum bo‘lgan, qonun va tartiblarni tan olmaydigan, ko‘plab insonlarning mavjudligi tufayli, deyarli xech kim va xech qaerda xayot va mol-mulk eson-omonligiga kafolat bermaydi. Sodir etilayotgan daxshatli jinoyatlarni xar kuni televidenie orqali ko‘rayotgan va gazetalar orqali o‘qiyotgan insonlar yoqasini tishlab, "œBu Qiyomat belgilarimikan?" degan savolni o‘z-o‘zlariga beradilar, va xammamiz Alloxning qaxriga uchrashimiz mumkinligini xayollariga keltirganlarida larzaga tushadilar. Nux alayxissalomning qavmlari biz xozirgi kunda ko‘rayotgan beboshlik va uyatsizlikning to‘rtdan birini qilganliklari uchun cho‘kib ketgandir. Agar Od, Somud va Ayqa qabilalari xozirgi kunda sodir bo‘layotgan voqealarni ko‘rganliklarida, uyatdan o‘zlarini yer yutishini istagan bo‘lardilar. Turk shoiri Maxmud Akif Ersoy aytganidek:

Uyat yo‘qoldi, parlanib ketdi, xamma yerda uyatsizlik...
Vafodorlik yo‘q, sadoqat unutilgan, ishonchlilik — ma’nosi yo‘q so‘zdir.
Xar yerda yolg‘on, xar yerda sotqinlik, rostgo‘ylik unutilgan.
Shunday ekan, biz faxrlanadigan xamma narsa yo‘qolsin,
Vijdonimiz esa jim bo‘lsin!
Axloqlarning bunday past ketishida biz xurlikni xech qachon ko‘rmaymiz!

Biz duchor kelgan balo-ofatlardan ximoyalanishning va bid’atlarga qarshi kurashishning yagona vositasi — Alloxga, qayta tirilishga, oxirat kuniga iymon keltirish va "œba’s ba’dal maut" — o‘zini-o‘zi anglash yo‘lida qayta tiklanish. Boshqa xar qanday usullar va yechimlar xech qanday natija bermadi. Xaqiqatan, "œbutun jamiyat kasaldir, bunga davo esa iymondir".

Shunday qilib, kutamiz va umid qilamiz, balki Yaratguvchi bizning xam ko‘zimizni ochar

Qayd etilgan