Muallif Mavzu: IYMON ZINALARI  ( 17379 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: IYMON ZINALARI
« Javob #45 : 07 Oktyabr 2009, 13:34:50 »
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlar: “Uch oyat uch narsaga bog‘liq bo‘lib tushgan. Ularning biri sherigisiz qabul qilinmaydi.

Birinchisi: “Ey mo‘minlar, Allohga itoat etingiz va Payg‘ambarga itoat etingiz!” (Muhammad surasi, 33).

Kimki Allohga itoat etsa-yu, Rasululloh (s.a.v.)ga itoat etmasa, bu qabul qilinmaydi.

Ikkinchisi: “Namozni ado qilinglar va zakotni beringlar!” (Baqara surasi, 43).

Kimki namoz o‘qisa-yu, zakot bermasa, qabul qilinmaydi.

Uchinchisi: “Sen Menga va ota-onangga shukr qil!” (Luqmon surasi, 14).

Kimki Allohga shukr qilsa-yu, ota-onasiga shukr qilmasa, qabul qilinmaydi”.

Shuning uchun ham Payg‘ambar (s.a.v.): “Parvardigor roziligi ota roziligida. Parvardigor noroziligi ota noroziligida (Ota rozi — Xudo rozi, ota norozi — Xudo norozi)”, deganlar (Hokim rivoyati).

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu aytadilar: “Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kelib jihodga borishga izn so‘radi. U zot (s.a.v.): “Ota-onang hayotmi?” deb so‘radilar. U: “Ha”, degan edi, “Ular yo‘lida jihod qilgin”, dedilar” (Muttafaqun alayh).

Payg‘ambar (s.a.v.) ota-onaga yaxshilik qilishni, xizmatlariga shay turishni jihoddan ustun qo‘yganlariga bir e’tibor bering.

Rasululloh (s.a.v.): “Sizlarga gunohi kabiralarning eng kattalari haqida xabar beraymi? (Ular) Allohga shirk keltirish va ota-onaga oq bo‘lish”, dedilar (Muttafaqun alayh).


ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: IYMON ZINALARI
« Javob #46 : 07 Oktyabr 2009, 13:38:00 »
Ota-onaga yomon munosabatda bo‘lish, ularga yaxshilik qilmaslikni shirkdek eng ulkan gunoh bilan yonma-yon zikr qilganlariga ham bir e’tibor bering.

Rasululloh (s.a.v.): “Uch toifa odamga Alloh qiyomat kunida qaramaydi: ota-onasiga oq bo‘lgan kimsaga; mast qiluvchi narsaga mukkasidan ketgan kimsaga va bergan narsasini minnat qiluvchi kimsaga”, dedilar (Nasoiy rivoyati).

Rasululloh (s.a.v.): “Alloh ota-onasiga oq bo‘lgan kimsani la’natladi”, dedilar (Hokim rivoyati).

Rasululloh (s.a.v.): “Kishining o‘z ota-onasini so‘kishi gunohi kabiralardandir”, dedilar. “Yo Rasululloh, inson o‘z ota-onasini ham so‘kadimi?” deb so‘rashgan edi, “Ha, — dedilar. — Boshqa kishining otasini so‘kkanda, u buning otasini so‘kadi. Onasini so‘kkanda esa, buning onasini so‘kadi” (Muttafaqun alayh).

Muhtoj bo‘lib qolgan ota-onaga infoq-ehson qilish ham ularga yaxshilik qilish jumlasidandir.

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu aytadilar: “Bir kishi: “Yo Rasululloh, mening mol-mulkim va bolalarim bor. Otam esa mol-mulkimni olib qo‘ymoqchi”, degan edi, u zot: “O‘zing ham, moling ham otangnikidir”, dedilar” (Ibn Moja rivoyati).

Bir kishi Abu Dardo roziyallohu anhuning huzuriga kelib: “Ey Abu Dardo, men bir ayolga uylandim. Biroq onam uni taloq qilishimni buyurdi”, degan edi. Abu Dardo: “Rasululloh (s.a.v)ning: “Ota-ona jannatning eng o‘rta eshigidir”, deganlarini eshitganman. Xohlasang shu eshikni buzib tashla, xohlasang saqlab qol”, dedilar (Termiziy, Hokim rivoyati).

Amr ibn Murra Juhaniy roziyallohu anhu dedilar: “Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v) huzurlariga kelib: “Yo Rasululloh, Allohdan o‘zga iloh yo‘q va siz, shubhasiz, Allohning elchisidirsiz, deb guvohlik berdim, besh vaqt namozni o‘qidim, molimning zakotini berdim va ramazonda ro‘za tutdim. Menga nima (qanday mukofot) beriladi?” — deb so‘ragan edi. Payg‘ambar (s.a.v): “Kim mana shu holatda vafot etsa, qiyomat kunida payg‘ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan mana shunday birga bo‘ladi”, deb ikki barmog‘ini tikladilar va: “Modomiki, ota-onasiga oq bo‘lmas ekan”, deb qo‘shib qo‘ydilar” (Ahmad, Tabaroniy rivoyati).

Rasululloh (s.a.v) aytdilar: “Uch xil duoning ijobat bo‘lishida shak-shubha yo‘q, (ular): mazlumning duosi, musofirning duosi va ota-onaning farzandi haqiga qilgan duosi” (Termiziy rivoyati).

Rivoyat qilinishicha, Alloh gunohlardan xohlaganini qiyomat kuniga olib qo‘yadi. Biroq ota-onasiga oq bo‘lish bundan mustasno. Alloh ota-onasiga oq bo‘lgan odamni o‘lmasidan oldin shu dunyoning o‘zida jazolaydi.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan: “A’rof nima? U yerda kimlar bo‘ladi?” deb so‘rashdi. U zot: “A’rof jannat bilan do‘zax orasidagi tog‘ bo‘lib, jannat va do‘zaxdan balandroq bo‘lgani bois “A’rof” (tepalik) deb nomlangan. U yerda daraxtlar, mevalar, anhorlar va buloqlar bor. A’rofda ota-onalarining roziligisiz jihodga chiqib, jihodda o‘ldirilgan kishilar bo‘ladi. Alloh yo‘lida qatl qilinganlari ularni do‘zaxga tushishidan to‘ssa, ota-onalariga oq bo‘lganlari ularni jannatga kirishdan man qilib turadi. Alloh ular xususida hukmini chiqarmaguncha, ular A’rofda bo‘lurlar”, dedilar.

Ka’bul Ahbor rahmatullohi alayh aytadilar: “Banda ota-onasiga oq bo‘lsa, Alloh tezroq azob berish uchun uni tezda halok etadi. Banda agar ota-onasiga mehribon bo‘lsa, yanada ko‘proq yaxshilik va mehribonlik qilishi uchun Alloh bu bandaning umrini uzun qilib qo‘yadi”.

Vahb ibn Munabbah aytadilar: “Alloh taolo Muso alayhissalomga: “Ey Muso, ota-onangni ehtirom qil. Zero, kim ota-onasini ehtirom etsa, uning umrini ziyoda qilaman va o‘zini ham hurmat qiladigan farzand beraman. Kimki ota-onasiga oq bo‘lsa, uning umrini qisqa qilaman va o‘ziga ham itoatsizlik qiladigan farzand beraman”, deb vahiy qildi.

Abu Bakr ibn Abu Maryam aytadilar: “Tavrotda: “Kimki otasini ursa, o‘ldiriladi”, deyilganini o‘qidim”.

Vahb aytadi: “Tavrotda: “Kimki ota-onasiga qo‘l ko‘tarsa, toshbo‘ron qilinadi”, deyilganini o‘qidim”.

Rivoyat qilinishicha, kimki ota-onasini haqorat qilsa, (dafn qilinganidan) so‘ng uning qabriga osmondan yerga tushadigan har bir tomchi miqdoricha qizib turgan cho‘g‘ tushadi.

Rivoyat qilinadiki, ota-onasiga oq bo‘lgan kimsa dafn qilinsa, qabri uni qattiq siqadi. Hattoki, uning qovurg‘alari bir-biriga kirib ketadi. Qiyomat kunida eng qattiq g‘azabga giriftor bo‘ladigan insonlar uch toifa bo‘lib, ular mushrik, zinokor va ota-onasiga oq bo‘lgan kimsadir.

Ka’bul Ahbordan: “Ota-onaga oq bo‘lish nima?” deb so‘rashgan edi, u kishi: “Agar otasi yoki onasi uning nomidan qasam ichsa, qasamini oqlamaydi. Biror ishga buyursa, buyrug‘iga itoat etmaydi. Biror narsa so‘rasa, bermaydi va omonat qo‘ysa, xiyonat qiladi”, deb javob berdilar.

Allohdan bizni O‘zining roziligiga muvaffaq etmog‘ini, g‘azabiga uchrashdan saqlamog‘ini so‘raymiz. Albatta, U marhamatli, mehribon va rahmli zotdir.

Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiyning

“Gunohi kabiralar” kitobidan.

ossiyobinti

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 60
  • -oldi: 546
  • Xabarlar: 461
  • Jins: Ayol
Re: IYMON ZINALARI
« Javob #47 : 07 Oktyabr 2009, 15:07:41 »
Olloh taolo:

Ayting ey Muhammad alayhissalom Rabbim sizlarni e'tiborga olmaydi,agar iymoniylar bo'lmasa.Olloh taolo:Ey Muhammad s.a.v g'amgin bo'lmanglar,tushkunlikka tushmanglar,bu kofirlardagi narsalarni ko'rib,o'zinglar oliy bo'lgan holatda,agar mo'min bo'lsanglar.Olloh:Biz o'zimizning payg'ambarlarimizga nusrat beramiz va iymon keltirganlarga dedi.Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinadi.Imom Tabaroniy o'zlarining sahih kitoblarida keltiradilar.Abdulloh ibn Umar aytadilarki,ma'lum bir hayotimning davrida yashadim,Rasululloh s.a.v ning huzurlarida bittalarimizga Qur'onni o'rgatilishdan oldin iymon o'rgatilardi.Biz iymon o'rganganimizdan keyin,sura nozil bo'lardi.Halol va harom nima,bu surada darrov o'rganardik.Qayerda bu to'htashimiz kerak va qayerda yurishimiz kerak deb Qur'on bizga ta'lim berardi.Chunki biz avval iymonni o'rgandik.Endi shunday kishilarni ko'rdimki, iymondan avval ularga,Qur'on o'rgatilyapti.Surai Fotihadan ohirgi suragacham o'qilyapti.Qur'on nimaga buyuryapti va nimadan qaytaryapti bilmagan holatda o'qib tugatyapti.Qayerda to'htashligi kerak buni bilmayapti.Go'yoki Qur'onni,yomon hurmonni yeb yahshisini tashlab yuborayotgandek,Qur'on oyatlarini tashlab yuborayapti dedilar.Qur'on,qalbida nifoq marazi,shirk marazi va kufr marazi bo'lsa,Qur'on hidoyat bo'lolmayda.Olloh:Iymon keltirgan kishilarning o'zigagina hidoyat va shifodir.Olloh taolo:Inson bilan Jin toyfasini faqat o'zimgagina ibodat qilishlik uchun yaratdim.Muoz r.a dan Imom Buhoriy rivoyat qiladilarki.Payg'ambarimiz s.a.v aytdilarki:Ollohning bandalar ustidagi haqqi,bandalar yakka Ollohning o'zigagina ibodat qilishlari hech bir narsani sharik qilmagan holatda.Hadis sharifda:Farishtalar nurdan yaratilgan,Jinlar o'tning tutunsiz alangasidan yaratilgan va Odam a.s tuproqdan yaratilgan.Qur'oni Karim,ohirgi Payg'ambarimizga nozil qilindi.Qur'oni Karimni hayotning hukmi deb tushurildi.Qur'oni Karimni Olloh taolo kim mahkam ushlasa,dunyo va ohirat saodatiga erishadi dedi.Qur'oni Karim hamma bashariyatga tushdi.Kim Qur'onni orqaga tashlasa,dunyo va ohiratdagi misli ko'rilmagan badbahtlikka loyiq bo'ladi.Olloh taolo insonni mukarram qildi,ikhtiyor sifati bilan.

Mushriklar bilan Mo'minlar o'rtasidagi farq,Mo'minlar faqat Ollohgagina ibodat qilib,boshqa narsadan voz kechishadi.Mushriklar,ba'zilari Ollohga ibodat qilmay,boshqaga ibodat qiladi.Ba'zilari Ollohga ibodat qilib,boshqa narsaga ham ibodat qiladi.Mushriklarning ba'zilari,Olloh bilan o'zining o'rtasida boshqa narsani vosita qilishadi.Ya'ni yagona Ollohga ibodat qilib va boshqa narsani vosita qilganliklari sababli Mushrik bo'lishdi.Man zaifman deb,ko'ziga ulug'roq ko'ringan tog',oftob,daraht,tosh oyga obodat qilsa,shirkning ayni o'zi bo'ladi.Nima uchun obodat qilyapsizlar deyilganda,u Mushriklar o'zlari yasab olgan butlarini rizq beradi deyishmasdi,foyda yoki zarar yetqazadi deyishmasdi,ular yahshi bilishardi.Lekin biz bilan Ollohning o'rtasida ulug' kishilarning ramzi deyishardi.Olloh taolo bularning Mushrik deb atadi va ularning amallari habata bo'ldi va ular bilan qilingan jihodni islomiy jihod deyildi.Bularni qatl qilganlar rozi bo'ldi.Bularning jangida o'lganlar shahid deb ataldi.Rasululloh s.a.v 23 yil davomida shu shirk bilan kurashdilar.

Musulmonni Islomdan chiqaradigan amallar,shirk amalini qilsa,amali habata bo'lishligida shak-shubha yo'q.Rasululloh s.a.v ning 23 yil asosiy shu shirk bilan kurashdilar.Musulmon odamda shirk amali paydo bo'lsa,amali habata bo'lishligida shak shubha yo'q.Olloh taolo Rasululloh s.a.v ga agar siz shirk keltirsangiz,amalingiz habata bo'lishligida shak-shubha yo'q deyapti.Boshqa odam hech kim Ollohga yaqinligi yo'q,kim bo'lishligidan qat'iy nazar.1.Kim Ollohga shirk keltirsa,Olloh unga Jannatni harom qilgan.Uning joyi Do'zzah.Bunday zolim bo'lgan Mushriklarga hech qanday yordamchi yo'q.2.O'zi bilan Ollohning o'rtasida vosita qilgan,duo qiladi,shafoatni so'raydi va tavakkul qiladi.Agar o'zi bilan Ollohning o'rtasida duo qiladigan,tavakkul qiladigan,shafoat so'raydigan va biror bir narsani nazr qiladigan va biror narsani so'yadigan narsani vosita qilsa,bu odamning Mushrik bo'lishligida shak shubha yo'qdur.3.Mushrik Odamni kofir deya olmasa yoki Mushrikligida shak qilsa,buning ham kofir bo'lishligida shak-shubha yo'qdur.Chunki Olloh s.t kofir bo'ldi dedi.Ollohning so'zida shak qilgan bo'ladi yo'inki inkor qilgan bo'ladi.Bir odam kofir bo'ladigan amal qilsa,shunda shak qilsa,yoinki inkor qilsa,shu odam kofir bo'lishligida shak-shubha yo'qdur.4.Payg'ambar s.a.v ning yo'lidan boshqa yo'lni komilroq desa,yoinki Rasululloh s.a.v ning hukmidan boshqa kishini hukmini yahshiroq desa,Ollohning hukmini Rasulini hukmini,boshqalarning hukmidan past bu balki qoloq va qolib ketgan desa,kofir bo'lishligida shak-shubha yo'qdur.5.Rasululloh s.a.v ning olib kelgan yo'lni yomon ko'rsa,Olloh tushirgan yo'lni karih ko'rsa,buning ham kofir bo'lishligida shak-shubha yo'qdur.Shu vaqtda amali habata bo'ladi.Olloh tushirgan Qur'onni yomon ko'rsa,Rasululloh s.a.v ning olib kelgan yo'lni yomon ko'rsa,bu odamning kofir bo'lishligida shak-shubha yo'qdur.6.Rasululloh s.a.v ning dinidan biror narsani,Olloh s.t Mo'minlarga qilgan savob va'dasini,kofirlarni qo'rqitgan va'id azobini mashara qilsa,Kofir bo'lishligida shak-shubha yo'qdur.Ollohni oyatlarini va Rasulini mashara qilyapsizlarmi,uzr aytmanglar Kofir bo'lishligilarda shak-shubha yo'q.Avval iymonda edinglar,endi Kofir bo'ldinglar.7.Sehr.Sehr qilgan odamning Kofir bo'lishligida shak-shubha yo'qdur.Sehr bu kufr.8.Mushriklarga yordam berish,musulmonning zarariga.Musulmon kishi zararlanadigan suratda,mushrikga,kofirga yordam berishlik bu kufrdir.9.Ba'zi kishilarga,Muhammad alayhissalomning shariatidan chiqish mumkin deb etiqod qilsa,kofir bo'ladi.Ya'ni ba'zi odamlar bir maqomga yetsa,namoz o'qimasa bo'laveradi,yoinki ba'zi bir ro'zani tutmasa bo'laveradi uzrsiz,Rasululloh s.a.v ning shariatodan tashqariga chiqishlik mumkin bo'ladi deb etiqod qilsa,kofir bo'ladi.10.Ollohning dinidan eroz qilishlik,bu Islomga zid.Ollohning dinini esga solsa,bosh tortsa,buni Olloh s.t mujrim deb,ya'ni dinsizlardan deb atayapti.Ollohning oyatini esga solsa,bundan yuz o'girsa,bunday mujrimlardan imtiqon olamiz deyapti.Bu 10 ta narsani hazillashib aytsa,farqi yo'q.Jiddiy gapirganda ham farqi yo'q.Qo'rqib gapirsa ham farqi yo'q.Lekin majburlangan kishi mustasnodir.Rasululloh s.a.v ni mashara qilasan,mashara qilmasa jazolanadi deb zarba berib,ko'p kaltaklar yeb,behush bo'lib,shunday holatga tushgandagina mumkin.Agar kishida iymon bo'lmasa,Qur'on unga hidoyat bo'la olmaydi.Umar ibn Abdulaziz aytgan ekanlar:Bir o'tirishaylik va iymonlashaylik.

ossiyobinti

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 60
  • -oldi: 546
  • Xabarlar: 461
  • Jins: Ayol
Re: IYMON ZINALARI
« Javob #48 : 07 Oktyabr 2009, 15:19:57 »
Agar bu dunyodagi hayotni boshqa olamsiz nazarga oiladigan bo`lsak, u holda hayot ma`nosiz bo`ladi. Buni  bu dunyoga  embrion dunyosining hech qanday ta`siri yoqdir, degan gapga o`xshatish mumkin. Agar ona qornidagi embrion aql yuritish qudratiga ega bo`lganida edi qiziq savollarni berishi mumkin edi. Masalan, nima uchun men bu tor va qorongi dunyoda mahbus bo`ldim?

 Nima uchun qon va suv ichida qo`l-oyoqlarimni qimirlatib yotishim kerak?

 Umrimning natijasi qanday bo`ladi?

 Qayerdan va nima uchun kelganman? 

Ammo agar unga “Sen katta hayot oldidan tayyorgarlik ko`rishing uchun, qo`l-oyoqlaring mahkam rivojlanishi va o`sihsi uchun ma`lum muddat bu dunyoda yashashing kerak, bu muddat toqqiz oydir, undan keyin bogu-roglarga , gul-daraxtlar to`lgan keng yorug` dunyoga chiqasan ”deb tushuntirilsa, u “nima uchun bu tor dunyoda yashayotganimni endi tushundim”-deydi.

Ammo agar ona qornidagi dunyosini bu keng olam bilan alloqasini uzgan holda qaralsa, u holda u dunyo qorong`i va bema`nidek tuyuladi.

Bizning bu dunyodagi hayotimiz bilan o`limdan keyingi dunyoning orasidagi aloqa ham xuddi shundaydir. Nima uchun bu dunyoda yetmish yil (ko`proq yoki kamroq) qo`l-oyoqlarimizni qimirlatib o`tishimiz kerak? Hom va tajribasiz bu dunyoda yashaymizu, tajribani qo`lga kiritib pishgan paytimizda esa dunyodan o`tamiz. Ilmu- ma`rifatda yetilganimizda qariyalikning oppoq qor uchqunlari boshimizga qo`nadi. Biz yeb-ichish, kiyim kiyish uchun o`nlab yil umr ko`ramizmi?  Tepamizdagi osmonlar, keng olam, atrofimizdagi ustozlar va olimlar hamma-hammasi faqat bizning yeb-ichishimizni ta`minlash uchun, olgan ilmlarimiz ham ana shularni bilish uchun kerakmi? Qayta tirilishga ishonmaydiganlar uchun darhaqiqat hayot bemanidek ko`rinadi. Shuning uchun bunday odamlar orasida o`zini o`ldirish hollari ham tez-tez uchrab turadi. Lekin agar bu dunyodagi umrimizni oxirat uchun ekiladigan dala deb qarasak, unga eng yaxshi urug`larni ekish kerakligini va oxirat uchun zaxira qilish zaruratini tushunamiz. Dunyo oxirat hayotini o`rgatuvchi o`quv muassasi, yoki asl maqsadga eltuvchi bir ko`prikdir, uning ustidan o`tish kerak deb qarasak, hayot bemani tuyulmaydi, aksincha oxiratni obod qilish uchun kurashadigan maydon deb qaraladi. Ha, oxiratga iymon hayotga mazmun beruvchi odamni noumidlikdan qutqaruvchi bir kuchdir.


ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: IYMON ZINALARI
« Javob #49 : 23 Oktyabr 2009, 13:51:20 »
Hozirgi kunimizdagi Zamonaviy Munofiqlar

Muhammad Musa Nasrning “Munofiqlar” nomli kitobida kelgan ba’zi sahih rivoyatlar.
1. Jubayr bin Nufayr rivoyat qiladilar: “Bir kuni Abu Dardoni Himsdagi uyiga ko‘rgani bordim va uni masjidda namoz o‘qiyotgan holda topdim. U kishi tashahhudga o‘tirganida Allohdan nifoq (munofiqlik)dan panoh so‘rab duo qildi. Namozni tugatganidan so‘ng u kishining oldiga borib: “Alloh seni mag‘firat qilsin Abu Dardo, sen bilan munofiklining qanday aloqasi bor?” deb so‘radim.
U shunday javob qildi: “Astag‘firulloh (uch marta aytdi). Allohning sinovidan hotirjam bo‘lgan inson bu sinovdan o‘ta olmaydi. Allohning nomi bilan qasamki, kishi bor yo‘g‘i bir soatlik sinov tufayli dinidan voz kechib yuboradi”.
2. Abdulloh ibn Amr aytadilar: “Shunday davrlar keladiki, masjidda yig‘ilgan jamoat orasida bitta ham mo‘min banda bo‘lmaydi”
3. al-Hasan aytadilar: “Toki har bir kishining qalbi nifoq bilan to‘lmaguniga qadar qiyomat qoim bo‘lmaydi”
4. Huzayfa aytdilar: “Sizlarning orangizdagi munofiqlar Rasulalloh sallalohu alayhi vasallam davrlaridagi munofiqlardan ko‘ra yomonroqdir”. Kishilar so‘rashdi: “Ey Abdulloh, nima uchun shunday?”
U kishi javob qildilar: “Rasulalloh sallalohu alayhi vasallam davrlarida munofiqlar mahfiy edilar. Hozirgilar esa munofiq ekanliklarini berkitmaydilar ham”.


ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: IYMON ZINALARI
« Javob #50 : 31 Oktyabr 2009, 19:55:18 »
Kohinlar). Muhammad ibn Fazl bunday degan: “Bir kishi kohinni tasdiqlasa kofir bo’ladi. Bir hadisi sharifda bunday deyilgan: “Bir kishi kohinni keltirib, aytganlarini tasdiqlasa, Muhammad (s.a.v.)ga nozil qilingan narsaga (Qur’oni karimga) kufr keltirgan bo’lur”. G’aybni Allohdan boshqa hech kim bilmaydi, na ins biladi, na jin biladi. Bu hususdagi dalilimiz ushbu oyati jaliladir: ”Bas, qachonki, u (aso) qulab tushgach, jinlarga aniq bo’ldiki, agar ular g’aybni bilguvchi bo’lganlarida, bu hor qilguvchi azobda-mehnatda qolmagan bo’lur edilar”. (Saba’ surasi, 14-oyat)”.
Avliyo zotlar orqali zohir bo’lgan kashflar esa joizdir.

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: IYMON ZINALARI
« Javob #51 : 31 Oktyabr 2009, 19:55:55 »
Imom Navaviy aytadilar, “Osmonlarda bo’lib o’tgan narsalarni eshitaman” deb iddao qilgan, “Yerdagi yashirin narsalarni bilaman” deb da’vo qilgan kishi va shunga o’xshagan munajjim hamda sehrgarlarning harakatlari kohinlik tarkibiga kiradi”.
Payg’ambar (s.a.v.) bir hadisi shariflarida: “Yulduzlar bilan mashg’ul bo’lgan kimsa sehrgardir. Bu mashg’ulotni orttirgan sari uning gunohi ortib boradi”, deb bayon etganlar.
O’g’irlangan narsalarni, dafinalarni, insonlarning umrini, qahatchilikni, mo’l-ko’lchilikni, tinchlikni, urushni, shamolni, qor va yomg’irning ko’p yog’ajagini, oyning va quyoshning tutilajagini, zilzilani va g’aybga taaluqli bo’lgan barcha narsalarni habar beradigan kimsalar kohindirlar. Shariat kohinlikni man’ etgan. Uni o’rganish va o’rgatish harom. Bu narsa dinga zararli; qalbni hasta qiladi, e’tiqodni buzadi. “Jomi’ us-sag’ir”da: “Kohinni keltirib, undan savol so’ragan kishining qirq kun tavbasi qabul bo’lmaydi” deyilgan. Agar kohinning so’ralgan savolga bergan javobini tasdiqlasa, kofir bo’ladi

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: IYMON ZINALARI
« Javob #52 : 31 Oktyabr 2009, 19:56:24 »
Farishtalar (esa) faqat Allohning izni, ilhomi va bildirishi bilan g’aybni bilishi mumkin.

Ahmad Ziyouddin al-Kumushxonaviy
“Jomi’ ul-mutun”

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: IYMON ZINALARI
« Javob #53 : 01 Noyabr 2009, 11:43:46 »
Iso alayhissalom ko`p kulardi, Yahyo alayhissalom esa ko`p yig`lardi. Yahyo Isoga “Sen Tangrining nozik hiylalaridan uzoq bo`lganing uchun kulyapsanmi?” dedi. Bunga javoban Iso “Sen (esa) Tangrining inja, latif va ajoyib lutflaridan habaring bo`lmagani uchun yig`layapsanmi?” dedi. Hodisadan voqif bir avliyo Allohdan “Bulardan qay birining maqomi yuksakroqdir?” deb so`ragach, “Menga nisbatan yaxshi niyatda bo`lgani afzalroqdir”(Qudsiy hadis) javobini oldi. “Men qulim hayol qilgan joydaman”(Qudsiy hadis), ya`ni men bandamning tahmini bor yerdaman. Har bir qulimning ichida mening bir hayolim va suratim bordir. U meni qanday tahayyul(tasavvur) etsa, men o`sha hayoldaman. Ey mening qullarim! Hayollaringizni poklangizki, u yer mening maqomim va yerimdir, demakdir. Men Tangri bor bo`lgan shu hayolning bandasiman. Haq mavjud bo`lmagan haqiqatdan siqilaman.
 

Jalolliddin Rumiy, “Ichingdagi ichingdadur” 

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: IYMON ZINALARI
« Javob #54 : 12 Noyabr 2009, 10:37:35 »
1. Inson iymoni shunchalik kuchli bolishi mumkinki, aytishi mumkin:" men Alloh uchun o'zimni 7chi qawatdan tashlab yuboraman". Bir qarashda kishi aytishi mumkin, Ooo, Mashaallah qara qanday baquwwat  iymon  egasi ekan. Ammo shariat nima deydi? " ey insonlar o'z nafslaringizga zulm qilmanglar"deydi. Bu bilan tamam, Kishi ozini ozi oldirishga haqqi YOQ!!!

2. Inson aqli, zakowati shunchalik kuchli bolishi mumkinki, aytishi mumkin, " men sehr ilmini organib, odamlarni insonlarga foydali  bir ish qilishga harakat qilaman". Bir qarashda niyat yaxshilik qilish, odamlarga komak berish, ammo shariat nima deydi, sehr bu harom wa shayton amallaridandir.

3. inson ehtirosi shunchalik kuchli bolishi mumkinki, e man 24 soat, 365 kun, butun umr, uylanmasdan, uyimdan tashqariga chiqmasdan, rizq-nasiba qilmasdan ro'za tutib ibodat qilaman deb. Bir korishda Mashaallah, bu haqiqiy muttaqin deyishiz mumkin. Ammo shariatchi. Shariat Rasululloh SAw basharning eng xairlisi bo'la turib, ham odamlar orasida yashaganlar, ham uylanib bola chaqa ortirganlar (annikahu min sunnat - nikoh mening sunnatimdandir), jihod qilganlar, ayollari bilan qoshilganlar, wa roza ham tutganlar wa ogizlari ochiq ham bolgan.

 

Iymon va e'tiqod haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 67
Ko'rilgan: 69994
So'nggi javob 12 Yanvar 2012, 02:48:23
muallifi missy_google
iymon haqida ilmingiz

Muallif ajmiyBo'lim Islom

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 4017
So'nggi javob 11 Dekabr 2008, 08:35:27
muallifi lolo
Muhammad Zohiq Qo'tqu. Ichkilik - iymon zavoli

Muallif AbdullоhBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 43
Ko'rilgan: 22493
So'nggi javob 02 Fevral 2009, 00:48:57
muallifi AbdulAziz
Omon Matjon. Iymon yog'dusi

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 3040
So'nggi javob 17 Yanvar 2011, 15:25:22
muallifi AbdulAziz