M A T E M A T I K A  ( 25326 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


ЖАМШИДЖОН  12 Avgust 2009, 17:40:48

1000000000000000000000000000000000000000 mana shu raqamlar nima deb aytiladi.

yo'q son deyiladi, muhtaram Jamshidjon... Matematikadagi eng so'nggi xona birliklari trl b-n tugaydi, Vallohu A'lam :)

triliondan keyin yana sonlar davom etaveradi, to'g'ri bu sonlardi uncha muncha odam ham bilolmidi lekin bu bor son.

Ho'p unda bu sonlar qanday xona birliklariga kirishini o'zingiz aytingchi?

1000000000000000000000000000000000000000 mana shu raqamlar nima deb aytiladi.

yo'q son deyiladi, muhtaram Jamshidjon... Matematikadagi eng so'nggi xona birliklari trl b-n tugaydi, Vallohu A'lam :)


mana bu sonlarga e'tibor bering. Bu sonlardi hech kim o'qib berolmaydi.

179 254 100 245 301 100 548 001 145 020 009 900 456 457


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  12 Avgust 2009, 17:42:33

Bir yuz yetmish to’qqiz dedetsillion ikki yuz ellik to’rt undetsillion yuz detsillion ikki yuz qirq besh nonillion uch yuz bir oktillion yuz septillion besh yuz qirq sakkiz sekstillion bir kvintillion bir yuz qirq besh kvadrillion yigirma trillion to’qqiz milliard to’qqiz yuz million to’rt yuz ellik olti ming to’rt yuz ellik yetti. Qarang-a, qanchalik aytilishi qiyin.

Mana shunday o'qiladi

Qayd etilgan


Hadija  12 Avgust 2009, 17:44:26

Bir yuz yetmish to’qqiz dedetsillion ikki yuz ellik to’rt undetsillion yuz detsillion ikki yuz qirq besh nonillion uch yuz bir oktillion yuz septillion besh yuz qirq sakkiz sekstillion bir kvintillion bir yuz qirq besh kvadrillion yigirma trillion to’qqiz milliard to’qqiz yuz million to’rt yuz ellik olti ming to’rt yuz ellik yetti. Qarang-a, qanchalik aytilishi qiyin.

Mana shunday o'qiladi

Iltimos, odam bolasi tushunadigan tilda aytib tushuntiring? :))

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  12 Avgust 2009, 17:48:02

O'qing, bu qiziq !!!  O'zgarmas sonlar

 Ixtiyoriy 3 xonali sonni oling, va o'sha sonni teskarisini yozing. Biridan ikkinchisini ayring. Natija quyidagilardan biri chiqadi.

990, 891, 792, 693, 594, 495, 396, 297, 198, 099.
Masalan:  ixtiyoriy 321 soni, uning teskarisi 123. Bularni ayirsak    321-123=198
Yuqoridagi qatorda 198 soni ham bor.
 
Qarang ,Qiziq-a ! hammasining o'rtadagisi 9 soni turibdi. Yuqoridagi sonlar manfiy ishorali bo'lishi ham mumkin.


--------------------------------------------------------------------------------

Istagan 2 xonali sondan uning teskarisini ayirsangiz o'n ta variantning biri chiqadi...
Bu variantlar ushbu sonlar
 0, 18, 27, 36, 45, 54, 63, 72, 81, 9 
shulardan boshqasi chiqmaydi
Ixtiyoriy iki xonali sonni oling va o'sha sondan uni teskarisini ayring, masalan  32 sonining teskarisi 23 bo'ladi. ularni ayramiz 
32-23=9   yoki  23-39=-9   
boshqa misol:  62-26=36 
boshqa misol 38-83=-45 Qarang yuqoridagi qatorda shu sonlar ham bor


--------------------------------------------------------------------------------
 Yuqoridagi aytilgan qoidaga kabi 4 xonali sonlarni ham qo'llash mumkinmi ?
Ha, Albatta mumkin, 
bularni saytni kuzatish davomida ko'rasiz, hozircha shu bilan cheklanib qolamiz....

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  12 Avgust 2009, 17:48:27

RAQAMLAR HAQIDA NIMA BILASIZ ?

Kundaik turmushimizda har qadamda raqam va sonlarni ishlatamiz. Raqamlar bozor- do’konlarda, pul sanashda, vaqtni aniqlashda, transportga chiqishimizda, telefon qilishimizda va boshqa har qanday narsani o’lchashda bizning eng yaqin yordamchimizdir. Lo’nda qilib aytganda, raqamlarsiz hayotni mutlaqo tasavvurga sig’dirib bo’lmaydi. Ko’zi ojiz kishiga hassa qanchalik asqotsa, raqamlar ham bizga shunchalik ko’mak beradi.

Raqamlar hatto bizning ishlarimizni, maktab yoki oily o’quv yurtlarida qanday o’qiyotganimizni ham ko’rsatib turadi. Fan texnikani raqam va sonlarsiz xayolga keltirib ham bo’lmaydi: Fazoviy kemalar uchishidan tortib, yerdagi qadamimiz ham raqamlar bilan o’lchanadi. Shu jumladan, iqtisodiyot ham raqamlarga tayanadi. Bunga kundalik gazeta va jurnallarni iqtisodiyotga bag’ishlagan satrlarini ko’rib ishonch hosil qilishimiz mumkin. Ular raqamlarga boy: aksiyalar qiymati, valyuta kurslari qiymati, ularning foizi, xarajatlar miqdori va boshqa barcha statistik ma’lumotlarni ko’rishimiz mumkin. Xo’sh, biz raqamlarni shunchalik ko’p ishlatar ekanmiz, ularning tarixi, qayerda va kim tomonida o’ylab topilganini bilamizmi?
Insonlar ibtidoiy davrda qo’l sanog’ bilan ovlarning sonini, kunlarni, oylarni, qurol aslahalar soning salmog’ini hisob kitob qilib bir biriga tushuntirgan. Vaqt o’tgan sari bu raqamlarga nom qo’yib ularni yozuvda ham ifodalashni o’rgangan. Eng birinchi raqamlarni yozuvda ifodalaganlar bu- Bobilliklar va Misrliklar bo’lgan ekan.

Bugungi kunda butun dunyoda arab va rim raqamlari amal qiliadi.
Ular: - 0, 1 ,2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9
Ana shu raqamlar yordamida har qanday katta yoki kichik sonlarni hosil qilishimiz mumkin. Aytaylik, bitta sonning yonida bitta nol bo’lsa, bu o’sha sonni 10 ga ko’paytirish deganidir, ya’ni 0 ning ma’nosi :10 ga ko’paytirish. Agar ikkita nol bo’lsa, masalan: 100 degani ma’nosi: 1*10*10 Masalan : 250 da 1 ta nol mavjud, buning ma’nosi shu-ki: 25 ni 10 ga ko’paytirish ya’ni 25*10 Masalan: 14000 da 3ta nol bu: 14*10*10*10 deganidir.
1 dan kichik qiymatni ifodalashdayam nolning ma’nosi 1 ni 10 ga taqsimlashdir Masalan: 0,1 degani ma’nosi 10/1 demakdir. 0,03 degani ma’nosi esa (10*10)/3 0,0045 degani esa (10*10*10)/45 demakdir.


Qayd etilgan


Ziyovuddin  12 Avgust 2009, 17:59:13

Matematika ajoyib fan. Ham qiziq, ham aqilni charxlaydigan juda ham ajoyib fan.

Qani kim mana bu misolning javobini topa oladi?

7 ni kvadratini 9ni kvadratiga qo'shganda yig'indini oxirgi raqami qanday raqam bilan tugaydi?
729 bilan tugaydi

Iya birodar adashibsiz, 0 bilan tugaydi, 130 bo'ladi ;)
729 qanday chiqardingiz?
Man kubga hisoblagan ekanman uzr : )

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  12 Avgust 2009, 18:06:36

Matematika ajoyib fan. Ham qiziq, ham aqilni charxlaydigan juda ham ajoyib fan.

Qani kim mana bu misolning javobini topa oladi?

7 ni kvadratini 9ni kvadratiga qo'shganda yig'indini oxirgi raqami qanday raqam bilan tugaydi?

Man Madhiyah qizdi post qoldiganini ko'rib qolgandim, 0 deb javob bergan edilar. Oldin Ziyoviddin javob berganlarigami postlarini o'chirib tashadilar darrov

Qayd etilgan


Muhammad Amin  31 Avgust 2009, 11:25:02

Savol: 2 ni 2002chi darajasini 5 ni 1998chi darajasiga qo'shganda yig'indi qanday raqam bilan tugaydi?

Qayd etilgan


Abdul_Malik  31 Avgust 2009, 11:32:02

Javob: 9 bilan tugaydi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  31 Avgust 2009, 23:00:58

Javob: 9 bilan tugaydi.

To'g'ri javob. Barakalla!

Qayd etilgan