Qur’on Karimda:
114 sura;
6236 dan ortiq oyat;
30 pora;
har porada 4 tagacha xizb deb atalgan bo‘lim;
jami 60 hizb bordir.
1 — Qur’on Karimdagi:
nuqtalar soni (taqriban) 1 015 030 ta;
harflar soni (taqriban) 323 670 ta;
so‘z (kalima)lar soni: 77 934 ta.
2 — Har bir sura «oyat» deb atalgan jumlalardan tuzilgan.
3 — Qur’on Karim oyatlaridan 87 tasi «Makkiy», 27 tasi esa «Madaniy» deb ataladi.
4 — «Tavba» surasidan boshqa barcha suralar basmala (Bismillahir rohmanir rohiym) bilan boshlanadi. Muborak «Naml» surasida esa basmala ikki marta zikr qilingan.
5 — Qur’on Karimning 6 surasi 6 ta payg‘ambar ismi bilan atalgan. Ular: Yunus, Hud, Yusuf, Ibrohim, Muhammad va Nuh (ularga Allohning salavotu salomlari yog‘ilsin!).
6 — Eng uzun sura — «Baqara» surasi bo‘lib, 286 oyati bo‘lsa, eng kichik sura «Kavsar» surasi bo‘lib, oyatlari 3 tadir.
7 — Tavhid surasi «Ixlos», basmalani nazarga olmaganda, qaratqich kelishigi bir martagina iste’mol qilingan yagona suradir.
8 — Qur’on Karimning nozil bo‘lish emas, yozilish tartibida muborak «al-Hamdu» surasi Qur’on Karimning birinchi, «Nos» surasi esa oxirgi suradir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamnigg qalbiga nozil bo‘lgan ilk sura «Alaq», oxirgisi esa «Nasr» surasidir.
9 — «Alloh» lafzi Qur’on Karimda 2707 marta, shundan 980 martasi bosh kelishik, 592 martasi tushum kelishik va 1135 tasi qaratqich kelishikda iste’mol qilingan.
10 — «وَليَتَلَطَّفْ» (Valiyatalattof) so‘zi Qur’onning umumiy so‘zlarining teng yarmida, «te» harfi esa umumiy harflrining qoq o‘rtasida zikr qilingan.
11 — Har bir suraning o‘z nomi bo‘lib, ayrim suralarning birdan oshiq nomlari bor. Hatto, muborak «al-Hamdu» surasining yigirmadan ortiq nomi bor. Ulardan ba’zilari: Fotiha, Ummul-Kitab, Sab’ul-Masaaniy, Kanz, Vaafiya, Kaafiya, Shaafiya va boshqalar.
12 — Ba’zi suralar o‘z nomlarini suralar avvalidagi qisqartirilgan harflardan olgan: Toha, Yosin, Sod va Qof kabi.Makkiy oyat va suralar hijratdan avval Makkada, Madaniy oyat va suralar esa hijratdan so‘ngra Madinada nozil bo‘lgandir. Ayrim ulamolar esa bu suralarning hijratga aloqasi bo‘lmay, nozil bo‘lgan makoniga ta’alluqli ekanini qayd qilganlar.
13 — Eng qisqa oyat «Yosin» surasidagi «Yosin» bo‘lib ... ba’zilar: «ar-Rahmon» surasidagi «Mudhaammataan» oyati, dedilar ..., eng uzun oyatlar «Baqara» surasining ikki yuzinchi oyatidan keyingi oyatlardir.
14 — 29 ta sura qisqartirilgan harflar bilan boshlanadi.
15 — 5 ta sura «Alhamdu li...» bilan boshlanadi. Ular: «Fotiha», «An’om», «Kahf», «Saba’» va «Fotir» suralaridir.
16 — 7 ta sura Xoliqqa tasbih aytish — Uni poklash: «Sabbaha» — «yusabbihu» — «subhona» bilan boshlanadi. Ular: «Isro’», «A’lo», «Tag‘obun», «Jum’a», «Soff», «Hashr» va «Hadid» suralaridir.
17 — 3 ta: «Ahzob», «Taloq» va «Tahrim» suralari «Yaa Ayyuhann—nabiyyu» jumlasi bilan boshlanadi.
18 — 3 ta sura «Yaa ayyuhallaziyna aamanuv» jumlasi bilan boshlanadi. Ular: «Moida», «Hujurot» va «Mumtahana» suralaridir.
19 — 5 ta sura «Qul» so‘zi bilan boshlanadi. Ular: «Jin», «Ixlos», «Falaq», «Nos» va «Kofirun» suralaridir.
20 — 2 ta sura «Yaa ayyuhan-naas» jumlasi bilan boshlanadi. Ular: «Niso» va «Haj» suralaridir.
21 — 4 ta sura «Innaa» so‘zi bilan boshlanadi. Ular: «Fath», «Nuh», «Qadr» va «Kavsar» suralaridir.
22 — 15 ta sura qasam ichish bilan boshlanadi. Ular: «Zoriyot», «Tur», «Najm», «Mursalaat», «Naazi’aat», «Buruj», «Toriq», «Fajr», «Shams», «Layl», «Zuho», «Tiyn», «Aadiyat», «Asr» va «Sooffaat» suralaridir.
23 — Quyidagi 15 surada sajda oyati kelgan: «A’rof», «Ha mim, fussilat», «Ha mim, sajda», «Nahl», «Maryam», «Haj» (bu surada ikkita sajda bor), «Naml», «Inshiqoq», «Ra’d», «Isro’», «Furqon», «Sod», «Van-Najm» va «Alaq».
24 — Qur’on Karimning nomlari
Qur’on Karim o‘z ichida o‘zi uchun o‘nlab nomlarni zikr qildi: Furqon, Kitob, Nur, Tanzil, Kalom, Hadis, Mav’iza, Hodiy, Haq, Bayon, Munir, Shifo, Azim, Karim, Majid, Aziz, Ne’mat, Rahmat, Ruh, Habl (Arqon), Qasas (Qissalar), Muhaymin (Qamrovchi), Hakam, Zikr, Siroj (Chiroq), Bashir (Xushxabarchi), Nazir (Ogohlantiruvchi), Tibyon (Bayon), Adl (Adolat), Munodiy (Darg‘achi), Shofiy (Shifo beruvchi), Zikro (Eslatma) va Hakim (Dono). Ulamolar Qur’on Karimning boshqa nomlarini ham aytib o‘tdilar. Ular: Mezon (Tarozi), Ahsanul-Hadis (Eng Go‘zal So‘z), al-Kitabul-Mutashaabih (Oyatlari balog‘at va fasohatda bir-biriga o‘xshash Kitob), Masoniy, Haqqul-Yaqiyn (Chin Haqiqat), Qoyyim (Sobit), Ablag‘ul-Vu’’oz (Vo’izlarnig Eng Yetugi).