Mo'minlar makoni  ( 2524 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  19 Avgust 2009, 07:46:15

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh! Qiyomat kuni biz rabbimizni ko‘rgaymizmi?» — deb so‘radik. Ul zot: «Musaffo osmon uzra porlab turgan quyosh yokim oyga boqib zarar ko‘rgaymisizlar?» — dedilar. Biz: «Yo‘q, yo Rasululloh!» — dedik. Ul zot bunday dedilar: «Quyosh va oyga boqib zarar ko‘rmaganingiz kabi rabbingizga boqib ham zarar ko‘rmagaysizlar! O’shal kuni jarchi (farishta) kelib, kim nimaga sig‘ingan ersa, o‘shaning ortidan ergashsin, deb ovoza qilgay. Xoch (but)ga sig‘inganlar xoch ortidan, sanam (ma’buda)larga sig‘inganlar sanamlar ortidan, xullas, kim Olloh taolodan bo‘lak narsalarga sig‘ingan ersa, o‘shaning ortidan ergashgay. Mahsharda Olloh taologa sig‘ingan solih va gunohkor musulmon bandalar hamda kitob ahlining bir qismigina qolgay. So‘ng, jahannam yuzaki bir tarzda ularning ko‘z oldilaridan o‘tkazilgay. Keyin, yahudiylardan: «Ul dunyoda nimaga ibodat qilgan erdingizlar?» — deb so‘ralgay. Ular: «Ollohning o‘g‘li Uzayrga ibodat qilgan erdik», — deyishgay. «Yolg‘on aytursizlar, Ollohning xotini ham, o‘g‘li ham bo‘lmagandur! Istagingiz nedur?» — deyilgay. Ular: «Bizga suv ichirsang!» — deyishgay. Shunda: «Ichingizlar!» — deyilgay. Suv ichishgach, ular jahannamga qulab tutgaylar. Keyin, nasorolarga qarata: «Nimaga ibodat qilgan erdingizlar?» — deyilgay. Ular: «Ollohning o‘g‘li Isoga ibodat qilgan erdik», — deyishgay. «Yolg‘on aytursizlar, Ollohning xotini ham, bolasi ham bo‘lmagandur! Ne istagaysizlar?» — deyilgay. Ular: «Bizga suv ichirsang!» — deyishgay. «Ichingizlar!» — deyilgay. Suv ichishgach, ular ham jahannamga qulab tushgaylar. Nihoyat, Olloh taologa sig‘ingan solih va gunohkor musulmon bandalarning tanho o‘zi qolgay. Ularga «Barcha odamlar ketib bo‘ldi, nechun sizlar bunda ushlanib qoldingizlar?» — deyilgay. Shunda ular: «Bizlar, dushmanlaring bo‘lmish ahli kitoblardan (Yahudiy va nasorolardan), garchi tirikchiligimiz ularga bog‘liq bo‘lgan ersada, seni deb yuz o‘girgan erdik, endi nechun ularga ergashaylik? Axir, bizlar jarchi farishtaning «Har kim o‘zi ibodat qilgan narsasi ortidan ergashsin!» degan ovozasini eshitdik-ku?! Shul boisdan ham bizlar bul yerda qolib, rabbimizni kutmoqdamiz», — deyishgay. Shunda, Olloh taolo ular ko‘rib tanib ololmagan dastlabki qiyofasini o‘zgartirib, o‘zining asl ko‘rinishida kelgayda: «Men rabbingizdurmen!» — degay. Ular: «Sening birlan faqat payg‘ambarlargina so‘zlasha oladirgan o‘shal rabbimizdursen!» — deyishgay. Olloh taolo: «Parvardigoringizni kaysi alomatidan tanib olursizlar?» — degay. Ular: «Jamolining o‘ta nurafshonligidan», — degaylar. Olloh taolo o‘z jamolini ko‘rsatgach, barcha mo‘minlar unga sajda qilgaylar. Ammo, Olloh taologa riyokorlik va shuhratparastlik yuzasidangina sajda qilib yurganlar endi harchand urinmasinlar, sajda qila olmagaylar. Keyin, sirot ko‘prigi olib kelinib, jahannam ustiga o‘rnatilgay». Biz (Janob Rasulullohning gaplarini bo‘lib): «Yo Rasulalloh, Sirot ko‘prigi nedur?» — dedik. Ul zot bunday deb gaplarida davom etdilar: «Ul shunday bir yo‘lkim, usti tiyg‘onchiq, ilmoqli va tikanlidur, tikanlari Najdda o‘sadirgan Sa’don butasining tikanlariga o‘xshaydur. Mo‘min odam ul ko‘prikdan bir lahzada, yokim yashin tezligida yohud shamoldek yoinki chopqir otdek yo tezyurar tuyadek o‘tib ketgay. Birovlar sog‘-salomat, birovlar a’zoyi badani tilka-pora bo‘lgan xolda o‘tib olgay, birovlar ersa, jahannamga yuz tuban qulagay. Sirot ko‘prigidan eng oxiri o‘tadirgan odam zo‘r-bazur sudralib o‘tgay. Keyin, o‘zlaringiz bilgan mo‘minlarning holi ne kechganini ko‘rib, Olloh taologa: «Yo parvardigorimiz! Ular biz birlan birga namoz o‘qigan, ro‘za tutgan va amali solihlar qilgan birodarlarimiz erdilar», — deb yolvorgaysizlar. Shunda Olloh taolo: «Boringizlar, agar qalbida bir dinorchalik iymoni bor kishini topsangizlar, do‘zaxdan chiqaringizlar!» — degayda, «Ular kirganlarida kuydirmagil!» — deb do‘zaxga tayinlagay. Mo‘‘minlar borib qarasalar, birovlar to‘pig‘igacha, birovlar tizzasigacha olovga botib ketgan bo‘lur, shunda (olovda kuymay qolgan sajda izlaridan) tanib o‘z birodarlarini do‘zaxdan chiqarib olgaylar. Keyin, qaytib kelgaylar. Olloh taolo yana: «Boringizlar, qalbida yarim dinorchalik iymoni borlarni topsangizlar, do‘zaxdan chiqaringizlar!» — degay. Ular borib, o‘zlari tanigan kishilarni do‘zaxdan chiqarib qaytib kelgaylar. Olloh taolo yana: «Boringizlar, qalbida zarracha iymoni borlarni topsangizlar, do‘zaxdan chiqaringizlar!» — degay. Ular borib o‘zlari taniganlarni do‘zaxdan chiqarib olgaylar».

Buxoriy rivoyati, sahih

Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Avgust 2009, 08:16:35

ALLOH TAOLO NAQADAR MEHRIBON VA RAHMLI ZOTDIR!

ALLOHDAN JAHANNAM AZOBIDAN, DO'ZAX OLOVIDAN PANOH SO'RIMIZ!

IYMONIMIZNI MUSTAXKAM QILSIN! QALBLARIMIZNI JANNATUL-FIRDAVSGA OLIB BORUVCHI AMALLAR BILAN BIRGA QILSIN. OMIN!

Qayd etilgan


yoqutxon  29 Sentyabr 2010, 09:07:27

Olloh rozi bo'lsin.Judayam ta'sirlandim. Ayniqsa mana shu joyida:Axir, bizlar jarchi farishtaning «Har kim o‘zi ibodat qilgan narsasi ortidan ergashsin!» degan ovozasini eshitdik-ku?! Shul boisdan ham bizlar bul yerda qolib, rabbimizni kutmoqdamiz», — deyishgay. Shunda, Olloh taolo ular ko‘rib tanib ololmagan dastlabki qiyofasini o‘zgartirib, o‘zining asl ko‘rinishida kelgayda: «Men rabbingizdurmen!» — degay. Ular: «Sening birlan faqat payg‘ambarlargina so‘zlasha oladirgan o‘shal rabbimizdursen!» — deyishgay. Olloh taolo: «Parvardigoringizni kaysi alomatidan tanib olursizlar?» — degay. Ular: «Jamolining o‘ta nurafshonligidan», — degaylar. Olloh taolo o‘z jamolini ko‘rsatgach, barcha mo‘minlar unga sajda qilgaylar.
  . Qiyomatda Inshaalloh  o'sha insonlar bilan birga bo'lish nasib qilsin.

Qayd etilgan


UzMuslim  29 Sentyabr 2010, 20:48:50

 :amn:

Qayd etilgan