2chi Kursdamiz, yotoqxonada (Turkiyada "yurt" deyishadi, bizda ham yotoqxona'dan boshqa isim qo'yilsa yaxshi bo'lardi:)honadoshim bilan iftor vaqtini kutyapmiz. Aslida ovqat yeyish uchun emas, shunchaki kutyapmiz. Chunki ikkalamizda ham juda oz pul qolgan, hatto 1 buxanka olishga ham pul yetmayapdi. Hozir buxanka bormi, necha pul hech habarim yo'q. Hullas, iftor bo'ldi. Biz ham talabani mashhur ovqati "mastava" qildik. Bazan hazil qilardim, talabani kambag'allashganini qayerdan bilsak bo'ladi, mastava qilganidan, deb javob berardim. Chunki 1 qoshiq yog', 30-40ta guruch donasi, Xudono bergan suvi yetadida:) Hayotimdagi eng faqir iftorlardan birini o'sha kuni o'tkazdim, uyalganimizdan hech kimdan na qarz oldik, na non so'radik. Bu ham bir imtihon dedik, kunlarimiz o'tdi.
Oradan bir necha yil o'tib, allaqachon o'qish tugagan, men ham bir shirkatda ishlay boshlagan edim. Eng yaqin o'rtog'im Alloh qabul qilsin, ishxonada boshqalar bilan birgalashib qurbon so'yishdi. U Turkiyalik bo'lgani uchun sening taniydigan, go'shtga ihtiyoji bo'lgan insonlar bormi, deb so'radi? Meni aqlimga darrov yotoqxona keldi. U bilan darrov yotoqxonaga keldik. Har doimgiday eshikni yonida "vahtyorsha hola" o'tirardilar. U kishi kimga kelding, dedilar, men ham talabalarga go'sht tarqatamiz, desam bu kim o'zi, deb shubhalanmasin, dedim va Vodiylik qizlardan bormi, ulardan bittasini chaqiring iltimos, dedim. Darrov bir qizni chaqirishdi, o'zimni chalama-chatti tanishtirdim, qizga bu yerda shuncha go'sht bor, butun qizlarga 1 kilodan bersangiz hursand bo'lar edim, dedim darrov qochdim. Qiz hayratlangani sari meni yig'lagim kelardi...
Oradan yana yillar o'tdi, ortiq Turkiyada talabaman, Ramazon iftorlarida shunchalik izzat hurmatdamizki, O'zbekistonlik bo'lganimiz uchun bu hurmat ikki barobar ortadi. Voy qardosh o'lka, voy O'zbeklar deb mehr bilan kutib olindik har honadonda. Lekin eng oz 6 hil ovqat, 2-3 hil pishiriq qilingan honadon bo'lsin, hatto mahsus chaqirilganimiz "Chırag'an saroyi bo'lsin, (Çırağan sarayı) ilk luqmamni og'zimga olganimda yillar oldin o'rtog'im bilan och qolganimiz mahzun talabalik iftorim aqlimga kelaveradi...