Ramazonga oid qanday xotiralaringiz bor?  ( 46319 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


siddiqa  24 Avgust 2009, 04:09:12

Assalamu alaykum.
1987 yil edi. Ramazon oyi keldi. Unda ochiq oydin ibodat qilishni ilojisi yo'q edi. Ro'za tutib maktabga chiqdim. Rus tili o'qituvchimiz, ro'za salomatlikka zarar ekani haqida ancha bizlarga "nasihat qildi". Va kim ro'za tutgan deb savol berdi. Hamma qo'rqqanidan jim o'tiribdi. Shu payt o'qituvchimiz tashqaridan suv olib keldida hammaga majburlab bo'lsa  ham ichirishni boshladi. Albatta ro'za tutmaganlar ham bor edi, lekin ro'za tutgan sinfdoshlarimga rahmim kelib qarardim. (U paytda majburan yoki bilmasdan narsa tanavvu qilinsa ro'za ochilmasligini bilmasdim-da) Naqd menga kelganda suv tugan qolgan. Ancha shaddodligim borligi uchun, o'qituvchiga qarab:"Domla, siz ovora bo'lmang, men o'zim tashqariga chiqib ichib kelaman, juda chanqab turgandim", dedim.O"qituvchi:"Baribir sen ro'za tutmagansan, bor chiqaver", dedi.
Chunki meni ota-onam, shu maktabda o'qituvchi bo'lib ishlashardi....
:ms:              :D :D

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Avgust 2009, 07:02:12

Assalomu alaykum!
Ramazon xotiralari xayolimga kelarkan, bolaligim o'tgan xonadonimiz, munchoqdek marg'ilon do'ppilarni kiyib, masjidlarni to'ldirib o'tirgan go'zal jamoat esimga tushaveradi. U paytlarda atrofdagi barcha mahalla masjidlari faoliyat yuritar, hali hech qaysisi "mahalla oromgohi", "qariyalar maskani" yoki "axborot-resurs markazi"ga aylantirilmagan, jamoatda yoshlar soni juda yoshlar soni juda ko'p bo'lardi. Tarovih namozida masjidga odam sig'may, garchi sovuq bo'lsa-da, tashqariga joy solinib, shu yerda ham tumonat jamoat yig'ilardi...

* * *

Tarovih namoziga qariyalar ertaroq chiqib olishardi. Chala-yarim yonayotgan pechka atrofiga o'tirib olib, namoz vaqtini kutishardi. Men ham ularning go'zal suhbatlaridan bahramand bo'lish uchun ertaroq chiqardim. Ba'zida menga turkiy kitoblardan mutolaa qilib berishimni aytishardi. Bir kuni "Ibodati Islomiya"dan "Qiyomat va oxirat" bo'limini o'qib berayotgan edim. Masjid jamoat bilan liq to'la, men turkiychasiga "Undan so'ng ne bo'ladur?" degan savol-javoblarni o'qib borardim. Bir payt rosa qiyomat dahshatlari mavzusiga kelganda chiroq o'chib qolgandi. Mening oxirgi o'qigan kalimam, "Undan so'ng ne bo'ladur?" edi. Shunda mahallaning eng yoshi ulug'laridan biri Hasanboy tog'a, "Undan so'ng svet o'chib qolodur", degani ko'pchilikda tabassum uyg'otgan edi...

Qayd etilgan


Muslima.bgm  25 Avgust 2009, 10:54:03

Bunda 3 yil oldin saharlikka turdim.Ovqatlanib bo'lib , o'g'iz yopib,dasturxonni  bitta olmani eb yig'ishtirganman. Keyin birdan esimga tushib qoldi ro'za ekanligim.Lekin bilmay qolsa ro'za buzilmaydi deyishadiku
 Xar ro'za tutganimda shu voqeani kulib eslayman.

Qayd etilgan


Muslima.bgm  25 Avgust 2009, 11:32:32

Bir savolga xaligacha etarli javob olmagan. Ro'zani boshida 3 kun o'rtasida 3 kun oxirida 3 kun tutsa xam bo'ladi degan gapni eshitganman. Shu rostmi ? Javobingiz uchun oldindan raxmat.

Qayd etilgan


Ansora  25 Avgust 2009, 13:29:52

Yaqinda Trukiya tv-dagi iftor programmalaridan birida İlohiyot bilimlari Dotsent Doktori Mustafa Karatsh Ramazonning boshida, o'rtasida, ohirida tutsa bo'ladi, degan gapning insonlar tarafidan uydirma ekanligini aytib o'tdi.

Qayd etilgan


Jalol Ahmad  26 Avgust 2009, 01:57:57

Rosa ajoyib mavzu ochibsiz Kapalak Ramazon oyida haqiqatdan ham hotiralar kup buladi. Mani uzim guvohi bolgan bir hotirlatma haqida yozmoqchi edim  bir hotirlatmani yozishni lozim deb topdim aslinda bir emas kup buladi.Ayniqsa MusoFirlikda yurgan brodarlar ham bilishadi.

 Hullas kechan yil anigrogi ramazon oyi edi hammamiz ruzadormiz qizigi iftor harakatini boshladik hammamiz birlikda qarasak 2.3 daqiqa bor ekan shu asnoda gaplashib utirgan  edikki bir brodarimiz shoshilib qulini yuvdide yonimizdagi bir bush erga utirdida apil tapil duodi uqigande buldide eb ketdi hamma hayron buldi kegin qarasaki hammamiz kutib emasdan utiribmiz ha azon uqilmadimi deb yubordiyu birdan  ushanda hamma utirganlar urtasida tabassum urtaga chiqqan edi usha usha esda qolgan edi.  :)
 

Qayd etilgan


Ansora  26 Avgust 2009, 03:41:22

Turkiyada tvi-ni burchagida qaysi shaharda iftor vaqti bo'lgani yozilib azon o'qilib turadi. Bir qizni bobosi o'qish yozishni bilmas ekan, boshda iftor bo'lgan shaharga azon o'qishi bilan darrov duo qilib su ichibdi. Voy deyishibdi, bobo to'htab turing. Nima debdi bobo bechora, hali bizniki kelmadimi? Keyingi shaharga kelganda otahon yana bir marta duo qilib suv ichibdilar. Bu safar nabiralar, hali bo'lmadi, biz sizga aytamiz deyishibdi. Bechora otahon arazlab, xonasiga kirib ketib, too Turkiyadagi butunnn shaharlar o'qilguncha xonasidan chiqmagan ekanlar...
72 ta viloyat bor:(

Qayd etilgan


Ansora  26 Avgust 2009, 03:48:41

Yana bir voqea aytib beray: Bir talaba o'rtog'lari bilan uylarida iftorni qilishibdi lekin saharga juda oz narsa qolgan ekan, cho'ntaklari ham taptaqir. Ustiga uyga 2ta mehmon ham kelibdi. Talaba bechora, hay mayli Allohga omonat, bir gap bo'lar debdi, taroveh o'qigani jome'ga chiqishibdi. Namozda yig'lab duo qilibdi, ey Allohim sen bizga rizq ber, uyaltirma, mehmonlarga nima yediraman, deb rosa qayg'uribdi. Namozini o'qib Jome'dan chiqar ekan, bir otahon, bolam sen talabamisan, deb so'rabdilar. Talabamiz, ha otahon, buyuring, debdi. O'g'lim, debdi, men necha kundan beri bir talaba topib ularga oziq-ovqat bermoqchiydim, atab qo'yganman. Bizni talaba hursandchilikdan nima deyishini bilmay, hayajondan yig'lab yuboribdi. Otahon ularga bir dunyo oziq-ovqat beribdi hatto ertasiga uylariga iftorga chaqiribdilar.
Alloh o'zi uchun ro'za tutgan qullarining duosini qanchalar tez qabul qilibdi qarang, barchamizning duolarimiz qabul bo'lsin insholloh.

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Avgust 2009, 22:32:14

Bu voqeani dadam aytib bergan edilar:
Qayta qurish yillarida, odamlarning islomiy e'tiqodi endi shaklanayotgan bir paytda dadamning bir do'stlari, Ramazon oyida iftorga aytibdi. Og'izni ochib, biroz tamaddi qilganlaridan so'ng, shom namozini o'qishga kirishishibdi. Uy egasi va boshqa mehmonlar birgalikda namozni o'qishibdi. Namoz so'nggida, imom "Assalomu alaykum alaykum va rahmatulloh" deb ikki tarafga salom bersa, uy egasi ham ovozini chiqarib, "Assalomu alaykum Ibrohim aka!", "Assalomu alaykum Ibrohim aka!" deb namozni tugatibdi : )

Gap shundaki, uy egasining ismi Rahmatulloh, imomning ismi Ibrohim aka ekan. Rahmatulloh aka, esa shu kuni birinchi marta namoz o'qib, ibodat so'nggida yonidagilarga salom berarkan-da, deb o'ylab, imomga salom berib yuborgan ekan : )

Qayd etilgan


Mahdiyah  27 Avgust 2009, 09:48:53

Bir savolga xaligacha etarli javob olmagan. Ro'zani boshida 3 kun o'rtasida 3 kun oxirida 3 kun tutsa xam bo'ladi degan gapni eshitganman. Shu rostmi ? Javobingiz uchun oldindan raxmat.

FARZ amallarda unaqa bo'lsa bo'ladi, munaqa bo'lsa bo'ladi degan gaplarni odamlar o'zi uchun o'ylab topgan!
Alloh taolo Qur'oni Karimda FARZlarni aniq qilib belgilab bergan!
Faqatgina sunnat yo nafl ibodatlarida ihtiloflar bo'lishi mumkin.
Shuning uchun FARZ da odamlarni gapiga emas Allohning kalomi Qur'onga qarab ish tutiladi.

Lekin inson biron bir sabab bilan kasal yoki ro'za tuta olmaydigan holda bo'lsa bu uchun ham aniq fatvolar berilgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "œKim ruxsatsiz va kasal bo'lmay turib,
Ramazonda biron kun ro'za tutmasa, garchi umr bo'yi ro'za tutsa ham, o'sha kunning
qazosini o'tay olmaydi".

Termiziy rivoyati

Shu so'zlarning o'zi ham KIFOYA!

Qayd etilgan