Ramazonga oid qanday xotiralaringiz bor?  ( 46326 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Ansora  27 Avgust 2009, 12:58:50

Ramazonni barakati boshqacha bo'ladida:) Kecha no'hotimiz tugabdi, olishimiz kerak, deb gapirib turgandim. Hech ko'rmagan qo'shnim qishlog'idagi hovlilarida yetishtirgan no'hotdan qizi orqali menga ham berib yuboribdi. Alloh shunday ulug' kunda bir-birini o'ylaganlardan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Mahdiyah  29 Avgust 2009, 07:52:15

O'tgan yilimidi aniq eslomiman, net kafeda o'tirganimizda birto'da bo'lib kichkina bolachalar kelib eshikni tagida turvolishdida birdaniga
"Ramazon aytib keldik eshigingizga
Qo'chqordek o'g'il bersin beshigingizga
..."
deya RAMAZON aytib ketishdi.
Uyma uy yurib etishganini ko'rganmanu
BUNAQASINI ENDI KO'RISHIM  :D

Biz ham Ramazon aytardik.
Esimda opam, man va yana Kamola digan dugonam bn hali juda kichkina paytimizda Kamolani akasi va yana shu domda yashidigan Shavkat aka bizlarga Ramazon ettirib o'zlari bekinib turishardi.
Pul berganlarni pulini o'zlariga olishardiyu, shirinliklar tushsa bizga tegardi.  :D
Yosh bolani aldagani YAXSHI ...  :D

Qayd etilgan


Ansora  29 Avgust 2009, 16:59:47

Rostdan ham yosh bolalarni Ramazon aytishlarda aldashganiga men ham shohid bo'lganman. Ayam odatda bizga Ramazon aytishga ruhsat bermasdilar. Bolam, birovda bor, birovda yo'q. İnsonlarni bezovta qilmanglar, derdilar. Kichkina ukam -6-7 yoshlarda edi, bir kun mahallani bolalari ukamni aldab-suldab chaqirishibdi,kel pul to'playmiz, deb. Yo'q bolib qoldi, desak, Ramazon aytishga ketgan ekan. Oradan 1-2 soat o'tgandan keyin kirib keldi.Qo'lida atlas belbog', aaa dedik sen katta bo'lib Ramazon aytadigan bo'lib qoldingmi:) ukaginam, burnini tortib, menga faqat suvi qochgan non berishdi, dedi:) mahallani "akalari" pullarni bo'lishib, qolgan narsalarni yosh bolalarga "ulashishgan" ekan:) ukam yig'lamasin, deb unga o'zimiz pul bergandik:)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  31 Avgust 2009, 11:15:49

Mem endigina 5-sinfda o'qiyotgan paytlarim edi. Onajonim ro'za tutgan paytlarda men ham juda qiziqardim. Tutgim kelardi. Ana shunday Ramozon oylarining birida onamni rosa qo'ymay men ham ro'za tutdim. Tutganimning ikkinchi kuni onam qaerdandir juda ham katta katta o'rikning quritilganini olib keldi. Akalarim ham bor edi. Oldimizga englar deb qo'ydi. ... Buni qarangki men ham akalarimga qo'shilib o'rikdan eb boshladim. Shunda aklarimning biri ikkinchisini eyotganimda "... iya sen ro'zamasmiding" deb qoldi. Rosti ro'zaligim esimdan chiqib ketgan ekan. Shunda og'zimdagi o'rikni olib tashladim. Lekin o'shanda onam bilgan ekanlar meni to'yib eb olsin degan bo'lsa kerak indamabdi. O'shanda rosa afsus qilganman. Lekin bilmay esa hech narsa qilmaydi deyishgani uchun biroz ko'nglim xotirjam bo'lgan... :)

Qayd etilgan


Ansora  31 Avgust 2009, 22:13:46

Ozgina oldin, İstambul uchun azon o'qildi. Tv kanallarining birida hayirsevar er-xotin haqida qisqa ko'rsatuv bor edi. 2-3 kun oldin bu er-xotin uylariga qariyalar uyidan 15 ga yaqin yoshi ulug' kishini davat etishibdi. Bechora mehmonlar, ularga ko'rsatilgan izzat-hurmat qarshisida uyalib-siqilib o'tirishar, oilalari tarafidan qariyalar uyiga tark etilganliklari uchun yuraklarida g'am, ko'zlarida esa yosh qotib qolgan edi. Mehmonlarga turli tuman ovqatlar ikrom edildi. Ovqatlar yeyib bo'lingandan keyin ular bilan tv hodimi suhbatlasha boshladi. Hammasining yuzlarida minnatdorchilik, uy egalariga uzundan uzoq duo qilishardi. Qariyalardan biri 1 o'g'li 1 qizi borligini, bir onalariga qaray olmay, qariyalar uyiga olib borib tashlashganini aytib, yig'lay boshladi. Birdaniga qolgan qariyalar ham huzunlandilar. Shu asnoda uy egasi otaxon qo'lida bir quti bilan mehmonlar o'tirgan xonaga kirib keldi. Mehmonlarga buning nima bo'lishi mumkin ekanligini so'radi. Mehmonlar kulimsirab, qiymatli narsa bo'lishi kerak, dedilar. Uy egasi, qutining ichida Payg'ambarimizning soqoli-shariflari bor ekanligini aytganida mehmonlar birdaniga hayajonlana boshladilar. Uy egasi Payg'ambarimizning soqollarini 40 qavat matoga o'ralgan joyidan chiqardi. Soqolni chiqarar ekan mehmonlardan Payg'ambarimiz uchun salovot aytishlarini iltimos qildi. Soqoli-sharif shishaning ichiga qimirlamaydigan qilib joylashtirilgan edi. Tv kanalidan ko'rar ekanman, men ham juda hayajonlandim. Mehmonlar birma bir shishani qo'llariga olib o'pib ko'zlariga surtdilar. Ozgina oldin yaqinlaridan shikoyat qilib, ko'zlariga yosh olib turgan insonlar endi dunyoviy hollardan tamoman uzoqlashgan edilar. Yuzlarida ajib bir hotirjamlik, ko'z yoshi to'kardilar. Lekin endi bu ko'z yoshlarini insonlarning eng sharaflisi, eng qadirlisi uchun to'kayotgan edilar. Ularni ko'rib men ham juda tasirlandim va dedimki, dunyoda unim yo'q, bunim yo'q shu menga buni dedi, vahokazo sabablar bilan moddiyat uchun yig'lab siqtaymiz...
Alloh Jella ve Jelaluhu ko'z yoshlarimizni o'tkinchi, foniy sabablar uchun to'kishdan o'zi saqlasin insholloh.

Qayd etilgan


Ansora  31 Avgust 2009, 22:20:18

Yuqoridagi uy egasi mehmonlarni iftorga chaqirgan edi, yozish esimdan chiqibdi, uzr.

Qayd etilgan


Ansora  31 Avgust 2009, 23:09:04

Savobdan qochish yo'q!

Mehmet O'zguvenning(Turkiya) Ramazon hotirasi:

Agar yanglishmasam 1988-yil, Ramazon oyining ohirgi kunlaridan biri edi. 10-12 o'rtog'imiz bilan bizga iftor berish uchun uyiga chaqirgan kishining qo'ng'irog'ini chaldik. Eshik ochilib, bizni ichkariga kiringlar, deb taklif qilishdi. Faqat ichkarida yerga kichkinagina dasturxon solingan, uydagilar iftorlarini qilib bo'lishgan edi. Bu ishda yanglishlik bo'lsa kerak, deb o'yladik. Uy egasi esa, biz namozlarimizni o'qir ekanmiz, yon tarafdagi xonada bizga yangidan dasturxon soldiribdi. Telefon qilib bildikki, yanglish adresga kelibmiz. İftorimizni qilib bo'lgandan keyin uy egasi Ali bey bilan biroz suhbat etdik. U kishi esa, bizlarni hayajonga solgan shu so'zlarni aydilar: 20 kundan beri uyimda farqli farqli talabalar guruhiga iftor beryabman. Kecha, ertaga hech kimni chaqirmay, oila-azolarim bilan iftor qilay, dedim. Ko'rdimki Alloh Taolo bunga rozi bo'lmadi, bugun ham sizlarni jo'natdi:)

Qayd etilgan


Ansora  01 Sentyabr 2009, 00:17:46

Sulton II-Mahmud Xon Ramazonda o’z davrining tanilgan zotlarini iftorga davat etibdi. Mashhur shoir İzzat Mulla Xon ham davatlilar orasida ekan. 
Xufton azoni o’qilib, jamoat namozga boshlabdi. İmomlik qilayotgan zot, namozni ikki sajdani bir sajdaga ketadigan vaqt ichida tez tez qildira boshlabdi. Qisqa vaqt ichida namozning Attahiyotu duosiga kelibdilar. Shu payt tashqaridan bir kishi kelib namoz o’qiyotganlarini ko’rib: "œTayyor tahoratim bor ekan men ham jamoatga yetishib olsam yaxshi bo’lardi, safga qanday tursam ekan, deb o’ylab turgan vaqti İzzat Mulla salom berib, odamga shunday degan ekan:
"œHay birodar! Biz namozning ichida ekan yetisholmayabmiz, sen tashqaridan kelib qanday yetishmoqchisan?"   

Qayd etilgan


Ansora  01 Sentyabr 2009, 00:26:15

Bir Ramazon kuni Usmonli Sultoni III-Mahmudning vaziri Koja Ragip Pashaning ko’shkidagi suhbat asnosida Ragip Pasha Shoir Hashmetga qarab:
-Sening ham qarzing bormi Hashmet?, deb so’rabdi va undan shu javobni olibdi:
- Ha afandim, mahalladaki baqqolga ming so’m, qassobga besh yuz so’m.
Ragib Pasha savolining anglashilmaganini o’ylab shu izohlar bilan savolini takrorlabdi:
-Men ularni so’rayamayabman, ro’za qarzing bormi? Shoir Hashmet bu savolni shunday javoblabdi:
-Pasham, ro’za qarzini Olloh so’rar, sizning so’raydigan qarz esa qul qarzidir.

Qayd etilgan


Ansora  01 Sentyabr 2009, 00:31:24

Bir kishi Ramazon kuni turshak yeyayotgan ekan, buni ko’rgan boshqa bir kishi:
-Voh voh, Musulmon odam ro’zasini buzadimi hech?; debdi.
-Yo’q men ro’zaman, debdi. Lunjining shishganini ko’rib hayratga tushgan kishi;
-Bo’lmasa og’zingdagi nima?, deb so’rabdi. Ro’zasini buzgan odam esa:
-Turshak, debdi. İftorgacha yumshasin, deb og’zimda ushlab turibman, degan ekan:)

Qayd etilgan