Ramazonga oid qanday xotiralaringiz bor?  ( 46359 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Ansora  06 Sentyabr 2009, 06:14:37

Bu yil İstambuldagi Esenler semtida dunyodagi eng uzun iftor dasturxoni tashkil etildi. Bu tadbirning shiori "Bir dasturxon ham sen yoz" bo'lib, xalq o'z kuchi va istagi bilan dasturxon ochibdi. Bu dasturxonning uzunligi esa 3 kilometr bo'libdi. Bu Ramazon barakati, Alloh din qardoshlarimizning iftorlarini qabul etsin insholloh.

Yana Esenlardagi Jome'lardan birida bugun peshin namozidan keyin xalqqa "Namoz o'qishni o'rganyabman" kitobi pulsiz tarqatilar ekan.
Alloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Ansora  06 Sentyabr 2009, 06:52:30

TRT 1, Turkiyaning 1-Davlat kanalining saharlik dasturining bugungi mehmonlaridan biri, Quddusda yashaydigan O'zbek Shayhi Abdulaziz Buxoriy edilar. U kishi Quddusdagi O'zbeklar madaniyat markazidan ham bahsettilar. Muslulmonlar asosan Makka va Madinaga boradilar, Quddus esa unutildi, deb ko'zlariga yosh oldilar. Qachon Quddusga kelsangiz sizlarni mehmon qilishga tayyorman, deb o'zlarining mail adreslarini berdilar.

[email protected]

Biz ham u kishiga bir salom berib qo'ysak yaxshi bo'lardi, deb o'yladim.

Qayd etilgan


Ansora  08 Sentyabr 2009, 17:13:32

Ayam gapirib bergandilar. Kichkinaliklarida holamlar bilan ro'za tutishar, keyin kun bo'yi saqich chaynab yurisharkan:) Ham qora saqich. Nima bo'lsa ham ichimizga ketmayabdiyuu, deyisharkan:)

Qayd etilgan


Ansora  17 Sentyabr 2009, 21:26:13

Ozgina oldin iftor dasturida din ilmi ustozlaridan biri juda ma'noli gaplarni aytdilar:
"Ramazonda shaytonlar zanjirga bog'lanadi, lekin nima uchun biz insonlar haliyam gunoh qilyabmiz? Bizning nafslarimiz qiynoqqa solinadi, lekin nafsimiz bizdan tamoman olinmadi.
Futbol antranyori stadionga tushmasa ham futbolchilar to'pni tepishavergani kabi, shayton bo'lmasa ham bizning nafsimiz gunoh ishlashda davom etaveradi. Demakki avvalo shaytonni emas, o'z nafsimizni ablashimiz kerak ekan"...

Qayd etilgan


Ansora  19 Sentyabr 2009, 20:29:50

Turkiyaning 7 ci kanalida Ramazoni Sharifning so'nggi kuniga oid iftor dasturi berilyabdi. Dastur mehmoni Finlandiyalik bo'lib yaqinlarda Musulmon bo'lgan bir qardoshimiz edi. O'ziga O'mer ismini tanlabdi. Kasbi Bokser ekan. Musulmon bo'lishiga sabab Musulmon hamkasbining unga hadiya etgan Qur'oni Karim bo'libdi. O'merdan bilgan suralarini o'qishlarini iltimos qildilar. Ollohim...Endigina Musulmon bo'lgan va Fin tilida gapirishiga qaramay Arab tilidagi suralarni shunaqangi chiryoli talaffuz bilan o'qidiki, etlarim jimirlab ketdi. Agar O'mer boshqa kasbda bo'lsa edi bunchalik hayron bo'lmasdim, chunki odatda sportsmenlar o'zlarining inonchlarida ko'p bahs etishmaydi. Bu ham bo'lsa Ollohning nasibi. Shu daqiqalarda unga ertagangi Bayram namozini qanday o'qishlarini o'rgatishyabdi.
Rabbim bu yilgi Ramazon oyi ichida qo'ldan kelguncha Ramazonga odi hotiralar bilan o'rtoqlashishni nasib etdi. Tilaymanki, keyingi yilga ham Yaratgan safimizdan kamaytirmasdan, yana ham ortgan holda, bu forumda bir-birimiz bilan halollashib , Ramazon hotiralarini yozishni nasib aylasin.
Assalamu-alaykum va barakatullahu...

Qayd etilgan


Muhseena  19 Sentyabr 2009, 21:08:41

Ramazon tugayapti.Ey Allohim O'zing ojiz bandangdan rozi bo'l...Kelasi yil Ramazon kirib kelishiga bundanda etiqodimizni kuchli holda,senga tinmay ibodat qiladiganlar qatoridan qilgin...
Ramazon oyini yoshligimda intiqlik bilan kutardim.Saxarlik qilib bo'lgandan keyin,oq shafaqni kuzatardim.Saxarlikdan keyin iymon lazzati yana ham totli tuyuladi.Iymon yana kuchayganini,shijoatini his qilardim.Xayrulla Hamidovning eshittirishlari saharlik qilib bo'lgandan keyin tugardi,keyin esa Allohni madh etuvchi qo'shiqlar berib borilardi.Uyimdagi Qur'on tafsirini ham ilk marotaba Ramazonda sotib olganman,uyga kelib eng birinchi Yusuf surasini o'qib ko'rganman.Bu men uchun katta baxt ato etgan.Har Hayit ayyomining birinchi kuni birodarlarim Guli va Siddiqa bilan uchrashamiz.Ko''p iymonlashamiz.InshaAlloh bundan keyin ham shunday ulug' kunlarda uchrashib,iymonlashishimiz bardavom bo'lsin..

Qayd etilgan


Ansora  10 Avgust 2010, 16:41:19

Assalomu-alaykum. Mana vaqtni tez o'tishini qarangki oradan 1 yil o'tib yana "Marhabo yo Shahri Ramazon", deyish nasib bo'ldi. Rabbimizga hamdlar bo'lsin.
Bu yil yana Ramazonga oid xotiralaringizdan kutib qolamiz azizlar.  : )

Barchangizga Hayirli Ramazonlar nasib bo'lsin...

Qayd etilgan


Abdul_Malik  12 Avgust 2010, 16:43:19

Sog’inchli taroveh...
     Orziqib kutilgan Ramazonning birinchi kechasi"¦Hamma sog’ingan taroveh namozini"¦Hufton namoziga azon aytildi. Jamoat farz namoziga saf tortdi. Takbir iqomatdan keyin imom farz namozini boshladi. 4 ra’katli farz namozi salom berish bilan tugadi, shu payt jamoat ichidan bir kishi kutilmaganda baland ovozda tasbeh aytishni boshlab qolsa bo'ladimi: - "œSubhana zil mulki val malakuut"¦"....

Qayd etilgan


Ansora  16 Avgust 2010, 14:52:04

Qaynonam aytib berdilar:

"Bolaligimizda bizni saharlikka uyg'otishmasdi. Ertalab turiboq darrov oshxonaga qarab yugirardik. Nima yedinglar bizsiz, deb so'rardik : )Oshxonada tarvuz,olma po'choqlarini ko'rib yig'lmasirardik, bizga yo'qmiiii, deb:) Vaholanki tarvuz, olma bor, yesak bo'ladi, lekin saharlikda yeyilganda huddi mazasi boshqachaday tuyulardi...Nimaga bizni uyg'otmaysizlar, bizdan bir narsalarni yashiryabsizlar, deb hunob bo'lardik : ) Bolalik ekan-da, bizga Ro'za saharligi juda sehrli, mo'zizakor tuyulardi"...

Qayd etilgan


UzMuslim  19 Avgust 2010, 19:06:05

Yoshligimda Tarovehdan Bo'lgan Voqea.
Bir Kun Unda Juda Ham Yosh edim Adashmasam 12 yoshlarda,masjitga tarovehga Chiqdim.Namoz Boshlandi,Yonimda Bir odam Aksi Urgandi Man BILmasdan Sog' bo'lin Deb Yubordim,Ie deb Og'zimni Qo'lim Bilan To'sganimi Bilaman,Unisi ham Hech narsa Emas Oldimda Turgan O'sha Odam Ham Rahmat Deb Qo'ysa Bo'ladimi..

Qayd etilgan