Ramazonga oid qanday xotiralaringiz bor?  ( 46367 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Ansora  22 Iyun 2011, 15:44:06

40 kundan keyin bu mavzuda postlaringizni kutamiz : )

Qayd etilgan


Aqoid  22 Iyun 2011, 17:25:02

Men 40 kunni kutmay yozvorordim. Bog'chaga borardim 1-marta ro'za tutishni boshlaganimda. Tupukni yutib yuborsa ro'za ochiladi deb kun bo'yi tupurib yurganim esimda, tushlik ham qilmaganim ham esimda...

Qayd etilgan


Муслимшухрат  22 Iyun 2011, 20:40:09

Aqoid boshlavoribdi biz ham yozoramizda endi.
 Har yili romozonda biz dostlar bilan goh Qoqon,goh Andijon ,Asakayu Shahrihon,Marg'ilonu Chimyonga safar qilib hatmlarda bòlamiz. Bazida 3 kunlab uyqusiz qolib ketamiz.ancha ulamolarni duolarini olish nasib qilgan.Döstlar ham bisyor.Hehhe tariflash qiyin buni rohatini.

Qayd etilgan


Aqoid  22 Iyun 2011, 20:52:44

Bu yil meni ham qo'shvolaslar endi aka.

Qayd etilgan


Муслимшухрат  22 Iyun 2011, 21:34:02

Bu yil meni ham qo'shvolaslar endi aka.
Insha Alloh.

Qayd etilgan


Rabella  22 Iyun 2011, 21:36:45

Juda kichkinalik paytim, manam ro'za tutaman dib saharda uyg'onib olardim..
Hamma qatori saharlik qilardim..
Keyin tushlik paytida onajonim chaqirib, kichkina bolalar tushlikda "kichkina iftorlik" qilib oladi deb ovqatlantirib qo'yardilar. Ovqatlanib olgach yana og'zimni yopib yurvurardim, manam ro'za tutvomman dib xursaand bo'lib.. :)

Yana bir kun ko'p yong'o tozalash kere bo'gande, ro'zaligim esimda yo' , yong'oqni yeeb tozalab o'tirsam, opam kelib:
- Iye, ro'zamasmisan?
disala, voy dib og'zimni ushlab qobmande..
Shunda onajonim, "Alloh bir mehmon qilibdi-da qizim" degandilar.. :-)

ehh o'sha damlar... ))

Qayd etilgan


ibnUyayna  22 Iyun 2011, 22:31:07


 7-8 sinfda oqib yurgan paytlarim rozani yakshanba kuni tutmasidim  :),chunki bu kuni dam olish maktabga borilmidi,uyda vaqt otish qiyin bopketardi..
 adamla bir kun bilib qoldilade jaxllari chiqdi,yakshanba kuniyam roza tuta boshlagamman  :)

Qayd etilgan


ibnUyayna  22 Iyun 2011, 22:32:07


 ukam kichkina bola edi,biza bn roza tutvolip obedda sekin ovqatlanvolardi..hamamiz kulardu uydegla  ;)

Qayd etilgan


azizbek_mx  23 Iyun 2011, 11:17:49

birinchi sinfligim elas elas esimda, saharlikka turomasdan uyqusirab bir nimalar deb gapirib o'tirardim

Qayd etilgan


BelleQizcha  23 Iyun 2011, 16:30:52

Maniyam Saharlika turg'izishmasdi..
Bir ko'zim ochiq uxlardim.. Ozgina shovqin bo'lishi bilan turib, yuzimi yuvlardim..
uydagilar... ufff yana turdi diyishardi..
-Saharlik qib narsa yeb tursam, esimda oyim qaytama-qayta etardilar... qizim hozir yevogin ertalab turib yana ye-de kiyin ro'za tutvur..Kasal bob qolasan, dirdila..
-Saharlikni qilib uxlab, ertalab tursam, yana qornim ochib, oyim etganlari-dey, yana saharlik qilib ana undan kiyin ro'za turardim..
FIkrimcha, bola qancha yosh ro'za tutishni o'rgansa, shuncha tez to'liq tutadi.. Oldin ro'za tutmagan bola, 14 yoshdan 30 kun tutish amri maholdur.

Qayd etilgan